O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/236
Sana01.01.2022
Hajmi2,34 Mb.
#303469
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   236
Bog'liq
2 5215708310308653353 (1)

Ikkinchi 
tamoyil  shundan  iborat  bo'ldiki,  xususiylashtirishga  dasturiy  yondashuvni  ta'minlash 
va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim edi. 
Shuning  uchun  1991-yil  18-noyabrda  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  VIII 
sessiyasida  mulkni  «Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish  to'g'risida»gi  Qonun  qabul 
qilindi.  Unga  ko'ra  mulkchilik  shakllarini  o'zgartirish  sohasidagi  ishlar  respublika  hamda  hududiy 
maqsadga  bosqichma-bosqich  ishlab  chiqiladigan  va  tasdiqlanadigan  maxsus  dasturlar  asosida 
amalga oshirilishi qat'iy belgilab qo'yildi. 
Albatta, bu qoida har bir yangi bosqich uchun ustuvor yo'nalishlarni belgilash imkonini beradi. 
Masalan, dastlabki  bosqich  xususiylashtirish  jarayoni umumiy uy-joy  fondini, savdo, mahalliy 
sanoat,  xizmat  ko'rsatish  korxonala-rini  hamda  qishloq  xo'jalik  mahsulotlarini  tayyorlash  tizimini, 
xullas «kichik xususiylashtirish» jarayonini qamrab oldi. Fikrimiz isboti uchun quyidagi raqamlarga 
murojaat  qilaylik.  1992-1993-yillarda  28  ming  846  yuridik  shaxs  53  ming  902  ta  xususiy  obyekt 
egasi  bo'ldi.  Bu  jarayon  vaqt  o'tgani  sayin  ko'paya  bordi.  1994-yilda  9744,  1995-yilda  8584  ta, 
1996-yilning birinchi yarmida 933 ta yuridik shaxs xususiy obyektlar egasi bo'ldi. 
Yuqorida  aytilganidek  birinchi  bosqichda  (1992-1993)  bir  million  kvartira  xususiylashtirildi 
yoki  O'zbekiston  shaharlaridagi  har  bir  oilada  o'rtacha  4,7  kishi  bo'lsa,  qariyb  5  millionga  yaqin 
kishi birgina kvartiralar xususiylashtirilishi evaziga mulkdorga aylandi. 
1994-yil  21-yanvarda  qabul  qilingan  «Iqtisodiy  islohotlarni  chu-qurlashtirish  chora-tadbirlari 
to'g'risida»gi  va  1994-yil  16-martda  qabul  qilingan  «Mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va 
xususiylashtirish  jarayonini  yanada  rivojlantirishning  ustuvor  yo'nalishlari  to'g'risida»gi  Prezident 
Farmonlari  xususiylashtirish  jarayonini  yana  ham  yangi  pog'onaga  ko'tarish,  uni  sifat  jihatidan 
yaxshilash imkonini berdi. 
Qabul  qilingan  qarorlarga  muvofiq  yangi  bosqichda  korxonalarni  ochiq  turdagi  hissadorlik 
jamiyatlariga  aylantirish,  ushbu  jarayon-ga  aholini  va  chet  ellik  investorlarni  kengroq  jalb  qilish 
jarayonini avj oldirish vazifasi qo'yildi. 
Qimmatli  qog'ozlar  va  ko'chmas  mulk  bozorini  tashkil  etish  uchun  asos  yaratildi.  Davlat 
mulkini sotish bo'yicha kimoshdi sav-dolari va tanlovlari o'tkaziladigan bo'ldi. 
Xususiylashtirish borasidagi barcha ishlar izchil va muntazam olib borila boshlandi. Hozirgacha 
mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirishga  doir  20  dan  ortiq  davlat  dasturi  qabul 
qilindi. 
Dehqon  xo'jaliklari  uchun  193  ming  gektar  yer  ajratib  berilib,  7  ming  dehqon  xo'jaligi  paydo 
bo'ldi. 1994-yil oxiriga kelib ular soni 14, 2 mingtaga yetdi. 
Mustaqillikning o'tgan davrida xususiy korxonalar soni 7,5 mingtadan 19 ming 300 taga yetdi. 
Birgina  1996-yilning  o'zida  kichik  va  xususiy  korxonalar  soni  19  ming  100  taga  ko'paydi.  1997-
yilning 1-yanvariga kelib ular soni 100 mingtaga yetdi. 
1997-yil  1-yanvariga  kelib  aksariyat  korxonalar  xususiylashtirildi.  Agar  1993-yilda  jami 
korxonalarning  39,4  foizdan  ortig'i  dav-latga  tegishli  bo'lmagan  korxona  bo'lsa,  1994-yilda  bu 
ko'rsatkich 57,7 foizga, bugunga kelib esa 82,7 foizga yetdi. 
Agar  1993-yilda  xalq  xo'jaligida  band  bo'lgan  aholining  48  foi-zi  nodavlat  sektorida  ishlagan 
bo'lsa, ayni paytda ularning 70 foizi  mazkur sektorda faoliyat ko'rsatmoqda. Hozirgi kunda sanoat 
mahsuloti  hajmining  yarmidan  ko'pi,  qishloq  xo'jalik  mahsulotining  97  foizi,  chakana  tovar 
oborotining 94 foizi, pudrat ishlarining 61 foizi nodavlat sektori hissasiga to'g'ri keladi. 


- 43 - 
 
Kichik  va  xususiy  biznes  faol  rivojlanmoqda.  Ro'yxatdan  o'tgan  kichik  va  xususiy  korxonalar 
soni  1999-yil  1-iyunga  kelib  160,1  ming  birlikka  yetdi,  bu  esa  respublika  hududidagi  yuridik 
shaxslar  umumiy  sonining  89  foizini  tashkil  qiladi.  260  mingdan  ortiq  respublika  fuqarosi  yakka 
tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni  -  1,4 ba-
robar, fermer xo'jaliklari soni - uchdan bir hisobida ko'paydi. Bu borada izchil siyosat olib borilishi 
tufayli 2007-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, respublikamizda  faoliyat ko'rsatayotgan kichik biznes 
va  xususiy  tadbirkorlik  korxonalari  soni  qariyb  350  mingtaga  yetdi.  Bugungi  kunda  kichik 
biznesning  yalpi  ichki  mahsulotdagi ulushi 42,1  foizni tashkil  etmoqda. 2006-yilning o'zida ushbu 
so-hada qo'shimcha ravishda 290 mingta yangi ish o'rni yaratildiki, bu ko'rsatkich mamlakatimizda 
ochilgan yangi ish joylarining 50 foizdan ortig'ini tashkil etadi. 
Xususiy  sektor,  kichik  biznes  iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlanish-ning  faol  harakatlantiruvchi 
kuchiga  aylanganicha  yo'q.  Shuning  uchun  yaqin  yillar  ichida  mulkchilik  munosabatlarini  yanada 
chuqurlashtirish,  mulkdor  huquqlarini  amalga  oshirish  va  himoyalash  uchun  yanada  kuchliroq 
kafolatlarni yaratish bo'yicha keng ko'lamli dasturni amalga oshirish kerak bo'ladi. 
Shuni ta'kidlash lozimki, bularning barchasi o'zining ijobiy na-tijasini berdi. Faqat 2006-yilning 
o'zida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida qo'shimcha ravishda 290 ming yangi ish o'rni 
yaratildi, bu esa mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 foizdan ortig'ini tashkil etadi. 
Ayniqsa,  2006-yilda  yirik  sanoat  korxonalari  bilan  kooperatsi-yalashish  negizida  kasanachilik 
faol rivojlanib, buning natijasida 60 mingdan ziyod ish o'rni tashkil etildi. 
paxta  tolasini  chuqur  qayta  ishlash  bo'yicha  ishlab  chiqarishni  rivojlantirishni  rag'batlantirish 
qishloq  joylarida o'zaro hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish korxonalarning  moliyaviy  holatini 
mustahkamlash ish haqi va aholi daromadlarining o'sishi 
Katta sarmoya, mablag' talab qilinmaydigan kasanachilikni yo'lga qo'yish maqsadida joylardagi 
ishlab  chiqarish  korxonalarida  bekor  yotgan  turli  xil  dastgoh  va  uskunalar  qo'lidan  ish  keladigan 
odamlarga,  oilalarga  berildi.  Natijada  60  ming  odam,  60  ming  oila  qo'shimcha  daromadga  ega 
bo'ldi. 
O'zbekiston  mustaqillikka  erishgandan  so'ng,  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  huquqiy  davlat, 
demokratik, adolatli jamiyat qurish-ga kirishdi. 
Birinchi  Prezident  I.  Karimov  o'zining  «O`zbekiston  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish 
yo'lida»  nomli  kitobida  yozganidek, 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish