O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


«Men bir haqiqatni aytib charchamasam ke-rak. Buning mazmuni shuki, qishloqda tub



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/230
Sana02.02.2022
Hajmi1,83 Mb.
#425258
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   230
Bog'liq
ozbekistonning eng yangi tarixi

«Men bir haqiqatni aytib charchamasam ke-rak. Buning mazmuni shuki, qishloqda tub 
islohotlar o'tkazish, qishloq xo'jaligini taraqqiy ettirish, qishloq xo'jahgida ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirish O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy omili va 
manbayidir». 
Shu bois avvalo qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish borasidagi muhim 
chora-tadbirlardan biri, bu soha-ni boshqarishni takomillashtirish va tubdan o'zgartirish, rahbarlikni 
yaxshilash bo'ldi. 1991-1996-yillarda qishloq xo'jaligi kompleksiga rahbarlikni yaxshilash, 
qishloqda o'tkazilayotgan islohotlarning hu-quqiy asosini yaratish choralari ko'rildi. 
Paxtazorlar 1,5 million gektarga qisqardi, sug'oriladigan yerlardagi g'allazorlar 1,2 million 
gektarga ortdi. G'allachilikni jadal rivojlantirish qisqa vaqt ichidayoq xalq iste'moliga ishlatiladigan 
va ozuqabop donga bo'lgan ehtiyojni qondirish, bug'doy sotib olishga sarflanayotgan valutani tejab 
qolish imkoniyatini beradigan, eksport-ga ehtiyoj qoldirmaydigan qudratli tarmoq yaratildi. 
Don ekinlari uchun ajratilgan maydonlar 1990-yildan 1998-yilgacha bo'lgan davr mobaynida 
asosan paxta ekinlari maydonini qisqartirish hisobiga 1,7 barobar oshdi. Don ishlab chiqarish ikki 
barobardan ko'proq oshib, 4,15 mln. tonnani tashkil qildi. Mazkur ekinlarni yetishtirish tajribasining 
ko'payishi va faol seleksiya ishlari natijasida hosildorlik shu yillar mobaynida 1,3 barobar oshdi. 
Ushbu chora-tadbirlar don ekinlari importini sezilarli darajada qisqartirish-ga imkon berdi. Agar 
1990-yilda respublikada iste'mol qilinadigan bug'doyning 90 dan ortiq foizi importga to'g'ri kelgan 
bo'lsa, 1998-yilda import ulushi 19 foizdan kamroqni tashkil qildi. 
Qishloq xo'jaligini isloh qilishning moddiy shart-sharoitlarini yaratish, islohotlarni yangi sifat 
darajasiga ko'tarish uchun 1994-yilda davlat tomonidan xarid qilinadigan paxta tolasi va donning 
narxi 3-8 barobar oshirildi. Qolgan barcha mahsulotlarni dehqonlar erkin bozor narxlarida sota 
boshladilar. Boshqacha qilib aytganda qishloqda islohotlarni jadallashtirish va chuqurlashtirishni, 
bozorga xos ko'p ukladli samarador ishlab chiqarishni ta'minlaydigan zarur iqtisodiy shart-sharoitlar 
yaratildi. 
Bu osonlikcha bo'lmadi. Sababi qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishga va qayta ishlashga 
ahd qilgan kishilar oldida ko'plab muammolar pay do bo'lgan edi. 
Mazkur muammolarni qonun yo'li bilan hal qilishni ko'zda tu-tuvchi yangi hujjatlar qabul 
qilindi. Ular ichida asosiylaridan biri, 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan «Dehqon xo'jaligi 
to'g'risida»gi Qonundir. Bu hujjatda ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish uchun uzoq muddatli 
kredit ajratilishi hamda, dehqon xo'jaligining joriy ishlab chiqarish faoliyati uchun kredit 
shartnomasi asosida qis-qa muddatli kredit ajratish ko'zda tutildi. 


- 46 - 
Dehqon xo'jaligi tashkil topayotgan paytida unga ssuda va kreditlar berilishida mahalliy 
hokimiyat boshqaruv organlari, boshqa to'lovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, 
shuningdek, dehqon xo'jaliklarining o'zlari o'z mulki evaziga kafil bo'ladigan bo'ldilar. 
Qishloq xo'jalik vazirligi ma'lumotlariga qaraganda, 1996-yil boshigacha O'zbekistonda dehqon 
xo'jaliklarining umumiy soni 20 ming 244 tani tashkil etdi. 
O'zbekistonda qishloq xo'jaligini isloh qilishning puxta o'ylab olib borilishi MDH barcha 
mamlakatlaridan farqli o'laroq, ishlab chiqarishning sezilarli darajada pasayib ketishiga yo'l 
qo'ymaslik imkonini berdi. 
Shu bilan birga qishloqda islohotlarni amalga oshirishda ekinlar hosildorligi, mehnat 
unumdorligi o'sishini ta'minlashda, haqiqiy yer egasi va mahsulot sohibining shakllanishida hali bir 
qator muammolar va yechilmagan masalalar ko'p edi. Shu bois 1995-yil 21-dekabrda Oliy 
Majlisning IV sessiyasida «Qishloqda islohotlar sust borayotgani va kutilgan natijalarni 
bermayotgani, mulk o'z egasini topishi haqida ko'p gapirilsada, amaliy hayotda esa bu masalalar 
o'zining kerakli yechimini topmayotgani» qat'iy ta'kidlab o'tildi. 
1996-yilning 21-mayida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2000-yilgacha 
bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasi qishloq infrastrukturasini rivojlantirish Dasturi» to'g'risida 
qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda qishloqning iqtisodiy va mehnat imkoniyatlaridan yanada to'liq 
va samarali foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish, qishloq aholisining turmush sharoitlarini 
yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi «O`zistiqbolstat» Davlat Qo'mitasi, O'zbekiston Moliya 
vazirligi, Sog'liqni saqlash va Xalq ta'limi vazirligiga 2000-yilgacha qishloq infrastrukturasini 
rivojlantirishga doir ishlarni amalga oshirishni topshirdi. Shuningdek, ushbu qarorda hukumat 
komissiyasi tuzilib, har 3 oyda bir marta ushbu qaror bajarilishini nazorat qilish ham ko'zda tutildi. 
Qoraqalpog'iston Respublikasida va Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent, Farg'ona 
viloyatlarida bironta ham maktab binolari foydalanishga topshirilmadi. Shu munosabat bilan, 
komissiya Qishloq xo'jalik vazirligi, uning joylardagi viloyat agrosanoat bir-lashmalari, qator 
viloyat hokimiyatlari, xalq ta'limi boshqarmalari e'tiborini qishloq joylarida maktab qurilishiga, 
ularni tezroq foydalanishga topshirishga qaratdi. 
Buni Xorazm viloyati misolida ham yaqqol ko'rish mumkin. Viloyatda bu sohada 
mustaqillikning 5 yili davomida 80-yillarga qaraganda birmuncha o'sish sezildi. Jumladan, 1992-
1995-yillarda 824 kilometr tabiiy gaz quvurlari yotqizilib, 40 ming 700 xona-donga «zangori olov» 
o'tkazildi. Vaholanki, 1990-yilgacha gaz-lashtirilgan xonadonlar 49 mingni tashkil etgan, ichimlik 
suvi bilan ta'minlashning ahvoli ancha og'ir edi. Binobarin, mavjud ichimlik suvi quvurlari 1990-
yilgacha atigi 1000 kilometrni tashkil etgan. 
Keyingi 5 yilda 127 kilometr katta diametrli suv haydagich, 902 kilometr ichimlik suvi 
tarmoqlari qurilib foydalanishga topshirildi. Aholining tabiiy gaz bilan ta'minlanishi 86,7 foizga, 
ichimlik suvi bilan ta'minlanishi esa 54,8 foizga yetkazildi. 
Orol mintaqasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash muhim ijtimoiy-iqtisodiy tadbir 
bo'lib insonparvarlik xususiyatiga ega edi. 
Bu g'oyat muhim sohada Namangan viloyatida ham ibratli ishlar amalga oshirildi. 1990-
yilgacha bo'lgan davrda viloyat bo'yicha jami 1480 kilometr gaz tarmoqlari tortilgan bo'lsa, 1991-
1995-yillar davomida 2025 kilometr gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi. Sobiq Ittifoq davrida 
hammasi bo'lib 1423,9 kilometr suv uzatish tarmoqlari yotqizilgan bo'lsa, 1991-1995-yillarda 1039 
kilometr shunday tarmoqlar ishga tushirildi. 1990-yilgacha hammasi bo'lib 95,8 ming xonadon 
gazlashtirilgan bo'lsa, istiqlol yillarining o'zidayoq 83,3 ming xonadonni gazlashtirishga erishildi. 
Birgina 1996-yilning o'zida viloyatning eng chekka qishloqlari Chodak va Nanayga gaz yetkazib 
berildi. 
Qishloqda islohotlar amalga oshirilishi jarayonida mehnatga yaroqli aholini mehnat bilan band 
qilish masalasiga ham katta e'tibor berildi. 
Shuni ta'kidlash o'rinliki, Prezident I. Karimov va respublika hukumati O'zbekistonda qishloqni 
har tomonlama rivojlantirishga, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida islohotlarni chuqurlashtirish, bu 
sohaning moddiy bazasi va moliyaviy ahvolini mustahkamlashga, agrar siyosatning ustuvor 
vazifalarini amalga oshirishga muntazam, doimiy e'tibor bermoqdalar. 


- 47 - 
Xullas, yuqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki, iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirishda bugun O'zbekiston erishgan yutuqlar ko'p jihatdan respublika hukumatining izchil, 
sobitqadam siyosati bilan bevosita bog'liqdir. 
Avval boshdanoq islohotlarning har bir qadami puxta o'ylangan, avvalgi mafkura zo'ravonligi 
o'rnini qonun ustuvorligi egalladi. Xususiy iqtisodiyotga rivojlanish uchun davlat sektori bilan teng 
sha-roitlar yaratildi. Ijtimoiy siyosat esa, aholi turmush darajasini asta-sekin yaxshilashga qaratildi. 
O'zbekistonda milliy iqtisodning eng muhim va ustuvor tarmoqlaridan biri qishloq xo'jaligi 
bo'lib, uning taraqqiyoti boshqa soha-lar rivoji uchun poydevor vazifasini o'tamoqda. Chunki valuta 
tu-shumining 60 foizi, yalpi mahsulot muomalasining 70 foizi qishloq xo'jaligi sohasiga to'g'ri 
keladi. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish