O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tarix kafedrasi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/236
Sana01.01.2022
Hajmi2,34 Mb.
#303469
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   236
Bog'liq
2 5215708310308653353 (1)

Reja: 
1.
 
O‘zbekiston tarixi fani, predmeti, obyekti, uning maqsadi va vazifalari. 
2.
 
O‘zbekiston tarixi fanining nazariy-metodologik asoslari 
3.
 
O‘zbekiston tarixini davrlashtirish. 
4.
 
Tarixiy manbalar va ularning turlari, ahamiyati. 
5.
 
O‘zbekiston tarixi fanining komil inson tarbiyasidagi o‘rni va roli. 
Asosiy qism 
Kishilik  jamiyati  qaror  topganidan  odamzod  avlod-ajdodlari  kimligini,  qanday  hayot 
kechirganligini,  nasl-nasabini,  o‘zi  tug‘ilib  voyaga  yetgan  zaminni,  Vatanining  o‘tmish  tarixini 
bilishni istaydi. 
Mustaqillikka  erishganimizdan  keyin  xalqimizning  o‘z  yurti,  tili,  dini,  madaniyati, 
qadriyatlari,  urf-odatlari  tarixini  bilishga,  o‘zligini  anglashga  qiziqishi  ortib  bormoqda.  Har  qaysi 
mamlakat, har bir xalqning o‘ziga xos bo‘lgan uzoq va betakror tarixi boigani kabi ona Vatanimiz 
O‘zbekistonning ham, o‘zbek xalqining ham boy va sermazmun tarixi mavjuddir. qadim o‘tmishda 
Turon,  Turkiston,  Movarounnahr  deb  atalgan  ona  zaminimiz  turli  tarixiy  yozma  va  arxeologik 
manbalarga  ko‘ra  Xitoy,  Hindiston,  Eron,  Misr,  Rim  kabi  qadimiy  va  buyuk  mamlakatlar  qatori 
dunyoga  mashhurdir.  Vatanimiz  jahon  tarixining  turli  xalqlar,  sivilizatsiyalar  tutashgan  eng 
to‘lqinli,  shiddatli  chorrahalardan  biri  bo‘lib,  bu  zaminda  mahalliy  aholining  fors,  hind,  xitoy, 
yunon,  arab,  rus  xalqlari  bilan  ma’lum  darajada  aralashuvi  sodir  bo‘lib,  ularning  madaniyati,  tili, 
dini, fani, san’ati, turmush tarzi bir-biri bilan uyg‘unlashib ketgan. 
Bugungi  kunga  kelib  Vatanimiz  O‘zbekiston  nafaqat  sharq,  balki  umumjahon  sivilizatsiyasi 
beshiklaridan  biri  bo‘lganligini  butun  jahon  tan  olmoqda.  Tariximiz  ildizlari  necha-necha  ming 
yilliklarga  borib  taqaladi.  O‘zbek  xalqining  boy  va  qadimiy  davlatchilik  tajribasi  bo‘lib,  hozirgi 
O‘zbekiston  hududida  ilk  mustaqil  davlat  tuzilmalari,  miloddan  avvalgi  birinchi  ming  yillik 
boshlaridayoq  paydo  bo‘lib,  qariyb  3  ming  yil  mobaynida  takomillashib  borgan  va  Dunyo 
davlatchiligi  ravnaqiga  eng  yuksak  darajaga  ko‘tarilganligi  butun  dunyoga  ma’lumdir.  Bundan 
qadimiy  va  tabarruk  tuproqdan  buyuk  allomalar,  fuzalolar,  olimu-ulamolar,  siyosatchilar, 
sarkardalar  yetishib chiqqan. Diniy  va dunyoviy  ilmlarning asoslari  mana  shu zaminda  yaratilgan, 
sayqal topgan. 
Eramizgacha  va  undan  keyingi  asrlarda  qurilgan  murakkab  suv  inshootlari,  shu  kungacha 
ko‘rku-fayzini,  mahobatini  yo‘qotmagan  asori-atiqalarimiz  qadim-qadimdan  yurtimizda 
dehqonchilik,  hunarmandchilik  madaniyati,  me’morchilik  va  shaharsozlik  yuksak  bo‘lganligidan 
dalolat  beradi.Beshafqat  davr  sinovlaridan  omon  qolgan,  eng  qadimgi  tosh  yozuvlar,  bitiklardan 


- 5 - 
 
tortib,  bugungi  kutubxonalarimiz  xazinasida  saqlanayotgan  20  mingdan  ortiq  qo‘lyozma,  ularda 
mujassam tarix, adabiyot, san’at, ahloq, falsafa, tibbiyot, matematika,  fizika, kimyo, astronomiya, 
me’morchilik,  dehqonchilikka  oid  o‘n  minglab  asarlar  bizning  beqiyos  ma’naviy  boyligimiz 
iftixorimizdir. 
Samarqand,  Buxoro,  Xiva,  Shahrisabz,  Toshkent  kabi  ko‘hna  shaharlarimiz  bugungi  kunda 
jahon miqyosidagi ziyoratgohlarga aylangan. Muqaddas zaminimiz orqali o‘tgan “Buyuk Ipak yoii” 
Sharq  va  G‘arbdagi  mamlakatlar  va  xalqlami  bir-biri  bilan  bog‘lab,  ularning  madaniy,  iqtisodiy 
hamkorligiga xizmat qilgan. 
Ana  shunday  qadimiy  va  buyuk  mamlakat  tarixini,  tabarruk  zaminimizda  necha  ming  yillar 
mobaynida  yashab,  kurashib  ijod  qilib  kelayotgan  xalqimiz  o‘tmishini  “O‘zbekiston  tarixi”  fani 
o‘rganadi.  “O‘zbekiston  tarixi”  predmeti  xalqimizning  eng  qadimgi  davrlardan  to  hozirgi 
kunlargacha bosib o‘tgan uzoq va murakkab tarixiy yo‘lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va 
ma’naviy hayotini holisona o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. 
Vatanimiz tarixi o‘zbeklarning xalq, millat bo‘lib shakllanish jarayoni, ajdodlarimiz qoldirgan 
boy  ma’naviy  merosi,  davlatlarning  tashkil  topishi,  ularning  ichki  va  tashqi  siyosatini  o‘rganadi. 
“O‘zbekiston  tarixi”  fanining  dolzarb  muommolari,  yechimini  kutayotgan  talaygina  masalalari 
mavjud bo‘lib, jumladan Vatanimiz hududida eng qadimgi davrlardan boshlab yashayotgan aholi va 
ularning  joylashuvi,  bu  aholining  qo‘shni  qabilalar  bilan  turlicha  munasabatlari,  Amudaryo  va 
Sirdaryo  oralig‘ida  yashagan  qadimiy  mahalliy  aholi  bizning  ajdodlarimiz  ekanligini  asoslash  va 
tadqiq etish shular jumlasidandir. 
O‘zbekiston  tarixini  o‘rganishda  manbalar  alohida  ahamiyatga  molikdir.  Bular  moddiy  va 
yozma manbalardir. Tariximizning eng qadimgi davrlarini o‘rganishda arxeologik, antropologik va 
etnografik  manbalarga  suyaniladi.  Bu  manbalar  turli  ko‘rinishlarda  bo‘lib,  ularga  qadimgi 
ajdodlarimiz  yashagan  manzilgohlar,  shahar  xarobalari,  mozor-qo‘rg‘onlar  qoldiqlari,  kundalik 
turmush  va  xo‘jalikda  ishlatiladigan  buyumlar,  mehnat,  jangovor  qurollar,  turli-tuman  ashyolar 
kiradi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish