O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi


Yunonistonning geografik o‟rni, tabiiy sharoiti va aholisi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

Yunonistonning geografik o‟rni, tabiiy sharoiti va aholisi 
Yunoniston qadimgi tarixi jahon tarixida muhim o‘rin tutadi. Yunonlar yaratgan sivilizatsiya 
Yevropada dastlabkisi bo‘lib, u jamiyatning barcha sohalarini qamrab olgan edi.
Qadimgi Yunoniston Bolqon yarim oroli hududida va Kichik Osiyoning g‘arbiy sohilida 
joylashgan. Bolqon yarim oroli qirg‘oqlarining past-baland bo‘lib ketganligi natijasida, 
Yunonistonda bir joy yo‘qki u dengizdan uzoqda joylashgan bo‘lsin. Bu esa dengiz kemachiligini 
va baliqchilikni rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Bolqon yarim orolidan o‘tadigan tog‘larning balandligi o‘rtacha. Bu tog‘lar Makedoniyada va 
Frakiyada eng balandlikka yetadi – bu Bolqon tog‘laridir. Joyning relyefi juda notekis. Faqat ikkita 
vodiy – shimolda Peney daryosi bo‘ylab ketgan Fessaliya vodiysi va janubda Evrot daryosi bo‘ylab 
ketgan Lakonika vodiysi – Bolqon yarim orolining janubida serhosil tuproqqa ega bo‘lgan birdan –
bir tekisliklardir. 
Yarimorolning g‘arbida Ioniya dengizi joylashgan. Bolqon yarim oroli bilan Kichik Osiyo 
yarimorolini Egey dengizi ajratib turadi. Egey dengizi Propontida bilan Gellespont bo‘g‘ozi orqali 
bog‘lanadi. Marmar dengizi shuning uchun Propontida deb atalganki, u haqiqiy Pont oldida 
bo‘lgan. Propontidani Pont bilan Frakiya Bospori bo‘g‘ozi bog‘laydi. Yunonlarga juda ilgari 
zamonlarda ma‘lum bo‘lgan Qora dengiz Pont - ya‘ni «dengiz» deb atalgan. Qora dengizda 
kemachilik ishi rivojlangach, uni Evksin Ponti, ya‘ni mehmon do‘st dengiz deb atay boshlaganlar. 
Egey dengizida Bolqon yarim oroli yaqinida ham Kichik Osiyo yaqinida ham ko‘p orollar 
bor. Egey dengizining shimolida, Frakiya yaqinida Fasos oroli joylashgan. Uning janubiy-sharqiy 
tomonida Samofrakiya va Imbros orollari bor. Kichik Osiyo sohillari bo‘ylab Sporada (tarqoq) 
orollari deb ataluvchi qator orollar cho‘zilib ketgan. Bolqom yarim orolida tortib, to Kichik Osiyoga 
qadar ham Kiklada (doirasimon) orollari deb ataluvchi katta bir to‘da orollar qatorlashib ketgan. Bu 
orollar juda ko‘p, ulardan birin-ketin suzib o‘tib osongina Bolqon yarim orolidan Kichik Osiyoga 
borish mumkin. Ulardan eng asosiylari Paros, Samos hamda Yunoniston tarixida katta ahamiyatga 
ega Delos va boshqa orollardir. Bolqon yarim orolining janub tomonidan Kifera oroli joylashgan. 
Attikaning shimoliy-sharqiy sohilida eng katta orol bo‘lib, bu orol Evbeya edi. Yunonistonning 
g‘arbida bir necha orollar, ular orasida Itana va Kernira kabi anchagina katta orollar bor. Bolqon 
Yunonistonning shimolida Xalkidika va Bolqon yarim orolining janubida Peloponnes degan yirik 
yarim orol joylashgan. Bu dengizning shimol tomonida Frakiya joylashgan. Frakiyaning g‘arb 
tomonidan borish qiyin bo‘lgan Makedoniya bo‘lib, Adriatika dengizning sharqiy sohilida esa 
qoyali mamlakat Illiriya joylashgan edi. 



Yunonistoning iqlimi yumshoq, subtropik quruq iqlimdir. Dengiz yaqin bo‘lganligi uchun 
yozda u yerda unchalik issiq bo‘lmaydi. Qishi mayin iliq, seryomg‘ir bo‘lib, ikki-uch oy davom 
etadi. Landshafti qadimda hozirgidan farq qilgan. Yunonistoning tabiiy sharoiti garchi insoning 
ho‘jalik faoliyati uchun to‘la muvofiq bo‘lmasada, lekin har holda biror hildagi qishloq ho‘jalik 
ishlari va boshqa kasib-kor bilan shug‘ullanish uchun ma‘lum darajada imkoniyat beradi. Qalin 
o‗rmonlar ko‗p b‘lib, tuproq hozirgidek toshloq bo‗lgan. Faqat ozgina yer unumdor bolgan. 
Mil.avv. VI asrgacha faqat bug‗doy va tariq ekilgan. Keyin esa uzum va zaytun bu ekinlarni 
siqib chiqargan. Bog‘dorchilik va uzumchilik birinchi darajada zarur bo‘lgan maxsulotlari-o‘simlik 
moyi va vino berardi. Vinoga suv qo‘shilib ichilardi va bu yunonlarning asosiy ichimligi sanalgan.
Yunoniston qazilma rudalarga boy edi. Asl Yunonistonning shimol tomonida-Frakiyada boy 
oltin konlari bo‘lgan. Attikada va O‘rta Yunonistonda mashhur kumush-qo‘rg‘oshin konlari mavjud 
edi. . Mil.avv. VI asrdan Lavrion kumush koni ochilgan. Bu konlardan olingan daromad 
mil.avv. V asrda Afinani qudratli flot qurishga va Yunonistonda yetakchi shahar -davlat- ga 
aylanishi hamda boshqa yunon shahar-davlatlariga boshchilik qilishiga shart-sharoit yaratgan. 
Afinada tog‗-konchilik sohasida ulkan yutuqlarga erishildi. 
Mis Evbeya orolidan va Xalkidika yarmi orolidan qazib olinardi. Temir Lakoniya va 
Peloponnes hududidan qazib olingan. Yunoniston binokorlik xomashyosi - tosh va marmarga 
boydir. Xususan Paros orolidan yaxshi marmar qazib olinardi. Paros marmari o‘zining nihoyatda 
oppoqligi bilan shuhrat qozongan edi. Attikada ham oq marmar qazib chiqarilardi. Lekin bu marmar 
sifati Paros marmaridan past edi. Marmar dengizida va Egey dengizining orollarida turli rangdagi-
kul rang, qora zangori pushti va hakozo chiziqlari bo‘lgan marmar qazib chiqarilardi. Marmar 
qadim zamondan yunon imoratlariga ishlatilardi. U qimmat emas edi. Shuning uchun uni haykallar 
va bezaklar yasash uchungina ishlatmasdan, binolar qurish uchun ham ishlatilardi. Yunon ibodat 
xonalari va boshqa jamoat binolari ohaktosh va marmardan qurishar yoki mazkur binolarning 
devorlari shular bilan qoplanardi. 
Yunoniston geografik jihatdan uch qismga bo‗linadi: 1. Fessaliya va Epir, shimolda 
Moli va Pagasey ko‗rfazlari. 2. Janubdan Korinf va Salonika bilan cheklangan markaziy qism. 
3. Peloponnes yarim orolidan iborat janub. 
Shimoliy Yunonistonda ikki hudud: g‘arbda yirik tog‘dan iborat Epir hududi va uning 
sharqida katta hosildor vodiyga ega Fessaliya hududi bor edi. O‘rta Yunoniston Shimoliy 
Yunonistondan baland tizma tog‘ bilan ajralgan bo‘lib, bu tog‘dan Egey dengizining sohil 
nishabidagi Fermopil darasi orqali o‘tulgan.
O‘rta Yunoniston: Akarnaniya, Etoliya, Fokida, Dorida, Opunt Lokridasi, Ozol Lokridasi, 
Beotiya, Attika va Evbeya oroli hududlariga bo‘lingan edi. Peloponnes O‘rta Yunoniston bilan 
torgina Istm bo‘yni orqali bog‘lanardi. Janubiy Yunoniston oblastlari: Axaya, Arkadiya hududlari – 
esa qishloq xo‘jalik rayonlari bo‘lib qolgan. 
Bolqon yarim orolining janubidagi va unga tutashadigan oroldagi qadimgi aholisi haqida 
hali hozirgacha yetarli aniq ma‘lumotlar yo‘q. Bu davrda Bolqon yarim orolida va unga yaqin 
orollarda kariylar, leleg va pelasglar yashaganlar. Gomer dostonlarida va Yunon tarixchilarning 
asarlaridan saqlanib qolgan rivoyatlarga ko‘ra, eng qadimgi aholi orasida eng salmoqli qabilalar 
pelasglar bo‘lgan. Lekin kelib chiqishi jihatidan ularning kimligi ravshan emas. Kritliklarni eng 
qadimgi orol qabilalaridan deb hisoblash mumkin, ammo ularning ham qaysi etnik guruhga 
mansubligi hozircha noma‘lum. Ularni egeyliklar deb nomlashadi.
Yunoniston qabilalari miloddan avvalgi III ming yillikning oxiri II ming yillikni boshida 
Dunay ortidan Bolqon oroliga ko‘chishadi. Bu axey qabilasi edi. Ular bu yerda joylashib, mahalliy 
aholini bo‘ysundirib, o‘ziga qamrab oladi. M.a. XII asrda yunon doriy qabilalarining Bolqon yarim 
orolining janubiga ko‘chishi boshlangan. Bu qabilalar ilk axey davlatlarini tor-mor qilganlar va 
natijada qabilalarning yangidan bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi boshlangan. Ular urug‘-
qabilaviy tuzum darajasida edi. 
M.a. I ming yillikka kelib, qadimgi yunon qabilalari quyidagicha tarkib topib, joylashgan. 
Yunonistonning shimolida – Fessaliyada, O‘rta Yunonistondagi Beotiyada, Etolidada eoliyaliklar 



istiqomat qilganlar, huddi shu qabilalar Egey dengizining shimoliy qismidagi orollarni, shu 
jumladan Lesbos orolini hamda Kichik Osiyoning shimoliy-g‘arbiy sohilini ishg‘ol qilganlar. O‘rta 
Yunonistonning sharqiy qismidagi Attikani, Evbeya orolini, Egey dengizining markaziy qismidagi 
orollarni va Kichik Osiyodagi Ioniya viloyatini ioniylar ishg‘ol qilganlar.
Axeylar Peloponnesning shimolida va markazida - Axayyada va tog‘li Arkadiyada, Kichik 
Osiyoning ba‘zi hududlarida saqlanib qolganlar. Peloponnesning qolgan qismida - Lakoniya, 
Messeniya, Argolida, Korinf oblasti va Elidada doriylar yashaganlar. Yana doriylar Egey dengizni 
janubiy orollarda - Rodos, Krit, Kichik Osiyo sohilining janubiy qismida joylashib olganlar. 
Yunonistonda uzoq vaqtgacha umumiy bir til bo‘lmagan. Qabilalar eoliy, doriy, ioniy 
shevalarda so‘zlashgan bo‘lib, hamma shevalar adabiy til darajasiga yetgan emas. Umumiy yunon 
tili - koyne ellinizm davrida, miloddan avvalgi III asrda tarkib topgan. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish