O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti boshlang'ich va maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 1,48 Mb.
bet44/73
Sana09.11.2022
Hajmi1,48 Mb.
#862672
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-TABIATSHUNOSLIK VA UNI O’QITISH METODIKASI

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:

1.Botanika fani nimalarni o‘rgatadi?


2.0‘simliklar tabiatda qanday ahamiyatga ega?
3.0‘simliklarning odamlar hayotida tutgan o‘rni nimalardan iborat?
4. 0‘zbekistonda botanika fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan yana qaysi olimlarni bilasiz?
Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:

1. Hozirgi kunda botanika fanining asosiy vazifalari haqida ma’lumot tayyorlang.


2. 0‘zbekistonda botanika fanining rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlar haqida ma’lumot tayyorlang.
Foydalangan adabiyotlar:

1.M.Nuritdinova “Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi” T.: O’qituvchi 2005 y.


2.A.Hamidov. A.To’xtayev va b. Botanikadan o’qituvchilar ushun qollanma. T.: “O’qituvchi”1999yil

17- mavzu. O’simliklarning asosiy bo’limlari


Reja


1. Botanika fanining maqsadi va vazifasi. 
2. O`simliklarning oziqlanish xususiyatlari.
3. Botanika fanining bo`limlari.
4. O`simliklarning sezuvchanligi.
Tayanch so’zlar: Botanika, transpirastiya, fotosintez, bakteriyalar va zamburug’,o`simliklar sistematikasi, fitosenologiya.
`Hozirgi kunda planetamizda 1 mln. ga yaqin hayvon va 500 min. ga yaqin turli o`simliklar borligi aniqlangan. Yer sharini umumiy maydoni 510 mln km2 bo`lib, shundan 149 mln km2 ni quruqlik va 361 mln km2 ni okean va dengizlar tashkil yetadi. Ana shu quruqlikda va suvda o`suvchi o`simliklarni tuzilishini, ularni tashqi muhit bilan o`zaro munosabatlarini, o`simliklarning o`sishi va rivojlanishida bo`ladigan hayotiy jarayonlar jumladan oziqlanish, nafas olish, ko`payish, transpirastiya, fotosintez va hokozolarni. Ularning kelib chiqishini, yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini hamda o`simliklar dunyosini ularning yaqin va uzoq belgilariga asoslanib ma`lum bir sistemaga (filogenetik sistema) solishni va nihoyat o`simliklardan ongli ravishda foydalanish hamda ularni muhofaza qilish yo`llarini botanika fani o`rgatadi.
“Botanika” so`zi grekcha “botane” so`zidan olingan bo`lib, ko`kat, sabzavot degan ma`noni bildiradi. Demak, botanika umuman o`simliklar to`g`risidagi fan bo`lib, biologiyaning bir qismi hisoblanadi. Bakteriyalar va zamburug`lar geterotrof o`simliklar hisoblanadi. Ularning ayrim vakillari moxlar va lishayniklar hatto Antraktidadagi muzlamagan ochiq joylarda ham o`sadi. 
Hozirda botanika fanining oldida turgan muhim vazifalardan biri tabiiy sharoitda uchraydigan o`simlik guruhlarini; cho`l dasht, o`rmon, o`tloq va shu kabilar bo`yicha o`rganib, ulardan xalq xo`jaligida ongli ravishda foydalanishdan iboratdir. 
Yer yuzidagi o`simliklar oziqlanish xususiyatlariga ko`ra 2 guruhga: avtotrof va geterotroflarga bo`linadi. Avtotroflar -xlorofill donachalariga ega bo`lgan yashil o`simliklar avtotrof o`simliklar deyiladi. Bu guruhga kiruvchi o`simliklar oziqlanishi uchun kerakli organik moddalarni o`zlari tayyorlaydi. Avtotroflar ham o`z navbatida ikkiga bo`linadi: yashil avtotroflar; xlorofilsiz avtotroflar. Yashil avtotroflarga quruqlikda, dengiz, okeanlarda hamda chuchuk suvlarda yashovchi barcha yashil o`simliklar kiradi.
Xlorofilsiz avtotroflarga kichik xlorofilsiz o`simliklar kiradi. Ular oltingugurt, temir bakteriyalar hamda erkin azotni o`zlashtiruvchi azot to`plovchi bakteriyalar bo`lib, o`zlari uchun kerakli organik moddalarni sintez qiladi. Ammo bu jarayonda quyosh nuridan emas, balki oksidlanish natijasida ajralib chiqadigan kimiyoviy energiyadan foydalaniladi. Shuning uchun bunday usulda organik moddalarni hosil bo`lishini xemosintez deyiladi S.V. Vinogradskiy (1856- 1953). 
Geterotroflar - bular tayyor organik moddalar hisobiga yashaydigan organizmlardir. Getero-troflarning bir qismi tirik organizm hisobiga oziqlanadi va ular parazitlar deyiladi. Masalan: inson, hayvon va o`simliklar organizmlarida yashaydigan bakteriyalar va zamburug`lar.
Geterotroflarning yana bir qismi saporfitlar deyiladi. Ular o`simlik va hayvon qoldiqlari yoki chirindilar hisobiga hayot kechiradi. Masalan: bakteriyalar va zamburug`lar. Saprofitlar tabiatda va kishilar hayotida muhim ahamiyatga ega, chunki ular ishtirokida oqsilli organik moddalarni chirishi, ya`ni parchalanib mineral moddalarga aylanishi, sut kislotali, yog` kislotali achish va spirtli bijg`ish jarayonlari bo`lib turadi. Saprofitlarning bunday xususiyatlaridan yog`i olingan qatiq, pishloq, sariyog`, terilarni oshlashda, silos, non, vino, pivo tayyorlashda keng foydalaniladi. 
Aftotrof o`simliklar anorganik moddalardan organik moddalarni sintez qilsalar, geterotrof o`simliklar esa uning aksini, ya`ni avtotrof o`simliklar tomonidan tayyorlangan organik moddalarni parchalab mineral moddalarga aylantiradi. Ana shu ikki guruh o`simliklar ishtirokida tabiatda biologik modda almashinish jarayoni bo`lib turadi. 
Botanika fani va uning asosiy bo`limlari. Botanika fani bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lgan quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi. 
1. O`simliklar morfologiyasi. 
2. Ekologiya.
3. O`simliklar anatomiyasi.
4.O`simliklar sistematikasi. 
5. O`simliklar iziologiyasi.
6. O`simliklar geografiyasi. 
7.Biokimiyoviy. 
8.Fitosenologiya. 
9. Embriologiya.
10.Paleobotanika. 
Bulardan tashqari o`simliklarni kompleks o`rganadigan yana bir qancha xususiy bo`limlar ham bor. Masalan: bakteriyalarni o`rganadigan bakteriolo-giya, suv o`tlari bilan shug`ullanadigan algologiya, zamburug`lar haqidagi mi-kologiya. Daraxt va butalarni o`rganadigan dendrologiya shular jumlasidandir. 
O`simliklar insonlar hayotida muhim rol o`ynaydi. Yashil o`simliklar barcha tirik organizmlarni kislorod bilan ta`minlaydi. Ular anorganik moddalarni organik moddalarga aylantiradi.
O`simliklar va hayvonlar o`rtasidagi asosiy farq ularning oziqlanishidadir. Ma`lumki, hayvonlar (geterotrof o`simliklar singari) tayyor organik modda hisobiga oziqlanadi.
O`simliklar esa yuqorida aytilganidek fotosintez jarayonida organik moddalar hosil qiladi.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish