O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti kurs ishi mavzu


Qang‘ davlati davrida O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti



Download 48,19 Kb.
bet6/9
Sana31.12.2021
Hajmi48,19 Kb.
#248411
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
DAVAN DAVLATI

Qang‘ davlati davrida O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti.

Hunarmandchilikning rivojlanishi va qadimgi yo‘llarning mavjudligi tufayli Farg‘ona vodiysida Sharqiy Turkiston bilan olib borilgan tashqi savdo bilan bir qatorda, atrofdagi tog‘ vodiylarida yashovchi chorvadorlar bilan ham o‘zaro almashinuv rivojlanadi. Antik davr Farg‘ona yodgorliklarining ayrimlarida Xitoy tangalari (u-shi) uchrasa ham mahalliy tangalar uchramaydi. Bu hol natural xo‘jalik (mahsulot ayirboshlash) ustunligidan dalolat beradi.

Tarixiy manbalar Yunon-Baqtriya davlati ko‘chmanchi qabilalar tomonidan tor-mor etilganligi eslatiladi. Strabon ma’lumotlariga ko‘ra, Baqtriyani assiylar, passianlar, toxarlar, sakaravr qabilalari bosib oladilar. Pompey Trog xabar berishicha, “Baqtriya va So‘g‘diyonani skif qabilalari sarauklar va assianlar bosib oladilar”. Tadqiqotchilarning fikricha har ikkala tarixchi bitta qabila haqida ma’lumot bergan.

Qadimgi Xitoy manbalari Baqtriyani yuyechji qabilalari bosib olganligi haqida ma’lumot beradi. Mil. avv. II asrning ikkinchi choragida (tadqiqotchilar bu sanani mil. avv. 172-16-yillar oralig‘ida deb belgilaydilar) yuyechjilar xunnlardan mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng O‘rta Osiyoning shimoliy hududlarida ko‘chib yuradilar. Bu qabilalar Xitoy manbalarida “Da-yuyechji” - ”Buyuk” yoki “Katta Yuyechji” deb eslatiladi. Chjan Szyan ma’lumotlariga ko‘ra, yuyechjilar xunn qabilalaridan mag‘lubiyatga uchragach O‘rta Osiyoning janubiga tomon harakat qilib, Dahya (Baqtriya)ni bosib oladilar va Guyshuy (Amudaryo)ning shimoliy tomonida joylashadilar. To‘ng‘ich Xan uyi tarixida ham yuyechjilar Guyshuy daryosining shimoliy tomonida o‘z poytaxtlariga asos solganliklari ta’kidlanadi.

Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, yuyechjilar mil. avv. 140-130 yillar oralig‘ida Baqtriyaga bostirib kirganlar. Oradan ko‘p o‘tmay Baqtriyada Katta yuyechji davlati tashkil topadi. Kichik Xan uyi tarixi ma’lumotlariga ko‘ra, Katta yuyechji hukmdorlari ko‘l ostida beshta hokimlik (Xi-xeu) bor bo‘lib, ular Xyumi, Shaunmi, Guyshuan, Xise va Dumilardan iborat edi. Xitoy manbalaridan xulosa chiqargan ko‘pchilik tadqiqotchilar Baqtriya tarixidagi butun yuyechji davrini uchta bosqichga bo‘ladilar.

1. Mil. avv. 139-125-yillar - Katta yuyechji Dahya viloyatini bosib oladi, ammo ularning asosiy mulklari Amudaryodan shimol tomonda edi.

2. Mil. avv. 25 yilga qadar - Katta yuyechji davlatining shakllanishi va keyingi rivojlanishi. Davlatning poytaxti Amudaryodan shimol tomonda bo‘lib, janubiy chegarasi Gibin atroflarida (Kashmir yoki Qandahor) edi. Yuyechjilar bo‘ysundirgan hududlar Xise, Shaunmi, Guyshuan, Xyumi, Dumi mulklaridan iborat bo‘lib ular xi-xou (yabg‘u) tomonidan boshqarilgan.

3. Mil.avv. 125-yilgacha Katta yuyechji davlatining inqirozi va yuqorida eslatilgan mulklarning mustaqil bo‘lishi. Kushon (Guyshuan) yabg‘usi Kiotszyukyu (Kujula Kadfiz) qolgan to‘rtta mulkni birlashtirib Kushon davlatiga asos soldi.

Kushon davlatining paydo bo‘lishi haqida ko‘proq Xitoy manbalari va tangashunoslik ma’lumotlari xabar beradi. Umuman, Kushonlar saltanatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi uzoq vaqt tadqiqotchilar orasida bahslarga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, so‘nggi 20-25 yil ichida bu masalaga juda ko‘plab aniqliklar kiritish imkonini bergan tadqiqotlar olib borildi. Ayniqsa, 1961-yil Londonda o‘tkazilgan xalqaro simpozium, 1968-yil Dushanbeda YUNESKOning konferensiyasi, 1970-yil Qobuldagi xalqaro anjuman Kushon davlati masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, undan keyin ham bu masala bo‘yicha ko‘plab xalqaro anjumanlar bo‘lib o‘tdi.

Mil. avv. I asrning oxiri-mil. I asrning boshlariga kelib guyshuan hokimi Kiotszyukyu barcha mulklarni birlashtirib, Qobuliston va Qandarhorni zabt etadi. Natijada bu davrga kelib Kushon davlati o‘z ahamiyatiga ko‘ra antik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Xitoy manbalaridagi “Guyshuan hokimi Kiotszyukyu”, ilk kushon davriga oid topilma tangalarda aks ettirilgan “Kushon podshosi Kudzula Kadfiz”ga aynan mos tushadi.

Tangashunoslik ma’lumotlariga ko‘ra, Kadfiz I o‘z podsholik siyosatini davlat yerlarini kengaytirish bilan boshlaydi. Ba’zi bir guruh tangalar borki, ularning bir tomonida eng so‘nggi Yunon-Baqtriya podshosi Germey tasviri tushirilib, uning nomi yozilgan, ikkinchi tomonida esa, Gerakl siymosi va “o‘z ishonchiga qat’iy kushonlar yobg‘usi Kujula Kadfiz” degan so‘zlar bor. Bunday tangalar zarb etlishini olimlar turlicha talqin etadilar. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, Kadfiz I dastlab Yunon-Baqtriya podshosi Germey hokimligini tan oladi va ular birgalikda tanga zarb etadilar. Boshqa guruh olimlar fikriga ko‘ra, Kadfiz I ning Germey tangalariga o‘z ismini qo‘yib zarb qilishga sabab, Germey tangalari Baqtriyada keng tarqalgan edi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, keyinroq Kadfiz I o‘z nomini “yobg‘u”dan “shohlar shohi” faxriy unvonigacha ko‘tarib tangalar zarb etadi. Yana bir guruh O‘rta Osiyodan (ko‘proq Tojikistondan) topilgan tangalarda “shohlar shohi, buyuk xaloskor” degan yozuv ko‘proq uchraydi. Ko‘pchilik olimlarning fikricha, bu tangalarni Kadfiz I zarb etgan.

Kudzula Kadfizdan so‘ng taxtga uning o‘g‘li Vima Kadfiz (Kadfiz II) taxtga o‘tiradi. Kadfiz II davlatning iqtisodiy ahvolini mustahkamlash maqsadida pul islohoti o‘tkazib, oltin tangalar zarb etadi. Shuningdek, Kadfiz II Hindistonning bir qismini Kushon davlatiga qo‘shib oladi va Rim saltanati bilan aloqalar o‘rnatadi.

Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka hisoblanadi. Uning hokimlik davrida Kushonlar saltanati gullab-yashnashining yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Kanishka davrida Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo‘shib olinadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, davlatning poytaxti Dalvarzindan (Surxondaryo), Peshovar (Afg‘oniston) atroflariga ko‘chiriladi. Bu davrda (mil. II asr) mamlakatning hududi Shimoliy Hindiston, Afg‘oniston, O‘rta Osiyoning janubi, Sharqiy Turkistondan iborat edi. 1

___________________



1 Ipak yo’li afsonalari. – T., Fan, 1993

Syuan Szyanning yozishicha, “Kanishka podsholik qilgan davrda uning shon-shuhrati qo‘shni mamlakatlarga yoyildi. Mamlakatning harbiy qudrati ko‘pchilik tomonidan tan olindi. Xitoyning g‘arb tomonidagilar ham Kanishkaning hokimiyatini tan olib, unga o‘z garovga qo‘ygan odamlarini yuborar edilar”.

Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha, Kushonlar davri (xususan, Kanishka hukmronligi davrida) ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar anchagina rivojlangan davr edi. Bu davrga kelib O‘rta Osiyoning deyarli barcha hududlarida qishloq xo‘jaligi yaxshi o‘zlashtirib bo‘lingan edi. Tekisliklarda sug‘orma dehqonchilik bilan birga chorvachilik ham keng rivojlanadi. Bu davrda shuningdek, Xorazmda, Zarafshonda ko‘plab sug‘orish inshootlari quriladi. Dehqonchilik qurollarida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Samarqand yaqinidagi Talibarzu yodgorligidan II-III asrlarga oid yer haydaydigan omochning temir uchi topilgan.

Kushon davriga oid ko‘plab ochilgan ko‘hna shaharlar bu paytda shaharsozlik madaniyati ayniqsa gullab-yashnaganligidan dalolat beradi. Bu davrga oid dastlabki ochilgan ko‘hna shaharlardan biri Ayritom ko‘hna shahri bo‘lib, u Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida Termizdan 20 km sharqda joylashgan. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda Ayritom ko‘hna shahri mil.avv. II asrdan mil. III asrga qadar uch tarixiy bosqichda rivojlanadi. Bular: so‘nggi grek-baqtriya davri, yuyechji-kushon davri va kushonlar davrlaridir. Ayritomda olib borilgan uzoq yillik (1932 yilda boshlangan) tadqiqotlar natijasida Budda ibodatxonalari majmualari, qabriston, ko‘plab haykallar va baqtriya yozuvi topilgan va o‘rganilgan. Ayritomdan himoya devorlar qoldiqlari aniqlanmagan.

Bu davrda Afrosiyob ko‘hna shahri tuzilishida ham o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Xususan, milodning dastlabki asrlarida bu ko‘hna shahar yangitdan devor bilan o‘rab olinadi. Afrosiyobdan topilgan juda ko‘plab topilmalar ham aynan mana shu davrga oiddir. Ammo ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘zgarishlar tufayli 4-5 asrlarida ko‘hna shahar inqirozga uchraydi.

Bu davrga oid yirik ko‘hna shaharlardan biri Dalvarzintepadir. Ko‘hna shahar Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumani hududida joylashgan. Umumiy maydoni 36 gektardan ziyod bo‘lgan bu ko‘hna shahar uzunligi 2,5 km, qalinligi 10 metr bo‘lgan himoya devori va chuqur xandaq bilan o‘rab olingan. Devorlarda harbiy maqsadlarni ko‘zlab maxsus minoralar qurilgan. Shaharning markaziy qismida boy shaharliklarning mahallalari, janubiy qismida esa hunarmandlar yashaydigan kulolchilik mahallasi joylashgan. Bu yerdan topilgan ko‘p sonli topilmalar nafaqat mahalliy ustalar tomonidan tayyorlangan balki, Yaqin va O‘rta Sharqdagi turli viloyatlardan keltirilgan buyumlardir. Dalvarzintepaning shahar oldi qismida milodning I asrida bunyod etilgan Budda ibodatxonasi qoldiqlari ochilib undan diniy qarashlar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p sonli topilmalar topilgan. Ko‘hna shaharning markazidan milodiy II-III asrlarga oid yana bir yirik ibodatxona qoldiqlari ochilgan. Ushbu ibodatxonadan loy va gipsdan ishlangan Budda, Bodxisatvlarning yirik haykallari, hukmdor va unga yaqin kishilarning haykalchalari topilgan. Ko‘hna shahardan 11 ta xumdon ochilgan bo‘lib, ular bu hududda sopol hunarmandchiligining rivojlanganidan dalolat beradi. Uzoq yillik arxeologik tadqiqotlar Dalvarzintepa o‘rniga Kushon davlatining yirik qo‘hna shahri (dastlabki poytaxti) joylashganligidan dalolat beradi.

Termiz shahridan 26 km shimoli-g‘arbda Zartepa ko‘hna shahri joylashgan. Ko‘hna shahar to‘rtburchak shaklda (400x400) bo‘lib mustahkam himoya devorlari bilan o‘rab olingan. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, ko‘hna shahar mil. avv. II-I asrlardan milodiy III-V asrlarga qadar mavjud bo‘lgan. Bu yerdan topilgan turli topilmalar shahar hayotining gullab-yashnaganidan dalolat beradi.

Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘i Surxondaryo viloyatining Sho‘rob qishlog‘i yonida Kampirtepa ko‘hna shahri joylashgan va bu yodgorlik mil. avv. III-milodiy III asrlarga oiddir. Ko‘hna shaharning umumiy maydoni 4 gektar bo‘lib qal’a va turar-joy inshootlaridan iborat. Yodgorlik 5 metr qalinlikdagi mustahkam himoya devori va chuqur xandaq bilan o‘rab olingan. Ko‘hna shaharning shimoli-g‘arbiy qismida 0,5 gektar maydondan o‘nta ko‘mish marosimiga oid inshootlar (nauslar) aniqlanib ulardan turli-tuman topilmalar topilgan.

Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida Termiz shahridan 5 km shimoli-g‘arbda Eski Termiz yodgorligi joylashgan. Umumiy maydoni 500 gektardan iborat bu ko‘hna shahar mil. avv. IV-III asrlarda paydo bo‘ladi. Mil. avv. III-II asrlarda Yeski Termiz himoya devorlari bilan o‘ralib markazida yirik qal’a bunyod etiladi. Antik davr manbalarida “Tarmit”, “Tarmita” nomi bilan tilga olingan bu ko‘hna shahar Kushonlar davriga kelib Shimoliy Baqtriyaning ma’muriy va mafkuraviy markaziga aylanadi. Yeski Termiz hududlaridan shu davrga oid Fayoztepa, Qoratepa kabi yirik Budda ibodatxonalari ochib o‘rganilgan.

Kushon davri yirik ko‘hna shaharlaridan yana biri mashhur yodgorlik Xolchayon hisoblanadi. Ushbu ko‘hna shahar Surxondaryo viloyatining Denov shahri shimoli-sharqida joylashgan bo‘lib mil. avv. IV-III asrlardan - mil. VII asrga qadar mavjud bo‘lgan. Yodgorlikning gullab-yashnagan davri Kushon davriga to‘g‘ri keladi. Xolchayondan bu davrga oid yirik saroy inshootlari, turar-joylar ochilgan. Saroyning ayvoni va bosh zali devorlari suratlar bilan bezaklangan. Sathidan esa “podsho Geray” avlodlariga mansub turli kattalikdagi haykallar topilgan.

Kushon podsholigi ruhoniylar qo‘lidagi davlat bo‘lib, bu davlatda podsho hokimiyatni boshqarish bilan birga bosh kohin ham hisoblangan. Podsholik satrapiyalarga bo‘lingan bo‘lib, ularning boshliqlari ma’lum ma’noda o‘zlarini mustaqil deb hisoblaganlar. Kushon podsholigi quldorlik davlati hisoblansa-da, davlatda qishloq jamoalarining ahamiyati nihoyatda katta bo‘lgan. Tadqiqotlar natijasida kushonlar davrida hunarmandchilikning turli sohalari, ichki va xalqaro aloqalar, madaniy hayot gurkirab rivojlanganligi aniqlangan. Pul muomalasida asosan oltin va mis tangalardan foydalanilgan. Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik sun’iy sug‘orishga asoslangan bo‘lib, qishloq xo‘jalik ekinlarining juda ko‘p turlari yetishtirilgan.

Milodiy III asrning birinchi yarmida, ya’ni, Vasudeva va Kanishka III hukmronligi davrlarida Kushon podsholigi hokimiyatida markazdan qochuvchi kuchlar mavqeyi ortib ular o‘zlarini tobora mustaqil hisoblay boshlaydilar. Ikkinchi tomondan esa, ular o‘rtasida o‘zaro kurashlar avj ola boshlaydi. Undan tashqari Kushon davlatining janubi-g‘arbiy hududlarida qudratli Sosoniylar davlati paydo bo‘ladi. III asrning ikkinchi yarmidan boshlab Kushon davlatining ko‘pgina yerlari Eron Sosoniylari qo‘liga o‘tadi.


Qang‘ davlati va uning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o‘rganishga doir bir qator tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqot ishlarida arxeologik manbalar va Xitoy solnomalarida keltirilgan ma’lumotlar еtakchi o‘rin tutadi. Qang‘ davlati uning hududlari haqida S.P.Tolstov, keyinchalik Ya.G‘ulomov, K.Shoniyozov, Yu.Buryakov va boshqalar izlanishlar olib borishgan. Xitoy tarixchisi Sima Syan Qang‘ davlatiga oid ma’lumotida, uning aholisi asosan ko‘chmanchilardan iborat bo‘lganligini yozgan. Lekin uning rivojlangan davrida qang‘lilar o‘rta Sirdaryo bo‘ylarini egallangan davrlarda dehqonchmilikni ham o‘zlashtirib olganlar. Ular asosan, kam chorvaga ega bo‘lgan aholining qambag‘al qismi bo‘lgan degan fitkrlarni berishgan.

Qang‘ davlati haqida yozma manbalar ham mil.avv. 2 asrning ikkinchi yarmiga oid. Xitoy elchisi Chjan Syanning hisobotida va xitoy tarixchisi Si-Syanning “Shi-szi” asarida Qanh davlatining chegaralari qo‘rsatilib o‘tilgan. Qang‘ davlatiga oid ko‘proq ma’lumotlar keiyngi davrlarga oiddir. Ular Xan-shu, Vey-shu, Beyshu, Tanshu va bq. asosida davlatning rivojlanishi va qulashi haqidagi ma’lumotlarni olamiz. Tadqqiotchilar bu davlatniAvestoda berilgan Kanx bilan bir deb hisoblashadi.Qang’ davlati Yuechjilardan keyin ikkinchi yirik ko’chmanchilar federatsiyasi hisoblanadi. Xitoy manbalariga ko’ra, ular Qang’yuylar Tyanshandan shimoli-g’arbda , janubda yuechjilar bilan chegaradosh bo’lgan. Uning hududi Toshkent vohasi, Amudaryo va Sirdaryo oralig’ida joylashgan bo’lib, uning markazi Sirdaryoning o’rta oqimida bo’lgan1.



Avestoda bu shaxarga turlar boshliqlarining joyi sifatida tilga olingan. U Sirdaryoning shimoli sharqida joylashganligi aniqlangan. Bu davlat haqida Firdavsiyning Shohnomasida ham berilgan. Unda U Kangdez sifatida tilgan olinadi.

Qang‘ davlati O‘rta Osiyoga kirib kelgan qo‘chmanchi qabilalar birga mil.avv. III asrda kirib kelgan. Milodiy V asrning o‘rtalarigacha mavjud bo‘lgan. Uning rivojlangan davri milodiy I-II asrlar deb ko‘rsatiladi. Dastlab uning chegarasi faqat Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘idan, Orol bo‘yigacha xududni egallagan. Rivojlangan davrda uning xududi- Sharqda Farg‘ona va Yettisuv, Shimoli-sharqda Orol dengizi, g‘arbda Ural oldi xududigacha, ya’ni sarmatlargacha, shimolda Sirdaryoning orqa tomonidagi cho‘llargacha, janubda Sug‘dgacha borgan. Bu еrda u Kushan davlati bilan chegaradosh bo‘lgan. Bu davrda uning tarkibiga O‘zbekistonning asosiy viloyatlari Buxoro, Toshkent, Xorazm xududlari kirgan.

Bu ulkan 9104 li (3,4 ming km) hududdagi qang‘arlar еrida mil. avv I –milodiy I-II asrlarda 120000 oila yoki 600000 kishi yashagan3.

Qang‘ ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanganlari uchun ularda 2 markaziy shaxar bo‘lgan. Yozma manbalarda Qang‘ davlatining poytaxti Bityan shaxri bo‘lib, u Loyueni mamlakatida Tayanchi ko‘li bo‘yida joylashgan deb yozilgan. Podshoning qishqi rezidensiyasi ham bo‘lib, u bu еrdan 7 kunlik yo‘l bo‘lgan. Tadqiqotchilar Bityan shahrini Toshkent viloti Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan Kanqa shaxri deb taxmin qilishgan. Lekin uning geografik tasviri unga to‘g‘ri kelmaydi. Buni Buxoro xududidagi Poykent ham deyishadi.

Ularning yozgi qarorgohi O‘tror hisoblangan. Qishda Qanha bo‘lgan.

Manbalarda Qang‘ davlatining boshqaruv tizimi haqida ma’lumotlar kam uchraydi. To‘ng‘ich Xan sulolasi tarixida (mil. avv. 202—milodiy 25 y.) bir ma’lumotda Qang‘uy (Qang‘) podshosi o‘z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi aytiladi. Bu Qang‘ davlatida davlat boshlig‘i jamoa orasidan tanlangan maslahat kengashi bilan ish tutganligini ko‘rsatadi. Oqsoqollar kengashi asosan qabila boshliqlari va harbiy sarkardalardan tashkil topib, kengashlarda ularning fikrlari еtakchi mavqega ega bo‘lgan. Ular boshqaruv tizimi konfederatsiya bo‘lgan.

Qang‘ davlatiga qarashli еrlar viloyatlarga bo‘linib, ularni maxsus hokimlar boshqargan. Viloyat boshliqlari jabg‘u yoki yobg‘u (Xitoy solnomalarida chjaovu) deb atalgan. Qang‘arlarga qarashli tub еrlarda jabg‘ular hoqonlarga yaqin kishilardan, ularning qavmu-qarindoshlari, yirik qabila boshliqlaridan tayinlangan.

TarixchiSima-Syan mil. avv. II asrning ikkinchi yarmigagaoidma’lumotidaQang‘uyhaqida, «Bu ko‘chmanchi xalqlarmamlakati» degan fikrni bildiradi4. BiroqTo‘ng‘ichXansulolasiningtarixi (Syanxanshuda) ma’lumotlaridamilodiy I asrningboshlaridaqang‘uylarningyarimo‘troqxalqbo‘lganligigaishoraqilinadi. Bu sulolatarixima’lumotlarigako‘ra, qang‘uylarda chorvachilik rivojlangan bo‘lib,qoramolvaqo‘ylariko‘pbo‘lgan. Ularko‘plabzotliotlarеtishtirganlar. Bu davrda mulkiy tabaqalanish kuchayib, chorvamollariningko‘pchiligipodsholarvaularningqarindosh-urug‘lari hamda yirik qabila boshliqlari va harbiylargategishlibo‘lgan. Aholining asosiy qismi ko‘chmanchilardan iborat bo‘lgan davlatda bahorkelishibilanxoqonvauningurug‘lariqishgiqarorgohdanyozgiqarorgohga, ya’niSirdaryoningquyioqimidagio‘tloqеrlargaboribo‘rnashganlar. Kuzdamollariniorqagaqaytarishib, Kelescho‘ligavatog‘ yonbag‘irlaridagiyaylovlargajoylashganlar. Chorvasi kam bo‘lgan aholining keng yaylovlar qidirib vohadan chiqib ketishiga ehtiyoj bo‘lmagan. Ular chorvachilikdan tashqari dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanishgan. Bu vaziyat qang‘lilarning kambag‘al qismini o‘troq, yarim o‘troq xo‘jalik yuritishga majbur etgan. Manbalarda ko‘rsatilishicha, Toshkent vohasida yashagan dehqonlar arpa, bug‘doy, tariq, no‘xat, sholi va boshqa donli ekinlar еtishtirganlar, mevali daraxtlar va uzumzorlar ko‘p, sut-qatiq mo‘l bo‘lgan.

Miloddan oldingi II asr- milodiy III asr va undan keyingi davrlarga oid manbalarda qang‘arlar (qang‘uylar) Farg‘onaning shimoli-g‘arbida, unga chegaradosh rayonlarda joylashganligi eslatib o‘tiladi. Xitoy elchisi Chjan Syan miloddan avvalgi 128 yili Dovon (Farg‘ona)ning markazi Ershida va Qang‘uy hududlarida bo‘lgan. Uning ma’lumotida «Qang‘uy Dovon bilan chegaradosh» bo‘lganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Qadimgi Xitoy solnomalarida qang‘arlarga qarashli beshta viloyat – Suse (Kesh), Fumu (Zarafshon vohasida, hozirgi Qattaqo‘rg‘on tumani hududlari Miyonqoldagi Kushaniya shaxri),, Yuni (Toshkent vohasi) Gi (Buxoro vohasi), Yuegyan (Xorazm vohasi, Urgench) bo‘lganligi aytilgan..

Qanxa, Shoshtepa, Qovunchitepadan topilgan arxeologik manbalar qang‘lar tarixini o‘rganishda muxim ma’lumotalr bergan.

Qang‘ madaniyatining gullab yashnashida Sirdaryoning o‘rta oqimida yashagan xalqlarning So‘g‘d, Farg‘ona, Tyanshan tog‘ining shimoli-sharqiy qismida yashagan xalqlar bilan yaqin aloqada bo‘lganligi samarali ta’sir ko‘rsatgan. Qadimgi manbalarda ko‘rsatilishicha qang‘uylarning shimoli-sharqiy qo‘shnisi Yansay (alanlar) hamda Buxoro (An, Ansi) aholisining urf-odati qang‘uylarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Solnomalarda yozilishicha qang‘uylarning urf-odatlari, turmush tarzi Shimoliy Xitoy va Sharqiy Turkistonda yashagan katta yuechjilarnikiga o‘xshash bo‘lgan. Qang‘lilarning qo‘shni xalqlar bilan moddiy va madaniy aloqalarining kengayib borishida «Ipak yo‘li»ning ahamiyati katta bo‘lgan.

V asr o‘rtalarida Qang‘ davlati eftaliylarning hujumi natijasida еmirilgan. Oqibatda, Qang‘ davlati tarkibida bo‘lgan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi qabilalar (qang‘li, pecheneg)ning katta qismi Sirdaryoning quyi oqimlariga borib joylashgan. Bu еrda yashagan bir qancha qabilalar birlashib, yangi qabilalar ittifoqini tashkil etishgan. Yangi qabilalar ittifoqi tarixda qang‘li (qang‘aras) nomi bilan saqlanib qolgan.

Farg‘ona qadimiy tarixga ega bo‘lib, o‘ziga xos sivilizatsiyani shakllantirgan. Farg‘onaning qadimgi davrdagi tarixi keyingi yillarda ayniqsa, mustaqillik yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijada yanada oydinlashgan. Qadimgi Farg‘onaning tarixini yoritishda Yu.A Zadneprovskiy, Gorbunova, X.Matboboev, A.Anarboevlar ishlari diqqatga sazavordir.

Farg‘ona haqida dastlabki yozma manba Gerodotning "Tarix" asarida uchraydi. Unda Sug‘diyonaning shimoli-sharqida "parikaniylar yurti" bo‘lganligini eslatib o‘tiladi. Geradot malumotlariga ko‘ra, Xaumavarka saklari parikaniylarning ajdodi bo‘lib, «parikaniylar yurti» paxlaviy tekstlarida «Parkan davlati» deb yuritilgan».



  1. Download 48,19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish