O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi


O‘zbekiston tarixi davrlashtirish masalasi yuzasidan 7 ta davrga bo‘linadi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/236
Sana01.01.2022
Hajmi2,34 Mb.
#303469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   236
Bog'liq
2 5215708310308653353 (1)

O‘zbekiston tarixi davrlashtirish masalasi yuzasidan 7 ta davrga bo‘linadi: 
1.
 
Ibtidoiy to‘da davri. 
2.
 
Urug‘chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri. 
3.
 
Ilk о‘rta asrlar davri. 
4.
 
O‘rta asrlar davri. 
5.
 
Mustamlakachilik va milliy uyg‘onish davri. 
6.
 
Sovetlar davri. 
7.
 
Milliy istiqlol, demokratik va fuqorolik jamiyati qurish davri. 
8.
 
“Turon tarixi” jurnalida A. Asqarov yuqoridagi 7 davrni ko‘rsatib o‘tadi. 
3.O‘zbekiston  tarixini  o‘rganishda  asosan  moddiy  va  yozma  manbalardan  foydalanamiz. 
Ularni davrlashtirish nuqtai nazaridan quyidagi manbalarga ajratish mumkin. 
a)
 
Eng qadimgi davrni arxeologik ashyolar yordamida; 
b)
 
“Avesto”, Bexistun yozuvlari, yunon-rim tarixchilarining asarlari asosida; 
c)
 
Ilk o‘rta asrlarni yunon-rim, so‘g‘d, xorazm va fors tili yozma manbalari asosida; 
d)
 
Mustamlakachilik  davrini  esa  forsiy,  turkiy,  rus  va  xorijiy  mamlakatlar  ilmiy  asarlari 
yordamida; 
e)
 
d) Mustaqillik davri esa Vatanamiz va xorijda chop etilgan O‘zbekiston tarixiga oid asarlar 
yordamida yoritiladi. 
Demak, qadimgi ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan mehnat qurollari, kundalik turmushda 
ishlatgan  jihozlari,  tanga  pullar,  harbiy  qurol-yarog‘lar,  uy-joy  xarobalari,  qal’alar,  shaharlar, 
qabrlar  moddiy-tarixiy  manbalar  deb  ataladi.  Arxeologik  ilmiy  tadqiqotlar  orqali  olib  borilgan 
izlanishlar natijasida topilgan moddiy topilmalar asosiy manbalar hisoblanadi. 
Yozuv  paydo  bo‘Iishi  bilan  savodxon  kishilar  o‘zi  yashab  turgan  va  borib  ko‘rgan 
mamlakatlarini,  ularning  turmush  tarzi,  madaniyati  haqidagi  fikrlarini  daraxtlaming  po‘stlog‘iga, 
toshga,  teriga,  qog‘ozga  yozib  qoldirganlar.  Voqea-  hodisalar,  xalqlaming  hayoti  haqida,  yerni 
meros  qoldirish,  in’om  qilish,  sotish,  sotib  olish  yozma  hujjatlar  orqali  va  podsho,  hokim,  amir, 
beklaming  yozma  shakldagi  qonun  va  farmonlari  orqali  amalga  oshirilgan  va  saqlab  qolingan. 
Bunday manbalar yozma manbalar deb ataladi. 
Ajdodlarimizning miloddan avvalgi VII-VIII asrlardagi hayotini o‘rganishda “Avesto” kitobi 
qimmatli  manba  hisoblanadi,  Vatanimiz  tarixiga  oid  ma’lumotlar  yunon  va  rim  manbalarida: 
Gerodotning “Tarix”, Ksenofontning “Yunoniston tarixi” asarlarida uchraydi. 
Xitoy  yozma  manbalaridan  “Tarixiy  yilnomalar”,  “Katta  Xan  tarixi”  va  boshqa  irlarida 
Turkiston tarixi haqida ma’lumotlar bor. 
Mamlakatimiz tarixini o‘rganishda turkiy, fors, anab manbalarining ahamiyati tta bo‘lib, S.E 
Malovning  “Eniseyskaya  pismennost  tyurkov.  Teksti  perevodom”,  Sa’dullayevning  “Qadimgi 
O‘zbekiston ilk yozma manbalarda”, N.Raxmonning turk hoqonligi” kitobida qimmatli ma’lumotlar 
mavjud. 
O‘zbek  xalqining  etnik  tarixini  o‘rganishda  Abulg‘oziyning  “Shajarai  turk”,  I.Jabborovning 
“O‘zbek xalqi etnografiyasi” asarlaridan foydalanish mumkin. 


- 8 - 
 
O‘zbek  xalqining  o‘rta  asrlardagi  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  ma’naviy-  adaniy  hayotini 
o‘rganishda  Abu  Nasr  Farobiyning  “Fozil  odamlar  shahri”,  Abu  ayhon  Beruniyning  “Qadimgi 
xalqlardan  qolgan  yodgorliklar”,  Yusuf  Xos  ojibning  “Qutadg‘u-bilig”,  Mahmud  Qoshg‘ariyning 
“Devoni  lug‘ati turk”, ashshaxiyning  “Buxoro tarixi”, Amir Temuming  “Temur tuzuklari”, Mirzo 
lug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” kabi nodir asarlari muhim tarixiy manba bo‘lib izmat qiladi. 
Turli sulolalar tarixini yoritishga bag‘ishlangan Shahobiddin an-Nasaviyning Siyrat as Sulton 
Jaloliddin  Manguberdi”.  Nizomiddin  Shomiyning  “Zafamoma”,  fizomulmulkning  “Siyosatnoma”, 
Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi”, 4uhammad Solihning “Shayboniynoma” asarlari qimmatli 
manba hisoblanadi. 
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining Sharq shunoslik institutidagi '‘qlyozmalar xazinalaridan 
muhimi  hisoblanadi.  Bu  yerda  40  mingdan  ortiq  |o‘lyozma  nusxalari,  30  mingdan  ortiq 
toshbosmalar  kitoblar,  10  mingdan  ortiq  harq  tillarida  yozilgan  hujjatlar  mavjud.  Ana  shu 
qo‘lyozma  hujjatlar  milliy  ariximizni  yanada  to‘laroq  ochishga  ko‘maklashishi,  tariximiz 
sahifalaridagi “oq” va “qora” dog‘larni barham topishiga yordamlashadi. 
Hozirgi  kunda  tariximizni  o‘rganishda  mustaqillik  davrida  tarixchi,  etnograf  )limlarimiz 
tomonidan yaratilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari muhim ihamiyatga egadir. 
Birinchi  Prezidentimiz    I.  A.  Karimov  ta’kidlaganidek,  “Har  bir  fuqoroni,  jumladan, 
yoshlarimizni  boy  madaniy  merosimizni  qadrlashga,  uni  ko‘z  qorachigidek  asrab-  avaylashga, 
yurak-yurakdan  iftixor  qilishga  o‘rgatadi.  O‘zimizning  boy  o‘tmish  merosimizdan  madad  va  ibrat 
olishga  imkon  beradi.  Odamlar  qalbida  ezgulik  tuyg‘ularini  uyg‘otib,  bugungi  avlod  kimlarning 
avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekaninianglashga undaydi”. 
Vatanimiz tarixi  yoshlarga  xalqimizning o‘tmishi, tarixi  haqida bilim  berib qolmasdan  balki 
ulami  vatanparvar,  insonparvar,  ma’naviy  jihatdan  komil  inson  boiib  yetishishlarida  dastur-amal 
hisoblanadi.  Vatanimizni  keyingi  avlodlarga  yanada  obod,  qudratli,  har  tomonlama  rivojlangan 
holatda  yetkazish  davrimizning  dolzarb  vazifasiga,  talabiga  aylandi.  Bu  mas’uliyatli  va  sharafli 
vazifani  ado  etish  yoshlarga,  ularning  ma’naviy  barkamolligiga  bog‘liqdir.  Bu  xususda  Birinchi 
Prezidentimiz    I.A.  Karimov  “Biron  bir  jamiyat,  ma’naviy  imkoniyatlarini,  odamlar  ongida 
ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarni rivojlantirish va mustahkamlamay turib, o‘z istiqbolini tasavvur 
qilib bo‘lmaydi”-deydi. 
“...Tug‘ilib  o‘sgan  yurtida  o‘zini  boshqalardan  kam  sezmay  boshini  baland  ko‘tarib  yurushi 
uchun insonga albatta tarixiy xotira kerak... Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson”. Insonda tarixiy 
xotira o‘z Vatani tarixini, o‘z xalqi, avlodlari hayotini o‘rganish orqali shakllanadi. 
Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o‘z o‘tmishini yaxshi bo’lsa, bunday 
insonlami  yo‘ldan  urush,  xar-xil  aqidalar  ta’siriga  olish  mumkin  emas.  Tarix  saboqlari  insonlarni 
hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi”-deb uqtiradi I. A. Karimov. 
Mustaqillik  sharofati  bilan  Vatanimiz  tarixini  o‘qitish  barcha  o‘quv  maskanlarida  davlat 
siyosati darajasiga ko‘tarildi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish