II bosqich
- Miloddan avvalgi XI-IV asrlar shahar davlatlar - polislarning paydo bo‘lishi,
antik qulchilikning shakllanishi, yuqori darajada rivojlangan yunon madaniyati davri.
III bosqich
- ellinistik jamiyatlar va davlatlarni vujudga kelishi.
Krit- Miken davrining o‘zi ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra uchta
bosqichga ajratiladi, shu bilan birga ushbu davrlar Krit va qit‘a Yunoniston tarixi uchun farqlanadi.
Krit tarixida bu davr Kritda hukm surgan afsonaviy hukmdor Minos nomi bilan Minoy
tsivilizatsiyasi deb yuritiladi, qit‘a Yunonistonida esa Ellada davri deb nom olgan.
Minoy davri quyidagi bosqichlarda rivoj topgan:
1.
Ilk Minoy davri (miloddan avvalgi XXX-XXIII asrlar, urug‘chilik munosabatlar).
2.
O‘rta Minoy yoki ―eski saroylar‖ davri (miloddan avvalgi XXII-XVIII asrlar, birinchi davlat
tuzilmalarining vujudga kelishi, turli ijtimoiy guruhlarning hamda yozuvning shakllanishi).
3.
So‘nggi Minoy davri yoki ―yangi saroylar‖ davri (miloddan avvalgi XVII-XII asrlar, Kritning
birlashuvi, Krit dengiz qudratchiligi, madaniyat ravnaqi, axeyliklar tomonidan Kritning ishg‘ol
qilinishi va Kritning tanazzuli).
Axey Yunonistoniga alohida davrlanish beriladi:
1.
Ilk Ellada davri (miloddan avvalgi XXX-XXI asrlarda) - ibtidoiy jamoa munosabatlarning
ustuvorligi, yunonlarga qadar aholi
2.
O‘rta Ellada davri (miloddan avvalgi XX-XVII asrlar) - yunon-axey qabilalarining Bolqon
Yunonistonning janubida joylashishi, davr oxirida urug‘-qabilaviy muosabatlarni yemirilishi.
3.
So‘nggi Ellada yoki Miken davri (M.a. XVI-XII asrlar) - ilk davlatlarni tashkil topishi, yozuvi
paydo bo‘lishi, Miken sivilizatsiyani ravnaqi va qulashi.
Bolqon Yunonistonida davlatchilik taraqqiyotining yangi davri taxminan ma. XI asrdan
boshlanadi. Bu davr antik Yunoniston taraqqiyotining polis davri deb ataladi. Polis bosqichi ham
uchta davrga bo‘linadi.
1.
Gomer yoki polisdan oldingi davri - (M.a. XI-IX asrlar) - urug‘-qabilaviy munosabatlar.
2.
Arxaik davri (M.a. VIII-VI asrlar) - shahar-davlatlar polisllarni tashkil topishi. O‘rta Yer va Qora
dengizlarni sohillari yunonliklarni joylashishi.
3.
Yunon tarixini klassik (yuqori darajada rivojlangan) davri (M.a. V-IV asrlarda) qadimgi yunon
quldorlik jamiyatini polis tuzumini, yunon madaniyatini ravnaqi.
Makedoniyalik Iskandarning Sharq yurishlaridan keyin ellin davlatlarining tashkil topishi
bilan qadimgi Yunoniston tarixida ellin davri boshlanadi. Ellinistik bosqich uchta davrdan iborat.
1.
Aleksandr Makedonskiy sharqqa harbiy yurishlari va ellinistik davlatlarni tashkil topishi. (M.a.
V asrning 30 yillari - III asrning 80-yillari).
2.
Ellinistik jamiyatlarni va davlatlarning ravnaqi (M.a. III asrning 80-yillari - II asrning o‘rtalari).
3.
Ellinistik tizimni inqirozi va ellinistik davlatlarning qulashi (M. a. II asrning ikkinchi yarmi – 30-
yillar).
M.a. 30-yilda so‘ngi ellin davlatlaridan biri - Ptolomeylar Misri o‘z mustaqilligini yo‘qotib,
Rimga tobe bo‘lishi bilan antik Yunoniston tarixi nihoyasiga yetadi.
9
Do'stlaringiz bilan baham: |