- 70 -
«O`zbekiston mustaqillik sari yo'l olar ekan, dastlabki kunlardanoq o'tmish madaniyati va
qadriyatlarini tiklash, nohaq jabrlangan in-sonlarning nomlarini yuzaga chiqarish, milliy ongni
о'stilish kabi vazifalarni o'z oldimizga oliy maqsad qilib qo'ydik», - deyiladi ush-bu kitobda.
Darhaqiqat, mafkurasizlik - e'tiqodsizlikka olib keladi. E'tiqod-sizlik esa har kimning o'zicha
yashashiga, ko'ngil tusaganicha kun ko'rishiga, xayoliga kelgan ish bilan shug'ullanishiga olib
keladi. Bu yakka-yakka shaxslarning xatti-harakatidan butun jamiyat ma'naviy-ruhiy qiyofasining
qay tarzda shakllanishiga sabab bo'ladi.
Mafkurasizlik oxir-oqibatda odamlar ongida manqurtlik, qalbi-da, fe'l-atvorida andishasizlik va
nihoyat o'zligini anglamaslik nuq-sonlarini chuqurlashtiradi. Jamiyatda esa parokandalikni,
beqarorlik-ni keltirib chiqaradi. Shunday qilib odamlar hayotida fayz-u tarovat qolmaydi.
Umumiy g'oya atrofida birlashish, umummanfaat yo'lida bir-lashib kurashish maqsadlar
yaxlitligini, intilishlar uyg'unligini ko'rsatadi. Bu o'zbek xalqi uchun azaliy fazilat, an'anaga
aylangan muqaddas odat.
Mustaqillikning dastlabki yillarida vujudga kelgan iqtisodiy, si-yosiy va ijtimoiy qiyinchiliklar
bir muddat odamlar ruhiyatiga salbiy ta'sir qildi. Ularni sarosimaga solib qo'ydi. Natijada vaziyat
ancha-muncha chigallashib, fuqarolar turmushiga salbiy ta'sir ko'rsatdi.
Endi ana shunday o'pirilish va bo'hronlardan chiqib olish muam-niosi hukumat oldida
ko'ndalang bo'lib qoldi. Vaziyatning naqadar og'irligi va murakkabligini o'z vaqtida anglagan
mamlakat rahbari 1993-yilning 23-aprelida bir guruh adiblar bilan uchrashdi. Oradan ko'p o'tmay u
1993-yil 6-mayda mamlakat Oliy Kengashining XII sessiyasida mafkurasiz, aniq yo'nalishga ega
bo'lgan g'oyalarsiz taraqqiyot bo'lmasligini, oldimizda turgan eng muhim masalalardan biri milliy
istiqlol mafkurasini yaratish ekanligini ko'rsatib berdi.
O'zbekiston Konstitutsiyasining bir yilligiga bag'ishlangan tantanali yig'ilish (1993-yil 7-
dekabr) davlat mustaqilligi va inson haq-huquqlarining kafolatini yana bir bor ko'rsatish bilan birga
uni ma'naviy jihatdan mustahkamlashning asosini belgilab berdi. Unda mamlakat Prezidenti I.
Karimov katta nutq so'zlab, milliy mafkurani milliy ehtiyoj darajasiga ko'tardi. Barchaning diqqat-
e'tiborini ana shu muhim masalaning hal etilishiga qaratdi va «Mafkura\iy masa-lani hal etmasdan,
uni amalda tatbiq etmasdan turib, Konstitut-siya belgilab bergan maqsadlarga erishish, u oldimizga
qo'ygan talablarga javob berish mushkul bo'ladi.
Yangi mafkuraning asl mazmuni - yangicha, erkin fikrlay-digan, mutelik va jur'atsizlik
tuyg'usidan mutlaqo xoli, mustaqil insonni tarbiyalashdir». Milliy mafkurani ongimizga singdiruv-
chi amaliy dasturni yo'lga qo'ymoq кегак»,
-
degan fikrni ilgari surdi. Prezidentning bu ko'rsatmasi
asosida O'zbekiston Fanlar Aka-demiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'limi o'z qarashlarini ishlab
chiqdi va uni «O`zbekistonda ijtimoiy fanlar» jurnalida e'lon qildi.
Ko'ppartiyaviylik sharoitida mafkuralar xilma-xilligi, g'oyalar turlichaligi tabiiy hoi. Aksincha
bo'lishi mumkin emas. Bu jamiyati-mizda sog'lom fikrlar yashovchanligining qonuniy va amaliy
ifoda-sidir. Har bir fuqaro mustaqilligi va shaxs erkinligi asosida ularning o'z qarashlariga mos
holda ma'lum bir ijtimoiy guruhlar atrofida birlashib yashashi huquqiy demokratik davlatning
barkamollik da-raj asidir. Ana shu xilma-xil g'oyalarni umumxalq va umumdav-lat manfaatlari
yo'lida birlashtiruvchi milliy istiqlol mafkurasidir. O'zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi Markaziy
Kengashining 1993-yil 27-dekabrida bo'lib o'tgan IX plenumida mazkur masala keng muhokama
qilindi. Partiyaning milliy istiqlol mafkurasi doira-sida o'z qarashlari va nuqtayi nazari asosidagi
nusxasi qabul qilindi. Bu hujjat uning barcha quyi tashkilotlariga o'rganish va hayotga tatbiq etish
uchun tarqatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: