Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. O’zbekiston o’simliklarining biologik xilma-xilligi haqida ma’lumot bering.
2. Biologik xima-xillik haqidagi konventsiya, uning O’zbekiston Respublikasi uchun ahamiyati haqida ma’lumot bering.
3. O’simliklarning kelib chiqish tarixi haqida tushuncha bering.
Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1. Hozirgi kunda O’zbekiston o’simliklarining biologik xilma-xilligi haqida ma’lumot tayyorlang.
2. O’simliklarning kelib chiqish tarixi haqida ma’lumot tayyorlang.
Foydalangan adabiyotlar:
1.M.Nuritdinova “Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi” T.: O’qituvchi 2005 y.
2.A.Hamidov. A.To’xtayev va b. Botanikadan o’qituvchilar ushun qollanma. T.: “O’qituvchi”1999yil
3. Nishonboeva M.G. Biologiya darslarida ekologik tarbiya. O’qituvchilar uchun qo’llanma. T., 1992.
19- Mavzu. Hayvonot olamining xilma-xilligi.
Reja
1. Hayvonot xilma-xilligi va yashash muhiti.
2. Hayvonlarning ahamiyati
3. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish
Мavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:haynonot dunyosi, hayvonlarni muhofaza qilish, yashash muhiti, suv hayvonlari, yovvoyi hayvonlar,yirtqich hayvonlar.
Yer yuzida hayvonlarning 2 mln ga yaqin turi tarqalgan. Quruqlik, havo, tuproq, suv havzalari hayvonlar uchun asosiy yashash muhiti hisoblanadi. Parazit hayvonlar esa odam, hayvon va o’simlik organizmi yashash muhiti bo’ladi. Hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi xususiyatlari muayyan muhitga moslashgan. Masalan, suv hayvonlarning shakllari suyri shaklda, oyoqlari eshkakka aylangan. Quruqlikda yashovchi hayvonlarning tanasi yapaloq, oyoqlari yaxshi rivojlangan bo’ladi. Yashash muxiti tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi namlik, harorat, yorug’lik va boshqalar ekologik omillar deyiladi.Hayvonlarning gavda o’lchami har-xil bo’ladi. Ular qatorida og’irligi 150 tonnaga etadigan gigant kitlardan tortib faqat mikroskopda ko’rinadigan, uzunligi mmning 10 dan 1, xatto 100dan 1 ulushigi teng keladigan xayvon turlari xam bor.
Hayvonlar tabiatda va inson faoliyatida katta ahamiyatga ega. Ko’pchilik hayvonlar yashil o’simliklar bilan oziqlanadi. Ular o’txo’r hayvonlar deyiladi.Boshqa hayvonlarni eydigan hayvonlar yirtqich- odam, boshqa hayvon va o’simlik to’qimalarda yashaydigan hayvonlar esa parazit hisoblanadi.
O’txo’r hayvonlar o’simliklar va ularning qoldiqlarini maydalab, chirishini tezlashtiradi. Ular faoliyati tufayli o’simlik uchun zarur bo’lgan mineral moddalar to’planadi, tuproq unumdorligi oshadi. Hayvonlar orasida hayvonlar murdasi va chiqindilari hamda organik qoldiqlar va mikroorganizmlarni suvdan filtrlab oziqlanadigan turlari ko’p uchraydi. Bunday hayvonlar tabiiy sanitarlar deyiladi.Ular er yuzini va suv havzalarini ifloslanishdan saqlaydi.Uy hayvonlari faqat go’sht va sut beribgina qolmasdan , sanoat uchun mo’yna, ipak va boshqa mahsulotlar xam beradi. Arilar , kapalaklar o’simliklarni changlatib, ular hosildorligini oshirishga yordam beradi. Hasharotxo’r va yirtqich hayvonlar – qushlar, ko’rshapalaklar, baqalar va boshqalar o’rmon va qishloq xo’jalik zararkunandalarini qirib, foyda keltiradi.
Hayvonot dunyosi tabiat boyliklarining bir kismi bulib, jamiyatda va inson xayotida katta ekologik axamiyatga ega. Hayvonot dunyosi iktisodiy axamiyati nuktai nazaridan muxim tabiiy resurs, ozik-ovk at maxsuloti, sanoatbop, texnikaviy va dorivor xomashyo va boshka moddiy boyliklar olish manbai ekanligi ma’lum.
Shuning uchun xam uni ekologik-xuquqiy muhofaza qilish juda zarurdir. Bu ishda qonunlarimiz O’zbekiston fukarolarini xayvonot dunyosiga insoniy munosabatda bulish ruxida tarbiyalashga, bu bebaxo dunyoni muhofaza qilish xamda undan samarali va okilona foydalanishga karatilgan bulmogi lozim. Chunki xayvonlarning O’zbekiston faunasiga xos bo’lgan talaygina turlari yo’qolib ketish arafasida turibdi, ayrimlari (kulon, turon yulbarsi, ola-bula sirtlon va boshkalari) esa butunlay yukolib ketdi. Shu boisdan xam noyob va yukolib borayotgan xayvonlarni ekologik- xuquqiy asosda muhofaza qilish katta axamiyatga ega.
Hayvonot dunyosi er yuzining xamma joylarida mavjud. Quruqlikda yashovchi hayvonlar jami hayvonot turining 93 %ni, suv hayvonlari esa 7 %ni tashkil etadi. Umuman olganda, yer yuzida yashovchi hayvonlar turi o’simliklarga qaraganda 4 baravar ko’p bo’lib, taxminan 2 mln. dan ortiqroqdir.
Shuni alohida qayd etish lozimki, butun jonivorlarning 75 % hasharotlardir. hasharotlardan keyin malyuskalar (8,8 %), ulardan keyin jamiki umurtkalilar turadi (qushlar, baliklar, kuruklikda va suvda yashovchilar, sut emizuvchilar). Umurtqalilarning 35600 turi mavjud bo’lib, ularning yarmi baliqlardir. Sut emizuvchilar esa umurtqalilarning 0,1 %ni tashkil etadi.
Ma’lumotlarga ko’ra, keyingi 100-150 yil mobaynida hayvonlarning ko’plab turlari yuk bo’lib ketdi. Masalan, 1800 yilgacha sut emizuvchilarning 33 turi, qushlarning 30 turi yuk qilingan bo’lsa, undan keyingi 100 yilda 73 turdagi sut emizuvchilar, 120 turdagi kushlar batamom yukolgan. Keyingi 50 yilda esa hayvonot dunyosining undan ham ko’prosh yuk qilib yuborilgan.
Markaziy Osiyo hududi o’z hayvonot va o’simlik olamining xilma-xilligi, boyligi bilan ajralib turadi. Masalan, O’zbekistonda 650 dan ortiq turdagi umurtqali hayvonlar, shu jumladan sut emizuvchilarning 99 turi, qushlarning 410 turi, sudralib yuruvchilarning 57 turi, suvda va quruqlikda yashovchilarning 3 turi uchraydi.
Ammo shunisi achinarliki, O’zbekiston Respublikasi «Kizil kitobi»ga umurtqali hayvonlarning nodir va yuqolib ketish xavfi ostida bo’lgan 63 ta turi kiritilgan bulib, ular orasida 22 ta turdagi sut emizuvchi xayvonlar, 31 turdagi kushlar, 5 turdagi sudralab yuruvchi xayvonlar va 5 turdagi baliklar bor.
O’zbekiston mustakillikka erishgach, iktisodiy, ekologik, geografik va milliy xususiyatlar xisobga olinib, bir kator yangi qonunlar qabul kilindi. Shuni ta’kidlash joizki, xayvonot dunyosini muhofaza qilish tabiatning barcha ob’ektlari, boyliklarining ma’lum mutanosiblikda saklanishi bilan boglik.
Oliy Majlisning qabul qilgan “Tabiatni muhofaza qilish” (1992 y.), “Suv va suvdan foydalanish” (1993 y.), “Alohida muhofaza etiladigan tabiiy xududlar” (1993 y.), “Yer osti boyliklari to’g’risida” (yangi taxriri 2002_ y.), “Atmosfera xavosini muhofaza qilish” (1996 y.), “O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish” (1997 y.), “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish” (1997 y.), Er kodeksi (1998 y.), “O’rmon to’g’risida” (1999 y.), “Ekologik ekspertiza” (2000 y.), “Chiqindilar to’g’risida”gi (2002 y.) va boshka bir kator qonunlar respublikamizda ekologik holatni yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Jumladan, respublikamizdagi mavjud xayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan okilona foydalanish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 26 dekabrdagi sessiyasida qabul qilingan “Xayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish tug’risida”gi qonuni katta axamiyatga ega.Ushbu qonun kuruklikda, suvda, atmosferada va tuprokda tabiiy erkin xolatda yashaydigan, O’zbekiston Respublikasi xududida doimiy yoki vaktincha turadigan yovvoyi xayvonlarni, shuningdek, ilmiy yoki tabiatni muhofaza qilish maqsadida yarim erkin sharoitda yoki sun’iy yaratilgan yashash muxitida bokilayotgan xayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish soxasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Qorakalpogiston Respublikasida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish soxasidagi munosabatlar Qoraqalpog’iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi qonun xujjatlarining vazifasi, xayvonot dunyosining yashash sharoitlarini ta’minlash, ularning xilma-xil turlari xamda tabiiy galalari butligini saqlash maqsadida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, uni tiklash va takror etishtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish tug’risida”gi qonunning 3-moddasida hayvonot dunyosiga nisbatan mulkdorlik masalasi ko’rsatilgan, unga asosan, hayvonot dunyosi davlat mulki - umummilliy boylik bulib, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Shunday ekan, hayvonot dunyosi ob’ektlariga nimalar kirishini bilib olish zarur. Ushbu qonunning 4-moddasida ko’rsatilishicha, hayvonot dunyosi ob’ektlari quyidagilardan iborat:
kelib chiqishi hayvonlarga mansub bo’lgan organizmlar - sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, ham quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning populyastiyalar
yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari yoki ularning har qanday to’dalari
yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan turlari
yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining mahsulotlari.
Ta’kidlash o’rinliki, amaliyotda har doim ham hayvonot dunyosini muhofaza qilishga, undan oqilona foydalanishga e’tibor berilmaydi. Shuning uchun ham, qonunning 30-moddasiga binoan, hayvonot dunyosini muhofaza qilish borasida kuyidagi tadbirlarini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
hayvonot dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni takror etishtirish qoidalari va normalarini belgilash
hayvonot dunyosidan foydalanishda cheklashlar va taqiqlar belgilash
hayvonot dunyosidan o’zboshimchalik bilan foydalanishning va undan foydalanish borasida belgilangan tartibni boshqacha buzilishlarining oldini olish
hayvonlarning yashash muhiti, ularning urchish shart- sharoitlari va qo’chib yurish yo’llari muhofaza qilinishini tashkil etish
xo’jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish, transport vositalaridan foydalanish paytida hayvonlar nobud bo’lishining oldini olish
aloxida muhofaza etiladigan tabiiy xududlar barpo etish
kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostida turgan hayvon turlarini tutqunlikda urchitish
hayvonlar kasalikka chalinganda, tabiiy ofatlar va boshqa sabablar oqibatida nobud bo’lishi xavfi tugilganda ularga yordam berish
hayvonot dunyosini muhofaza qilish tadbirlarini asoslashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish
hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo’yicha boshqa tadbirlarni o’tkazish.
hayvonot dunyosidan foydalanuvchi sub’ektlar - yuridik va jismoniy shaxslar, fuqarolar hamda jamoat birlashmalari hayvonot dunyosini hamda uning yashash muhitini muhofaza qilish sohasiga oid huquq va majburiyatlarni amalga oshirishlari zarur.
Jumladan, fuqarolar va jamoat birlashmalari:
hayvonot dunyosini va uning yashash muxitini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradilar
hayvonot dunyosini muhofaza qilish soxasidagi davlat dasturlarini ro’yobga chikarilishiga ko’maklashadilar
ekologiya sohasida jamoatchilik ekspertizasini o’tkazadilar
jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar
xayvonot dunyosini muhofaza qilish soxasidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oladilar
hayvonot dunyosi va uning yashash muhitiga etkazilgan zararni ko’plash masalasini qo’yadilar
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarni amalga oshiradilar.
Shu bilan birga, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish soxasida davlat boshqaruvini olib borilishi ham katta ahamiyatga ega. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish soxasida davlat boshqaruvi O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Maxkamasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi, Qishloq va suv xo’jaligi Vazirligi huzuridagi O’rmon xo’jaligi bosh boshqarmasi, mahalliy davlat xokimiyati organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. Zero, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib borish ushbu muammo bilan boglik kupgina masalalarni xal etishga yordam beradi. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan davlat nazorati maxalliy davlat xokimiyati organlari, O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik nazorati qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |