O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


o'tkazuvchi o'ziga xos imtihondir



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/236
Sana01.01.2022
Hajmi2,34 Mb.
#303469
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   236
Bog'liq
2 5215708310308653353 (1)

o'tkazuvchi o'ziga xos imtihondir. 
Jumladan,  fermer  xo'jaliklari  tomonidan  meva-sabzavot  mahsulotlari  va  uzum  yetishtirishga 
hamda ularni qayta ishlashga ixti-soslashgan qariyb 200 ta agrofirma tashkil etildi, qishloq xo'jaligi 
sohasida  ishlab  chiqarishga  xizmat  ko'rsatish, transport  xizmati,  mahsulotlarni  qadoqlash,  joy  lash 
va  eksport  qilish  hamda  shu  kabi  boshqa  xizmatlar  ko'rsatish  bo'yicha  ishlab  chiqarish  va  bozor 
infra-tuzilmasi shakllanmoqda. 
Dehqon  xo'jaliklari  faoliyati  tubdan  o'zgarib  bordi.  1998-yilda  go'shtning  90  foizi,  sutning  92 
foizi,  sabzavot  va  kartoshkaning  70  foizdan  ortig'i,  poliz  ekinlari  va  uzumning  yarmidan  ko'pi, 
respublikada  yetishtirilayotgan  mevalarning  61  foizi  shaxsiy  yordamchi  xo'jalik  deb  atalmish 
xo'jaliklarda tayyorlandi. 
Mulkdorlar sinfini shakllantirish davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini 
yanada  chuqurlashtirish  bilan  bevo-sita  bog'liq.  Xususiylashtirish  va  kichik  biznesni  rivojlantirish 


- 44 - 
 
ja-rayoni  natijasida  hozirgi  paytda  xususiy  korxonalar  respublikadagi  korxonalarning  umumiy 
sonidan  46  foizni,  aksionerlik  jamiyatlari  va  mas'uliyati  cheklangan  jamiyatlar  -  12  foizni,  jamoa 
mulki kor-xonalari - 6 foizni, fermer xo'jaliklari - 14 foizni tashkil qiladi. Ak-siyalash respublikada 
o'rta  va  yirik  korxonalarni  xususiylashtirishning  asosiy  shaklidir.  1999-yil  1-yanvarga  kelib 
O'zbekistonda 9400 aksionerlik jamiyatlari ro'yxatga olindi, bunda barcha aksiyalarning uchdan bir 
qismidan  ortig'i  aholiga  tegishli,  bu  esa  yangi  mulkdorlar  sinfini  shakllantirish  jarayonida  aholi 
keng qatlamlari ishtirokining muhim shaklidir. 
Xususiy  sektorni  kengaytirish,  kichik  biznes,  fermer  xo'jaliklari  va  tadbirkorlikni  jadal 
rivojlantirish borasida tub burilishga erishildi. 
2005-yilda davlat korxonalarini butunlay, shuningdek, davlat aksiya paketlarini asosan xususiy 
mulkdorlarga sotish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Natijada 980 ta obyektdan 902 tasi xususiy 
mulkka  aylantirildi.  2000-2005-yillar  davomida  jami  4  ming  660  ta  korxona  va  obyekt  xususiy 
mulkdorlarga sotildi. 
Masalan,  Samarqand  choy  qadoqlash  fabrikasi,  «Ohangaron-sement»,  «Buxoro-gips», 
«Parkent-suv-qurilish»  aksiyadorlik  jamiyatlari  kabi  yirik  korxonalar  to'lig'icha  xususiy 
mulkdorlarga sotildi. 
Xususiylashtirish  jarayonining  so'nggi  yillardagi  o'ziga  xos  ji-hati  davlat  aktivlari  va  aksiya 
paketlarining nolga teng xarid qiymati bo'yicha to'liq hajmda sotilayotganida namoyon bo'lmoqda. 
2003-2006-yillar mobaynida 396 ta korxona va obyekt 43,2 milliard so'mlik investitsiya kiritish 
majburiyati  bilan  nolga  teng  xarid  qiymatida  sotildi.  Nizom  jamg'armasida  davlat  ulushi  bo'lgan 
xo'jalik subyektlari soni 2001-yildagiga nisbatan uch barobar qis-qardi. 
2007-yilga  kelib  mamlakatimizda  ishlab  chiqarilayotgan  yalpi  ichki  mahsulotning  qariyb  76 
foizi, sanoat  mahsulotlarining 78 foizdan ortig'i, qishloq  xo'jaligi  va chakana savdo aylanmasining 
deyarli  barcha  mahsulotlari  nodavlat  sektor  ulushiga  to'g'ri  kelmoqda.  Nodavlat  sektorda  77  foiz 
yoki iqtisodiyotda band bo'lgan kishilar-ning to'rtdan uch qismi mehnat qilmoqda. 
Yagona  soliq  to'lovlarining  joriy  etilishi  munosabati  bilan  soliq  idoralariga  taqdim  etiladigan 
soliq hisob-kitoblari bo'yicha hujjatlar soni 10 barobar qisqardi. 
Nazorat  idoralarining  xo'jalik  subyektlari  va  tadbirkorlik  obyektlarini  tekshirish  natijalari 
bo'yicha qabul qilgan barcha qaror-larini sud idoralari orqali amalga oshirish tartibi o'rnatildi. 
Bunday  tartib  o'z-o'zicha  mazkur  subyektlarga  nisbatan  turli  sanksiyalarni  qo'llashni  ham 
tubdan o'zgartirish, ya'ni uni sud qaro-ri bilan o'rnatishni belgilab beradi. 
Shunday  qilib,  xo'jalik  subyektlari  faoliyatidagi  o'zaro  masala  va  talablarni  turli  darajadagi 
davlat boshqaruvi idoralarida ko'rish va hal qilish kabi o'z umrini о'tab bo'lgan amaliyotga butunlay 
barham  berish  borasida  qat'iy  qadamlar  qo'yildi.  Bugun  bunday  masalalar,  huquqiy  demokratik 
davlatlarda bo'lganidek, istisnosiz ravishda sud orqali hal etiladi. 
Islohotlarni yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish masalalari eski zamon illati 
bo'lgan  byurokratik  boshqa-ruv  tizimini  bartaraf  etish  bilan  bevosita  bog'liq  ekanini  isbotlab 
o'tirishning  hojati  yo'q.  Tan olish  kerakki,  respublikada  amalga  oshirilayotgan  ma'muriy  islohotlar 
markaz  va  joylardagi  boshqaruv  organlari  tuzilmalarini  takomillashtirishga  sezilarli  ta'sir  qildi, 
boshqaruv  xodimlari  va  ularning  faoliyati  bilan  bog'liq  xarajatlarni  ancha  qisqartirish  imkonini 
berdi. 
2001-2008-yillar mobaynida boshqaruv xodimlarining umumiy soni 75 ming kishiga yoki 35,5 
foizga, jumladan, respublika organlari bo'yicha 21 foiz, mahalliy boshqaruv organlari bo'yicha 63,5 
foiz, xo'jalik boshqaruv organlari bo'yicha 30,5 foizga qisqartirildi. 
Xususiylashtirish,  xususiy  mulkni  mustahkamlash,  kichik  korxonalar,  mikrofirmalar,  fermer 
xo'jaliklari  tashkil  etish  va  tadbirkorlikni  rag'batlantirish  hisobidan  mamlakatimizda  demokratik 
jamiyatning asosi va tayanchi sifatida o'rta sinf amalda shakllanmoqda. 
Birinchi navbatda bu o'z kuchi va imkoniyatiga tayanib yashaydigan, o'zini, oilasini boqayotgan 
va davlatga ham katta naf keltira-yotgan, o'zining mustaqil tijorat ishiga ega bo'lgan mulkdor tadbir-
korlardir. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish