Sitoplazmatik membrananing funksiyasi. Tashqi sitoplazmatik membrana juda ko’p muhim biologik funksiyalarni bajaradi. Ulardan biri shuki, membrana hujayra bilan tashqi muxit o’rtasidagi doimiy modda almashinuvini tartibga solib turadi. Bu uning o’tkazuvchanlik xususiyatiga asoslangan. hozirgi vaqtda memebranada juda mayda teshikchalarni-poralarni mavjudligi aniqlangan ( d-8A) ular orqali ma’lum kattaliklardagi ion va molekulalar o’tadi.
Tasho’i membrana fermentativ aktivdir. Unda fosfataza gruppasiga kiruvchi fermentlar (ishkoriy fosfataza, ATF-aza) va moddalarni parchalab hujayraga kiraoladigan holga keltiradigan boshqa bir necha fermentlar topilgan. Sitoplazmatik membrana hujayraning ovqatlanishida faol qatnashadi. Bunda hujayra membranasini harakatchanligi, uning turli ko’rinishdagi har-xil o’simtalar hosil qilishi namoyon bo’ladi. Bu o’simtalar yordamida ovqatlik va boshqa qattiq donachalarni shuningdek, suyuqlikni mayda tomchilarini ushlaydi. Tashqi membrana hujayrani ichidagi narsalarni tashqi muxitdan ajratish bilan ximoya yoki mexanik rolni o’ynaydi. Membrananing eng muhim va o’ziga xos xususiyatlaridan biri qisman shikastlanganda oson va juda tez qayta tiklanishidir. Juda ko’pchilak hujayralarning yuzasida ularning funksional faoliyati bilan bog’lik bo’lgan har-xil strukturalar hosil bo’ladi. Masalan, ichak epiteliysi yuzasida juda ko’p bir-biriga yaqin joylashgan o’simtalar mikrovorsinkalar bor (lq0,5-3mkm, dq500-1000 A) 2 ta mikrovorsinka oralig’idagi masofa 200 mkm dan ortmadi.
2- savol bayoni: Hujayralarning bir-birlari bilan birlashadigan joyidagi maxsus strukturalar.
Ko’pchilik to’qimalarning hujayralari (prizmatik epiteliy) bir-biri bilan maxsus mutaxasislashgan strukturalarsiz birikadi. hujayralarning bir-biriga tegib turuvchi yuzalari “Sementlovchi” moddaning juda yupqa qavati hisobiga birikadi. Bu qavat oqsil va karbon suvlarni o’zida tutadi. har xil epitelial to’qimalarni, tomirlarni endoteliyalarini, miokardni hujayralari bir-birlari bilan maxsus tuzilma desmosoma orqali birikadi. Har bir desmosoma yonma-yon turgan hujayraning yuzasini qalinlashishidan hosil bo’ladi. Bir birlari bilan yonma-yon turgan hujayralarni tashqi membranasi xech qachon qo’shilib ketmaydi, ular odatdagi 3 qavatli strukturasini saqlaydi. Har ikkala hujayrani orasida doimo yoriqsimon oraliq (100-150 A) ko’rinib turadi. Hujayrani desmosoma bor joyi bilan bir-biriga mustaxkamroq birlashadi. Bu xodisani mexanizmi hali yaxshi tekshirilmagan.
Membranali strukturalarning birlashish harakteri. Sementlovchi modda hujayralarni bir-biriga mustaxkam biriktirishshiga qaramay, u elastik xususiyatga ega. Hujayralarni bir-birlari bilan bog’lash bilan birga u ularni qandaydir harakatlanishini, qaytadan gruppalanishini ta’minlaydi. Odam va hayvonlarda doimo qon elementlari yangilanib turadi. Qon hosil qiluvchi (ilik, kora jigar va limfatik tugunlar) to’qimalarda retikulyar hujayralarning bir qismi ajralib chiqadi va qonning shaklli elementlarini hosil qiladigan hujayralariga aylanadi, ular rivojlanib qonga kiradi. Xuddi shu kabi spermatozoid va tuxum hujayralar ham yetilganda jinsiy bezlar to’qimalaridan ajraladi. hujayralararo bog’lanishni bu dinamikligi hamma ko’p hujayrali organizmlar uchun xos bo’lib hujayralar kontaktini muhim xususiyatlaridan biridir. Hujayraviy bog’lanishlarni o’ziga xosligi va uni hosil qiluvchi faktorlar hujayralarni bir-biridan ajratish yo’li bilan o’rganiladi. Masalan, Moskona sut emizuvchilar buyragi to’qimalarining hujayralarini va fibroblastlarini o’rgandi. Tripsin yordamida hujayralarni bir-biridan ajratdi (to’qimalar kulturasida) va ayrim-ayrim hujayralar suspenziyasini oldi, so’ng har ikkala xil hujayralarni aralashtirib yubordi va maxsus muxitda o’stirdi. Bir necha soatdan keyin hujayralar o’z tiplari- xillari bilangina birikkanini aniqladi. Bu ko’pchilik bulutlarda va boshqa hayvonlarda ham qilingan.