DAVLAT QO‟MITALARI
– (O‘zRda) umumdavlat vazifalarni bajaradigan sohalararo davlat
boshqaruvi markaziy idoralari. D.q. tegishli tarmoq muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va
nazorat qiladi. D.q. tegishli tarmoqdagi ahvol uchun mas‘ul hisoblanadi. ―O‘zR Vazirlar
Mahkamasi to‘g‘risida‖gi Qonuni (1993 y. 6 may) va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari
D.q. ning huquqiy holatini belgilab bergan.
DAVLAT NAZORATI
– davlat organlari chiqaradigan qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlarga
rioya qilinishini ta‘minlaydigan davlat hokimiyatini amalga oshirish shakllaridan biri. Davlat
nazoratini turli organlar amalga oshiradi. Odatda nazorat vazifasi asosan parlamentlarda to‘plangan,
ammo keyingi o‘n yillikda ko‘pgina mamlakatlarda parlamentdan tashqari, biroq parlament
nomidan ish yuritadigan nazorat instantsiyalari keng tarqaldi (masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |