O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


«Biz  ma'rifat  va  ma'naviyatga  tadbirkorlik



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/236
Sana01.01.2022
Hajmi2,34 Mb.
#303469
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   236
Bog'liq
2 5215708310308653353 (1)

«Biz  ma'rifat  va  ma'naviyatga  tadbirkorlik 
va tijorat sohalari  tomonidan qili-nayotgan homiylikni  qo'llab-quvvatlaymiz, bunday homiy-
larga  yengillik  berish  lozimligini  ham  bilamiz.  Lekin  homiylik  mablag'lari  chinakam  badiiy 
asarlarga, chinakam ijodiy tadbir-larga sarflanishi shart. 
Xalqimizning  kelajagi  uchun  suvday,  havoday  zarur  bo'lgan  bunday  sohalarga  birinchi 
va  eng  katta  homiy  -  davlatning  o'zi», 
dedi.  Bu  moddiy  jihatdan  birmuncha  qiyinchilik  sezi-
layotgan  bir  davrda  ma'naviy  hayotimizga  davlat  g'amxo'rligining  yorqin  ko'rinishidir.  Zotan,  har 
yili  ma'naviy  va  ma'rifiy  ravnaq  uchun  davlat  jamg'armasidan  katta  miqdorda  mablag'  ajratilayot-
gani,  mazkur  tarmoq  tashkiliy-ijodiy  ishlarini  takomillashtirishda  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda. 
Birgina  misol sifatida shuni aytish  mumkinki, sobiq Ittifoq doirasidagi  mamlakatlarning hech biri-
da  O'zbekistondagichalik  ko'p  miqdorda  darsliklar,  o'quv-uslubiy  qo'llanmalar,  dasturlar  nashr 
etilmagan va ommaviy tarzdagi tadbir-lar amalga oshirilmagan. 
Bularning  hammasi  O'zbekistonda  milliy  madaniyat  va  ma'naviyat  ravnaqining  keng  miqyosli 
dasturi  mavjudligini,  unga  bevosita  davlatning  o'zi,  hukumatning  rahnamolik  qilayotganini 
ko'rsatadi. 
Mustaqillik yillarida ma'naviy poklanish haqida gap ketganda O'zbek tiliga Davlat tili maqomi 
berilishi va uning ahamiyatiga ham kitobxon e'tiborini tortish lozim. 
Bu  sobitqadam  yo'l  1993-yil  2-sentabrda  qabul  qilingan  «Lo-tin  yozuviga  asoslangan  o'zbek 
alifbosini  joriy  etish  to'g'risida»gi  Qonunda  va  1995-yil  may  oyida  Oliy  Majlisning  ikkinchi 
sessiya-sida  qabul  qilingan  O'zbekiston  Respublikasining  «Lotin  yozuviga  asoslangan  o'zbek 
alifbosini  joriy  etish  to'g'risida»gi  Qonuniga  o'zgartirishlar  kiritish  haqidagi  Qonunda  yanada 
mustahkamlandi va rivojlantirildi. 
Mazkur  qonunlar  o'zbek  tilining  Davlat  tili  sifatidagi  maqomi-ning  mustahkamlanishi, 
mamlakatning  har taraflama kamol topishi  va  jahon kommunikatsiya tizimiga kirishi uchun ancha 
qulay shart-sharoit yaratib berdi. 
Mazkur qonunlarni ishlab chiqish jarayonida to'plangan tajriba har taraflama umumlashtirildi va 
tahlil etildi, Davlat tiliga o'tish bo'yicha qilingan  ishlar xolis  baholandi. Puxta o'ylab, real  jarayon-
lar  va  imkoniyatlarni  hisobga  olib,  lotin  yozuviga  asoslangan  o'zbek  alifbosini  uzil-kesil  joriy 
etishni 2005 yilgacha bosqichma-bosqich amalga oshirib borishga qaror qilindi. 
Mutlaqo  ravshanki,  til  islohoti  bilan  bog'liq  barcha  sanalar  yangi  Qonun  hujjatlariga  muvofiq 
holga  keltirilishi  kerak.  Negaki,  davlat  tilini  eski  alifboda  joriy  etib,  so'ngra  yangi  yozuvga  o'tish 
maqsadga muvofiq emas. 
Ana  shu  holatlarning  hammasini  hisobga  olib,  «O`zbekiston  Respublikasining  Davlat  tili 
haqida»gi  Qonunga  zarur  o'zgarishlar  kiritish  ehtiyoji  tug'ildi.  Bu  qonun  respublika  hali  SSSR 
tarkibida  bo'lgan  va  madaniy-ma'naviy  sohada  o'ziga  xoslikni  mustahkam-lashga  intilgan  bir 
sharoitda qabul qilingan edi. Shundan beri vaziyat tubdan o'zgardi. 
Qonunning ko'pgina moddalari va qoidalari jiddiy o'zgartirishlar hamda qo'shimchalar kiritishni 
taqozo eta boshladi, ayrimlari esa eskirdi. 
Davlat va ijtimoiy sohaning barcha tomonlarini isloh qilishning respublikada qabul qilingan va 
hayot  tasdig'idan  o'tgan  konsepsiya-si  o'zgartirishlarning  izchilligi,  bosqichma-bosqichligi 
tamoyilidan kelib chiqadi. Bu til muammosiga to'la taalluqlidir. 
O'z kuchi va kelajagiga ishongan xalqning bag'ri keng bo'ladi. O'zbekistonning mustaqilligi va 
taraqqiyoti puxta ta'minlangan, xal-qimiz o'zining buyuk kelajagini dadil bunyod etayotgan bugungi 
kunda mustahkam zamin yaratmasdan turib, shoshmashosharlik qilishning zarurati yo'q. 


- 67 - 
 
Ko'rilayotgan  choralarga  qaramay,  respublikada  istiqomat  qila-yotgan  turli  millatga  mansub 
fuqarolarning  barchasi  o'zbek  tilini  tez  va  erkin  o'zlashtirib  olishni  ta'minlaydigan  zamonaviy 
uslubi-yotlar,  darsliklar  va  o'quv-ko'rgazmali  qo'llanmalar  sekinlik  bilan  yaratilayotgan  edi. 
Rusiyzabon  maktablarda  va  auditoriyalarda  ish-lash  uchun  maxsus  tayyorlangan  malakali 
mutaxassislar - o'zbek tili o'qituvchilari ham yetarli emas edi. 
Qonunning  ayrim  qoidalari  qayta  ko'rib  chiqishni,  tahrir  qilishni  talab  qilardi.  Xususan,  4-
modda  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvning  barcha  xodimlaridan  o'z  xizmat  vazifalarini  bajarish 
uchun  yetarli  darajada  davlat  tilini  bilishni  taqozo  etadi.  Bu  borada  yoshiga  yoki  ish  stajiga  ko'ra 
hech qanaqa istisno nazarda tutilmagan. Amaliyot shuni ko'rsatdiki, bu talabni rus tilida o'qigan va 
uzoq  yillar  shu  tilda  kasb-kor  bilan  shug'ullangan  yuzlab  va  minglab  keksaygan  malakali 
mutaxassislar  bajarishga  qodir  emas  edi.  Ularga  jamiyat  ravnaqi  yo'lida  xotirjam  ishlash  va  o'z 
imkoniyatlaridan loaqal pen-siya yoshiga yetgunga qadar samarali foydalanishlari uchun imko-niyat 
berish  maqsadga  muvofiq  bo'lib  qoldi.  Davlat  tilini  o'rganish  bo'yicha  barcha  harakatlarni  5-10 
yilda  davr  talabiga  mos  yangi  mutaxassislar  tayyorlaydigan  maktablar,  texnikumlar,  oliy  o'quv 
yurtla-riga qaratish lozim bo'lib qoldi. 
Hamma joyda Davlat tili va yangi alifboga o'tish asosli o'quv-uslubiy negizni yaratishni taqozo 
etardi.  Pedagogika  oliy  o'quv  yurt-lari  va  universitetlarida  o'zga  tilda  so'zlashuvchilar  o'qiydigan 
maktablar uchun o'zbek tili o'qituvchilari tayyorlash bo'yicha maxsus fakultetlar va bo'limlar ochish, 
ilmiy-uslubiy  tadqiqotlarni  kengay-tirish  va  chuqurlashtirish,  yangi  darsliklar  va  qo'llanmalarni 
nashr etish lozim edi. 
Ushbu  bay  on  qilingan  takliflarni  ro'yobga  chiqarish  til  isloho-ti  uchun  mustahkam,  o'zaro 
uyg'unlikdagi  qonuniy  asosni  vujudga  keltiradi.  Taklif  etilayotgan  tadbirlar  hamma  yerda  ancha 
uyushqoq-lik  bilan,  ortiqcha  xarajatlarsiz  davlat  tiliga  o'tish  imkonini  beradi.  O'zbekistonda  ba'zi 
mamlakatlardagidan farqli o'laroq, tilga yoki boshqa belgilariga doir biron bir cheklash yoki senzlar 
belgilanishi  istisno  etiladi.  Bu  xalqimiz  ko'z  qorachig'idek  ardoqlayotgan  barqarorlikni,  fuqarolar 
tinchligini  va  millatlararo  totuvlikni  yanada  mustahkamlashga  ko'maklashishini  hisobga  olib 
O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  1995-yil  22-dekabrdagi  sessiyasida  «O`zbekiston 
Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. 
Bu  ham  mamlakatimizda  aholining  ma'naviy  barkamolligi  uchun  xizmat  qiluvchi  bir  omil 
sifatida ahamiyatga ega bo'ldi. 
Prezident I. Karimovning 2008-yili nashr etilgan «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» nomli 
kitobi esa mustaqillik yillarida shakllangan milliy g'oya asosida yuksak ma'naviyatni, barkamol ja-
miyatni  barpo  etish  borasidagi  tarixiy  tajribalarning  yakuni,  bu  soha-dagi  strategik 
maqsadlarimizning o'ziga xos konsepsiyasi vazifasini bajarmoqda. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish