- 53 -
I. Karimov 1995-yil 4-iyulda bo'lib o'tgan idoralararo Kengash-da tadbirkorlikni davlat
tomonidan qo'llab-quvvatlash xususida qo-nun qabul qilish kerakligini uqtirdi.
Shunday Qonun Oliy Majlisning iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qo'mitasi
tomonidan tayyorlandi va 1995-yil 21-dekabrdagi Oliy Majlisning IV sessiyasida qabul qilindi.
Ushbu Qonun kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirishning huquqiy,
tashkiliy va iqtisodiy asoslarini belgilab berdi, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirishdagi huquqlarini ro'yobga chiqarishga qaratildi.
Qishloqda haqiqiy mulkdorlarning shakllanishida fermer va dehqon xo'jaliklarining yana ham
rivojlantirilishi alohida ahamiyatga egadir. Respublikada fermer xo'jaliklarining umumiy soni 1992-
yildagi 6 mingdan 1998-yilda 23 minggacha oshdi, ushbu xo'jaliklardagi qoramollar soni 42 ming
boshdan 168 ming boshga-cha oshdi. Fermer va dehqon xo'jaliklariga ajratilgan qishloq xo'jalik
yerlari maydoni oshmoqda. Agar 1995-yilda fermer xo'jaliklari 308 ming gektar yerga ega bo'lsa,
1998-yilda ularga 447 ming gektar yer tegishli bo'lgan, dehqon xo'jaliklari maydoni esa shu
davrning ichi-da 534 ming gektardan 573 ming gektargacha oshgan.
Bu boradagi islohotlar izchil amalga oshirilishi tufayli hozirgi paytda respublikamizda 190
mingga yaqin fermer xo'jaligi faoliyat ko'rsatmoqda va ularda salkam 1,4 million kishi mehnat
qilmoqda.
Agar 2000-yilda yetishtirilgan paxta hosilining 21 foizi fermer xo'jaliklari hissasiga to'g'ri
kelgan bo'lsa, 2006-yilda bu ko'rsatkich 85 foizdan oshib ketdi, boshoqli don ekinlari yetishtirish
bo'yicha esa 2000-yilda 15 foizni tashkil etgan bo'lsa, o'tgan yili 75 foizdan iborat bo'ldi.
Birgina 2006-yilning o'zida 666 ta shirkat xo'jaligini qayta tashkil etish hisobidan 74 mingta
fermer xo'jaligi tuzildi, ularning yar-midan ko'pi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashganini ta'kidlash
lo-zim.
Mamlakatimizda keyingi yillarda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda xususiylashtirish
jarayoniga katta e'tibor berilganini birgina 2005-yil yakunlari asosida ham yaqqol ko'rish mumkin.
Masalan, 2005-yilda moddiy resurslar va tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish va ulardan
foydalanish tizimini liberallashtirish yo'lida hal qiluvchi qadam qo'yildi.
Bugun to'la ishonch bilan aytish mumkinki, tadbirkorlarga, av-valo, kichik biznes
subyektlariga asosiy, shu jumladan, talab katta bo'lgan moddiy resurslardan foydalanish imkonini
beradigan barqaror bozor mexanizmi shakllandi.
Aynan ana shunday odamlar jamiyatimizning tayanchi bo'lib, uning ijtimoiy asosini tashkil
etadi. Chunki aynan shular demokratik va bozor islohotlarini davom ettirish va chuqurlashtirishdan,
mamla-katni barqaror va izchil rivojlantirishdan ko'proq manfaatdor ekanini ta'kidlash zarur.
Shunday qilib, mamlakatimizning 2008-yildagi iqtisodiy rivoj-lanish natijalari o'tgan davr
mobaynida demokratik yangilanish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni
erkinlashtirish yo'lida ulkan qadamlar qo'yilganini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: