Eukariot hujayra- Eukariot belgilarga ega bo’lgan hujayralarning qazilma holdagilarini yoshi 1,0-1,4 mlrd yildan oshmagan qazilmalarda topilgan. Eukariot hujayralardagi DNK ning qo’shaloqlanishi, oqsilni hosil qilishi kabi bioximiyaviy tomonlar ularni prokariot tuzilaishlilardan kelib chiqqan degan fikrga olib keladi.
Eukariot hujayrani simbioz holda kelib chiqqanligi haqida g’oya mutaxasislar orasida keng tarqalgan. Anaerob nafas olishdan aerobga o’tish hujayrada mitoxondriylarni paydo bo’lishi bilan bog’lanadi. Xivchinli prokariotlardagi bazal tanachalar mitoz bo’linishni yuzaga kelish vaqtida tsentriolaga aylangan. Xloroplastlarni paydo bo’lishi ko’k-yashil suvo’tlaridagi pigmentlar bilan bog’liq deb xisoblaniladi.
Mitoxondriy, tsentriola va xloroplastlarni simbioz tarzda yuzaga kelganligaini isbotlovchi dalil bo’lib ularning hususiy DNK ga egaliklaridan deb qaraladi. Shu bilan birga prokariotlardagi batsillin, eukariotlardagi tubulin xivchin va kiprikchalarning asosini tashkil qilsada ularning tuzilishida umumiylik yo’q.
Invaginatsiya g’oyasining tarafdorlarini fikricha eukariot hujayralarning ajdodi bo’lib aerob prokariotlar xisoblanadi. Bunday hujayra-ho’jayin ichida hujayra po’stigi birikkan bir necha genomlar bo’lgan. Yadrosi hamda hususiy DNK ga ega bo’lgan organellalar po’stning ma’lum qismlarini ichiga botib kirib keyin ularni yumaloq holda ajralib ketishi bilan qo’sh membranali yadroga, mitoxondriylarga, xloroplastlarga aylangan.
Tarixiy jarayonlar shuni ko’rsatadiki eukariot hujayralarning evolyutsiyalanish imkoniyatlari prokariotlardagidan ancha yuqori turadi. Bu holatda asosiy xizmat eukariotlarning yadrosini genomi prokariot genomlaridan ko’p marta yuqori darajadaligi xisoblanadi. Bakteriyalar genomini odam hujayrasidagi nisbatlaiga e’tibor bersak 1:(100-1000)ga ega. Eukariot hujayraning eng muhim farqi ularning yadrosidagi genlar jamlamasining diploidligi va ayrim genlarni ko’p martadan takrorlanib kelishi xisoblanadi. Bu esa mutatsiya jarayonlarini hujayraning hayotiga katta ziyon etkazmay ro’y berish imkoniyatlarini oshiradi.
Eukariot tipdagi hujayra faoliyatiga o’tilganda xalqa holidagi faqat DNK ning o’zidan iborat holatdan DNK ni oqsil bilan birikkaniga o’tilgan. Bu esa turli guruh genlardagi biologiya ma’lumotlarini o’qish imkoniyatlari ortgan. Ko’p hujayrali organizmlarning tarixiy taraqqiyotida uning alohida qismlari-organlaridagi informatsiya-axborot ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyatlari ortgani muhim hodisalardan xisoblanadi. Ko’p hujayralilikka o’tishda eukariot hujayralarda elastik po’stni yuzaga kelishi muhim komplekslarni hosil bo’lishiga olib kelgan.
Eukariotlarning tsitofiziologik hususiyatlari orasida. ularning tarixiy rivojlanish imkoniyatlarini ortishiga olib keladigan aerob nafas olishni yuzaga kelishi kelgusida ko’p hujayralilarni paydo bo’lishiga zamin yaratgan. Kurrayi zaminimizda eukariot hujayralar uning atmosferasidagi kislorod 1% etganda paydo bo’la boshlagani ham bejiz emas. Bu holatga "Paster nuqtasi" deyiladi. Aerob nafas olishning bishlanishi shu kontsentratsiyadan boshlanadi deb hisoblaniladi.
Eukariot hujayralardagi irsiy apparatni takomillashib borishi ularning tarixiy taraqqiyotlarida ro’y beradigan mitoz balinishni yuzaga kelishini ahamiyati ham beqiyosdir.
Mitoz bo’linish jarayonining tarixiy taraqqiyot mobaynida takomillashib meyoz bo’linishni yuzaga kelishi bu organizmlarning ko’payishlaridagi, muammoni hal qildi. Meyoz bilan bog’liq holda jinsiy ko’payishga o’tish organizmlarning kombinativ o’zgaruvchanliklari, bu esa o’z navbatida tarixiy taraqqiyot-evolyutsiyaning tezlashuviga olib keladi.
Biz yuqorida qisqacha qayd qilib o’tgan bir mlrd yil davomida ro’y bergan eukariot hujayradagi o’zgarishlar bir hujayrali sodda hayvonlardan sut emizuvchilar va odamgacha bo’lgan organizmlar guruhlarini yuzaga kelishiga keng imkoniyatlar yaratgan.