Emandoshlar — Fagaceae oilasi
Bu oilaning ko’pchilik vakillari barglari to’kiladigan yoki doimiy yashil daraxt
va ayrim butalardan iborat bo’lib, 18 turkumga mansub 900 ga yaqin turlari bor.
Ikkala yarim sharning mo’tadil, subtropik va tropik mintaqalarida keng tarqalgan.
Ko’pchilik turlari daraxtlar hisoblanadi, balandligi - 35 - 40 m, barglari oddiy butun
yoki o’yilgan, navbatlashib joylashgan. Gullari ayrim jinsli, gulqo’rg’oni oddiy,
to’pguli kuchala yoki kallakchadan iborat. Bu oilaga mansub o’simliklarning
xo’jalikdagi ahamiyati katta bo’lib, ulardan qimmatbaho yog’och mahsulotlari
olinadi. Po’stlog’idan oshlovchi moddalar tayyorlashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |