Prokariot hujayralarning tuzilishidagi asosiy xususiyatlar- Bakteriyalar hujayrasining tuzilishini birmuncha batafsil bayon qilganimizdan keyin, uning tuzilishidagi ayrim xususiyatlarni ta’kidlab o’tish lozim deb hisoblaymiz.
Prokariot hujayralarning o’ta nafis kesmalarini elektron mikroskoplarda kesilgan holdagi tuzilishiga ko’ra o’zaro farqlanadigan tsitoplazma va nukleoid ko’rinadi holos. Nukleoid atrofi nozik fibril tuzilishli bo’lib, uning noaniq tarzli shakldagi va membrana bilan o’ralmaganligini ko’ramiz. Eukariot hujayralar elektron mikroskopda prokaroiotlarga nisbatan ancha murakkab ravishda tuzilganligi ko’rinadi. Eukariotlarning hujayrasidagi yadro, tsitoplazmadan qo’sh qavatli, tirqishlari ko’p bo’lgan membrana bilan ajralgan. Prokariotlar hujayrasidagi asosiy irsiy ma’lumotlar uning nukleoidi bakteriyaning yagona xromosomada anchagina uzun halqasimon tuzilgan, oqsillar bilan bog’lanmagan monomolekulali DNK sida joylashgan. Bakteriyalar hujayrasining tsitoplazmasidagi plazmidlarning DNKsi har doim ham bo’lavermaydi va u ayrim maxsus belgilarni kodlaydi xolos.Eukariot organizmlarning hujayralaridagi yadro asosiy irsiy ma’lumotni tutuvchi yagona joy emas. Ma’lum miqdordagi DNK mitoxondriy va xloroplastlarda ham bo’lib, ular ham muhim vazifalarni bajaradi. Eukariot hujayralarining yadrosidagi irsiy ma’lumotlar maxsus tuzilishli. belgilangan miqdordagi xromosomalarda jo bo’lgan. xromosomalar faqat hujayrani mitoz bo’linish davridagina ko’rish mumkin. Eukariot hujayralardagi mitoz bo’linish davrida hosil bo’lgan xromosomalarni o’zaro ajralishida mikronaylar ishtirok etadi. Prokariot organizmlarning hujayralarida mikronaylar topilmagan.
Prokariot tuzilishli hujayralarning sitoplazmasidagi qismlarni membrana bilan alohidalanishi ro’y bermagan. Eukariotlarning hujayralaridagi qismlar esa, yakka yoki qo’sh qavatli membrana bilan tsitoplazmadan ajralgan va ular bir qator vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan. Prokariotlarning deyarli hammasidagi birgina tsitoplazmatik membrana, uning hujayrasidagi membrana tuzilishli tizimning yagonasi xisoblanadi.
Prokariotlar ichida bittagina guruh-fototrof tsianobakteriyalar mustasno bo’lib, ularning tsitoplazmasida tuzilishi va vazifalariga ko’ra eukariotlardagi xloroplastlarning tilakoidlariga o’hshash tilakoidlar mavjud. Tsianobakteriyalarning tilakoidi eukariotlardagiday membrana bilan o’ralmay tsitoplazmada shundayicha joylashadi.
Prokariot organizmlarning hujayralarini tsitoplazmasida faqat bir turdagina 70 S sedimentatsiyali ribosomalar bo’ladi holos. Bakteriyalarnikiday turdagi ribosomalar eukariotlarning xloroplastlari va mitoxondriylarida bo’lib, ularning asosiy ribosomalari yadroda joylashgan va u 80 S tipda tuzilgan.
Eukariot hujayralarga hos bo’lgan holatlardan yana biri-tsitoplazmaning harakatlanishi prokariotlarning hujayralarida ro’y beradi.
Prokariot va eukariot hujayralarning asosiy ximiyaviy birikmalari-DNK, RNK, oqsillar, lipidlar va uglevodlar o’zaro o’hshash. Shunga qaramay prokariotlarning hujayralarida ularning o’zlarigagina hos bo’lgan tabiiy mahsus birikmalardan peptidoglikanlar, teyxo kislotalari, diaminopimelin kislota, dipikalin kislotalar, prokariotlarda bir qator bioximiyaviy jarayonlar eukariotlardagidan farq qiladigan hususiyatlarni belgilaydi. Masalan prokariotlarning hujayra devoridagi peptidoglikan-mureinning bo’lishi uning mexanik jihatidan mustahkamligini ta’minlab protoplastning gipotonik eritma ta’sirida yuzaga keladigan turgorlik bosimiga bardoshligini oshiradi. Osmotik bosimiga sezgirlik, hujayrasining dkvori bo’lmagan faqat mikoplazmalarga va hujayra devorida peptidoglikan-murein bo’lmagan galobakteriyalarga hos holos.
Yuqorida qayd qilib o’tilgan holatlar, bakteriyalar va tsianobakteriyalar hujayralarining tuzilishi, hususiyatlari va vazifalari ularni, boshqa barcha hujayraviy tuzilishli organizmlarni birlashtirgan eukariotlar (Eucfryota) olamidan farq qiladigan alohidi prokariotlar (Procaryota) olamiga ajratishga imkon beradi.
Olimlarning keyingi tadqiqotlari mezokariot hujayralar borligini ham aniqlashdi. Bunday tuzilishga dinofit (pirofit) suvo’tlar bo’limining organizmlari mansub ekan. Ular hujayralaridagi yadroda bitta yoki bir nechta yadrochalari bo’lib, bo’linish davrida yo’qolib ketadi. Xromasomalari eukariotlardagidan farqlanib gistonlari yo’q va sof DNK tutgan mikrofibrillarga ega. Ularda tsentromeralar va ikkilamchi bog’lamlar yo’qligi tufayli etarli tabaqalashmagan, shuning uchun o’z holatini doimo o’zgartirmay saqlaydi. Mitoz davrida yadro po’sti saqlanadi va bo’linish urchuqlari hosil bo’lmaydi.