O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


Bozor munosabatlariga o'tish - hayotiy yetuklik va sabr-matonatni sinovdan



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/230
Sana02.02.2022
Hajmi1,83 Mb.
#425258
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   230
Bog'liq
ozbekistonning eng yangi tarixi

Bozor munosabatlariga o'tish - hayotiy yetuklik va sabr-matonatni sinovdan 
o'tkazuvchi o'ziga xos imtihondir. 
Jumladan, fermer xo'jaliklari tomonidan meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirishga 
hamda ularni qayta ishlashga ixti-soslashgan qariyb 200 ta agrofirma tashkil etildi, qishloq xo'jaligi 
sohasida ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish, transport xizmati, mahsulotlarni qadoqlash, joy lash 
va eksport qilish hamda shu kabi boshqa xizmatlar ko'rsatish bo'yicha ishlab chiqarish va bozor 
infra-tuzilmasi shakllanmoqda. 
Dehqon xo'jaliklari faoliyati tubdan o'zgarib bordi. 1998-yilda go'shtning 90 foizi, sutning 92 
foizi, sabzavot va kartoshkaning 70 foizdan ortig'i, poliz ekinlari va uzumning yarmidan ko'pi, 
respublikada yetishtirilayotgan mevalarning 61 foizi shaxsiy yordamchi xo'jalik deb atalmish 
xo'jaliklarda tayyorlandi. 
Mulkdorlar sinfini shakllantirish davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini 
yanada chuqurlashtirish bilan bevo-sita bog'liq. Xususiylashtirish va kichik biznesni rivojlantirish 


- 44 - 
ja-rayoni natijasida hozirgi paytda xususiy korxonalar respublikadagi korxonalarning umumiy 
sonidan 46 foizni, aksionerlik jamiyatlari va mas'uliyati cheklangan jamiyatlar - 12 foizni, jamoa 
mulki kor-xonalari - 6 foizni, fermer xo'jaliklari - 14 foizni tashkil qiladi. Ak-siyalash respublikada 
o'rta va yirik korxonalarni xususiylashtirishning asosiy shaklidir. 1999-yil 1-yanvarga kelib 
O'zbekistonda 9400 aksionerlik jamiyatlari ro'yxatga olindi, bunda barcha aksiyalarning uchdan bir 
qismidan ortig'i aholiga tegishli, bu esa yangi mulkdorlar sinfini shakllantirish jarayonida aholi 
keng qatlamlari ishtirokining muhim shaklidir. 
Xususiy sektorni kengaytirish, kichik biznes, fermer xo'jaliklari va tadbirkorlikni jadal 
rivojlantirish borasida tub burilishga erishildi. 
2005-yilda davlat korxonalarini butunlay, shuningdek, davlat aksiya paketlarini asosan xususiy 
mulkdorlarga sotish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Natijada 980 ta obyektdan 902 tasi xususiy 
mulkka aylantirildi. 2000-2005-yillar davomida jami 4 ming 660 ta korxona va obyekt xususiy 
mulkdorlarga sotildi. 
Masalan, Samarqand choy qadoqlash fabrikasi, «Ohangaron-sement», «Buxoro-gips», 
«Parkent-suv-qurilish» aksiyadorlik jamiyatlari kabi yirik korxonalar to'lig'icha xususiy 
mulkdorlarga sotildi. 
Xususiylashtirish jarayonining so'nggi yillardagi o'ziga xos ji-hati davlat aktivlari va aksiya 
paketlarining nolga teng xarid qiymati bo'yicha to'liq hajmda sotilayotganida namoyon bo'lmoqda. 
2003-2006-yillar mobaynida 396 ta korxona va obyekt 43,2 milliard so'mlik investitsiya kiritish 
majburiyati bilan nolga teng xarid qiymatida sotildi. Nizom jamg'armasida davlat ulushi bo'lgan 
xo'jalik subyektlari soni 2001-yildagiga nisbatan uch barobar qis-qardi. 
2007-yilga kelib mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning qariyb 76 
foizi, sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortig'i, qishloq xo'jaligi va chakana savdo aylanmasining 
deyarli barcha mahsulotlari nodavlat sektor ulushiga to'g'ri kelmoqda. Nodavlat sektorda 77 foiz 
yoki iqtisodiyotda band bo'lgan kishilar-ning to'rtdan uch qismi mehnat qilmoqda. 
Yagona soliq to'lovlarining joriy etilishi munosabati bilan soliq idoralariga taqdim etiladigan 
soliq hisob-kitoblari bo'yicha hujjatlar soni 10 barobar qisqardi. 
Nazorat idoralarining xo'jalik subyektlari va tadbirkorlik obyektlarini tekshirish natijalari 
bo'yicha qabul qilgan barcha qaror-larini sud idoralari orqali amalga oshirish tartibi o'rnatildi. 
Bunday tartib o'z-o'zicha mazkur subyektlarga nisbatan turli sanksiyalarni qo'llashni ham 
tubdan o'zgartirish, ya'ni uni sud qaro-ri bilan o'rnatishni belgilab beradi. 
Shunday qilib, xo'jalik subyektlari faoliyatidagi o'zaro masala va talablarni turli darajadagi 
davlat boshqaruvi idoralarida ko'rish va hal qilish kabi o'z umrini о'tab bo'lgan amaliyotga butunlay 
barham berish borasida qat'iy qadamlar qo'yildi. Bugun bunday masalalar, huquqiy demokratik 
davlatlarda bo'lganidek, istisnosiz ravishda sud orqali hal etiladi. 
Islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish masalalari eski zamon illati 
bo'lgan byurokratik boshqa-ruv tizimini bartaraf etish bilan bevosita bog'liq ekanini isbotlab 
o'tirishning hojati yo'q. Tan olish kerakki, respublikada amalga oshirilayotgan ma'muriy islohotlar 
markaz va joylardagi boshqaruv organlari tuzilmalarini takomillashtirishga sezilarli ta'sir qildi, 
boshqaruv xodimlari va ularning faoliyati bilan bog'liq xarajatlarni ancha qisqartirish imkonini 
berdi. 
2001-2008-yillar mobaynida boshqaruv xodimlarining umumiy soni 75 ming kishiga yoki 35,5 
foizga, jumladan, respublika organlari bo'yicha 21 foiz, mahalliy boshqaruv organlari bo'yicha 63,5 
foiz, xo'jalik boshqaruv organlari bo'yicha 30,5 foizga qisqartirildi. 
Xususiylashtirish, xususiy mulkni mustahkamlash, kichik korxonalar, mikrofirmalar, fermer 
xo'jaliklari tashkil etish va tadbirkorlikni rag'batlantirish hisobidan mamlakatimizda demokratik 
jamiyatning asosi va tayanchi sifatida o'rta sinf amalda shakllanmoqda. 
Birinchi navbatda bu o'z kuchi va imkoniyatiga tayanib yashaydigan, o'zini, oilasini boqayotgan 
va davlatga ham katta naf keltira-yotgan, o'zining mustaqil tijorat ishiga ega bo'lgan mulkdor tadbir-
korlardir. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish