bo’lgan barcha axborotni bera olmas ekan. Bu ta’minotni ishonchli deb bo’lmaydi. Yoki bu
xolda dasturiy ta’minotda xatolik mavjud deyiladi. Dasturiy ta’mninotning ishonchliligi
sifatida ma’lum bir vaqt jarayonida dasturiy ta’minotning to’g’ri ishlash ehtimolligiga
aytiladi. Dasturning ishonchliligi uning ichki xususiyati hisoblanadi. Bu dasturning qay
darajada ishlatilishiga tegishli. Dasturiy ta’minotda mahsulotni qancha ko’p sozlansa, yoki
testlansa, u shuncha yaxshiroq ishlaydi degan tushunchani inkor qiladi. Bu xolatlarda
ma’lum bir ichki xatoliklar aniqlanadi. Umuman, sozlash jarayonida xatoliklarni tuzatish
baholash
O‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilish o‘quv jarayonining asosiy qismi
hisoblanadi. Uning vazifasi o‘qitish maqsadi qaysi darajaga yetgan- yetmaganligini
aniqlashdir. Oliy ta’limda o‘quvchilarning bilimini nazorat qilish o‘qitish harakteriga ega
bo‘lganligi uchun nazorat qilish usullari boshqa o‘qitish usullari bilan chambarchas
bog‘langan.
O‘quvchilar bilimini nazorat qilish vaqtida ham o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish
funksiyalari bajariladi. O‘qitish ahamiyati shundaki, o‘quvchi o‘z bilimi va ko‘nikmalarini
doim to‘g‘rilab turishining imkoni bo‘ladi .O‘quvchilar bilimini nazorat qilishining
tarbiyaviy ahamiyati juda katta . Doimiy tekshirishlar o‘quvchini sistematik ravishda
ishlashga o‘rgatadi, olingan bilim va ko‘nikmalarini amalda qo‘llay oladi.O‘quvchilarda
ma’suliyatlilik, maqsad sari yo‘nalish, mehnatsevarlik, qiyinchiliklarni yengish va boshqa
ma’naviy fazilatlar shakllanadi. O‘quvchilar bilimini nazorat kilishda ularni rivojlantiruvchi
ahamiyatiga alohida e’tibor beriladi. O‘quvchilarning fikrlash qobiliyati, analiz, sintez
qilish, taqqoslash, umumlashtirish, aniqlik kiritishlar ham alohida nazorat qilinadi.
Axborot texnologiyalari o‘qitish natijalarini nazorat qilishning shakllari xilma-xil
bo‘ladi. Bu nazoratning tashkil qilinishiga- individual, frontal, guruh va differentlashgan,
yoki bajarilishiga bog‘liq.-og‘zaki, yozma, eksperimental bo‘lishi mumkin.
Baholash - joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘z ichiga oladi. Joriy nazorat
talabaning o‘zlashtira borayotganidan muttasil xabardor qilib turadi, odatda joriy nazoratda
bolaning bilimiga baho qo‘yilmaydi, intilishlari ma’qullanib boriladi, shu tariqa u bilimlarni
shakllantirishda ishtirok etadi. Pedagogik texnologiyadan xabardor bo‘lib borish ta’limda
yo‘l qo‘yilgan xatoni tuzatish uchungina emas, ta’lim maqsadlarini aniqlashda ham xizmat
qiladi. Yakuniy nazoratda rejalashtirilgan ta’lim maqsadiga erishilgani baholanadi.
Nazorat og‘zaki, yozma yoki test shaklida bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari didaktikada nazorat turlari mavjud, ular didaktik funksiyasiga
bog‘liq: mavzu o‘qitishdan oldin, dars vaqtida, chorak yoki yarim yillik, yil oxirida.
Nazorat qilish usullari.
Og‘zaki nazorat va o‘z-o ‘zini nazorat qilish usullari:
a) individual so‘rash
b) frontal so‘rash v) og‘zaki sinovlar g) og‘zaki imtihon
d) dasturlashtirilgan so‘rash
e) og‘zaki o‘z-o‘zini nazorat qilish.
Yozma nazorat va o‘z-o ‘zini nazorat qilish usullari:
a) yozma nazorat qilish
b) yozma sinovlar v) yozma imtihon
g) dasturlashtirilgan yozma ishlar d) yozma ravishda o‘z-o‘zini nazorat
qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: