YOPIQ AKTSIYaDORLIK JAMIYaTI -
aktsiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan
belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan jamiyat.
JAMOAT FONDI –
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish
asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma‘rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali
maqsadlarni ko‘zlaydigan, a‘zoligi bo‘lmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi deb e‘tirof
etiladi.
INSON HUQUQLARI
– insonning davlatga munosabati bo‘yicha huquqiy maqomini, uning
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoniyat va da‘volarini ifodalovchi tushuncha.
Inson huquqlarini erkin va samarali amalga oshirilishi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining
asosiy belgilaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |