Slayd tuzilishini o’zgartirish va slaydlarga matn kiritish



Download 19,42 Kb.
Sana06.03.2022
Hajmi19,42 Kb.
#485068

Slayd tuzilishini o’zgartirish va slaydlarga matn kiritish.
Yangi taqdimotni yaratishda PowerPoint dasturining asosiy oynasidagi Gorizontal menyuning «Файл»-«Создать» (Fayl-Yaratish) buyruqlari ketma-ket bajariladi. Bu buyruqlar bajarilgandan so’ng oynada bir nechta shablonlar hosil bo‘ladi.
Bularning ichidan birorta shablonni tanlaganimizda quyidagicha oyna hosil bo‘lib, bu shablonning 4 xil variantini taqdim etadi.
Bu oynada quyidagi funksiyalarni bajaruvchi buyruqlar mavjud:
:
1. «Общие» (Umumiy) — yangi taqdimot yaratish qolipi;
2. «Дизайны призентаций» (Taqdimot dizaynlari) turli taqdimotlarning tasvir ranglari va qoliplarini ko’rsatish, ya’ni rang turi, harflar ko’rinishi va taqdimotning boshqa atributlarini aniqlash uchun Power Pointning dizayn shablonini tanlash mumkin.
3.«Призентация» (Taqdimotlar) — bunda turli sohalarda ish olib borishga mo’ljallangan tayyor taqdimotlar ko’rinishlari keltirilgan.
«Web-страницы» (Web-sahifalar) ko’rinishidagi taqdimotlar
Eslatma: yuqoridagi taqdimotlarni yaratish va ularning turlarini, dizaynlarini va sarlavhalarini tanlash sichqoncha orqali amalga oshirilib, ishga tushurish uchun OK tugmasi bosiladi.
Taqdimotlarni saqlash. Yaratilgan taqdimotlar fayllarda saqlanadi. Saqlash uslubi WINDOWSning boshqa dasturlari kabidir. Taqdimotlarni saqlash quyidagi usulda bajariladi:
Standart uskunalar panelidagi saqlash (piktogrammasi) tugmasi bosiladi yoki gorizontal menyudan «Файл»-«Сохранить» (Saqlash) buyruqlari beriladi.
Slaydlar rejimida ishlash.
Bu rejimda yangi slayd yaratish, uning belgisini o’zgartirish, slayd matnini terish, tahrir qilish, slaydlarni guruhlash, rang sxemasini o’zgartirish hamda maxsus fon yaratish mumkin.
— Yangi slayd yaratish uchun darchaning standart uskunalar panelidagi «Создать слайд» (Slayd yaratish) tugmasi bosiladi.
— Slayd belgisi, turi, ko’rinishlarini o’zgartirish uchun standart uskunalar panelidagi «Разметка слайда» (Slaydni belgilash) tugmachasi bosiladi.
— slaydlarni bezash ishlarini o’zgartirish uchun shu paneldagi «Применить оформление» (Jihozlash qo’llanilsin) tugmasi bosiladi.
Slaydga matn kiritish va uni tahrir qilish 2 usulda amalga oshiriladi:
1) matn uchun ajratilgan maydonga sichqoncha ko’rsatkichi olib kelib bosiladi va kursor paydo bo’lgandan so’ng matn klaviatura orqali kiritiladi;
2) sichqoncha ko’rsatkichi «A» tugma (piktogramma)siga olib kelinib bosiladi va kerakli sohaga matn kiritiladi.
Slaydlarni kichraytirish uchun matn bloki tanlanadi yoki ob’yekt va tanlash markeri chegaralari tanlanadi.
O’zgartirish kiritish uchun sichqonchaning o’ng tugmachasi bosiladi. Ekranda yordamchi (konteksli) menyu hosil bo’ladi. Menyudan kerakli rejim tanlab olinadi. Slaydlarni belgilash. Slaydlarni belgilashni qo‘llab rasm, diagramma, jadval yoki WINDOWSning ixtiyoriy ob’yektini qo‘yishni mo‘ljallab slayd tanlash mumkin. Buning uchun «Файл» menyusidan «Создать» (Yaratish) buyrug‘i tanlanadi.Tavsiya qilinayotgan slaydlardan kerakli ko‘rinishdagi slayd tanlanadi va «OK» tugmasi bosiladi.
Matnni kiritish va tahrirlash.
Siz «Мастер автосодержание» dan foydalangan va prezentatsiyadagi matnlarni kiritmagan bo‘lsangizda, siz Master taklif kilgan matnni o‘zgartirish, tahrirlash va ba’zi joylarini foydalanuvchi matni bilan almashtirishingiz mumkin. Bu ishni har bir slayd uchun alohida yoki struktura rejimiga o‘tib, alohida slaydlar matni bilan bir qatorda to‘liq prezentatsiya matnini tahrirlashingiz mumkin. Struktura rejimida matnni kiritish, tahrirlash va o‘rnini almashtirish, shu jumladan slayddan slaydga o‘tkazish va nusxalash mumkin.
Slaydda matn yaratish (yozish) uchun quyidagi algoritmni qo‘ llaymiz.
1. «Рисование» asboblar oynasida «Текст» tugmasini ajratish;
2. Matn yozish uchun zarur maydon hosil bo‘lguniga qadar, kursorni slaydga o‘tkazish;
3. Ajratilgan (ramka bilan) maydonda matnni terish;
4. Matn yozilgan maydonni sichqoncha ko‘ rsatkichi yordamida slaydning kerakli joyiga o‘ tkazish;
Shriftni o‘zgartirish uchun matnni ajratib, «Форматирование» oynasi yordamida matnning ko‘rinishi, shrift kattaligi, rangi va hokazolar tanlanadi.
Grafiklar, tashkiliy diagrammalar va jadvallar qo ’shish.
Grafik, jadval yoke deagrammalardan foydalanish uchun bizga slaydning o‘zida mavjudlik imkonini yaratadi. Buning uchun quyidagi ketma-ketlik bajariladi:
-:
Hamma vaqt ham faqat matndan foydalanib, mavzuni to‘liq tushuntirib bo‘lmaydi. Ba’zi hollarda rasm va grafiklar zarur bo‘lsa, ba’zi hollarda jadvallar ancha samara beradi.Siz matnli slaydga grafik, tashkiliy diagramma va jadvallar qo‘shishingiz yoki grafik slayd yaratishingiz mumkin.Yangi slayd ochishda yoki bo‘sh prezentatsiya tanlanganda POWER POINT turli slaydlar variantlari ko‘rsatilgan «Создат слайд» muloqot oynasini ochadi. Bu slaydlarning ba’zilari faqat matnlardan iborat bo‘lsa, ba’zilari sarlavha xamda grafik, tashkiliy diagramma va jadvallar qo‘yish uchun ajratilgan sohalardan tuzilgan. Ba’zilari esa bir slaydning o‘zida ham matn, ham grafikga ega. Siz keraklisini tanlash uchun uning belgisiga bir marta sichqoncha tugmasini bosing va «Ok» tugmasini tanlang, yoki ikki marta slayd belgisiga sichqonchaning chap tugmasini tez bosing. Tanlangan slayd prezentatsiya oynasida slaydlar rejimida hosil bo‘ladi.
Download 19,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish