O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi


Axey Yunonistoni va doriylarning kirib kelishi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

Axey Yunonistoni va doriylarning kirib kelishi 
Yunonistonning materik qismida m.a. III ming yillikda ibtidoiy jamoa tuzumi hukm surardi. 
Bu davrda yashagan tub aholi leleglar, pelasglar va kriylarning mehnat qurollari toshdan bo‘lib, 
endigina mis qurollarga o‘tila boshlagan edi. Bronza davri m.a. III ming yillikning o‘rtalaridan 
boshlandi. Shu davrdan boshlab katta qishloqlar, mustahkamlangan qal‘alar paydo bo‘la boshladi. 
Urug‘chilik munosabatlarining emirilish jarayoni faqat m.a. III ming yillikning o‘rtalaridan 
boshlandi. M.ayu III ming yillikning oxirlarida hind-evropa madaniy birligiga mansub etnik 
guruhlar o‘z vatanlari – Markaziy Yevropadan turli yo‘nalishlarda ko‘cha boshladilar. Ularning bir 
qismi Bolqon yarim oroliga kirib kelib, yunon etnosiga asos soldi. Ularni dastlab axeylar deb 
nomladilar. 
Bolqon Yunonistonida qabilalarning ko‘chishi bilan jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy 
o‘zgarishlar yuz berdi. Taxminlarga ko‘ra bu vaqtda Sharqiy O‘rta Yer dengizi qirg‘og‘ida ham
hind-yevropa tillarida so‘zlashuvchi etnik guruhlar paydo bo‘ladi. Ular Yunonistonda urug‘chilik 
munosabatlarining emirilishini vaqtinchalik sekinlashtiradilar. Kelgindilar zabt etilgan qabilalar 
manzillarini qisman talaganlar va vayron etganlar. Burungi aholi - pelasglar asta-sekin axeyaliklar 
bilan assimilyatsiyalashib ketgan.
M.a. II ming yillik boshlarida kulolchilikda, kumushga ishlov berish ishlarida, urf-odat, 
an‘analarda (jumladan, uy ichida, pol ostida yoki devor orasida bolalar qabri) yangi jihatlar paydo 
bo‘ladi. Yangi etnik birliklar eskilari bilan aralashaib yangi moddiy va ma‘naviy madaniyatini 
vujudga keltirdilar. Kritda bo‘lgani singari, Bolqon yarim oroli janubida taxminan, m.a. XVIII asr 
oxirlarida Bolqon Yunonistonida mustahkamlangan kichik-kichik qishloqlar ko‘plab paydo bo‘ladi. 
Bu davrdagi qabrlarda metall qurollar uchramaydi. Bolqon Yunonistonini Kritdan (qabrlarda krit 
ko‘zalari, krit namunasiga taqlid qilib yasalgan sopol buyumlar) boshqa hududlar bilan aloqalar 
deyarli bo‘lmagan. M.a. 1600 yillar atrofida Kritda yuksak rivojlangan madaniyat mavjud bo‘lgan 
paytda Bolqon Yunonistonida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi.
Axeylar m.a. 3 ming yilliklar oxiri – 2 ming yillikning birinchi yuz yilliklarida Yunoniston 
janubiga asta-sekin siljib, o‘z manzilgohlarini barpo qila boshladilar. M.a. 16 asrda kelgindilarning 
mahalliy aholi bilan assimilyatsiyasi tugallanadi. Natijada yangi samarali iqtisodiyot, zodagonlar 
(ko‘pincha harbiylar), kohinlar, oddiy jamoachilardan iborat ijtimoiy guruhlar shakllandi. 
Peloponnesda Mikena, Tirinf, Pilos, O‘rta Yunonistonda Orxomen, Fiva va Afina, Fessaliyada Iolk 
va boshqalar ilk jamiyatning kattaroq markazlari edi.
Bu joylarning hammasida mustahkamlangan qal‘alar qalin devorlar bilan o‘ralgan saroylar 
saqlanib qolgan. Saroylar yonida mol-mulki turli darajadagi mahalliy aholining turar joylari 
bo‘lgan. Bulardan tashqari yana bir qancha qishloqlar ham bo‘lgan. Aholi dehqonchilik va 
chorvachilik bilan shug‘ullangan. Ko‘pdan-ko‘p kasb korlar ham yuqori darajada shug‘ullangan. Bu 
madaniyatning markazi Mikena edi.
Miken madaniyati ilk Miken ( m.a. 1700 yillardan - 1550 yillargacha), O‘rta Miken (1550-
1400 yy.), So‘nggi Miken (1400-1200 yy.) davrlariga bo‘linadi. Miken (Axey) sivilizatsiyasining 
gullab-yashnagan davri m.a. XV-XIII asrlarni o‘z ichiga oladi. Miken siyosiy markaz sifatida o‘z 
hukmronliugini keng qamrovda amalga oshira olmagan.


12 
Mikenada 1876 yilda G.Sjliman tomonidan olib borilgan arxeologik qazishmalarda Miken 
madaniyatiga mansub qazib ochilgan. Mikena istehkomidan va undan tashqarida bir necha o‘n 
podsholik maqbaralari topildi. Maqbaralar ikki xilda bo‘lgan, bir xillari shaxta, ya‘ni to‘g‘ri 
burchak o‘ra shaklida bo‘lib, qoya toshda o‘yilgan va tepasi tosh plitkalar bilan yopilgan, ikkinchi 
xillari katta hajmdagi toloslari (gumbazli maqbaralar) bo‘lib, bu maqbaralar ularda ko‘milgan 
hukmdorlarning dabdabasidan darak berib turgan. Mikenadagi mashhur ―Agamemnon qabri‖ 
hashamatli va ulug‘vor qilib qurilgan, 5 metrgacha balandlikda bo‘lgan og‘ir eshiklar usti har biri 
taxminan 120 tonna keladigan ikki xarsang tosh bilan yopilgan. Qabrlarda ko‘p miqdorda qimmatli 
buyumlar qurol-yarog‘lar topilgan. Mikena, Tirinf va boshqa saroylardagi ichki binolar har xil 
rasmlar (freskalar) bilan bezatilgan. Materik Yunonistondagi tasviriy san‘atda urush manzaralari 
ham uchrab turadi. 
XX asrning 60 yillarida Mikena akropolida (mustahkamlangan qalba) diniy marosimlar 
bajariladigan markaz topildi. Markazda qo‘llarini yuqoriga ko‘targan 16 ta loy haykalcha, loydan 
yasalgan ilonlar va mehrob bor. Muqaddas joy yaqinida turar joy binosi bo‘lib, tadqiqotchilarning 
fikricha bu binoda bosh kohin yashagan. 1953 yil ingliz olimlari Ventris va Chedvik Mikena 
saroylari buyumlarida sanoq hisob-kitoblar to‘g‘risida ma‘lumot beradigan loy taxtachalardagi 
Mikena yozuvlarini o‘qidilar.
Miken sivilizatsiyasining asosiy markazlari mil.avv. XV-XII asrlarda Mikenфвфт 
ефырйфкш Tirinf va Pilos edi. Tirinf Mikenga qo‗shni bo‗lgan yana bir axey davlat 
birlashmasi edi. Tirinf hokimining saroy qal‘asi balang va ulug‘vor qurilgan. Qal‘a devorlari 
og‗irligi 12 tonnagacha bo‗lgan yaxlit ohaktoshlardan bunyod qilingan. Ularning eni 4,5 
metrgacha, balandligi 7,5 metrgacha yetadi. Qal‘a devorlarining ba‘zi joylarida oziq-ovqat va 
qurol saqlanadigan ombor inshootlari qurilgan. 
Qal‘aning ichida ikkinchi mudofaa devori tepalikda joylashgan podsho saroyini himoya 
qilgan. Saroyga yaqinlashish maxsus to‗siq inshootlari bilan himoyalangan. Qal‘ada ichimlik 
suv zaxirasi bilan shahar tashqarisidagi suv manbasiga boradigan yashirin yerosti yo‗li 
qurilgan. Chunki Tirinf uchun eng xavfli raqib Miken 17 km uzoqlikda joylas hgan edi. Tirinf 
saroyi devorlari ov manzaralari, hashamatli kiyingan xonimlarning ara- vadagi tasvirlari bilan 
bezalgan. 
Axey davlatlaridan yana biri Peloponnes yarim orolining janubiy-g‗arbida joylashgan
markazi Pilos bo‗lgan Pilos shahar-davlatidir. Pilos podsho saroyi yaxshi saqlanib qolgan 
bo‗lib, Miken saroy me‘morchiligining eng yaxshi namunasi hisoblanadi. 1939 yillardan 
boshlab Messeniyada Pilos saroyida qazuv ishi olib borilgan. Saroy devori freskalar bilan, tosh-
dan yasalgan pol geometrik va dengiz mavjudotlari tasvirlari bilan bezatilgan. Xonalarning 
biridan Pilos davlati va jamiyati, Miken sivilizatsiyasining turli sohalari to‗g‗risida ma‘lumot 
beradigan bir yarim ming loy taxtachadan iborat arxiv topilgan. Pilos doimiy raqobat va o‗zaro 
urushlar ichida bo‗lgan Miken va Tirinfdan uzoqda joylashgan. Pilos mil. avv XIV -XII asrlar-
da eng rivojlangan va farovon davlat bo‗lgan. Miken, Tirinf va Pilos Janubiy Yunoniston va 
Peloponnesda shakllangan axey davlatlari edi. O‗rta Yunonistonda ilk davlat birlashmalari Atti 
ka va Beotiya viloyatlarida mil.avv. XIV-XII asrlarda shakllana boshladi. 
Mil.avv. XIV asrda Kichik Osiyoda Axaya davlati mavjud bo‗lgani to‗g‗risida mixxat 
yozuvlari ma‘lumot beradi. Xett manbalarida (XIV-XIII asrlarda) Axaya deb atalgan davlatni 
tadqiqotchilar Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo va Rodos orolida deb turli farazlar qiladilar. 
Yunonistonning Axaya davri siyosiy tarixi yaxshi yoritilmagan. Ba‘zi olimlar Miken 
boshchiligida yagona Axaya davlati mavjud bo‗lganini yozadilar. Bir necha Axaya davlatlari 
mustaqil mavjud bo‗lib, ular vaqtinchalik bir- lashgan bo‗lishlari mumkin. Troya urushi yunon 
qabilalari- ning tarqalishi jarayonining bir unsuri bo‗lishi mumkin. Axey koloniyalari Kichik 
Osiyoning g‗arbiy va janubiy qirg‗oqlarida paydo bo‗ldi. Rodos va Kiprda axeylar o‗rnashib 
olganlar. Mil. avv. 1000-yillarning oxirida Kipr Kichik Osiyodagi panfiliyalik axeylar 
tomonidan o‗zlashtiriladi. Sitsiliya va Janubiy Italiyada axey faktoriyalari (tayanch nuqtalari) 
paydo bo‗ladi. Axeylarning Old Osiyo mamlakatlari qirg‗oq bo‗ylariga kuchli bosqini «dengiz 


13 
xalqlarining» harakati deb ataladi. Ilmiy farazlarga ko‗ra, mil. avv. XIII asrda yuz yil 
davomida doriylar va boshqa xalqlarning Bolqonga kuchli tazyiqi axey sivilizatsiyasining 
halokatiga olib keldi. Ularning bir qismi Attika va boshqa viloyatlar, Egey dengizi orollari, 
Kichik Osiyoning g‗arbiy qirg‗og‗i va Kipr orolida saqlanib qoldi. 
Mil.avv. XII asr boshida Sharqiy O‗rtayer dengizining Osiyo qirg‗og‗ida filimstimlar deb 
atalgan xalqlar o‗rnashdi. Ularning manzilgohlaridan bu yerda ilgari bo‗lmagan, shu yerning 
o‗zida ishlab chiqarilgan Miken sopolga o‗xshash buyumlar ko‗plab topilgan. Bu vaqtda 
Bolqon Yunonistoniga shimoldan turli qabila guruhlari migratsiyasi boshlandi. Yodgorliklarda 
moddiy-ma‘naviy madaniyatning tushkunligi ko‗rinadi. Bu vaqtdan boshlab temir o‗zlashtirila 
boshlanadi. Eng avvalo, Peloponnes yarim oroli va Kritga doriylar kelib o‗rnashadilar.
Troya urushi to‗g‗risida muammoli fikrlar juda ko‗p. Qadimgi Troya Kichik Osiyoda 
joylashgan bo‗lib, jez asrida paydo bo‗lgan bo‗lishi mumkin. Lekin Troyaning yoshi 
Mikendagi shaxta qabrlaridan yosh jihatidan 600 yil katta bo‗lgan va Bolqon yarim orolidan 
kelgan qabilalar tomonidan bosib olinishi mumkin emas edi. Troya shahri hududidan
arxeologlar olti madaniy qatlamlarni qazib ochdilar. Bu madaniy qatlamlar Troyada hayot 
uzluksiz davom etganligidan dalolat beradi. Mil.avv. 1800-yillar atrofida Troya-VI qatlami 
paydo bo‗ldi. 
Kiklada Krit shimolining Egey dengizidagi ko‗pgina orollar majmuasidir. Ularni 
yunonlar «kikladalar» ya‘ni «aylana» deb atashgan. Kiklada orollarida qadimda kariy va 
leleglar yashaganlar. Ularga Krit orolidan ko‗chib kelganlar qo‗shilgan. Aholi uzumchilik va 
hunarmandchilik bilan shug‗ullangan. Kiklada orollari bilan Egey havzasidan chekkadagi 
o‗lkalar bilan dengiz savdosi alohida o‗rin tutadi. Kiklada orollari aholisi katta-kichik, pishiq 
qilib qurilgan bir-ikki qavatli uylardan iborat shahar ko‗rinishidagi kichik manzilgohlarda 
yashaganlar. Kichik shaharchalar jamoa asosida xalq yig‗inlari orqali boshqarilgan deb taxmin 
qilinadi. Kiklada orollarida mil.avv. XVI-XV asrlarda Knoss hukmronligi o‗rnatildi. Knossga 
qaramlik o‗lpon to‗lash bilan cheklanib, Kiklada o‗ziga xos madaniyatni saqlab qoladi. Ammo 
mil.avv. XV asr o‗rtalarida Fera orolida otilgan vulqon Kiklad orollari halokatiga sababchi 
bo‗ldi. Vulqon otilgandan so‗ng to‗zib ketgan aholi va vayrona orolchalar Peloponnes va 
Bolqon Yunonistonining boshqa hududlaridan kelgan axeylar o‗ljasiga aylandi. Kiklad 
madaniyati uch yirik davrga bo‗linadi: 1. Qadimgi Kiklad davri (2700-2300-yillar). 2. O‗rta 
Kiklad davri (2300-1500-yillar). 3. So‗nggi Kiklad davri (1500-1100-yillar). 
 
Mil.avv. XIII asrda axey davlatlarining tushkunlikka yuz tutishi biulan hozirgi 
Makedoniya va Epir hududida yashagan doriy qabilalari mil.avv. XII asrda Yunonistonga 
bostirib kirdilar. Doriylar o‗z hududlarini frakiya qabilalari tazyiqi ostida tark etdi. 
Yunonistonda axey hududlarini doriylar yuz, bir yuz ellik yil davomida egalladilar. Mil.avv. 
XI asr oxirida doriylar butun Shimoliy va O‗rta Yunonistonga o‗rnashib, Peloponnesning katta 
qismini o‗zlashtirdilar. Axeylarning bir qismi doriylar taziyqi os- tida Attika hududi va Egey 
dengizi havzasiga ko‗chdilar. 
Yuqori darajada rivojlangan axey davlatlarini bosib olgan doriylar ibtidoiy jamoa 
turmush tarzida va harbiy demokratiya sharoitida yashar edilar. Doriylar axeylarning 
shaharlarini vayron qildilar va ibtidoiy jamoa tuzumida yashashni davom ettirdilar. Yunonlar 
bu davrda ibtidoiy jamoa tuzumida yashadilar. Ayrim paytda urug‗lar o‗zlariga tegishli biror-
bir umumiy masalani yechish uchun kattaroq tashkilot - fratriyaga birlashganlar. Fratriyalar 
birlashib, qabila - filni tashkil qilgan. Fratriya va urug‗ bir umumiy ajdoddan kelib chiqqan. 
Urug‗ boshliqlari bilan bir qatorda, fil va fratriyaning Gomerda filobasiley deb eslatiladigan 
yo‗lboshchilari bo‗lib, urug‗ boshliqlari ularga o‗z hokimiyatlarining bir qismini berganlar. 
Bir necha urug‗lar bir qabilaga birlashgani uchun qabila oqsoqoli saylanadi. 


14 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish