4. Davan davlatining ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy tarixi
Davan davlatining siyosiy tuzumi shahar-davlat yoki. voha-davlatlarning erkin ittifoqidan tashkil topgan konfederatsiya edi. Har bir shaxarni mustaqil faoliyat yurituvchi hokim boshqargan.
Miloddan avvalgi II-I asrlarda, Xitoy manbalarida qoldirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Davanda dehqonchilik madaniyati avj olgan, yilqichilik rivojlangan. Chjan Syanning ma’lumoticha, Davanda 70 ga yaqin katta va kichik shaharlar bo‘lgan. Ularning har biri mustaqil o‘z xukmdoriga ega. Davanda 60 ming (300 ming kishi) oila yashaydi, ulardan 60 ming yaxshi qurollangan otliq askar to‘planadi. Ular otda turib kamon otishda, nayza sanchishda mohir jangchi bo‘lishgan. Qadimgi Farg‘onada qishloq xo‘jaligi taraqqiy qilgan. Shaharlar sug‘orish sistemasi mavjud xududlarda shakllangan va rivojlangan. Farg‘onaaholisieroniytildaso‘zlashgan2.
Davan aholisi sug‘orma dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. Ular savdoda mohir va uddaburon, yilqichilikda "qanotli" arg‘umoqlar еtishtirishga katta e’tibor beradilar. Marhamat yaqinida joylashgan Aravon yaqinida xitoylar ta’rif bergan «uchqur (samoviy) otlar» tasviri solingan qoya tosh suratlari topilgan. Xitoy manbalariga ko‘ra esa bunday uchqur tulporlar aynan Davan podsholigida еtishtirilgan.
Bog‘dorchilik, birinchi navbatda uzumchilik keng rivojlangan. Uzumdan sharbat qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Boy еr egalarining еrto‘lalarida bir necha 10 yillar avval tayyorlangan vinolar saqlanadi, deydi Chjan Syan. Biroq ularda Parfiya, Baqtriya, Xorazm, So‘g‘dda bo‘lgani singari tanga pullar zarb etish bo‘lmagan. Savdoda pulsiz mol ayirboshlash keng yo‘lga qo‘yilgan.
Antik davrda Farg‘onada hunarmandchilik keng rivojlangan. To‘qimachilik va kulolchilik rivojlangan. Ijtimoiy va siyosiy hayotda ayollarning o‘rni katta bo‘lgan. Ularga nisbatan hurmat kuchli bo‘lgan. Xitoy tarixchilarining yozishicha, agar ayol eriga biror topshiriq qilsa, er topshiriqni bajarmaslikni xayoliga ham keltira olmagan. Xitoy tarixchilari qadimgi Farg‘ona aholisini tashqi qiyofada qang‘arlarga o‘xshab ketadi. Ular cho‘ziq yuzli va qalin soqolli bo‘lganlar, deb tariflaydi. Chjan Syan Davandan (Farg‘onadan) to An’se (Parfiya)gacha bo‘lgan hududlarda yashovshi aholining tili xar xil bo‘lsa-da, ammo ular bir- birlarini tushunishini, ularning urf-odatlari ham bir-birlariga o‘xshash bo‘lganligini ta’kidlaydi.
Davan 60 ming qo‘shinga ega edi. Piyoda askarlar oddiy qurollangan, otliq qo‘shin harbiy mahoratda tengi yo‘q bo‘lgan. Ularning chopar ot ustida turib, orqaga qayrilib kamondan uzgan o‘qlari dushmanni dog‘da qoldirardi. Ularning ayollari ham kamondan o‘q uzishda erlaridan qolishmagan.
Xitoy yilnomalarida tilga olingan shaharlarning o‘rni qaerda bo‘lganligi va uning poytaxti masalasi uzoq yillar davomida tarixchi arxeolog olimlar o‘rtasida ko‘plab baxslarga sabab bo‘lgan. Bugungi kunda bu masallarga oydinlik kiritilgan bo‘lsa, ba’zi tarixiy asarlarda ularning turli xil talqini uchraydi. X. Matboboev ularning chuqur taxlil qilgan. Shaxarlarning joylashuvini ham arxeologik ham yozma manbalarni solishtirgan holda isbotlab bergan. Davandavlatipoytaxtimasalasi o‘zoq yillar davomida bahslarga sabab bo‘lgan. Manbalardabironbirshaharpoytaxt deb tilgaolinmagan. Sababixitoyliklarpoytaxtdegandafaqato‘zpoytaxtinitushunganlar. Qolgandavlatlarnipoytaxtlarini du – qarorgoh (rezidensiya) deb ataganlar degan fikrni qoldirgan Bichurin. Bichurin yozma manbalar asosida uni Guyshan deb yozgan. Guyshan shahrining o‘rni haqida ham bir fikr yo‘q. Ya’ni u Mug‘qala (hozirgi Kosonsoy) (Bernshtam A.N., Zadneprovskiy Yu.A.), O‘ratepa (Tojikiston), O‘sh (Qirg‘iziston) shaharlari (Borovkova L.A.), Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Munchoqtepa (Matboboev B.) va Axsiket (Anarboev A.) bilan taqqoslanadi. Ushbu tadqiqotchilar keltirayotgan dalil-isbotlarning kuchli tomonlari ham bo‘sh tomonlari ham mavjud. Ammo, bir narsa aniqki, Guyshan vodiy shimoliy hududida joylashgan bo‘lishi va miloddan avvalgi birinchi asrda bosh shahar bo‘lgan. Sharqshunos A. Xo‘jaev yaqinda e’lon etilgan maqolasida poytaxt shahar deb Yuan-cheng degan shahar nomini keltiradi. XX asrning 70-80-yillarida Sankt-Peterburglik farg‘onashunos Yu.A. Zadneprovskiy yozma manbalarni diqqat bilan o‘rganib, Davanda xuddi qo‘shni Kanguy davlatiga o‘xshab ikkita poytaxt mavjud edi va ulardan biri qarorgoh (rezidensiya) bo‘lishi kerak degan fikrni bildirgan (Zadneprovskiy Yu.A., 2000). Kanguyda yozgi va qishki qarorgohlar mavjudligi tarixiy fakt. Shu nazardan qaraganda Yuan-cheng qarorgoh bo‘lishi mumkin. Chunki, tadqiqotchilar N.Ya. Bichurin tarjimalarida Yuan-cheng toponimi “rezidensiya davanskoy” yoki “davanskaya rezidensiya” deb olinganini ta’kid etadilar (Xo‘jaev A., 2011. S.26). Yuan-cheng shahri haqida qiziqarli g‘oyani ilgari surayotgan A. Xo‘jaev uni Andijon o‘rnida bo‘lishi mumkin degan fikrni bildiradi. Eski shahar qismidan aniqlanayotgan arxeologik topilmalar buni tasdiqlaydi. Hozirda Andijon shahrining100 sm.gacha va undan ziyod qalinlikdagi quyi qatlamlaridan 2400-2600 yillik arxeologik kompleks topib o‘rganildi (Matbabaev B.X, Mashrabov Z.Z., 2011). Qadimgi davrda Davanning poytaxti Ershi shahri bo‘lgan. Ershi bu Andijon viloyatining Marhamat shahri yonida joylashgan Mingtepa yodgorligidir.
1. Mingtepa arxeologik kompleksi (mudofaa devorlari, ichki va tashqi shahar, sopol buyumlari) davriy jihatdan Xitoy yilnomalarida keltirilgan vaqt (mil. avv. II) – miloddanavv. 136-115 yillargato‘g‘rikeladivaularsalmog‘i ham еtarlicha.
2. XitoymanbalarixabarberganErshining «o‘rtashahri» qoldiqlari (buhaqdaqarang: BichurinN.Ya., 1950. S. 165) faqatMingtepadasaqlangan (maydoniyangima’lumotlargako‘ra40gektar). O‘rtashaharikkiqatorkuchlimudofaadevorlaribilano‘ralgan, ulararxeologikjihatdanqaydetilgan (Bernshtam A.N., 1948. S. 155-161, ris. 2).
3. Ershixitoyliklarnivodiygakiribkelishdagi Yu (Yuchen)dankeyingishaharedi. Yodgorlikningyanabirmuhimjihatiunigeostrategikmuhimnuqtadajoylashgan.
XULOSA
Hozirda bu shaharning faqat 15-20 foizigina saqlanib еtib kelgan, xolos. 2011 yildagi samodan olingan surat va o‘tgan asrdagi ma’lumotlar solishtirilganda yodgorlikning maydoni 150-160 gektar bo‘lgan. Ichki qal’a 40 gektarni egallagan. To‘rtburchak shaklidagi burjlar bilan mustahkamlangan mahobatli mudofaa devorlari bilan o‘ralgan edi. Ichki shahar markazida hukmdor qarorgohi bo‘lmish ark qad ko‘targan edi. 1985-1986 yillardagi arkdagi qazishmalarga ko‘ra unda mahobatli binolar qoldig‘i aniqlangan. Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda u miloddan avvalgi III asrda bunyod etilgan ikki qator mudofaa devori bilan o‘ralgan ichki hamda tashqi shaharlardan iborat edi. Yodgorlik rejasini o‘rganishda yaqinda muhim yangilik qo‘lga kiritildi. 2011 yili samodan olingan suratlar tahlil etilganda Mingtepa ichki shahrini rejasi shu vaqtgacha kitoblardagi to‘g‘ri to‘rtburchakli emas, balki parallelogramma ko‘rinishdagi ekanligi ayon bo‘ldi. Uning rejasida ko‘plab belgilariga ko‘ra ilk temir davrinng eng yirik yodgorligi Eylatan bilan o‘xshash tomonlari aniqlangan. Buni keng o‘rganish yodgorlikning ko‘pgina tarixiy jihatlari yanada aniqlashtiriladi. Shu maqsadda Xitoy Farg‘ona xalqi ustiga qo‘shin tortib borishga bahona qidirardi. Miloddan avvalgi 104 yilda bahona ham topildi. Farg‘onaliklar tomonidan Xitoy fuqarosi She Linning o‘ldirilishi ularga Davanga qo‘shin tortib borishga bahona bo‘ldi. Qo‘shinga bosh qo‘mondon qilib Li Guangli tayinlangan. Xitoyliklar Davan ustiga birinchi bor harbiy urushi, mag‘lubiyatga uchrab, miloddan avvalgi 102 yilda Xitoyga qaytadilar. Birinchi yurishda Xitoy istilochilari Ershi shahrigaga еtmasdanoq qo‘shinlarining anchasidan ayrilgan. Yo‘lda charchagan, och qolgan qo‘shin O‘zgan shaxriga bo‘lgan xujumda katta talafot ko‘rgan. Li Guangli qolgan kuchlari b-n Dungxuangga qaytib kelgan. Xitoy qo‘shinining Fargonaga 1-yurishi 2 yil da-vom etgan. l-hujum Xitoy askarlari-ning mag‘lubiyati b-n tamom bo‘lgan. U-dining farmoniga binoan, zudlik b-n qaytadan urush tayyorgarligi kurilib, bir yildan so‘ng, miloddan avvalgi 101 yilda 60 ming kishilik qo‘shin bilan Farg‘ona yurtiga ikkinchi marta xarbiy yurish uyushtiradi. Bu safar urushga maxsus tayyorgarlik ko‘rildi. Bu yurishda xitoyliklar 60 ming askar, hamda ularni oziq-ovqat va qurol-yaroq bilan ta’minlab turish, shuningdek, urushda ko‘maklashish uchun yana 130 ming kishi jalb qilingan edi. Qo‘shinga 50dan ortiq tajribali lashkarboshilar boshchilik qilgan. Armiyaga shaharlar qamal holatga o‘tganda suvsizlikdan taslim etish choralarini ko‘ruvchi mutaxassislar arg‘umoq otlarni tanlay oladigan mutaxassislar jalb etildi, otlar uchun quruq еm-xashak g‘amlandi. Birinchi jangdayoq xitoyliklarning qo‘li baland kelib, davanliklar chekinadilar. Yerli aholi ko‘p sonli Xitoy askarlari bilan ochiq maydonda jang qilishdan qochib, mayda-mayda guruhlarga bo‘linib qal’alarga yashirinadilar.Tashqi shaharni bosib olgach, ichki shaharga bostirib kira boshlaydilar. Nihoyat Xitoy qo‘shinlari Ershini qamal qiladilar. 40 kuncha davom etgan qamaldan so‘ng dushman shahar tashqi devorini buzib, shahar ichiga kiradi va uning bir qismini egallaydi. Ammo mudofaachilar ham bo‘sh kelmaydilar. Davan podsholigining oqsoqollar Kengashi o‘z vakillarini xitoyliklar huzuriga yuborib, dushman oldiga o‘z shartlarini qo‘yadilar. Ular, agar Xitoy armiyasi xarbiy harakatni to‘xtatsa o‘z hukmdori qaysar Muguani o‘ldirishni hamda bir necha “samoviy otlarni” va Xitoy armiyasi uchun еtarli oziq-ovqat berishlarini va’da qiladilar. Agar bu shartlarga ko‘nmasa mudofaachilar qarshilik ko‘rsatishni davom qildirishini va oldindan kelishuvga ko‘ra, ularga Qang‘uy qo‘shinlari yordamiga yaqin kunlar ichida kelishini xabar qiladilar. Xitoy qo‘shini, o‘zlariga eng yaqin hisoblangan Usun xonligidan yordam kelmagandan so‘ng, Qang‘ davlati qo‘shini Farg‘onaga yordamga kelib qolishidan xavotirlanib, farg‘onaliklar qo‘ygan shart b-n sulh tuzishga majbur bo‘lganlar. Holdan ketib, tinkasi qurigan xitoyliklar bunga rozi bo‘lib, bir necha arg‘umoq otlar va 3ming boshqa turdagi otlar olib qaytadilar. Xitoy tarixchisi Sima Syanning xabariga ko‘ra, Mugua o‘ldirilib, uning o‘rniga Farg‘ona davlatining sobiq keksa hukmdori Mosay taxtga o‘tqaziladi. Shundan so‘ng ikki oradagi urush tuxtaydi va Xitoyning qoldiq askarlari yo‘l-yo‘lakay kutilmagan to‘sqinliklarga uchrab, Sharqiy Turkistonga yo‘l oladilar. O‘zgan aholisi xitoyliklar qoldirib ketgan qo‘shinni oziq-ovqat va еm-xashak bilan ta’minlashdan bosh tortib, butun otryadni qirib tashlaydi. Buni eshitgan Xitoy qo‘shini yana orqaga qaytib, O‘zganni qattiq jang bilai qo‘lga kiritadi. Qang‘ davlatiga qochib ketgan shahar hokimi xitoyliklarga topshirishni talab qiladi va uni qo‘lga kiritgach boshini tanasidan judo etadi. Biroq bu tadbirlar еrli aholini tinchitmaydi. Xitoy armiyasi Davandan chiqib ketishi bilanoq aholi Mosayni taxtdan tushirib, Muguaning inisini, hukmdor qilib ko‘taradi. O‘rta Osiyo hududlarida Eftalitlar davlati qaror topgach, qadimgi Farg‘ona davlati o‘z mustaqilligini yo‘qotgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |