O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti


-rasm. R.Guk yasagan mikroskop va yorug’lik mikroskopi



Download 11,23 Mb.
bet5/133
Sana25.02.2023
Hajmi11,23 Mb.
#914592
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
portal.guldu.uz-M`ajmua

1.1.1-rasm. R.Guk yasagan mikroskop va yorug’lik mikroskopi
XVII asrning oxirida golland olimi A. Levenguk 200 marta kattalashtirib ko’rsatadigan linza yasab, mikroskopni takomillashtirdi. U turli o’simlik va xayvon hujayrasidagi yadroni ko’rishga muvaffaq bo’ldi, biroq u yadroni hujayraning mustaqil organoidi sifatida ajratib ololmadi. Angliyalik Ro­bert Broun 1833 yili arxideya o’simligining hujayra yadrosini birinchi marta har tomonlama o’rgandi va u hujayraning asosiy komponentlaridan biri ekanligini isbotlab berdi. Mikroskop terminini fanga birinchi bo’lib Iogan Faber 1625 yilda ishlatdi.
Hujayra tuzilishi xaqidagi ta’limotning yaratilishida rus olimi P. F. Goryaninovning xizmati katta. U 1827 yilda o’simlik hujayrasining tuzilishini bayon qilib berdi.1838-1839 yillarda Shvan va Shleyden hujayra nazariyasining yaratilishiga asos soldi. 1848 yili Gofmeystr tradeskansiyning onalik hujayralarida xromosomalar shaklini chizgan va birinchi marta xromosomalarga asos solgan. 1876 yili Van Beneden va 1888 yili Boveri hujayra markazini, 1894 yili Benda mitoxondriyani, 1898 yili Gol’dji Gol’dji apparatini kashf qildilar. 1882 yili Flemming xayvon hujayralarida, Strasburger o’simlik hujayralarida xromosomalarni aniqladi. «Xromosomalar» terminini 1888 yili nemis olimi Val’deyer fanga kiritdi.
Amitozni 1841 yili xayvonlarda Remak o’simlik­larda 1882 yili Strasburgerlar kashf qilganlar. Strasburger 1875 yili o’simlik hujayralarida mitozni sistemali isbotlab berdi. Nemis embriologi V. Ru barcha o’simliklar bilan xayvonlar hujayrasining bo’linishi umumiy ekanligini isbotlab berdi. Strasburger 1884 yili profaza, metafaza, anafaza terminini Lauaze, Geydengayn esa 1894 yili telofaza terminini fan­ga kiritdilar. 1884 yilda Van Beneden reduksion bo’linish (meyoz)ni kashf qildi. Former va Mur esa bu terminni 1905 yili fanga kiritdi.
A. Levenguk XVII-asrning to’rtinchi yirik mikroskopisti edi. Uning mutaxassisligi savdogar bo’lib, umrining deyarli 50 yilini mikroskop ostida mayda organizmlarni kuzatishga bag’ishladi va 1680 yilda London Qirollik jamiyati (Hozirgi fanlar akademiyasiga o’xshaydi) ga a’zo qilib saylandi. Levenguk o’z kuzatishlarini 1696 yilda “Tabiat sirlari“ nomli asarda bayon qildi. U bir hujayrali organizmlarning boy olamini ochgan, hayvonlarning hujayralari – eritrotsitlar va spermatozoidlarni1 ko’rgan birinchi olim bo’lgan. Lekin, Levenguk bu kuzatishlirini yetarlicha baholay olmadi va hayvonlarni hujayraviy tuzilishlari xaqida xulosa chiqarmadi.
XVIII–asrda hayvon va odamning jinsiy hujayralari tekshirildi va murtakning boshlang’ich taraqqiyoti ozmi, ko’pmi bayon etildi. Gametalarning jinsiy ko’payishdagi ahamiyati umuman to’g’ri tushunilgan bo’lsada, tuxum hujayralari va spermalarning otalanish protsessidagi nisbiy roli ko’p tomonlama noaniq, ularning nozik tuzilishlari esa noma’lum bo’lib qoldi. Ko’pchilik olimlar, masalan, A.Levenguk Svammerdam, Malpigi, Galler va Bonnelar jinsiy ko’payishni moxiyatini yaxshi tushunmadilar. Ular jinsiy hujayralardan bulg’uvchi organizmning to’la tashkil topgan murtagi joylashgan bo’ladi deb, preformizm (preformare- avvaldan shakllangan) nazariyasini ilgari surdilar. Preformistlar ikki guruxga bo’linib, ulardan ba’zilari spermaning ichida (animalculare- animalkulistlar), qolganlari esa tuxum hujayraning ichida (obium- ovistlar) bo’lg’usi organizmning uni hamma organlari bilan tula tashkil topgan mayda Murtagi joylashgan deb hisobladilar, binobarin bu bilan ular individual taraqqiyotni qism va organlar kattaligini ortib borishiga tenglashtirdilar.
XVIII- asr o’rtalarida preformistlar orasida “Joylab qo’yish nazariyasi” tarqaldi. Bunga binoan eng birinchi urg’ochini tuxumdoniga u yaratilgan momentda barcha keyingi avlodlarini murtaklari joylab qo’yilgan bo’ladi. Hatto Italiya olimi Antonio Vallisneri (1661-1730) Momo Havoning tuxumdonida o’tgan hozirgi yashayotgan va kelgusi avlodlarni hammasini tayyor murtaklari joylab qo’yilgan deb hisobladi.
Bu nazariyaga qarshi o’laroq Epigenezning (epigenesis- keyin kelib chiqmoq) tarafdorlari fikricha butun qism va organlar embrional taraqqiyot protsessida yangidan kelib chiqadilar. Epigenez nazariyasining asoschisi va yirik namoyondasi Peterburg fanlar akademiyasining a’zosi Kaspar Fridrix Volf edi. U 1759 yilda 26 yoshida “ Kelib chiqish nazariyasi” nomli asar yozib dissertatsiya yoqladi. Volfning hayvonlarni embrional taraqqiyoti ustidagi ishlari, turlarning o’zgarmasligini ko’rsatuvchi dalillardan biri sifatida foydalanilgan preformizm nazariyasining asossizligini ishonarli qilib ko’rsatib berdi, Lekin K.Volfning ilmiy epigenez nazariyasi o’sha vaqtda rivojlanmay qolib ketdi. Taxminan 50 yildan keyin 1828- yilda Peterburg fanlar akademiyasining akademigi Karl Maksimovich Ber o’zining “Xayvonlar taraqqiyoti tarixi” asari bilan epigenezni yanada rivojlantirdi. Ber sut emizuvchilar va odamning tuxumini ko’rgan, uni rivojlanishini o’rgangan birinchi olim. Peterburg fanlar akademiyasi Berning 50 yillik ilmiy faoliyatini nishonlab, maxsus medal ta’sis etib, unga quyidagi so’zlar yozib qo’yildi: tuxumdan boshlab u odamga odamni ko’rsatdi.
XIX asrning boshlaridan o’simliklarning har xil organ va to’qimalarni hujayraviy tuzilishlarini ko’pchilik olimlar tasvirlashlari biologlarni hamma o’simliklar hujayralardan tashkil topgan deb asta-sekin ishonishiga olib keldi. Diqqatni “shilimshiq shira” deb ta’riflangan hujayraning ichidagi narsaga qaratila boshlandi.
Hujayra haqidagi ma'lumotlarni bizning o'zbekistonimizdagi olimlar ham o'zlarining tadqiqotlari bilan munosib darajada boyitdilar.

Download 11,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish