O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 11,23 Mb.
bet13/133
Sana25.02.2023
Hajmi11,23 Mb.
#914592
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   133
Bog'liq
portal.guldu.uz-M`ajmua

Fimbriyalar. Bakteriya hujayralarini mikroskop ostida ko’rganda xivchinlari bilan birga ulardan ancha kalta o’simtalar ko’rinib, so’rg’ichlar yoki fimbriyalar deb atalgan. Ularning uzunligi 0,3-0,4 mkm, ko’ndalang kesmasi esa 5,0-10 nm atrofida keladi. Fimbriyalar tsitoplazmatik membrananing hosilasi bo’lib, tsilindr shaklida to’ppa-to’g’ri ko’rinishdadir.
Bakteriyalarning hujayrasidagi fimbriyalar soni bitta-ikkitadan bir necha ming donagacha etadi. Ular maxsus pelindan tuzilgan. Fimbriyalar odatda kokki, tayoqchasimon, harakatchan yoki harakatlanmaydigan bakteriyalarda bo’ladi. Fimbriyalarning bajaradigan vazifalari hujayraning harakati bilan bog’liq emas.
Fimbriyalarning morfologiyasi, bajaradigan vazifasiga ko’ra bir necha guruhlarga bo’linadi. Birinchi guruh fimbriyalari hujayrani biror narsaga biriktirib turish yoki ma’lum shakldagi to’plamlarni hosil qilishda o’zaro tutashish vositasi sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari oziq muhitidagi molekulasi yirik molekulalarni hujayra tsitoplazmasiga kiritishda ishtirok etsa ham kerak, deb hisoblaniladi.
Ikkinchi tipdagi fimbriyalar-jinsiy fimbriyadar, yoki G’-pilidir. Ularning molekuldyar og’irligi 11800dan iborat bo’lgan oqsillardan tuzilgan, uzunligi 1,1 mkm, ko’ndalang kesimining o’lchami 8,5-9,5 nm atrofida keladi. Bunday G’-pili fimbriyalar donor hujayralarda 1-2 tadan, anaerob sharoitlarda esa 5 tagacha bo’ladi. Konyugatsiya davrida donor hujayrasini jinsiy fimbriyali uchi rettsep-hujayra membranasining tashqi qismidagi oqsil molekulasiga birikadi. G’-pili hosil qilgan bunday vosita-yo’l orqali donor hujayrasining DNK si retsepient hujayrasiga o’tadi, deb hisoblaniladi. Jinsiy vazifani bajarishda ishtirok etadigan bunday fimbriyalar, bakteriya hujayrasining tashqi yuzasida 4-5 minut davomida shakllanib bo’ladi va o’z vazifasini bajarib bo’lganidan keyinoq hujayra uni tashlab yuboradi. Bunday holat fimbriyalarning faolligini ancha yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi.
Endospora va uni hosil bo’lishi. Sporalar bakteriya hujayrasining tsitoplazmasida hosil bo’lganligi uchun endosporalar ham deb yuritiladi. Ular yumaloq, yoki biroz cho’ziq ko’rinishlarda yuzaga keladi. Sporalarni hosil qilish tayoqchasimon tuzilishli bakteriyalardan Bacillus, Clostridium turkumlariga mansub. Spora hosil qiluvchi kokkilar ham (Sporosarcinia turkumida) ma’lum. Bakteriyalarda sporalarning yuzaga kelishini, hujayraning hayotiy faoliyati davrida ro’y beradigan va odatda, atrof muhitning noqulay sharoitlariga javob reaktsiyasi deb qaraladi. Sporalar ular o’sayotgan oziq muhitdagi moddalar kamayganda, uni namligi yoki kislotalik muhiti o’zgarganda, idishdagi bakteriya eskirganda kabi holatlarda hujayrada doimo hosil bo’ladi. Bu esa bakteriyalarda sporani hosil bo’lishi, ularni ko’payishi uchun emas, balki organizmni tur sifatida saqlab qolishi uchun xizmat qiladi.
Tirik bakteriyalardagi sporalarning shakli, o’lchamlari va hujayrada joylashishi bo’yicha farqlanadi. Ayrim batsillalarda spora hujayraning o’rta qismida joylashib, uni o’lchamlari hujayra ko’ndalang kesimini o’lchamidan katta emas. Clostridium turkumining bakteriyalarida sporalar cho’ziq yumaloq shaklda tuzilgan, diametri uni hosil qilayotgan hujayranikidan kattaligi tufayli sporali hujayra urchuqsimon ko’rinishda bo’ladi. Clostridium turkumining bakteriyalarda sporalar cho’ziq yumalaq shaklda tuzilgan, diametri uni hosil qilayotgan hujayranikidan kattaligi tufayli sporali hujayra urchuqsimon ko’rinishda bo’ladi. Clostridium tetani bakteriyasida spora hujayrani uchida joylashadi. Sporani o’lchamlari, hujayra o’lchamidan kattaliga tufayli, sporali bakteriya hujayrasini bir tomoni do’mboq tayoqcha ko’rinishda bo’ladi.
Bakteriyalarda sporani hosil bo’lish jarayoni ancha murakkab va u bir necha bosqichda ro’y beradi.
I-tayyorgarlik bosqichi. Bu davrda bakteriyalar hujayrasida spora hosil bo’lish jarayoni boshlanishidan oldin, o’sishi to’xtaydi, DNK replikatsiyasi yakunlanadi, moddalarning almashinuvi butunlay tubdan o’zgaradi. Hujayradagi ikkita yoki undan ortiq nukleotidlardan bittasi spora hosil bo’ladigan joyda joylashadi. Hujayra devoridvgi diaminopimelin kislotasining asosida, yangi sporaga hos birikma-dipikolin kislota hosil bo’ladi, uning miqdori 10-15%ga etadi. Dipikolin kislotada uning kaltsiyli tuzi ko’rinishida bo’lib hujayraning yuqori haroratga chidamliligini oshiradi, deb hisoblaniladi. Sporani yuzaga kelish jarayonida yuzga yaqin genlar ishtirok etadi.
II-sproani shakllanish bosqichi. Bu bosqich bakteriyalar hujayrasining tsitoplazmasidagi nukleotidlardan bittasini, spora hosil bo’luvchi joy deb atladigan tig’iz qismiga o’tishidan boshlanadi. Keyin tsitoplazmaning membranasi chekkalaridan ichiga qarab botib kira boshlaydi va nukleoidli tig’iz sporagenli joylarni tsitoplazmadan ajratib o’rab oladi va bu bilan prospora hosil bo’lishi ro’y beradi. Prospora shunday qilib, ona hujayraning ichida undan ichki va tashqi membrana bilan o’ralgan holda joylashadi. Membrana qavatlari orasida dastlab mureinli qatlamning dastlabki belgalari hosil bo’la boshlaydi, keyinchalik esa sporaning devoriga aylanadi. Uning ustida korteks dkb ataladigan qalin mureinli qavat yuzaga keladi. Korteksning mureini hujayra devorining mureinidan nordan hususiyatligi bilan farqlanadi. Sporaning mureinli qavatidagi muram kislotasining qoldiqlarini ko’pchiligi peptidlarni tutmaydi, yoki 1-3 aminokislotalar bilan birikkan holos. Teyxo kislotalari kabi boshqa polimerlar korteksda topilmagan. Ko’p qavatli qoplamlar shakllanishi bilan u sporaga aylana boradi va mikroskopda yorug’likning kuchli sindiruvchi yaltiroq tana holida ko’rinadi.
III-sporani etilish bosqichi. Bu bosqich davrida spora o’ziga hos shaklga aylanadi, hujayrada ma’lum o’rinni egallaydi. Spora o’zi hosil bo’lgan hujayrada-sporangiyda joylanishiga ko’ra: hujayrani o’rtasida joylanishi-batsillyar; hujayrani o’rtasidan biroz uning bir uchi tomoniga siljigan holda-klosteridial; hujayrani ikki uchidan bir tomonida-plekteridial joylanishlari ro’y beradi. Batsilliyar holdagi joylanish Bacillus turkumiga mansub anaerob bakteriyalarga hos, klosteridial va plekteridial joylanishlar Clostridium turkumining anaerob baeteriyalarida bo’ladi.
Spora etila boshlanishi bilan, ona hujayra- sporangiy asta sekin parchalana boshlaydi va spora tashqariga chiqib qoladi. Voyaga etgan sporalar turli sistematik guruhlarga mansub bakteriyalarda o’zaro o’hshash tuzilishga ega bo’ladi. Uning asosiy qismini oqsillar va nuklein kislotalar tashkil qilib uni miqdori 50-60% gacha boradi. Sporada ribosomalar, turli fermentlar, lipidlar va quyi molekula birikmalar mavjud. Spora ustidan asosan oqsilli qisman uglevod va lipidlardan iborat ichki, o’rta va tashqi qavatli parda bilan o’ralgan. Sporaning bu pardasi uni turli fermentlarning ta’sirida parchalanib ketishidan, organik erituvchilardan saqlaydi. Bakteriyalarning ko’pchilik turlarida spora bo’sh qopga o’xshash hosila ekzosporiy ichida joylashadi. Ekzosporiyning tuzilishi turli sistematik guruhlarga mansub bakteriyalarda turlicha bo’lib, uning tarkibida oqsillar, lipidlar va uglevodlar bo’ladi. Clostridium botulinum bakteriyasida ekzosporiy 15 qavatli bo’lib, uning qalinligi 100 nm ga etadi.
Spora holidagi mikroorganizmlar atrof muhitning noqulay sharoitlariga o’ta chidamli hisoblaniladi. Ular ancha yuqori haroratga, o’rta darajadagi sovuqqa, uzoq muddat davom etadigan qurg’oqchilikka, radiatsiya nurlariga, zaharli moddalarning va yuqori osmotik bosimning ta’siriga va shu kabilarga o’ta chidamli hisoblanadi.
Qulay sharoitga tushgan sporalar unib,avvlgi hujayralar holiga aylanadi, bu holat 4-5 soat davom etadi. Bu davrda uning tarkibida suvning ko’payishi bilan u bo’kadi, undagi fermentlarning faolligi ortadi, energetik va bioximiyaviy jarayonlar tezlashadi, natijada sporaning po’sti emiriladi va hujayra devori shakllanishi bilanoq u bo’linaboshlaydi.
Bakteriyalarda sporani hosil bo’lishi uni ko’payishi bilan bog’liq emas. Odatda bitta hujayra bittagina spora hosil qiladi va u unganidan keyin yana bitta hujayraga aylanadi. Bakteriyalarni spora hosil qilishi, tibbiy fiziologik jarayon bo’lib, mikroorganizmni tarixiy taraqqiyot davomida atrof-muhitning noqulay sharoitlariga chidash uchun hosil qilgan moslamasi hisoblanadi.

Download 11,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish