O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti



Download 11,23 Mb.
bet10/133
Sana25.02.2023
Hajmi11,23 Mb.
#914592
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   133
Bog'liq
portal.guldu.uz-M`ajmua

Tsitoplazma va uning qismlari. Tsitoplazma hujayraning membrani balan o’ralgan qismi hisoblanadi. U kolloid xarakterdagi sistemadir. Asosiy ximiyaviy tarkibi oqsillar, RNK, DNK, organik va anoganik moddalar va 70-80% miqdor atrofidagi suvdan iborat. Tsitiplazmaning gomogen xarakterdagi fermen-oqsillar, moddalar almashinuvining mahsulotidir, RNKning suyuq qismi tsitozol de ataladi. Tsitoplazmada donador tuzilishli ribosomalar, nukleotid va boshqa qismlari ham bor.
Ribosomalar hujayrada oqsilni sintezlanishida ishtirok etadigan ribonukleotid zarralardir. Ribosomalar juda mayda, ko’ndalang o’lchami 20 nm atrofida keladigan, har biri ikkiti; katta va kichik qismlardan iborat. Har bir bakteriya hujayrasidagi ribosomalarni soni 15 ming dona atrofida bo’ladi. O’lchamlarining kichikligi tufayli tsentrifugada ularni cho’ktirib olishda 10 000 1-2 soat mobaynida aylantirilgandagina bakteriya tsitoplazmasidan ajraladi. Bakteriyalar ribosomaning tsentrifugadagi cho’kish tezligi 70 S ((S-svedberg)-tsentrofugada cho’kish tezligi).
Ribosomaning kichik 30S qismi bitta RNK va cho’kish tezligi 16 S bo’lgan 21 molekula oqsil tutadi. Ribosomaning katta 50 S qismi ikki molekula RNK va 33-34 molekula oqsildan iborat. Katta va kichik qismlarni o’zaro yaxlitlanishi uchun Mg2Q ioni zarur. Yaxlitlangan ribosomalar oqsil sintezida ishtirok etishi uchun irsiy axborot tutuvchi iRNK yordamida polisoma hosil qiladi, ular oqsil sintezida ishtiroq etmagan vaqtlarida nukleotid atrofida joylashadi. Har bir polisomada bir necha o’nlab miqdorada ribosomalar joylashganligi, ularning oqsil sintezlash faolligini yuqori darajada eknligidan dalaolat bkradi.
Bakteriyalarning 70 S tipidagi ribosomalari eukariot organizmlarning mitoxondriy va xloroplastlarida ham bo’ladi. Bu esa prokariot va eukariot organizmlarning tarixiy taraqqiyt davridagi o’zaro qarindoshligidan dalolat beradi.
Bakteriyalar hujayrasining tsitoplazmasidagi boshqa qismlar oqsilli membrana bilan o’ralgan va bunday membrana bilan o’ralmaganlari ham bo’ladi. Oqsilli membranaga ega bo’lgan tuzilmaga aerosomalar (gazli vakuolalar) misol bo’lib, ular faqat prokariotlar hujayralaridagina uchraydi. Aerosomalar suv havzalarida va uning tagadagi balchiqlarda uchraydigan bakteriyalarning ko’pchiligida bo’ladi. Elektron mikroskoplardan qaraganda aerosomalar juda ko’p miqdordagi pufakchalardan tashkil topganligi aniqlangan. Pufakchalar qalinligi 2 nm bo’lgan bir qavatlt membrana bilan o’ralgan va uni ichi havo bilan to’lgan. Havoning tarkibi atrof muhit havosining tarkibi bilan o’xshash. Aerosomalar hujayraning solishtirma og’irligini kamaytiradi va bakteriyani suv havzasida muallaq holda bo’lishiga imkon beradi. Aerosomalari bo’lgan bakteriyalar suv havzalari planktonining doimiy organizmlari hisoblanadi.
Yashil bakteriyalarning hujayralarini tsitoplazmasida xlorosomalar ham bo’ladi. Ularning uzunligi 90-150 nm, ko’ndalang kesimi 25-70nm bo’lib, uzun pufaklar ko’rinishiga ega. Xlorosoma bir qavat oqsilli parda bilan o’ralgan. Unda yorug’lik energiyasini yutub fotosintezni amalga oshiradigan bakterioxlorofillar joylashadi.
Tsianobakteriyalarning hujayralarida fokobolisomalar ham bo’lib, ular oqsil tabiatli, suvda eriy digan pigmentlar-fikobiliyproteidlar mavjud.
Ayrim fototrof va xemotrof bakteriyalarda, hamda, tsianobakteriyalarning tsitoplpzmasida kaoboksisomalar, boshqacha aytganda qirrali-poliedrik tanalar ham mavjud. Ularning ko’ndalang kesimini o’lchami 90-100 nm atrofida bo’lib, uzun pufakchalar ko’rinishiga ega, bir qavat oqsilli membrana bilan o’ralgan. Karboksisomalarda asosan foto-va xemosintez davrida uglerod ikki oksidini katalizlovchi asosiy fkrment hisoblangan D-ribuloza-1,5-difosfatkarboksilaza bo’ladi.
Bakteriyalarning hujayrasining tsitoplpzmasidagi qo’shimcha qismlarga g’amlangan moddalar-polifosfatlar, polisaxaridlar, poli--oksimoy kislota va sof holadagi oltingugurt kam kiradi. Bakteriyalar hujayrasidagi g’amlangan moddalar oziq moddalar etishmagan payitda oziq va energiya manbai sifatida foydalaniladi. Bakteriya hujayrasidagi g’amlangan moddalar odatda boyitilgan oziq muhitlarda o’stirilganda, sekinlik bilan o’sganda va tinim davriga o’tganda to’planadi. Bakteriyalar hujayralarida ximiyaviy tabiatiga ko’ra bir xil yoki bir necha xilli moddalar to’planishi mumkin. Masalan,Escherichia coli bakteriyasining hujayralari glikogen to’plashga moyil bo’lsa,Chramatium okenii polifasfatlar, oltingugurd, polisaxaridlar va poli--moy kislotasini ko’p g’amlaydi. G’amlanayotgan moddaning xarakteri mikroorganizmning turiga va uni o’stirilayotgan muhit sharoitlariga bog’liq holda bo’ladi.
Bakteriyalar hujayrasiga energiya beruvchi asosiy modda bo’lib, polifosfatlarga mansub birikma-volyutin hisoblanadi. Volyutin donador kattaligi 0,1-0,5 mkm atrofida tig’iz, shaffof xarakterda bo’lib birinchi marta Sperullum volutans hujayrasidan topilgan. Volyutin metoxromatin xarakterdagi bo’yoq xususiyatiga ega. Bakteriyalar surtmasini metil ko’ki va toluidil ko’ki bilan bo’yalsa, volyutin sapsar-qizg’ish donalar holida ko’rinadi. Volyutin donalarini birinchi marta kashf etgan Babesh va Ernetlar donalar bo’yalganidan keyin rangini o’zgartirganligi sababli, ularni metoxromatin donalari deb atashgan.
Volyutin odatda juda ko’p bakteriyalarning hujayralarida ancha miqdorda to’planadi. Spirillalar, moy kislotali bakteriyalar, azotobakteriyalarni uglevodga boy yoki glitsirinli oziq muxitlarida o’stirilganda volyutinni oson aniqlash mumkin.
Bakteriyalarning hujayralaridagi g’amlagan moddalarga polisaxaridlar, glikogen kraxmaliga o’xshash-granuleza ham to’planadi. Polisaxaridlar D-glyukozaning qoldig’idan tuzilgan va u 1,4--glikozid bog’lar hosil qilgan. Zarur bo’lgan sharoitlarda polisaxaridlar bakteriyalar hujayrasi uchun oziq va energiya manbai bo’lib xizmat ham qiladi.
G’amlanagan moddalardagi glikogen ko’pchilik bakteriyalar-sartsinalar, salmonellalar, ichak tayoqchasi kabilar uchun xarakterlidir. Kraxmalga o’xshash maxsus modda-granuleza spora hosil qiluvchi Clostridium turkumiga mansub bakteriyalarda to’planadi.
Ko’pchilik bakteriyalarning hujayralarida masalan Azotobacter, Bacillus, Rhizobium kabilarda poli--oksimoy kislota to’planadi. Poli--oksimoy kislotaning yumaloq, biroz cho’ziqroq, oqsilli membrana bilan o’ralgan donalarining yorug’likni sindirib berish darajasi kuchli bo’lganligi tufayli, ularni yorug’lik yordamida ishlatiladigan mikroskoplar orqali ko’rinadi. Ularning o’lchamlari 200-800 nm atrofida bo’ladi. Sudan III bilan bo’yalganda sarg’ish-qizil tusga kiradi. Bakteriya hujayrasida poli--oksimoy kislotasi ularni yuqori kontsentratsiyali uglerod manbai-glyukoza, glitsirin, peruat atsetatli, ammo azotli moddalari kam bo’lgan oziq muhidlarida o’stirilganda ko’p to’planadi. Ayrim bakteriyalarda poli--oksimoy kislotaning miqdori hujayra og’irligining 70-80% miqdorigacha etadi, o’sayotgan joyida oziq moddalar etishmaganda energiya manbai bo’lib ham xizmat qiladi.
Oltingugurt bakteriyalar vodorod sulfidga boy oziq muhidda o’sganda, moddlar almashinuvi jarayonida malekulyar holdagi oltingugurt to’playdi va g’amlaydi. Oziq muhitida oltingugurt bo’lmaganda hujayrasidagi oltingugurtni sulfat kislotaga aylantiradi. Fototrof anaerob qirmizi bakteriyalar uchun oltingugurt elektron donori xizmatini bajaradi, anaerob tion bakteriyalarda esa, u energiya manbai vazifasini o’taydi.
Biz yuqorida bayon qilgan tsitoplazmaning asosiy qismlaridan tashqari ayrim bakteriyalarda, ularning o’zlariga xos qismlari ham bo’ladi. Ayrim oltingugurt bakteriyalarining hujayralarida amorf holdagi kaltsiy karbonat tuzlari bo’ladi. Bu moddaning shu bakteriyalarda bajaradigan vazifasi haqida hali etarli ma’lumotlar yo’q. Kaltsiy karbonat bakteriya hujayrasidagi oltingugurtni oksidlanishidan hosil bo’lgan sulfat kislotani bartaraf etsa kerak degan taxminlar bor.
Bacillus turkumiga mansub bakteriyalarning hujayralaridagi sporangiylarni ( spora hosil qiluvchi hujayra) yonida parasporal tana deb nomlangan kristallsimon tanalar topilgan. Ular oqsil tuzilishli bo’lib, shakli jihatidan rombsimon, kub ko’rinishlarga ega va hasharotlarning qurtlari uchun zaharli hisoblanadi.

Download 11,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish