O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti ―oziq-ovqat texnologiyasi‖ kafedrasi


soli-titr  deyiladi.  Koli - indeks



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/199
Sana13.02.2022
Hajmi3,59 Mb.
#446916
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   199
Bog'liq
oziq-ovqat mikrobiologiyasi va biotexnologiyasi

soli-titr 
deyiladi. 
Koli - indeks 
deb ataladigan suvning yana bir tozalik ko‘rsatkichi bo‘lib, 1l suvda 
uchraydigan koli tayoqchalarining miqdoriga aytiladi. 
 


77 
Havo mikroflorasi. 
Havoga mikroorganizmlar asosan tuproqdan, o‘simlik, hayvon va insonlardan 
tarqaladi. Tevarak atrofimizdagi havoda ma‘lum miqdorda mikroorganizmlar doimo 
bo‘ladi. Mikroorganizmlar juda yengil bo‘lganidan havoda chang bilan birga muallaq 
holatda turaveradi. 
Havoda mikroblar ko‘paya olmaydi, chunki namlik, ozuqa yetishmasligi sababli va 
quyosh nurlari mikroblarga halokatli ta‘sir etadi. Lekin havoda mikroblar hayot 
qobiliyatini vaqtincha saklab turaveradi. Ba‘zi mikroblar quruqlik va quyosh radiatsiyasi 
ta‘sirida halok bo‘ladi. 
Havo mikroflorasi doimiy bo‘lmay, shu joydagi yer mikroflorasiga, iqlim sharoitiga, 
yil fasliga va boshqa omillarga qarab o‘zgaradi. Yer yuzidan havoga qancha ko‘p chang 
ko‘tarilsa, unda mikroblar o‘shancha ko‘p bo‘ladi. Aholi zich yashaydigan joylar va 
ayniqsa yirik shaharlarning havosida mikroorganizmlar birmuncha ko‘proq, qishloq 
joylarning havosida esa birmuncha kamroq bo‘ladi. Tog‘ havosida, dengizlar ustidagi 
havoda, Arktika va Antarktikaning bepoyon muzlari ustidagi havoda mikroblar juda kam. 
Yuqori tog‘lar cho‘qqilaridagi erimaydigan qor va muz ustidagi havo toza, sterillikka 
yakinidir. 
Havodagi mikroorganizmlar miqdori aholi yashaydigan joylardan uzoqlashgan sayin 
anchagina kamayib boradi. Mikroorganizmlar soni vertikal bo‘yicha o‘zgaradi, 
E.N.Mishustinning tadqiqotlari bo‘yicha Moskva ustidagi 1ml havoda 500 m balandlikda 
2-3 bakteriya, 1000 m balandlikda 1,5 bakteriyaga to‘g‘ri kelsa, 2000 m balandlikda 0,5 
bakteriya to‘g‘ri keladi. Hatto stratosferada, ya‘ni dengiz sathidan 9-11 km balandlikdagi 
atmosfera qatlamlarida ham mikroorganizmlar topiladi. Lekin stratosferada mikroblar juda 
kam. 
Yashil o‘simliklarning havo mikroflorasiga ta‘siri kattadir. O‘simliklar barglari 
chang va mikroorganizmlarni uzida tutib qolish qobiliyatiga egadir. Undan tashqari 
o‘simliklarning fitonsidlari mikroorganizmlarga halokatli ta‘sir ko‘rsatadi. 
Qishda havodagi mikroblar yozdagiga nisbatan kamroq bo‘ladi. Shamol, transport 
qatnovi havodagi mikroblar miqdorini ko‘paytiradi; yomg‘ir, qor esa havoni 
mikroorganizmlardan tozalaydi. 
Havo mikroflorasi asosan mikrokokklar, sarsinalar, tayoqchasimon bakteriyalar, 
mog‘or zamburug‘larining sporalari, achitqilar tashkil etadi. Havoda kasallik tug‘diruvchi 
mikroorganizmlar masalan, sil va difteriya tayoqchalari, yiring boylatadigan stafilokokklar, 
gripp, kuydirgi mikroblari va boshqa bakteriyalar ham bo‘lishi mumkin. 
Patogen mikroblar aralashgan havo salomatlik uchun xavfli, chunki yuqumli kasallik 
mikroblari havo orqali tarqalishi mumkin. 
Yopik binolarning havosida mikroblar tashqaridagiga nisbatan hamisha ko‘proq 
bo‘ladi. Binolarni vaqti-vaqti bilan muntazam ravishda shamollatish, havo tortadigan 
ventilyasiya o‘rnatish katta ahamiyatga egadir. 
Oziq-ovqat bilan ish ko‘riladigan joylarda shuningdek, oziq-ovqat saqlanadigan 
joylarda havoning namligi va harorati muayyan saqlash bilan birga shu havoni toza tutish 
ham zarurdir. 
Havoni 
yuqumsizlantirish 
uchun ba‘zi sanoat korxonalarida, davolash 


78 
muassasalarida va sovitkich kameralarida ultrabinafsha nurlar muvaffaqiyat bilan tadbiq 
etilmoqda. Havoni yana texnik sut kislotasi va uch etilenglikol bilan dezinfeksiya qilinadi. 
Havo mikroflorasi tuproq va suv mikroflorasi bilan bog‘liq, chunki havo bular ustida 
joylashgan bo‘ladi. Agar tuproqda va suvda mikroorganizmlarning ko‘payishi uchun 
sharoit bo‘lsa, havoda mikroorganizmlar ko‘paya olmaydi. Havoga mikroorganizmlar 
chang bilan birga ko‘tariladi, keyin yana tuproqqa o‘tadi. Havoda oziq moddalar 
etishmaganda yoki ultrabinafsha nurlar ta‘siridan bakteriyalarning bir qismi nobud bo‘ladi. 
Shuning uchun havoda mikroblar soni tuproq va suvdagiga nisabatan kam bo‘ladi. 
Havo 
mikroflorasida 
kokklar, 
sarsinalar, 
tayoqchasimonlar, 
mog‘or 
zamburug‘larinnng sporalari, turushlar va boshqa mikroorganizmlar uchraydi. Shahar 
havosida mikroorganizmlar ko‘p, qishloqlar havosida kam bo‘ladi. Ayniqsa o‘rmonlar, 
tog‘lar havosi toza bo‘ladi. Yer yuziga yaqin havo tarkibida mikroblar soni ko‘p bo‘lib, 
yuqoriga ko‘tarilgan sayin kamayib borishini Mishustin kuzatgan. 1m

havoda 5000—
300000 ga yaqin bakteriya bo‘lishi aniqlangan. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish