O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 0,62 Mb.
bet45/55
Sana12.09.2021
Hajmi0,62 Mb.
#172632
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55
Bog'liq
2020 Lotincha O'OAIM

3-asosiy savolning bayoni:

Kamoliddin Behzod (1455-1537)

Ustod Kamoliddin Behzodning hayoti va ijodi O‘rta Osiyoda hukm surgan temuriylar saltanati (1370-1506)ning so‘nggi ellik yiliga, Muhammad Shayboniyxon (1506)ning Movarounnahr va Xurosonda, safaviylar vakili Shoh Ismoil Safaviyling Ozarbayjon, Eron hududlarida, Zahiriddin Muhammad Boburning Qobulda (1505)da va Hindistonda (1525) ulkan saltanat tuzishi davriga to‘g‘ri keladi. Amir Temur qurgan ulkan saltanat hududi va markazi, keyinchalik yangi sulolalar tomonidan egallangan bo‘lsada, o‘sha davr mafkurasi-islom dini va din asosida paydo bo‘lgan tasavvuf namoyandalari dunyoqarashi ijtimoiy hayotning ma’naviy qiyofasini belgilovchi omil edi.

XV asr boshlarida Xuroson poytaxti Hirot shahri Shohrux Mirzo (1405-1447) davrida, shaxsan shahzoda Mirzo Boysung‘urning fidokorona faoliyati tufayli san’atkorlar, olimlar, xattotlar, rassomlar, sozandalar va shoirlar shahriga aylangan edi. O‘sha davrda tuzilgan «Arzadosht» - «Arznoma»ga binoan saroy kutubxonasida qirqdan ziyod ijodkorlar mavjud bo‘lib, ular manbashunoslik sohasida, ayniqsa, «Shohnoma» va Amir Xusravning lirik ijodini, tarixchilar - Sharafiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abro‘, shoirlar - Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”si, “Kalila va Dimna”, «Me’rojnoma» kabi asarlarning qo‘lyozmalarini tiklab, ularni betakror rasmlar bilan ziynatlaganlar.

Alisher Navoiyning ilm-fan, hunar va san’at ahliga qilgan homiyligi o‘z samarasini berdiki, temuriylar davri madaniyati, san’ati o‘zining eng yuksak cho‘qqisiga ko‘tarildi. O‘sha davr xattotlari Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Ali Qoyiniy, Mir Ali Xeraviy, musavvirlar Mirak Naqqosh, Xoja Muhammad Qosim Ali kabilar qatorida ustod Kamoliddin Behzod nomi alohida porlab turdi.

XVI asr boshlarida Movarounnahrda shayboniylar, Eronda saffaviylar, Hindistonda boburiylar hukmronlik qilgan bo‘lsalarda, ularning orzu-umidlari, intilishlari temuriylar davrining yuksak madaniy taraqqiyotini qayta tiklash, unga intilish va uning an’analarini rivojlantirish edi. Shunday qilib, XIV—XV asr temuriylar davri madaniyati o‘zining yuksak taraqqiyot darajasi, serqirra sohalari va yorqin ijodkorlari bilan jahon madaniyati tarixida alohida o‘rin egallab, keyingi davr madaniyati uchun poydevor vazifasini bajardi. Shuning uchun ham temuriy shoirlar, san’atkorlar, olimlar, xattotlar yangi poytaxt bo‘lmish Buxoro, Tabriz va Dehlida juda katta hurmat va izzat topib, ular yaratgan ijod namunalari o‘z sohasining shoh asarlari sifatida qadrlandi.

O‘zining betakror go‘zal san’ati bilan nafaqat Sharq xalqlari, balki butun dunyo xalqlari madaniyati tarixida sezilarli iz qoldirgan, uning taraqqiyoti uchun barakali hissa qo‘shgan zabardast san’atkor Kamoliddin Behzod Hirotda 1455 yilda hunarmand - kosib oilasida dunyoga keldi.

Manbalarda yozilishicha, uning nomi Behzod bo‘lib, Hirot aholisi uni suyub, erkalab Kamoliddin deb chaqirishgan ekan. Alisher Navoiy uni o‘z maktublaridan birida «ustod Behzod» deb ataydi.

Behzod ota-onasidan juda erta ajraldi. Uni rassom sifatida Mirak Naqqosh o‘z tarbiyasiga olib voyaga yetkazadi va o‘zining Hirotdagi «Nigoriston»i (san’at akadem»yasi)da unga naqqoshlik hunarini o‘rgata boshlaydi. O‘z davrining mashhur rassomi, miniatyurasoz Mirak Naqqosh uyidagi, nigoristonidagi ijodiy muhit, go‘zallik va nafosat yosh Behzodni ham san’at va hunarga havas qo‘yishga undadi, kelajakdagi taqdiri uchun ijobiy rol o‘ynadi. Bo‘lajak rassom turli ustozlardan tarbiya olgan. Manbalarda Behzod Tabrizlik pir Sayid Ahmadning shogirdi, deb ham ko‘rsatiladi. Pir Sayid buxorolik usta Jahongirning shogirdi, buxorolik Jahongir, o‘z navbatida, ustod Gungning shogirdi bo‘lgani qayd etiladi.

Behzod yoshligida mashhur san’atkor Sulton Ali Mashhadiy bilan juda yaqin munosabatda bo‘lganini xattotning bizgacha yetib kelgan quyidagi badihasidan ham bilsa bo‘ladi:

Farzandi aziz, arjumand Behzod,

Gah-gah guzarash bar in taraf meaftod,

U umri man ast, az rohi surat lekin,

Umrist, ki az manesh name oyad yod.
Mazmuni:

Aziz, arjumand farzand Behzod,

Goh-gohida biz tomonga kelib turardi.

U o‘z suratlari tufayli men uchun umrdek aziz,

Umrdek vaqt o‘tsa hali hanuz yodga olmaydi.
XV asrdagi Hirot adabiy, badiiy-ilmiy, san’at va madaniyat olamida paydo bo‘lgan juda ko‘p shaxslar singari Behzodning ham ijodiy kamolotida Alisher Navoiy hal qiluvchi rol o‘ynagan. Ko‘pgina Sharq manbalarida Kamoliddin Behzodning mohir san’atkor bo‘lib shakllanishida o‘sha davrda Hirot muhitidagi birtalay yetuk rassomlar, xattotlar, musiqashunoslarni biriktirib turgan Mirak Naqqosh boshliq «mashhur 40 san’atkor» anjumani va o‘sha «nigoriston»ning serqirra, juda boy an’analari ham hal hiluvchi rol o‘ynagani aytiladi.

Kamoliddin Behzodning Alisher Navoiy homiyligida va uning kutubxonasida bo‘lganligini yuqorida qayd etilgan shoir maktubi tasdiqlaydi. Ushbu fakt tafsilotini o‘sha davr tarixchisi G‘iyosiddin Xondamir «Xulosat al-axbor» asarida shunday ta’kidlaydi: «Ustod Behzod zamonaning komil suratkashlaridan, balki bu ishni nihoyatda kamoliga yetkazib, ko‘p vaqtdan beri hidoyat sifatli Amir Alisherning tarbiyati ostida ajoyib ish bilan mashg‘ul bo‘ldi». Zahiriddin Muhammad Bobur ham Behzodning boshqa noyob iste’dod egalari qatorida Alisher Navoiy tarbiyati va homiyligida kamolga yetganini yozadi: «Ustod Behzod Bek (ya’ni Alisher) ning tarbiyat va taqviyati bila, sa’y va ehtiromi bila muncha taraqqiy va shuhrat, mundoq mashhur va ma’ruf bo‘ldi».

1968 yilda Qobulda nashr etilgan «Amir Alisher Navoiy (Foniy)» asarida ta’kidlanishicha, Behzodning dastlabki ijodi Sulton Husayn Mirzo saroyida va u yerdagi juda ko‘p shoirlar, olimlar, saa’atkorlarning ulug‘ homiysi Amir Alisher Navoiy rahnomaligida va qo‘llab-quvvatlashi, orqasida gullab-yashnaydi.

Edvard Braunning kitobida bu haqda shunday deyiladi: «O‘sha zamonda juda katta shuhrat qozongan Behzod va Shoh Muzaffar singari atoqli naqqosh-rassomlar, shubhasiz, Mir Alisher Navoiyning qo‘llab-quvvatlashi natijasida kamolotga erishdilar».

Ma’pumotlarga ko‘ra, Kamoliddin Behzod Hirot muhitida o‘sha davrda yashab ijod etgan boshqa bir buyuk mutafakkir shoir, ulug‘ faylasuf, Alisher Navoiyning ustozi, hammaslagi va do‘sti Abdurahmon Jomiy bilan ham qalin do‘stona munosabatda, hatto uning muridlari qatorida bo‘lgan ekan. Undan tashqari, Behzod o‘sha davrda Hirotdagi «xattotlar qiblasi», buyuk san’atkor Sulton Ali Mashhadiy bilan ham yaqin hamkorlikda bo‘lgan. «Oriyono» jurnali bu borada quyidagicha ma’lumot beradi: «Behzod mashhur xushnavis Sulton Ali Mashhadiy bilan zamondosh va do‘st bo‘lgan, ular bir-birlari bilan ijodiy hamkorlik qilardilar. Bundan tashqari, Behzodning Hirotdagi buyuk va yuqori martabali shoir, ya’ni Hazrati Jomiy bilan ham do‘stligi bor edi».

San’at va nafosatga ishtiyoqi nihoyatda kuchli bo‘lgan Behzod g‘oyatda mehnatsevarligi, zahmatkashligi tufayli iste’dodi gullab, tez orada Hirotning mashhur miniatyurasozi bo‘lib taniladi, Alisher Navoiyning maktabdoshi va do‘sti podshoh Sulton Husayn Mirzo Behzodni o‘z huzuriga, saroyga jalb qiladi va unga o‘z saroyidan joy ajratib, ijodiy ishlar bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilib beradi. Alisher Navoiy o‘zining shaxsiy maktublaridan birida Behzod to‘g‘risida: «Ustodi mushorunilayin (ya’ni Kamoliddin Behzodni) Mirzo (Sulton Husayn) tilab oldilar: o‘z qoshlarida, bog‘da hujra yasatib ish buyuradilar. Yana andoq kishiki, ul kitobatga munosib ish qila olg‘ay, yo‘q erdi», - deb yozganda. Nazarimizda, o‘sha paytlardagi voqealarni ko‘zda tutgan bo‘lsa kerak.

So‘ngra, bir oz vaqt o‘tgach, 1487 yilda Kamoliddin Behzod Sulton Husayn Mirzoning farmoni bilan Hirotdagi saltanat kitobxonasiga boshliq etib tayinlanadi. Tarixchi G‘iyosiddin Xondamirning «Nomai nomiy» asarida o‘sha farmonning matni berilgan:

«Hirot kitobxonasining boshligi (mansabi) uchun ustod Kamoliddin Behzod nomiga berilgan nishon.

Ijod va yaratish korxonasi musavvirining irodasi, yeru osmon nigorxonasi muharririning qudrati bilan... hukm qilurmizki, asr nodiri, musavvirlar peshvosi... Ustod Kamoliddin Behzod Humoyun (ya’ni podshoh) kitobxonasi ahliga: kotib, naqqosh, muzahhib, jadvalkash, xalkor va zarko‘blarga, shuningdek, mazkur ishlarga mansub bo‘lgan Alloh panohidagi butun mamlakat jamoatiga boshchilik mansabi topshirilsin. Tahrir etildi 889 hijriy yil 27 jumodi ul-avval (1487 yil 22 iyun)».

Shunday qilib, Sulton Husayn Mirzoning farmonida aytilganidek, «asr nodiri, musavvirlar peshvosi» degan yuksak nom sohibi Kamoliddim Behzod endi nafaqat Hirot, balki butun Xuroson yurtidagi barcha rassom va naqqoshlarga boshchilik qila boshlaydi, Bu davrda Behzodning iste’dodi nihoyatda barq urib yashnaydi. U o‘ziniig eng yaxshi, nodir asarlarini ayni o‘sha yillarda yaratadi. XV asr bilan XVI asr oralig‘ida Hirotdagi temuriylar saltanati, ob’ektiv ichki siyosiy muhitning shiddatli bo‘ronlari, toju taxt uchun jangu jadallar sabab, asta-sekin yemiriladi. Bu davrga kelib Behzodning Hirotdagi eng sevimli kishilaridan bo‘lmish Abdurahmon Jomiy (1492 yilda), undan so‘ng ustozi Alisher Navoiy (1501 yilda) olamdan o‘tadi. 1506 yilga kelib esa Xurosondagi temuriylar saltanatining so‘nggi vakillaridan biri Sulton Husayn Mirzo ham vafot etadi. Podshoh Sulton Husayn o‘limidan so‘ng o‘g‘illari Badiuzzamon bilan Muzaffar Mirzo o‘rtasidagi janglar Xuroson saltanatini halokat yoqasiga olib keladi. O‘sha yillari mamlakatda zulm va istibdodga asoslangan feodal jamiyatlarga xos ichki siyosiy kurash shu darajada kuchayib ketadiki, natijada, 1507 yilda Muhammad Shayboniyxon Hirot taxtini osonlik bilan ishg‘ol etadi.

Bunday dahshatli, beayov to‘qnashuvlar, toju taxt uchun uzluksiz ur-yiqitlar sharoitida ham Kamoliddin Behzod Hirotda qolib, o‘z ijodiy ishlarini davom ettiradi. Behzod Hirotda Shayboniyxon saroyida ishlay boshlaydi. Temuriylarning yuksak madaniyatiga hurmat va e’tibor bilan qaragan Shayboniyxon Behzod san’ati oldida lol bo‘lgani holda uning ijodiy ishlariga deyarli to‘sqinlik qilmaydi, aksincha, mumkin qadar sharoit yaratib berishga harakat qiladi. Behzod buyuk Sohibqiron portretini ayni o‘sha yillari chizganligi ehtimoldan holi emas.

Erondagi safaviylar saltanati bu davrda ancha kuchayib, ichki va siyosiy kurashlar tufayli inqirozga yuz tutgan Xurosondagi shayboniylar saltanatiga tahdid solib, 1510 yilda ikki sulola qo‘shini o‘rtasida Marv yonidagi Tohirobod degan joydagi shiddatli jangda Muhammad Shayboniyxon halok bo‘ladi, uning qo‘shini tor-mor etiladi va Hirot safaviylar qaramog‘iga o‘tadi.

Shoh Ismoil Safaviy 1512 yili Hirotdagi bir necha iste’dodli san’atkorlarni, hunarmandlarni o‘zi bilan birga Tabrizga olib ketadi. Hirotdan Tabrizga olib ketilganlar orasidagi eng nodiri va noyobi Kamoliddin Behzod edi. Chunki Behzod bu paytda butun Sharq ellarida dong‘i ketgan buyuk san’atkor bo‘lib, uni o‘z qaramog‘ida saqlagan saltanat eng boy, qudratli va obro‘-z’tiborli hisoblanardi.

Kamoliddin Behzod san’atnini yuksak qadrlagan Ismoil Safaviy naqqoshga ijod qilish uchun Tabrizda barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi. Behzod Tabrizga bir guruh shogirdlari bilan kelgan bo‘lib, ular ham rahnamoligida o‘zlarining ijodiy ishlarini davom ettiradilar.

O‘sha paytlarda Tabrizda, umuman, Eron saltanatida ham ichki siyosiy ahvol yaxshi emas edi. Tashqaridan usmonli turk sultoni Salim Poshsho Eronga - ketma-ket tahdid solib turardi. 1514 yilda Eron va Turk qo‘shinlari o‘rtasida Tabrizdan yigirma farsang uzoqlikdagi Choldoron degan keng tekislikda shiddatli jang bo‘lib, mazkur jangda safaviylar mag‘lubiyatga uchraydi va bir yilcha Tabriz turklar qaramog‘ida bo‘ladi. Kamoliddin Behzodning boshiga yana og‘ir musibatlar tushadi. Ba’zi manbalarda yozilishicha, Tabrizdagi safaviylar saroyida eng e’tiborli san’atkor bo‘lgani uchun Behzod bilan birga atoqli xattot Shoh Mahmud Nishopuriyni turklar o‘z yurtlariga o‘lja qilib olib ketmasliklari uchun podshoh amriga binoan Tabriz atrofidagi bir ulkan g‘orga majburan yashirib qo‘ygan ekanlar. «Saromadani hunar» asarida berilgan ma’lumotga ko‘ra, Shoh Ismoil Safaviy jangdan yengilib chiqqach, o‘z mulozimlaridan so‘ragan narsasi shu bo‘lgan ekan: «Behzod qanday? Uning joni omonmi? Uni turklar olib ketmadimi?»

San’atshunos va sharqshunoslar Behzodning Tabrizdagi hayoti ka ijodi to‘g‘risida juda kam ma’lumotga egalar. Masalan. 1512 yildan 1522 yilgacha, ya’ni Safaviylar saltanati kitobxonasining boshlig‘i etib tayinlanganiga qadar mana shu 10 yil ichida Behzod Hirotda yashagan, degan fikrdalar. Biroq ba’zi bir fikr-mulohazalar bizni bir oz boshqacha o‘ylashga majbur etadi.

Har holda, o‘n yil qisqa muddat emas. Bu davr Kamoliddin Behzod hayotida eng mushkul, notinch va alg‘ov-dalg‘ovli yillar bo‘lganligi shubhasiz. Behzod o‘zining butun navqironlik yillarini, katta bilim va mahoratini sarflab bunyod etgan Hirotdagi boy nafis tasviriy san’at maktabi temuriylar saltanati bilan birga inqirozga yo‘liqdi. Bu yillar ichida Tabrizda yashagan Behzod o‘zining ona shahri Hirotga bir necha bor kelib-ketib turgan va o‘sha kezlarning birida Zahiriddin Muhammad Bobur u bilan Hirotda muloqot qilgan bo‘lishi mumkin.

1522 yilda Shoh Ismoil Safaviy maxsus farmon chiqarib, san’atkor Behzodni Tabrizdagi saltanat kitobxonasiga boshliq qilib tayinlaydi. Behzod hayoti va ijodiga oid juda ko‘p manbalarda keltirilgan farmonning matnini quyida o‘zbek tilida keltiramiz:

«Umuman, Behzodning Tabrizdagi hayoti Hirotdagidek osoyishta o‘tmagan bo‘lishi kerak. Asli hirotlik bo‘lgan Behzod uchun Tabriz, bir tomondan, begona yurt bo‘lsa, ikkinchi tomondan, bu yurtda o‘sha kezlarda jangu jadallar davom etib turgan. Undan tashqari, rassomning Hirotdagidek Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Sulton Ali Mashhadiy kabi ustozlari, yaqin do‘stlari, rahnamolari yo‘q edi. Yana shu narsani ham e’tiborga olishimiz kerakki, Behzod mashhur san’atkor bo‘lgani uchun ham, uning joni hamisha notinch, qalbi doimo iztirobda edi.

Tabiiyki, Tabrizdagi qattiq ruhiy azoblar, o‘z ona yurtidan yiroqda, g‘urbatda hayot kechirishning azobu uqubatlari Behzod ijodida ham aks-etmay qolmadi. Masalan, Ismoil Safaviy portretini ishlagandan so‘ng, uning bir burchagiga «Shikasta qalamli faqir Behzod» deb imzo chekishi bejiz bo‘lmasa kerak. Yoki bo‘lmasa, rassom o‘zining «Jangi shutiron» («Tuyalar jangi») nomli mashhur miniatyurasining tagiga «qalami shikasta, nomurod, faqir Behzod, umri 70 dan oshganda ushbu ishga qo‘l urdi», deb g‘am-anduh bilan imzo chekkanini eslaylik.

Darhaqiqat, buyuk san’atkorlar uchun g‘urbat, vatandan judolik nihoyatda og‘ir va mashaqqatli kechgan. Ular alamdan ichki kechinmalari, yuraklaridagi dardlari va tug‘yonli iztiroblarini o‘zlari yaratgan asarlarida bag‘oyat ta’sirli, real va ochiq- ydin qilib tasvirlaganlar.

«Jangi shutiron», «Tasviri shoh Ismoil Safaviy» asarlarining mazmunidan, ularniig chekkalarida «faqir», «nomurod», «qalami shikasta» kabi sifatlarni o‘z nomiga qo‘shib imzo chekishidan ulkan va takrorlanmas iste’dod egasi, buyuk qalb sohibi bo‘lgan Behzodning yurak qa’ridan sizib chiqayotgan g‘am-anduhlar naqadar og‘ir va musibatli bo‘lganini anglash qiyin emas! Bunday asarlardan shu narsa yaqqol sezilib turadiki, Behzod ulkan san’atkor sifatida o‘z zamonasining barcha og‘ir ijtimoiy dardlarini ham hassos qalbida saqlab yurgan. Shuning uchun ham, uning asarlari g‘oyatda ta’sirchan, hech kimni befarq qoldirmaydigan, qayta takrorlanmas darajada beqiyos va bezavoldir.

Kamoliddin Behzod Tabrizda Sulton Muhammad, Oqo Mirak, Mir Mansur Musavvir, Mir Sayd Ali singari o‘nlab iste’doli musavvirlarni tarbiyaladi. Ular esa, o‘z navbatida, Behzod vafotidan so‘ng, XVI asrda Tabriz, Qobul, Dehli, Buxoro kabi Sharqning ulkan shaharlarida yangi sharoit va yangi zamonada o‘zlariga xos nafis tasviriy san’at maktablari yaratib, ustozlari Kamoliddin Behzod uslubini muvaffaqiyat bilan rivojlantirdilar. Kamoliddin Behzod shogirdlarining nakqoshlik faoliyatida, demakki, Sharq xalqlari, ayniqsa, O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati muhim rol o‘ynaydi.

930/1524 yilda Tabriz sultoni Shoh Ismoil Saffaviy vafot etadi va taxt yosh shahzoda Tahmosib qo‘liga o‘tadi. Manbalarda berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Behzod saffaviylar saroyiga juda yaqin, podsho saltanatidagi eng ishonchli san’atkor bo‘lgani uchun ham shahzoda Tahmosibga bolalik paytidanoq miniatyurasozlik ilmidan dars berib, uni ham o‘z sehrgar san’atining sir-asroridan xabardor qilib borgan. Kamoliddin Behzod keksayib qolgan bo‘lishiga qaramasdan, bu davrda ham betinim ijod bilan shug‘ullanib, juda ko‘p talantli rassom va naqqoshlarga boshchilik qiladi.

Shunday qilib, Sharq xalqlarining mushtarak iftixori, buyuk farzandi bo‘lmish Kamoliddin Behzod XV asrning ikkinchi va XVI asrning birinchi yarmida Hirot va Tabrizda yashab, g‘oyatda barakali ijod etdi, o‘zidan keyingi avlodga boy, rang- barang va ajoyib tasviriy san’at asarlarini meros qoldirdi.


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish