6 – машғулот. Mavzu. SAYRLARNI REJALASHTIRISH VA O’TKAZISH METODIKASI.
Dars maqsadi: Sayrlarni rejalashtirish va o’tkazish metodikasi bilan tanishtirish.
Umumiy tushunchalar: Qish va bahorda tarbiyalanuvchilarning o'simliklar hayotidagi yil fasllariga qarab farqlami ko'rishlari uchun sayrlar obyektlarda o'tkaziladi. Tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlar mavzusi bilan bog'liq holda sayrlar o'tkaziladi, ularda tarbiyachi bolalar bilimlarini kengaytiradi va chuqurlashtiradi, tabiat haqida aniq tushunchalami shakllantiradi. Sayrlar bolalarni tabiat hodisalarining yoki tabiat va mehnat aloqalarini aks ettiruvchi faktlar bilan tanishtirish uchun zarur bo'lgan noyob bilim manbaidir. Misol sifatida eng ko'p tarqalgan suv o'simliklari va hayvonlar bilan tanishish maqsadida suv havzasiga o'tkaziladigan sayrlar rejasini tuzadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |