OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI – ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining
muhim institutlaridan biri bo‘lib, u demokratiyani chuqurlashtirish va aholining siyosiy faolligini
oshirishda, fuqarolarning mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotdagi voqelikka nisbatan dahldorlik
xissini shakllantirishda, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati, shuningdek jamiyatda
yuz berayotgan barcha o‘zgarishlar, bo‘layotgan jarayonlar xususida keng jamoatchilikka
etkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qonunchilikka muvofiq ommaviy axborotni davriy
tarqatishning doimiy nomga ega bo‘lgan hamda bosma tarzda (gazetalar, jurnallar, axborotnomalar,
byulletenlar va boshqalar) va elektron tarzda (tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar,
umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb–saytlar) olti oyda kamida bir marta
- 141 -
nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning
boshqa shakllari ommaviy axborot vositasi sifatida e‘tirof etiladi.