119
qanday cheklovsiz erkin fuqarolar bo‗lganlar. Imperator saroyidagi ozod bo‗lgan qullar maxsus
topshiriqlarni bajarganlar, hatto yuqori martaba bo‗lgan prokurator etib tayin- langanlar. Ozod
qullar ko‗p hollarda tadbirkorlik bilan shug‗ul- lanib, boyib ketar edilar. Ular o‗z xo‗jayinlariga
zarurat tug‗ilganda turli xil xizmatlarni ko‗rsatganlar. Misol uchun, diktator Sullaning ozod
bo‗lgan quli Xirosogon Rim davlatidagi eng qudratli kishilar- dan biri bo‗lib, hatto uning
oldida senatorlar ham titrab-qaltirar edilar. Ammo ko‗pchilik ozod bo‗lgan qullar o‗rta
darajadagi mulk- ka ega bo‗lib, hunarmandchilik va savdo bilan shug‗ullanar ham- da
oshxonalarning egalari edilar.
Quldor latifundistlar o‗z yerlarini chek yerlarga bo‗lib, kolon- larga ijaraga berganlar. Milodiy
II asrda kolonlar o‗zlari ye- tishtirgan bug‗doy, tariq, zaytun moyining 1/3 qismini quldor- ga
berishi kerak edi. Bundan tashqari, kolon quldorning yerida bir necha kun ishlab berishi kerak
edi. Yerga ishlov berish ta- komillashdi. G‗alla va boshqa ekinlarning, o‗g‗itning yangi nav-
lari joriy qilina boshlandi. Qishloq xojaligi takomillashdi. G‗alla latifuniyalarida g‗allani
yig‗adigan mexanizm, g‗ildirakli plug, suv tegirmoni kashf etildi. Provinsiyalarda shaharlar va
shahar aholisining o‗sishi, qishloq xojalik mahsulotlarining Italiya va imperiyaning boshqa
viloyatlariga chiqarish imkoniyatining paydo bo‗lishi provinsiya qishloq xojaligida yerdan
unumli foydalanish va tovar xojaligining kirib kelishi uchun shart-sharoit yaratdi.
Quldor xojaligi endilikda bozor bilan yanada yaqin bog‗landi.
Qishloq xojaligida tovar
munosabatlarining rivojlanishi lati- fundiyalarda hunarmandchilikni vujudga keltirdi.
Latifundiya egalari kulolchilik, to‗quvchilik, duradgorlik, oshpazlik kabi hunarmandchilik
ustaxonalarini ochdilar. Ba‘zi gall latifundi- yalarida konlardan temir rudasi qazib olinib,
metall ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi. Milodiy I asrlarda qishloq xojaligi bilan birga,
hunarmandchilik va savdo keng rivojlandi. Rim hu- narmandchiligi uchun Ispaniyadagi
qo‗rg‗oshin va mis konlari, Galliyaning temir va qalay konlari, Norika, Dalmatsiya, Kiliki- ya
va Kappadokiyaning boy temir konlari xomashyoni yetkazib berib turar edi. Ayniqsa, temir
rudasini qazib chiqarish keng yo‗lga qo‗yildi.
Temir rudasi Norika va Dalmatsiya, Galliya va Ispaniya, Kappadokiya
va sharqda qazib
chiqarildi. Barcha konlar im- peratorning mulklari bo‗lib, ko‗pincha ijaraga berilar edi. Hu-
narmandchilikning rivojlanishi qul mehnatidan keng foydalanish imkoniyatini berdi. Agar
o‗tgan asrlarda hunarmandchilik ustaxonalarida ishlagan qullar soni 10 tagacha bo‗lsa, milodiy
II
asrda ularning soni 50 taga yetdi.
Hunarmandchilik ustaxonasining kengayishi, mehnat taq- simotining o‗sishi uning
iqtisoslashuvining o‗sishiga olib keldi. Ammo hunarmandchilikda erkin mehnat yetakchi ro l
o‗ynar edi. Tog‗-kon ishlarida, qurilish, tosh konlari, marmar konlari- da qul mehnatidan keng
foydalanilar edi. Ustaxonalarda eng og‗ir mehnat qullar zimmasida edi. Hunarmandchilik
taraqqi- yoti oshpazlik, g‗isht kuydirish kabi yangi sohalarning paydo bo‗lishiga olib keldi.
Qurilishda betondan foydalanish keng tarqaldi. Milodiy II asrda provinsiyalarda
hunarmandchilik, ayniqsa, yuksaldi. Bir qancha provinsiyalar o‗z mahsulotlari- ni boshqa
provinsiyalarga, shuningdek, Italiyaga eksport qila boshladilar. Ayniqsa, gall shaharlari
nihoyatda rivojlandi. Gall hunarmandlarining
kanop gazlamalari, jun yoping‗ichlar va
kulolchilik mahsulotlari g‗arbiy provinsiyalar va Italiyada keng tarqaldi. Suriya shaharlari esa
zarbof gazlamalar, zargarlik buyumlari, rangli shisha va gazlamalarni ishlab chiqaradigan
asosiy markazlarga aylandi.
Milodiy II asrda hunarmandchilik markazlari yarim oroldan Shimoliy Italiyaga ko‗ghdi.
Puteola, Kapuya, Arretsiya kabi an‘anaviy hunarmandchilik markazlari tushkunlikka uchra- di.
Ularning o‗rniga gall provinsiyalari, Norika va Dalmatsiya- ning temir konlariga yaqin Milan,
Akvileya va boshqa hunar- mandchilik markazlari vujudga keldi. Ayniqsa, Akvileya shahri
metall buyumlar va qurol-yarog‗, shisha, zargarlik buyumlari, cherepitsa ishlab chiqaradigan
yirik hunarmandchilik marka- ziga aylandi.
120
Milodiy I-II asrlarda barcha provinsiyalarda savdo aloqalari keng rivojlandi. Italiya
savdogarlari Ispaniya, Suriya,
Daki- ya, Misr, Mavritaniya va Britaniyaga kirib bordilar. Gall
kema egalari, savdogarlari Italiya, Reyn viloyatlari va ispan provinsi- yalari bilan faol savdo
qildilar. Palmira savdogarlari Dakiya va Misrga kirib bordilar. Shaharlarda ko‗plab savdo
do‗konlari va omborxonalar qurila boshlandi.
Milodiy II asrda Rimda ulkan besh qavatli Trayan bozori qu- rildi. Savdo-sotiqning
rivojlanishi provinsiyaning mahsulot ish- lab chiqarishining ixtisoslashuviga olib keldi.
Ispaniya zaytun moyi va vino; Galliya vino, shisha idishlari, jun mahsulotlari; Misr g‗alla,
papirus, granit, shisha buyumlari;
Suriya vino, zarbof gazlamalar va zeb-ziynat buyumlari
ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi.
Savdogar va hunarmandlar kollegiyalarga birlashdi. Savdo taraqqiyoti sarroflik va
sudxo‗rlikning rivojlanishiga turtki bo‗ldi. Tashqi savdo rimliklar uchun foydali edi. Rim
imperiyasi Qora dengiz hududlari, Sharqiy Yevropa, Eron, O‗rta Osiyo va Hindiston bilan
muntazam savdo aloqalarini o‗rnatdi. Milodiy II asrda Sharqdan 3 savdo yo‗li O‗rtayer dengizi
qirg‗oqlariga bo- rar edi: 1.Petra - Transiordaniya - Damashq - O‗rtayer dengizi.
2.
Frot - Palmira - Damashq - O‗rtayer dengizi. 3.Hindiston - Arabiston - Aleksandriya.
Afrika provinsiyalaridan Rim savdogarlari Efiopiya, Mavri- taniya va hatto Markaziy
Afrikagacha kirib bordilar. Imperiya davrida yangi tanga - «aureus» zarb qilina boshlandi. O‗ng
to- monida hukmdor-imperator tasviri tushirilgan edi. Rim tilla tangasi yuqori baholanar edi.
Ko‗p tarqalgan Rim tangalaridan biri kumush denariy edi. Milodiy I asrda denariy sof kumush -
dan, milodiy II asrning oxiridan esa mis qo‗shib, tarkibida 50 % kumush bilan zarb qilina
boshlandi. Mis tanga asosan mahalliy
muomalada foydalanilar edi. Mayda savdoda asosan mis tanga sestersiy (4 ass) va dupandiy (2
ass) ishlatilar edi.
Milodiy I-II asrlarda Rim jamiyati quldorlik jamiyati edi. Uning asosiy qatlamlari qullar va
quldorlar bo‗lib, ulardan tashqari mayda ishlab chiqaruvchilar, kichik
chek yerlarning egalari
yoki ijarachilar, kichik hunarmandchilik ustaxonalari egalari, mayda savdogarlardan iborat edi.
Tabaqalar o‗rtasida kuchli ijtimoiy ziddiyatlar mavjud edi. Jamiyatda asosiy ishlab chiqaruvchi
kuchlar qullar edi. Milodiy I-II asrlargacha quldorlik xo‗jaliklarida qullarga bo‗lgan ehtiyoj
urushlar natijasida qondirilgan edi. Milodiy II asrda istilochilik urushlarining ni - hoyasiga
yetishi qullar oqimining Rimga kelishini keskin ka- maytirdi. Lekin quldorlik xo‗jaliklarida qul
mehnatiga ehtiyoj juda kuchli edi. Bu hol qullar narxining keskin o‗sishiga olib keldi. Qul
mehnatining unumdorligidan manfaatdor quldorlar qullarning maishiy turmush sharoitini
o‗zgartirishga majbur bo‗ldilar. Qishloq pomestelari va shaharlarda qul cho‗rilar soni o‗sib
bordi. Qullarga oila qurishga ruxsat berildi va ular rag‗batlantirildi.
Qullikda tug‗ilgan bolalar (ular vernlar deb atalgan) biror-bir hunarga o‗rgatilgan. Bunday
qulning narxi qul bozorlarida yuqori edi. Qullarning oila qurishini rag‗batlantirgan quldorlar
qul oilasi uchun chek yer, mehnat qurollari, kulba, kichikroq do‗kon va bir necha qoramol
ajratar edilar. Quldor tomonidan ajratilgan bunday mulk «pekuliy» deb atalgan. Milodiy I-II
asr- larda pekuliy keng tarqaldi. Quldor sovg‗a qilgan yerini istal-
gan paytida tortib olishi
mumkin edi. Qullarning huquqiy hola- ti ham o‗zgardi. Imperator Adrian qullarni sababsiz
o‗ldirishni taqiqladi. Milodiy II asrda yerni ijaraga berish va kolonat keng tarqaldi.
Mil.avv. I-II asrlarda qullar ozodlikka chiqarila boshlandi. Ozod bo‗lgan qullar o‗zlarining
sobiq xo‗jayinlari bilan aloqani uzmadilar, u patron bo‗lib qolaverdi. Ozod bo‗lgan qullar rim
fuqaroligi huquqi yoki lotin fuqaroligi huquqini olganlar. Ularning farzandlari hech qanday
cheklovsiz ozod fuqaro bo‗lganlar.
Kolon huquqiy jihatdan erkin kishi bo‗lib, yer egasidan shart- noma muddati tugagandan so‗ng
ketishi mumkin edi. Shartno- ma, odatda, 5 yil muddatga tuzilgan. Kolon 5 yil davomida qarz
va boshqa turli majburiyatlar ostida qolib, huquqiy jihatdan o‗z yeridan ketishi mumkin emas
edi. U noiloj bu yerda uzoq mud dat ishlagan. Erkin, o‗z yerini yo‗qotgan dehqon, batrak va