Prokariotlar hujayrasining ximiyaviy tarkibi va tuzilishi.
Har bir hujayraning, shu jumladan prokaritolar hujayrasining ximiyaviy tarkibida oqsillar, lipidlar, uglevodlar, ikki hal nuklein kislotalar (DNK, RNK) ,anorganik moddalar va suv bo’ladi.
Suv. Mikroorganizmlar hujayrasining tarkibidagi ximiyaviy moddalar ichida eng ko’pi suv xisoblanib, hujayra massasining 75-85% miqdorini tashkil qiladi. Hujayradagi suvning miqdori mikroorganizmning turi, o’sish sharoitlari va hujayraning fiziologik holatiga boqliq. Hujayra tarkibidagi suv erkin, polimerlar bilan birikib va bir qismi ion holida bo’ladi. Suv hujayrada katta ahamiyatga ega bo’lgan fiziologik jarayonlarda; hujayradagi ko’plab ximiyaviy moddalarni eritishda va moddalarning almashinavida ishtirok etadi.
Ximiyaviy elementlar va anorganik moddalar. Tirik organizmlarning barchasiga xarakterli bo’lgan elementlarga uglerod, azot, kislorod, vodorod kiradi. Prokariotlar hujayrasining tarkibidi yuqoridagilardan tashqari fosfor, kaliy, natriy, oltingugurt, magniy, kaltsiy, xlor va temir ham kiradi. Bu elementlar hujayra tarkibida boshqalarga nisbatan olganda biroz ko’proq bo’ladi. Hujayrada uchraydigan yuqoridagilardan qolganlarini mikroelementlar deyilib, ular hujayrada juda oz miqdorda bo’ladi. Ular qatoriga marganets, rux, molibden, bor, xrom, kobolt va boshqalar kiradi. Ximiyaviy elementlarning birortasini hujayradagi miqdori shu mikroorganizmning sistematikadagi o’rni, o’sish sharoitlari kabi bir qator omillarga bog’liq.
Anorganik moddalarning mikroorganiz hujayralaridagi tarkibi uning umumiy massasini 2-14% miqdorini tashkil qiladi. Prokariotlar hujayrasidagi anoganik moddalar fermentlar faoliyatini tezlashtiruvchi yoki sekinlashtiruvchi bo’lib xizmat qiladi.
Biopolimerlar. Biopolimerlarning tarkibiga barcha tirik organizmlarga hos ximiyaviy birikmalar; nuklein kislotalar, oddiy va murakkab oqsillar, lipidlar, polisaxaridlar kiradi. Prokariotlar hujayrasiga hxarakterli bo’lgan biopolimer ularning hujayrasining devorini asosini tashkil qiladi. U ximiyaviy tuzilishiga ko’ra glikopeptid yoki peptidoglyukan xisoblanadi.
Nuklein kislotalar. Prokariotlarning hujayrasida o’rtacha 10% gacha RNK va 3-4% miqdorda DNK bo’ladi. Prokariotlardagi nuklein kislotalarning tuzilishi eukariotlarnikidan farq qilmaydi.
Oqsillar. Prokariot organizmlarning hujayrasida eukariotlardagi kabi oqsillar ular hujayralarining tuzilishi va turli xil vazifalarni bajarishlarida eng muhim ahamiyatga ega bo’lib, hujayra quruq massasining 50-75% miqdorinitashkil qiladi.
Prokariot hujayralarining tarkibida sodda tuzilishli ham, murakkab tuzilishli oqsillar ham bo’ladi. Mikroorganizlardagi anchagina oqsilni, prokaritolarning hayotiy faoliyatida turli tuman vazifalarni bajaruvchi fermentlar tashkil qiladi. Biologik jihatdan faol oqsillarga oziq moddalarni tashishda ishtirok etadigan oqsillar, shu bilan birga juda ko’p zaharlar kiradi.
Oqsillarning ma’lum bir qismini hujayraning tuzilishida ishtirok etadiganlari, tsitoplazmatik membrananing, hujayra devorining va boshqa hujayraning boshqa qismlarini oqsillar tashkil qiladi.
Lipidlar. Prokariotlarning lipid tarkibigi yog’ kislotalari, ishqorli yoki kislotali bo’lmagan, ya’ni, neytral yog’lar, fosfolipidlar, glikolipidlar, mum, shu bilan birga ispiren birliklar ya’ni karotinoidlar, baktoprenol tutgan moddalar kiradi. Mikoplazmalar boshqa barcha prokariotlardan farqlanib, tarkibida xolesterin moddasini ham tutadi. Prokariotlarning ko’pchiligida odatdagi lipidlardan tashqari ularning o’zlariga hos, tarmoqlangan yoki tsiklik xarakterdagi yog’ kislotalari ham bo’ladi. Ularga mikobakteriyalarga hos tuberkulostearin va mikol, laktobatsillalrada topilgan laktobatsill kabi yog’ kislotalrai misol bo’ladi. Prokariotlarda erkin holda bo’ladigan yog’ kislotalarning juda ko’p miqdorda bo’lishi xarakterli xisoblanadi.
Lipidlarning ko’pchilak qismi hujayra membranasi va hujayra devorining tarkibida bo’ladi. Membrananing lipidlari asosan fosfolipidlardan, neytral lipidlardan, lipo aminokislotalardan, glikolipidlardan iborat. Membrana lipidi O va S55 poliizopren lipid xisoblangan baktoprenoldan iborat. Hujayrada baktoprenol hujayra devorining lipopolisaxaridlari va peptidoglyukan-mureinning biosintezida ishtirok etadi. Ayrim bakteriyalarning hujayra devorida antigen va zahar hususiyatga ega bo’lgan lipoproteidlar va lipopolisaxaridlar bo’ladi.
Uglevodlar. Prokariotlarning biologiyasida uglevodlar muhim ahamiyatga ega. Hujayraning ko’p qismlari uglevodlardan tuzilgan, ular energiya va uglerod manbai sifatida foydalaniladi. Uglevodlarning anchagina qismi polisaxaridlardan iborat. Prokariotlarga hoslaridan monosaxaridlarning turli hosilalari-fosfat efirlar, aminoqandlar, uron kislotalarning hosilalari bo’ladi. Bir necha tipda teyxo kislotalari, ulardan muhimlari ribitteyxo va glitserinteyxo kislotalari xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |