41
Agar tayor bo‘lgan hujjatni bosmadan chiqarmoqchi bo‘lsangiz menuning
Ko‘rish (View) tanlanib bosmaga chiqishi kerak bo‘lgan maydon tanlanadi
(Printable Area), va ekranda shtrix chiziqlar bilan bosmaga chiqadigan maydon
chegaralangan bo‘ladi.
Coreldraw muharririning ishchi oynasi elementlari.
Kodlashtirishning vektorli usulida geometrik shakllar, egri va to‘g‘ri
chiziqlar, aylana, kvadrat, ellips, qism tasvirlar kompyuter
xotirasida matematik
formula kabi geometrik abstraksiyalar ko‘rinishda saqlanadi. Masalan, aylana
shaklini kodlashtirish uchun, u alohida piksellar ko‘rinishida bo‘lishi shart emas.
Uning radiusi, markaziy nuqta koordinatalari va rangining xotirada saqlanishi
yetarli bo‘ladi. To‘rtburchak uchun esa uning tomonlari uzunligi, joylashuv o‘rni
va rangini xotirada saqlash lozim. Matematik formulalar
yordamida turli xildagi
shakllarni izohlash mumkin. Murakkab shakllarni chizishda bir nechta oddiy
shakllardan foydalaniladi. Masalan, burchaklari yoysimon bo‘lgan to‘rtburchak
shaklni qora rangda bo‘yaymiz, unga uchta oqdagi to‘rtburchak va birta qora
rangdagi to‘rtburchak shaklni qo‘shib uch dyumli disketa rasmini hosil qilish
mumkin.
Bir necha qismdan iborat vektor tasvir.
Vektor formatdagi barcha ko‘rinishlar bir necha qismlardan iborat bo‘lib,
ularni bir-biriga bog‘liqsiz holda o‘zgartirish mumkin. Ushbu qismlar ob`ekt deb
nomlanib, bir necha ob`ektlar yordamida yangi ob`ekt yaratiladi. Buning natijasida
ob`ektlar yanada murakkab ko‘rinishga ega bo‘lish holati kuzatiladi. Har bir
ob`ektda
ularning kattaligi, egriligi va joylashuv o‘rnining qiymatlari orqali
beriladi. Shu sababli, tasvir ko‘rinishlarini oddiy matematik amallar yordamida
o‘zgartirish imkoniyati yaratiladi. Vektorli grafikani qo‘llaganda, ob`ekt hajmining
juda ham kichik yoki aksincha, juda ham katta kenglikda bo‘lishi
inobatga
olinmaydi. Ikki holda ham rasm bilan ishlash bir xil kechadi. Xohlagan paytda
42
tasvir sifatini o‘zgartirmay turib, uni kattalashtirish yoki kichraytirish imkoniyati
mavjud. Vektorli usulda kodlashtirishning muhim ahamiyati grafik faylning hajmi
rastrli grafiklar fayllari hajmiga nisbatan sezilarli darajada kichikligidir. Biroq,
vektorli grafikaning kamchilik tomonlari ham mavjud. Birinchidan, hosil
qilinayotgan
tasvirning shartliligi, ya`ni tasvirlar formulalar yordamida qurilgann
egri chiziqlardan iborat bo‘lganligi sababli, haqiqiy tasvirni hosil qilish juda
mushkuldir.
Shuning uchun vektorli grafikani tasvirlarni kodlashtirishda qo‘llab
bo‘lmaydi. Agar tasvirni izohlash lozim bo‘lsa, olingan fayl hajmi rastrli grafika
fayli hajmiga nisbatan ancha katta bo‘ladi. Vektorli grafika fayllarini qurishga
bag‘ishlangan dasturiy vosita sifatida juda keng tarqalgan
CorelDRAW dasturini
keltiramiz.
CorelDRAW dasturining ishchi oynasi boshqa grafik muharrirlar oynasiga
o‘xshashdir. CorelDRAW dasturi ishga tushirilganda ekranda dasturning
boshlang‘ich muloqot oynasi hosil bo‘ladi. Bu rejimni oldindan bekor qilish ham
mumkin. Buning uchun Show this Welcome Screen at startup (Ishga tushganda
oynani ko‘rsatish) satridan bayroqchani olib tashlash orqali amalga oshiriladi.
Dastlab dastur ishini sozlab chiqish amalarini ko‘rib o‘tamiz.
Agar ishchi
oyna to‘liq ekranni egallamagan bo‘lsa, dastur sarlavhasida yoyish tugmasini
bosing. Natijada ishchi oyna to‘liq ekranda hosil bo‘lib CorelDRAW 15 dasturi
bilan ishlash yanada qulaylashadi.
Yaratilayotgan tasvir aniq ko‘rinishi, boshqariluvchi elementlar ekranda
joylanishi uchun ekranning ruxsat etilgan kattaligini 1024x768 nuqtalarda, eng
yaxshisi 1280x1024 ni qo‘llanilishi tavsiya etiladi.
CorelDRAW 15 vektor grafikasi muharririning
ishchi oynasidagi asosiy
elementlari bilan tanishib chiqamiz
.
Windows muhitida ishlovchi boshqa dasturlar
kabi oynaning yuqori qismida oyna sarlavhasi va menyusi joylashgan.
CorelDRAW
15
dasturida
o‘z interfeysini o‘zgartirish imkoniyatlari
kengaytirilgan.