Кеrakli jihozlar va materiallar: Flepchatkalar, oddiy va rangli qalamlar, o’chirg’ich, daftar, plakatlar, didaktik materiallar, tarqatmalar, gerbariylar, kitoblar.
Ishni bajarish tartibi: Sayrda bolalarni kuzning xarakterli belgilari bilan tanishtirish. Bolalarga mevali va manzarali daraxtlar to‘g‘risida tushuncha berish. Bolalarga mevali va manzarali daraxtlarning nomini aytish, mevali daraxtlarni manzarali daraxtdan farq qilishga o‘rgatish, hasharotlar va qushlar hayoti haqidagi bilimlarini aniqlash, bolalarga kuzning belgilarini bildiruvchi so‘zlardan foydalanishni o‘rgatish, kuzatishlarga qiziqishlarini orttirish, tabiat go‘zalligidan zavqlanish qobiliyatlarini tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |