Nazorat uchun savollar:
1. Tabiat nima uchun o'rganiladi?
2. Respublikamizfa tabiat muhofaza qilish uchun qanday chora - tadbirlar joriy qilingan?
3. Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi qachon tashkil etilgan?
4. Qizil kitob — qanday nashr hisoblanadi.?
5.Qizil kitobning 1-2 tomida qaysi hayvonlar va o’simliklar haqida so’z yuritiladi?
6.Qizil kitobning 3-4 tomida qaysi hayvonlar va o’simliklar haqida so’z yuritiladi?
Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1. Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi fanidan katak daftar tuting.
Bu daftarga Respublikamizfa tabiat muhofaza qilish uchun qanday chora - tadbirlar joriy qilingan va qilinayonganligi haqida ma’lumot tayyorlang.
2. Respublikamizdagi Qo’riqxonalar soni va undagi o’simliklar va hayvonlar turlarini daftaringizga alohida ajratib yozing.
3. Qizil kitobning 1-2 tomida qaysi hayvonlar va o’simliklar haqida so’z yuritganligi haqida ma’lumot tayyorlang?
4.Qizil kitobning 3-4 tomida qaysi hayvonlar va o’simliklar haqida so’z yuritganligi haqida ma’lumot tayyorlang?
Foydalangan adabiyotlar:
1.M.Nuritdinova “Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi” T.: O’qituvchi 2005 y.
2.A.Hamidov. A.To’xtayev va b. Botanikadan o’qituvchilar ushun qollanma. T.: “O’qituvchi”1999yil
21- Mavzu. Tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi ta’limotining shakllanishi va rivojlanishi.
Reja
1. Sharq va G’arb olimlarining tabiatning inson hayotidagi roli haqidagi fikrlari.
2. O’quvchilarni tabiat yordamida tarbiyalash haqida G’arb pedagoglari.
3. O’quvchilarni tabiat yordamida tarbiyalash haqida Rus pedagoglarining fikrlari.
Мavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: “Avesto”, Konkret tasavvur, Aristotel, Y. A. Komeniskiy, o`yin, instinkt, tevarak – atrof.
O`rta Osiyo xalqlari, jumladan o`zbek xalqi qadimdan ekologik madaniyat merosiga ega.
Eng mo`tabar, qadimgi qo`lyozmamiz «Avesto»xalqimizning bebaho mulki sanaladi. Bu nodir kitob bundan o`ttiz asr muqaddam shu zaminda yashagan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma`naviy tarixiy merosidir. «Avesto», ayni zamonda, bu qadim o`lkada buyuk davlat, yuksak ma`naviyat va madaniyat bo`lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdir.
«Avesto» tabiat, jamiyat va inson o`rtasidagi munosabati kabi ma`naviy, ruhiy va axloqiy mezonlar orqali uyg`unlashtiruvchi, kishini qurshab olgan olamni o`rganishga chorlaguvchi falsafadir.
«Avesto»da noyob dorivor giyohlar haqida qimmatli ma`lumotlar mavjud. Bundan tashqari, uy-joy, atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish, uni asrash to`g`risida tavsiyalar berilgan.
«Avesto»da yer, suv, xona, inson tana a`zolari, kiyim-kechaklarni toza tutish haqida yozilgan. Atrof-muhit, ko`chalarni, butazorlaru o`tloqlarni, yerni iflos qilgan kishilar jazolanganlar. Shuningdek. muhit tozaligini saqlash va kasalliklarni oldini olish maqsadida axlatlarni, ifloslangan joylarni tosh, tuproq, qum bilan ko`mib tashlash buyurilgan.
Asarda kasallik tarqatuvchi hasharotlarni yo`qotish, shuningdek, uy hayvonlarini to`g`ri parvarish qilish yo`llari ham ko`rsatilgan.
O`rta asrlarda O`rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar tabiatshunoslik fanining rivojlanishiga katta hissa qo`shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o`simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e`zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar.
Buyuk alloma Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) risolalaridan birida bunday deb yozadi:
«Bilingki, daryoning ko`zlari yoshlansa, uning boshiga g`am, kulfat tushgan bo`ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig` tutmanglar!» Daryoning «yoshli ko`zlari» deganda Muhammad Muso al-Xorazmiy nimalarni ko`zda tutgan ekan? Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof bo`lishini nazarda tutgandir? Vaholanki, buyuk bobomiz eng avvalo daryo bilan odamlarning «bir-birlarini tushunishlari», o`zaro mehr-muhabbat qo`yishlarini nazarda tutgan.
847- yilda Muhammad al-Xorazmiy «Kitob surat al-arz» nomli asarini yozdi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagi qit`alar, qutblar, ekvatorlar, cho`llar, tog`lar, daryo va dengizlar, ko`llar va o`rmonlar, ulardagi o`simlik, hayvonot dunyosi, shuningdek, yerning asosiy boyliklari hamda boshqa tabiiy resurslar haqida ma`lumotlar keltirilgan. Ushbu risolada matematika, geologiya, astronomiya, etnografiya, tibbiyot. shuningdek dunyo xalqlarining tabiiy ko`nikmalari va tarixiy-huquqiy bilimlari umumlashtirilgan.
Abu Nasr Forobiy. O`rta Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrlarining eng yirik va mashhur vakillaridan biri Abu Nasr Forobiyning (873-950) ilmiy-falsafiy merosi nihoyatda boy. Uning asarlari hozirgacha to`liq aniqlanmagan. Nemis olimi M.K.Brokkelmanning ro`yxatida Forobiyning turli sohalarga oid 100 ta asarining nomi keltirilgan. Forobiy tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug`ullangan bo`lib, uning «Kitob al-hajm va al-miqdor», «Kitob al-mabodi al-insonia» («Insoniyatning boshlanishi haqida kitob»). «Kitob al-a`zo al-hayvon» («Hayvon a`zolari to`g`risida kitob») nomli asarlari bunga dalil bo`la oladi.4
Tabiatshunoslikka oid «Odam a`zolarining tuzilishi”, «Hayvon a`zolari va ularning vazifalari haqida» kabi asarlarida odam va hayvonlardagi ayrim a`zolarning tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida ham to`xtab o`tilgan.
Odam a`zolarining tuzilishi va vazifalari haqida so`z yuritilganda o`zgarishlar, ya`ni kasalliklar birinchi navbatda ovqatlanish tartibining buzilishi oqibatida kelib chiqadi, deb tushuntiriladi.
Forobiy tabiiy va inson qo`li bilan yaratiladigan sun`iy narsalarni ajratgan. Shuningdek, u tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratilganligini va bunda inson omilining ta`siri katta ekaniigini, tabiiy va sun`iy tanlash hamda tabiatga ko`rsatiladigan boshqa ta`sirlarni atroflicha baholagan.
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari, narsa va hodisalarning o`zaro ta`siri bilan tushuntirishga urinadi. Olim yerdagi ba`zi hodisalarni quyoshning ta`siri orqali izohlaydi. Beruniyning fikricha, yerdagi o`simlik va hayvonot olamining yashashi uchun zarur imkoniyatlar cheklangan. Lekin o`simlik va hayvonlar doimo ko`payishga intiladi va shu maqsadda kurashadi. Beruniyning tabiatshunos sifatida quyidagicha fikrlari hanuzgacha o`z dolzarbligini yo`qotmagan:
«Ekin va nasl qoldirish bilan dunyo to`lib boraveradi. Garchi dunyo cheklangan bo`lsada, kunlar o`tishi bilan bu ikki o`sish natijasida ko`payish cheklanmaydi. Agar o`simliklardan yoki jonivorlardan biror xilining o`sishiga sharoit bo`lmay, o`sishdan to`xtasa ham, boshqalarida bu ahvol bo`lmaydi. Ular birdaniga paydo bo`lib, birdaniga yo`qolib ketmaydi. Bordi-yu yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa, bu holda hayvonning ko`payishiga ham, daraxtning o`sishiga ham o`rin qolmaydi. Shu sababdan dehqonlar ekinlarni o`toq qilib, keraksizini yulib tashlaydilar.
Beruniy asarlarida o`simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi va xo`jalikdagi ahamiyali haqida ma`lumotlar topish mumkin.
Beruniyning ilmiy qarashlari, asosan, «Saydana», «Minerologiya», «Qadimgi avlodlardan qolgari yodgorliklar» asarlarida o`z aksini topgan. Unda Eronning turli tropik o`simlik va hayvonlarining tashqi muhit bilan aloqasi, ularning xulq-atvori yil fasllarining o`zgarishi bilan bog`liqligi misollar bilan tushuntirilgan.
Beruniy yer yuzining o`zgarishi o`simlik va hayvonot dunyosining o`zgarishi bilan, tirik organizmlarning turli hayoti yer tarixi bilan bog`liq bo`lishi kerak, deb hisoblaydi. Qumni kavlab, uning orasidan chig`anoqni topish mumkin. Buning sababi, bu qumlar qachonlardir okean tubi bo`lgan, deb ta`kidlaydi alloma. Beruniy «Saydana» degan asarida 1116 hil dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli o`simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 107 tasi esa minerallardan olinadi. Beruniyning «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» va «Hindiston» asarlarida o`simlik va hayvonlarning tuzilishi hamda ulaming tashqi muhit bilan o`zaro aloqasi haqida ham qiziqarli ma`lumotlar keltirilgan.
Beruniy o`zining tabiiy-ilmiy kuzatishlari, tajribalari asosida tabiatdagi hodisalar ma`lum tabiiy qonuniyatlar asosida boshqaritadi, ularni tashqaridan ta`sir etuvchi har qanday kuch o`zgartirish qobiliyatiga ega emas, degan xulosaga keladi.
Abu Ali ibn Sino (980-1037) yirik qomusiy olim sifatida tanilgan. Uning 450 ta asari mavjud bo`lib, bizgacha 240 tasi yetib kelgan. Ibn Sino asarlari orasida «Tib qonunlari* shox asari tibbiyot ilmining qomusi bo`lib, o`rta asr tibbiyot ilmi tarqalishining oliy cho`qqisi bo`lib hisoblanadi.
Ibn Sinoning falsafiy va tibbiy ilmiy qarashlari uning jahonga mashhur «Kitob-ash-shifo», ya`ni «Davolash kitobi» asarida bayon etilgan. Bu asarda materiya, fazo, vaqt, shakl, harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek, matematika, kimyo, botanika, ekologiya, geologiya, astronomiya, psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan.
Ibn Sinoning tog`larning vujudga kelishi, yer yuzining davrlar o`tishi bilan o`zgarib borishi, zilzilaning bo`lishi kabi turli tabiiy jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta hissa qo`shdi.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530). Bobur nafaqat shoir balki podsho, ovchi, tarixchi, bog`bon va tabiatshunos bo`lgan. «Boburnoma» asarida Bobur o`zi ko`rgan-kechirganlari, yurgan joylari tabiati, boyligi, urf-odati, hayvonoti, o`simliklarini tasvirlagan. Asarda yer, suv, havoga tegishli xalq so`zlari ko`plab uchraydi.
Bobur o`z asarida joyning geografik o`rni, qaysi iqlimga mansubligi, o`simliklari, hayvonlari haqida bayon etgan va O`rta Osiyoda qadim vaqtlardan buyon qovun, bug`doy, o`rik, nok va mevalarning bir necha navi borligi haqida ta`kidlagan.
Asarda Bobur borgan joylarining tabiati va o`ziga xos xususiyatlarini Andijon bilan taqqoslagan, hamda O`rta Osiyo, Afg`oniston, Xuroson va Hindistondagi hayvonot dunyosi haqida batafsil bayon etib bergan.
Tarixda pedagogika nazariyasi asoslarini shakllantirishda qadimiy Gretsiyaning atoqli filosoflari Platon va Aristotel, italiyalik pedagog Mark Fabi Qvintilianlarning qarashlari alohida ahamiyatga ega bo`ldi.
Lekin yoshlarni tabiat elementlari vositasida tarbiyalash eng avvalo g`arbdagi ilg`or pedagoglarning tarixidan boshlandi. Ilmiy pedagogikaning rivojlanishini boshlab bergan, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tarbiyasiga katta e`tibor bilan qaragan g`arb pedagoglaridan biri Yan Amos Komenskiy bo`ldi.
Ya. A. Komenskiy. Ulug` chex gumanist-pedagogi A. Ya. Komenskiy (1592—1670) katolik diniga va feodallar zulmiga qarshi chiqqan «Chex birodarlari» jamoasi yo`lboshchilaridan biri edi. U bilishning uch manbai — sezgi, aql va e`tiqodni tan olib, sezgi organlariga alohida e`tibor berdi. Uning fikricha, tabiiy mavjudot bo`lgan inson doimo rivojlanishdadir. Shu sababdan ham u tarbiya tufayli «har qanday bolani inson qilib yetishtirish» mumkin, deb ta`kidlagan edi.
Komenskiy nazariy — bilish masalalariga materialist sifatida yondoshdi. Birinchi bo`lib u tarbiyani tabiat bilan uyg`unlashtirish g`oyasini, ya`ni tarbiyani asoslashda tabiat (hayot) ga, uning umumiy qonuniyatlariga tayanish g`oyasini ilgari surdi.
Komenskiy tabiatga monandlik prinsipini tabiat va inson rivojlanishidagi universallik, mushtaraklik borligini aniqlab, inson kamol topishining (bolalik, o`smirlik, o`spirinlik, yetuklik) davrlarini xarakterlab, ular orasida olti oy davom etadigan dastlabki davrga alohida e`tibor berdi. Uning qimmatli fikri shundaki, bola organizmida jadal jismoniy o`sish va his-tuyg`u organlarining rivojlanishi ro`y beradigan mana shu davrda yosh bolalar onalar maktabida, pedagogik qobiliyati bo`lgan va o`z tarbiyalanuvchilarini sevadigan dono, g`amxo`r onalar rahbarligidagi oilada tarbiyalanishlari kerak.
Komenskiyning maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tarbiyasi to`g`risidagi «Onalar maktabi» degan maxsus asari maktabgacha tarbiya yoshiga oid dunyoda birinchi dastur va qo`llanma bo`ldi. Uning faoliyatga intilish, mehnatga muhabbat, tabiatni sevish, haqqoniylik, ozodalik, xushmuomalalik va shu singari fazilatlarni tarbiyalash sohasidagi tavsiyalari juda qimmatlidir.
Komenskiy onalar maktabi bolalarga konkret tasavvurlarni to`plashi uchun yordam berishi kerak, deb aytadi va u maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar egallashi zarur bo`lgan atrof-muhit haqidagi, tabiat haqidagi oddiy bilimlarning keng doirasini batafsil chizib berdi. Uning fikricha, tabiatshunoslik sohasida yetti yashar bola olov, havo, suv va yer, yomg`ir, qor, muz, qo`rg`oshin, temir va shu singarilar nima ekanligini bilishi, Quyosh va Oy, yulduzlarni farqlay olishi, qaysi paytda kunlar uzun va qaysi paytda qisqa bo`lishini bilishi kerak,. Geografiya sohasidagi bilimlar esa shahar, qishloq, dala, bog` nima ekanligini tushunish, o`z qishlog`i yoki shaharning nomini bilishni o`z ichiga olishdan iborat bo`lishi va bundan tashqari, yil fasllarini, «soat», «kun», «hafta», «oy», «yil» atamalarini tushunishi kerak, deb ta`lim berdi.
Komenskiyning pedagogika, ta`lim-tarbiya, falsafa, tabiat, ilohiyotga oid 250 dan ortiq asari bor. Bulardan yiriklari «Buyuk didaktika» (1632), «Pansofiya maktabi» (1651), «Onalar maktabi» (U832), «Yaxshi tashkil etilgan maktab qonunlari» (1653), «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning aksi» (1658) kabilardir.
Ya. A. Komenskiyning bundan qariyb uch yarim asr muqaddam yaratgan nazariyasi yoshlarni tarbiyalash, tabiat bilan tanishtirishdagi dastlabki qadam bo`ldi.5
J. J. Russo (1712—1778)—fransuz filosof-ma`rifatchisi. U ta`lim-tarbiya sohasida o`ziga xos nazariya yaratgan. Materiyaning hech kim tomonidan yaratilmaganligini va ob`ektiv mavjudlgini J. J. Russo tan olgan, lekin materiyaning mohiyatini bilib bo`lmaydi, deb hisoblagan.
Russoning ijtimoiy-siyosiy g`oyalari uning dunyoqarashining asosi hisoblanadi. U kishi biron -bir jamiyatda yashashi kerak, «tabiiy holat»ga qaytib bo`lmaydi, deb hisoblab, tabiatga yaqin ideal jamiyat haqidagi g`oyani ilgari suradi. Uning fikricha, tarbiyaning asosiy maqsadi mehnatsevar kishilarni yetishtirishdir.
Russoning pedagogik asarlarida, ayniqsa uning «Emil yoki Tarbiya to`g`risida» degan romantraktatida tarbiya va yoshlarni tarbiyalashda tabiatning roli atroflicha yoritilgan. U ushbu asarida bolalarni mehnatga tayyorlash zarurligi haqidagi fikrni aytib, yoshlarni tarbiyalashda jismoniy, aqliy va axloqiy tarbiyaning ahamiyatini, tabiat bilan muloqotda bo`lishining ahamiyatini ta`kidladi. Bu g`oyalar o`z davrining aktual, falsafiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan fikrlaridan sanaladi.
I. G. Pestalossi (1746—1827)—Shveysariyaning taniqli pedagog-demokrati, maktabgacha tarbiya nazariyasini rivojlantirish ishiga katta hissa qo`shganlardan biri.
Pestalossi tarbiya sistemasi oldiga bolalarni garmonik .jismoniy mehnat, axloqiy va aqliy kamol toptirish vazifasini qo`ydi.
Aqliy tarbiya sohasida u pedagogika tarixida muhim ahamiyatga ega bo`lgan ikkita muhim qoidani aytgan. Birinchisi, ta`lim jarayonida ko`rgazmali qurollardan keng foydalanish zarurligini isbotlash va targ`ib qilishdir. Pestalossi hissiy idrokni bilishning boshlanishi deb hisoblar va shuning uchun u bolalarda tabiatni kuzatish madaniyatini shakllantirish zarur, deb talab qilardi. Ikkinchisi rivojlanuvchi ta`lim g`oyasi edi. Unda ta`lim jarayonini shunday tashkil qilish kerak ediki, bu narsa ma`lumotlarni to`plashgagina emas, balki bolalarning qobiliyatini rivojlantirishga olib borsin, ular-.ni kelajakdagi mustaqil faoliyatga tayyorlasin.
Pestalossi fikricha, tarbiyaning maqsadi insonlarning barcha tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini har tomonlama hamda uyg`un o`stirishdan iborat. Uning elementar ma`lumot nazariyasiga ko`ra tarbiyalash oddiy elementlardan boshlanib, asta-sekin murakkab darajagacha ko`tarilib borishi kerak. Uning «Gertruda o`z bolalarini qanday qilib o`qitadi (1801), «Onalar kitobi» (1806), «Oqqush qo`shig`i» (1826) kabi asarlari pedagogika fanini rivojlantirishda, tarbiyachilarning ma`rifatparvarlik faoliyatlarida katta ahamiyatga ega bo`ldi.
.A. I. Gersen (1812—1870)—revolyutsion demokrat, filosof-materialist, yozuvchi, pedagog. Uning «Bolalar bilan suhbat», «Tabiatni o`rganish haqida xat» asarlarida bolalarni tarbiyalashda axloqiy, aqliy va jismoniy tarbiyaning roli katta ekanligini ta`kidlab, tabiat vositasidan foydalanishni alohida uqtiradi.
N. G. Chernishevskiy (1828—1889)—revolyusioner va mutafakkir, yozuvchi, filosof va tanqidchi. Uning materialistik qarashlari tarbiya jarayonini to`g`ri amalga oshishida kat-ta yordam berdi.
N. A. Dobrolyubov (1836—1861)—adabiy tanqidchi va publisist, materialist-filosof, revolyusioner-demokrat. U o`zining revolyusion-demokratik qarashlari asosida tarbiyaning taraqqiyotiga asos soldi. Yoshlarni vatanparvarlik, kattalarga hurmat, vatan baxt-saodati uchun hamisha kurashchi bo`lib tarbiyalanishlariga da`vat etdi.
Rus demokratlarining materialistik qarashlari ilg`or rus pedagoglarining yoshlarni tarbiyalashda tabiatshunoslik metodikasining ilmiy asosda rivojlanishiga katta hissa bo`lib qo`shildi.
K. D. Ushinskiy (1824—1870), atoqli pedagog, Rossiyada pedagogikani rivojlanishiga munosib hissa qo`shgan.
K. D. Ushinskiy pedagogika nazariyasining asosini tarbiyaning xalqchillik g`oyasi — tarixiy jarayonda mehnatkash xalqning yaratuvchilik kuchini e`tirof etish tashkil qiladi, deydi. U «Inson tarbiya predmeti sifatida» degan mashhur asarida har bir bolaning yosh va psixik xususiyatlarini albatta hisobga olish zarurligi haqidagi eng muhim qoidani olg`a surdi va asoslab berdi. Shuning uchun ham u «Pedagogika insonni har jihatdan tarbiyalashni istar ekan, u avvalo insonni har jihatdan o`rganishi kerak»,— deb yozgan edi.
K. D. Ushinskiy maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan ishlashda tabiat bilan tanishtirishga, estetik va axloqiy tarbiyaga katta o`rin ajratdi. Uning fikricha, bola faqat axloqiy tarbiya tufayligina odam bo`ladi. Bundan tashqari tarbiyaga doir asarlar bayonining soddaligi, ravshan va yuksak badiiyligi bilan ajralib turishi kerak, derdi. Uning o`zi ham bunga qat`iy amal qilardi. Shu sababli uning yozgan «Ona tili» darsligi ana shunday talablarga to`lik, javob beradi. Darslik mazmunining boyligi, tili va metodikasi jihatdan o`z davrining eng namunali o`quv kitoblaridandir. U yoshlarni tarbiyalashda tabiat go`zalligiga yuksak baho berdi. Tabiat go`zalligidan foydalanishni aytdi.
Bolalarni tabiatni sevishga va uni o`rganishga bo`lgan qiziqishini orttirish yo`llarini ko`rsatdi. Bolalardagi kuzatish qobiliyatini oshirish, fikrlash xususiyatini rivojlantirish, tabiat haqida to`g`ri tushunchalarga ega bo`lish, tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarni payqay bilish ruhida tarbiyalash kerakligini uqtirdi.
A. S. Simonovich (1840—1933)—ijtimoiy-pedagogik harakatning atoqli arbobi, yoshlarni tarbiyalashda MTM bilan maktabning aloqasini yaxshilash kerakligini olg`a surgan olim. Shuning uchun ham bolalar MTMsini «oila bilan maktab o`rtasidagi bog`lovchi halqa» deb hisoblab, MTM bolalarini maktabdagi o`qishga tayyorlash kerak, degan edi.
U bolalarni tabiat bilan tanishtirishda yaratilgan nazariya va praktikani bir-biri bilan bog`lab bolalar tarbiyasida foydalanish kerak, deb uqtirdi.6
Uning «bolalar MTMsining maktab bilan aloqasi», «Kim tarbiyachi bo`la oladi?» «Vatanshunoslik», «Bolalar MTMsi haqida» kabi asarlarida bolalarni tarbiyalashda tabiat vositalaridan, tevarak-atrofdagi predmet va buyumlardan foydalanish kerakligini eslatib o`tadi.
A. S. Simonovich ijodining bosh markazida vatanshunoslik, harakatli o`yinlar, gimnastika, hikoya aytib berish, rasm chizish, konstruksiyalar qurish va boshqa ish turlari bo`yicha namunali metodik qo`llanmalarni ishlab chiqdi va bolalarni shu ruhda tarbiyalashga undadi.
E. N. Vodovozova (1844—1923)—bolalarning sevimli yozuvchisi, maktabgacha tarbiya pedagogikasini rivojlantirishda munosib hissa qo`shgan olim. E. N. Vodovozova maktabgacha tarbiya pedagogikasi sohasida Q. D. Ushinskiyning fikrlarini davom ettirdi, uni yangi g`oyalar bilan boyitdi.
U maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashda tabiatning o`ziga xos roli borligini, tabiatni kuzatish — bolalarni tabiat bilan tanishtirishning amaliy metodlaridan biri ekanligini ko`rsatib berdi. Tarbiyachilar uni to`g`ri tashkil etishlari kerakligini pedagogik nuqtai nazardan isbotlab berdi. Ayniqsa bolalarni tarbiyalashda ularni kattalar mehnati bilan tanishtirishning ta`lim-tarbiyaviy ahamiyati beqiyos katta ekanligini tasdiqladi.
E. N. Vodovozova faoliyatining markazida aqliy va axloqiy tarbiyaga katta o`rin ajratadi. Aqliy rivojlanish vositasi sifatida tabiat bilan tanishtirishga katta e`tibor be-rib, u ana shu tanishtirish planiga tevarak-atrofdagi hayot bilan, xalq mehnati va turmushi bilan tanishtir ishni kiritadi. Uning «Bolalarni aqliy va axloqiy tarbiyalash» degan asari Rossiyada bolalar MTMlarining tarbiyachilarini tayyorlashda eng muhim qo`llanma bo`lib xizmat qildi.
L. K. Shleger (1863—1942)—ko`zga ko`ringan pedagog-metodist, maktabgacha tarbiya sohasidagi taniqli arbob.
L. K. Shleger tarbiyachilik faoliyatini Moskvaning ishchilar yashaydigan chekka rayonlarida bolalar MTMsida bepul ishlashdan boshladi. U o`sha davrda tarbiyada mavjud bo`lgan Frebel va Montessorilarning didaktik materialini qayta ko`rib chiqdi, bolalarning hayotiy planini tarbiyaviy ishning asosiga aylantirdi. Bu planda o`sha vaqtda tarqalgan erkin tarbiya nazariyasiga amal qilib, bolalarga o`yin va mashg`ulotlar vaq-tida to`la erkinlik berib qo`yish kerakligini aytdi va o`zi buni tajribalarida sinab ko`rdi.
U o`zining «Yosh bolalar bilan suhbatlar uchun materiallar», «Bolalar MTMsidagi amaliy ish» nomli asarlarida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan suhbatlar tashkil etish metodikasi, bolalarni o`rganish, individual ish, sezgi organlarini rivojlantirish uchun maxsus mashqlardan foydalanishga doir qimmatli maslahatlar berdi.
U bolalarni tarbiyalashda tabiatdan foydalanish uchun jismoniy ish bilan shug`ullanish kerakligini, jismoniy ish jarayonida tabiat elementlari bilan tanishib olish mumkinligini olg`a suradi. U bola tarbiyasida ko`pincha amaliy ish bilan shug`ullantirish kerakligini aytib, buning asosida tabiat bilan tanishtirishning o`ziga xos metodini ishlab chiqdi.
L. Q. Shleger o`z hayotiy tajribalari asosida «Har bir yosh o`zining shaxsiy hayotiga ega» deydi. Demak, har xil yoshdagi bola bilan tarbiya ishini olib borganda hushyor bo`lib, bolaning fiziologik o`sishi, psixik xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga egadir.
E. I. Tixeeva (1867—1943)—talantli pedagog-metodist„ maorif sohasidagi jamoat arbobi.
Bolalar tarbiyasining jonkuyari E. I. Tixeeva o`zining tarbiya sohasidagi qarashlari bilan boshqa metodistlardan ajralib turadi. U K. D. Ushinskiyning g`oyalarini jon dilidan qabul qiladi va uni keng targ`ib qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |