O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


 Milliy istiqlol mafkurasi va tamoyillari



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/236
Sana01.01.2022
Hajmi2,34 Mb.
#303469
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   236
Bog'liq
2 5215708310308653353 (1)

 
4. Milliy istiqlol mafkurasi va tamoyillari.  
 
Mustaqillik 
-  mustaqil  yashash,  mustaqil  fikrlash,  mustaqil  intilish  imkoniyatidir.  Bu 
bevosita ong va tafakkur bilan bog'liq bo'lgan, doimiy rivojlanib, shakllanib boradigan harakatdagi 
hodisa. 
Demak, milliy ong ta'sirida milliy g'oyalar yaratiladi. Ana shu g'oyalar asosida milliy mafkura, 
milliy dunyoqarash shakllanadi. 
Milliy  g'oya,  O'zbekistonning  mustaqillika  erishishi  haqidagi  siyosiy,  ilmiy,  nazariy,  falsafiy, 
tarixiy,  badiiy  va  diniy  qarashlar  majmui,  xalqni  kelajakka  ishonch,  e'tiqod  ruhida  tarbiyalovchi 


- 73 - 
 
g'oyaviy qurol, barcha toifa kishilarini shu maqsad yo'lida bir-lashtiruvchi g'oyat qudratli ma'naviy 
omil hisoblanadi. 
Shundan kelib chiqib: 

 
O'zbekistonning mustaqillikka erishishini tarixiy muqarrar ja-rayonligini ko'rsatish; 

 
Yangi  Konstitutsiyada  qonunan  maqsad  qilib  qo'yilgan  ado-latli,  demokratik,  fuqarolik 
jamiyat haqida ilmiy-nazariy qoidalarni ishlab chiqish; 

 
O'zbekistonning  kelajagiga  ishonch  va  kishilarda  yangi  ijtimoiy-siyosiy  dunyoqarashni 
shakllantirishni  milliy  g'oyaga  asos  bo'luvchi  qarashlar  deyish  mumkin.  Biroq,  yuqorida 
keltirilganlar  jamoat  tashkilotlari,  ilmiy  muassasalar,  ayrim  siyosatshunoslarning  milliy  istiqlol 
mafkurasi  xususidagi  nuqtayi  nazarlari  va  shaxsiy  qa-rashlari  edi,  xolos.  Hali  asl  ma'noda  istiqlol 
mafkurasining  nazariy  jihatdan,  uning  amaliy  tomonlari  dastur  shaklida,  qo'llanma  sifatida 
yetarlicha ochib berilmagan edi. 
Milliy  istiqlol  mafkurasining  nazariy  jihatlari  Prezident  LA.  Karimovning,  ayniqsa,  keyingi 
yillardagi nutq va risolalarida atrof-licha yoritib berildi. Xususan, 1995-yil 24-fevralida O'zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisining  birinchi  sessiyasida  «O`zbekistonning  siyosiy,  ijtimoiy  va  iqtisodiy 
istiqbolining asosiy tamoyillari» mav-zuyida keng qamrovli ma'ruza qildi. 
Avvalo  ushbu  risola  o'zining  nazariy  jihatdan  puxta,  rivojlani-shimizga  doir  amaliy  taklif  va 
mulohazalarga  boy  qo'llanmaliligi  bilan  xarakterlidir.  Darhahiqat,  kitobchada  mustaqillik  yillarida 
amalga  oshirilgan  ishlar  tahlil  qilinadi,  bugungi  ijtimoiy  siyosiy  hayotga  tav-sif  beriladi,  ichki  va 
tashqi siyosatga doir vazifalar oydinlashtiriladi. Bir so'z bilan aytganda xalqimiz XXI asrga qanday 
o'tadi,  degan  sa-vollarga  aniq  javob  beriladi.  Shuning  uchun  ham  ushbu  nutq  siyosiy  hayot  uchun 
dasturiy hujjat, amaliy faoliyat uchun qo'llanma bo'ldi. 
Bir  so'z  bilan  aytganda  ana  shu  sessiyada  so'zlangan  nutq  bizning  qariyb  to'rt  yil  mobaynida 
to'plangan tajribalarimizni to'plab, davlat siyosatining taktika va strategiyasini aniq-ravshan belgilab 
berdi.  Milliy  istiqlol  mafkurasining  asl  o'zagini,  butun  mazmun-mohiyatini,  ko'lami  va  miqyosini 
ko'rsatib berdi. 
Mustaqillikning  to'rt  yilligi  arafasida  jamoatchilik  yana  bir  sovg'a  oldi.  LA.  Karimovning 
«O`zbekiston  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  yo'lida»  kitobi  nashrdan  chiqdi.  Bir-biri  bilan 
uz-viy  bog'langan,  bir-birini  mantiqiy  jihatdan  davom  ettiradigan  ushbu  monografiya  «Iqtisodiy 
islohotlar  birinchi  bosqichining  yakunlari  va  saboqlari»  hamda  «Iqtisodiy  islohotlar  ikkinchi 
bosqichining  vazifa-lari  va  ustuvor  yo'nalishlari»  kabi  qismlardan  iborat.  Mazkur  asarda 
yo'naltirilgan  barqaror  bozor  iqtisodiyotiga,  ochiq  tashqi  siyosatga  ega  bo'lgan  kuchli  demokratik 
huquqiy davlatni  va  fuqarolik  jamiya-tini  barpo etishga,  inson uchun  munosib turmush va  faoliyat 
sharoi-tini vujudga keltirish, jamiyatni ma'naviy-axloqiy jihatdan yangilash va taraqqiy ettirishning 
nazariy hamda amaliy negizlarini belgilab berish tamoyillari ishlab chiqildi. 
Asar  o'zining  hayotiy  faoliyatini  Vatanimizning  mustaqilligini  mustahkamlashga  bag'ishlagan 
har  bir  fuqaroni:  u  olim  bo'ladimi,  ishchi-xizmatchi  yoki  dehqon  bo'ladimi,  o'z  ishiga  mas'uliyat 
bilan qarashga, o'z faoliyatini tahlil qilish, hayotiy saboqlar chiqarish ruhida tarbiyalaydi. 
Bugungi kunda ushbu kitob jahonning ko'p mamlakatlari-da nashr etildi, o'nlab tillarga tarjima 
qilindi.  Uni  dunyo  xalqlari  o'rganayotganligi  asarning  ilmiy  qiymati  naqadar  yuksakligini  ham 
nazariy,  ham  amaliy  xulosalari  qator  mamlakatlar  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiy  otda  yangi  yo'nalish 
yuz berayotganini ko'rsatadi. 
 
Eng  muhimi,  aholining  ong-u  tafakkurida  tub  o'zgarishlar  rO`y  berdi,  ularning  uzoq  yillar 
mobaynida  kommunistik  mafkura  va  sovet  mafkurasi  tamoyillari  asosida  shakllantirilgan  fikrlash 
tarzi va dunyoqarashi, bir so'z bilan aytganda, odamlarning o'zi o'zgardi. 
Bugun yangicha fikrlaydigan, o'z kelajagini jamiyatda demokratik qadriyatlarni mustahkamlash 
bilan,  mamlakatimizning  kelajagini  jahon  hamjamiyatiga  integratsiyalashuvi  bilan  bog'liq  holda 
ko'radigan yangi avlod vakillari hayotga kirib kelmoqda. 
Bu  esa  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  tub  siyosiy,  iq-tisodiy,  ma'naviy-ma'rifiy 
o'zgarishlarni ortga qaytarib bo'lmasligi, islohotlar muqarrarligining ishonchli kafolatidir. 
Xullas,  Vatanimiz  va  xalqimiz  tarixida  muhim  o'rin  tutgan  ush-bu  davrda  torn  ma'noda  tub 
o'zgarishlar  amalga  oshirildi,  xalqaro  munosabatlarning  teng  huquqli  subyektiga  aylangan,  jahon 


- 74 - 
 
hamja-miyatida o'zining munosib va mustahkam o'rniga ega bo'lgan -O'zbekiston deb atalgan yangi 
demokratik davlat barpo etildi. Bugun ana shu mustahkam poydevor asosida mamlakatimizni jadal 
isloh  etish  va  modernizatsiya  qilishning  yangi  davri  -  milliy  taraqqiyoti-mizning  keyingi  mantiqiy 
bosqichi izchil davom etmoqda. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish