O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti boshlang'ich va maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi



Download 1,48 Mb.
bet35/73
Sana09.11.2022
Hajmi1,48 Mb.
#862672
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-TABIATSHUNOSLIK VA UNI O’QITISH METODIKASI

Nazorat uchun savollari:

1.Yer o`lchamlari va shakli haqida ma’lumot bering?


2.Yerning tuzilishi, tarkibi va fizik holatini aniqligini ayting?
3.Yer qobig’i ichki va tashqi kuchlar ta’siri haqida tushuncha bering?


Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:

1.Hozirgi kunda Yer o`lchamlari va shakli haqida axborot tayyorlang.


2.Oy va Quyoshning tortishi ta’sirida Yerning aylanish davri haqida ma’lumot tayyorlang.
Foydalangan adabiyotlar:

1.M.Nuritdinova “Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi” T.: O’qituvchi 2005 y.


2.A.Hamidov. A.To’xtayev va b. Botanikadan o’qituvchilar ushun qollanma. T.: “O’qituvchi”1999yil

11-Mavzu. JOYDA ORIENTIRLASH. PLAN VA KARTA


Peja
1.Gorizont haqida tushuncha.
2.Orientirovka haqida tushuncha.
3.Quyoshga qarab orientirovka qilish usuli.
4.Karta haqida tushuncha va uning plandan farqi.
5.Topografik plan va kartaning ahamiyati.


Мavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: gorizont, orientirovka,karta, topografik karta, plan.
Ochiq va tekis joyda tursak, atrof katta doiraga o’xshab ko’rinadi. Bu doiraning chetlariga osmon gumbazi tutashib turgandek tuyuladi. Ana shu doira shaklida ko’rinadigan joy Gorizont 2 (ufq) deb ataladi. Uning chekkasida osmon bilan yer yuzasi go’yo tutashgandek ko’rinadigan chiziqqa gorizont chizig’i deb ataladi.
Gorizontning to’rtta asosiy tomoni bor: shimol (nort), janub (sud), sharq (ost) yoki est, g’arb (west). Gorizontning quyosh chiqadigan tomoni sharq deb , quyosh botadigan tomoni g’arb deb ataladi. Tush paytida quyosh janubda bo’ladi. Janubning qarama-qarshi tomoni esa shimol deyiladi.
Gorizontning to’rtta asosiy tomonidan tashqari yana oraliq tomonlari ham bor: Shimol bilan g’arb orasi Shimoli- Garb (NW), Shimol bilan Sharq orasi Shimoli- Sharq ( NO), janub bilan sharq orasi janubi- sharq (SO) va janub bilan g’arb orasi janubi ga’rb (SW).
Orientirovka haqida tushuncha. Biror joyda turib gorizont tomonlarni topa bilish (aniqlay olish) orientirovka 3 yoki orientirlash deyiladi.
Gorizont tomonlarini topishda bir qancha usullar mavjud. Biz quyida ularning eng muhmlari bilan tanishib chiqamiz.
Quyoshga qarab orientirovka qilish usuli. Quyosh tush paytida gorizontdan eng baland ko’tariladi va yil bo’yi o’zgarmay, doimo janub tomonda bo’ladi. Quyoshning bunday xususiyatidan foydalanib, gorizont tomonlarini aniqlash mumkin. Buning uchun quyidagi vazifalarni bajarish kerak. Ochiq va tekis yerga kichik bir tayoqcha yoki temir qoziqchani tikka qo’yamiz. Bu tayoqcha gnomon deb ataladi. Bu qoziq soyasi quyosh ko’tarilgan sari o’zgarib boradi.Tush paytiga kelganda quyosh soyasi eng qisqa bo’ladi. Tush paytida qiziqchaning soyasi shimolga yo’nalgan bo’ladi. Bu “ tush chizig’i” meridian yo’nalishini ko’rsatadi. Shunday qilib gnomon soyasi yordamida janub bilan shimolni aniqlab olamiz. So’ngra shimolga qarab tursak ong tomonimiz sharq va chap tomonimiz g’arb ekanligini osongina aniqlab olamiz.
Qo’l yoki cho’ntak soati yordamida ham quyoshga qarab orientirovka qilish mumkin. Bunda soat mahalliy vaqtga to’g’irlanib gorizontal holda ushlab turiladi. So’ngra uning soatini ko’rsatuvchi strelkasini quyoshga to’g’ri bo’lgunga qadar, aylantiriladi. Keyin quyoshga to’g’irlangan soat strelkasi bilan uning siferblatidagi 1 raqami orasida vujudga kelgan burchakning qoq o’rtasidan chiziq o’tkaziladi va u shimol bilan janubni ko’rsatuvchi chiziq hisoblanadi.Shuni sedan chiqarmaslik kerakki bu chiziqning janubi doimo quyoshning tush vaqti (kun o’rtasi) da bo’lgan yoki bo’ladigan tomonini ko’rsatadi.
Kompas yordamida gorizont tomonlarini aniqlash eng oson usul hisoblanadi. Kompas eramizdan avvalgi III asrda Xitoyda ixtiro qilingan. Kompas doira shakldagi qutichadan iborat bo’lib, uning markaziga o’tkir uchli igna, igna ustiga magnitlangan strelka o’rnatilgan. Bu strelka igna ustida erkin aylanadi. Quticha tagiga gorizont tomonlarni ko’rsatuvchi harflar C (sever- shimol), B ( vastok - shrq), Ю ( yug- janub), 3 ( zapad-g’arb) yozilgan va 0 C dan 360 C gacha bo’lgan gradus bo’laklari chizilgan.Kompasdan kechasi ham foydalanish uchun uning magnet stelkasi hamda gorizont tomonlarni ko’rsatuvchi harflar fosforlangan.
Kompas yordamida gorizont tomonlarni aniqlash uchun quyidagilarga amal qilish kerak:
a) kompasni tekis joyga yoki kaftga qo’yib strelkasini bo’shatish kerak, magnit streklasi tebrana - tebrana to’xtaguncha kutib turish zarur;
b) Magnit strelkasining bir uchi “ C” ( shimol) harfining ustida to’xtagunga qadar kompas qutichasini asta aylantirish kerak;
v) Kompas magnet strelkasining uchini shimolni ko’rsatuvchi “C” harfiga to’g’irlangach, gorizontning boshqa tomonlarini ham aniqlash mumkin.
Gorizont tomonlarini aniqlashda mahalliy belgilardan ham foydalanish mumkin.

  1. tog’, tepaliklarning janubiy yon bag’irlarida qor erta eriydi, o’simliklar esa shimol tomonga qaraganda erta ko’karadi va sarg’aya boshlaydi.

b) yakka turgan daraxtning shohi va barglari janub tomonda qalin, shimol tomonda, aksincha, siyrak bo’ladi;
v) katta toshlarning shimolga qaragan tomonida lishaynik qalinroq, janubda siyrakroq bo’ladi;
g) kesilgan daraxtning to’nkalaridagi uning yoshini ko’rsatadigan halqalar to’nkaning janubiy qismida kengroq, aksincha, shimol tomonda esa ensizroq bo’ladi.
Plan. Gorizont tomonlarini aniqlash, orientirovka qilish usullarini bilib olgach, ma’lum geografik obyektning ( kichik bir joy, shahar, bin ova boshqalarning) planini olishga kirishish mumkin.
Kichik bir joy, shahar, qishloq yoki binolarning ma’lumbir masshtab yordamida kichraytirilib, qog’ozga tushurilgan tasviri plan deyiladi. Planda ma’lum bir joydagi geografik obyektlar to’la- to’kis tasvirlanadi. Masalan, Toshkent shahrining planida asosiy ko’chalar, ariqlar muhim binalar, teatr, kini, muzey va boshqalar batafsil tushuriladi. Agar joining yer usti tuzilishi (relyefi) va boshqalari ham tasvirlangan bo’lsa, bunday plan topografik plan deb ataladi.
Plan va kartalarda obyektlar shartli belgilar yordamida tasvirlanadi. Shartli belgilarning izohlari legenda deb yuritiladi.
Topografik plan oddiy plandan ancha murakkab bo’lib unga ko’pincha diametri 10km gacha bo’lgan doira ichidagi joylar tushiriladi.
Karta haqida tushuncha va uning plandan farqi. Geografik karta – bu yer yuzasi va undagi tabiiy obyektlar hamda ijtimoiy hodisalarning qog’ozga kichraytirilib tushirilgan tasviridir.
Geografik kartalar tasvirlangan territoriya maydoniga ko’ra yarim sharlar kartasi, materiklar kartasi, ayrim davlatlar kartasi kabi kartalarga bo’linadi.Shuningdek, kartalar mazmuniga ko’ra umumgeografik va maxsus geografik kartalarga bo’linadi.
Karta o’zining tuzilishi va mazmuni jihatdan plandan quyidagicha farqlanadi:

  1. Planda kichik yer uchastkalari tasvirlanadi binobarin planning masshabi yirik bo’ladi, joydagi obyektlar bir muncha batafsil tasvirlanadi.

  2. Planda kichik joylar tasvirlanganida yer yuzasining do’mboqligi hisobga olinmaydi. Geografik kartalarda esa yer yuzasining do’mboq shakli yer yuzasining modelida, yani globusda to’g’ri ko’rsatilgan. Globus va kartalarda gradus to’rining chiziqlari, yani paralellar va meridianlar bo’ladi. Gradus to’ri- kartaning zarur qismi bo’lib, har bira joyning aniq o’rni ( kordinatasi) gina emas, balki yer yuzasining do’mboqligini ham ko’rsatadi. Planda esa gradus to’ri bo’lmaydi.

  3. Planda ko’rsatkich- strelkaga qarab, kartada esa gradus to’riga qarab orientirovka qilinadi.Kartalarda yer sharining shimol va janub tomonlari meridian chziqlari bilan , g’arb va shrq tomoni esa parallellar bilan aniqlanadi.




Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish