Nazorat uchun savollar:
Litosfera nima va qanday turlarga bo’linadi?
Yer yuzasida qanday asosiy relyef shakllari tarqalgan?
Quyosh sistemasi, er, litosfera qanday hosil bo’lgan?
Beruniy gipotezasi qanday mazmunga ega?
Qaysi gipotezani ko’pchilik tan olgan?
Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1.Fan-texnika taraqqiyotining yangi ma’lumotlari asosida materiklar va okeanlarning vujudga kelishi haqida ma’lumotlar tayyorlang.
2.Yer va litosferaning paydo bo’lishi haqida ma’lumot tayyorlang.
Foydalangan adabiyotlar:
1.M.Nuritdinova “Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi” T.: O’qituvchi 2005 y.
2.A.Hamidov. A.To’xtayev va b. Botanikadan o’qituvchilar ushun qollanma. T.: “O’qituvchi”1999yil
3. Nishonboeva M.G. Biologiya darslarida ekologik tarbiya. O’qituvchilar uchun qo’llanma. T., 1992.
13- Mavzu. Gidrosfera
Reja 1.Gidrosfera to’g’risida tushuncha 2. Global suv aylanishi va yerning yillik suv balansi 3. Dengiz suvi tarkibining xususiyatlari 4. Okean suvlarining termik , gaz rejimi va harakati
Gidrosfera yerning suv qobig’i bo’lib, u yer po’sti va atmosfera o’rtasida joylashgan. Gidrosferadagi umumiy suv miqdori 13,859,846 ming km3. M.I.Lpvovich ma’lumotlariga ko’ra bu miqdor 1,454,000,000 km3. Bu qobiqdagi suvlarni dunyo okeani, quruqlik va atmosfera suvlariga bo’lishadi. Dunyo okeanida gidrosferaning 96,5 foiz suvi to’plangan. Quruqlik suvlari yuza va yer osti suvlariga bo’linadi. Yuza suvlari gidrosfera suvlarining 1,97 % ni, yer, yer osti suvlari esa 1,70 % ni, atmosferadagi suv esa 0,001 % ni tashkil etadi Yer yuzasining 70,8 % ni suv qoplaydi. Uning maydoni 361 mln km2. Gidrosferaning tarkibiy qismlaridagi suv miqdori bir-biridan ancha farq qilsada, lekin ularning umumiy suv aylanishidagi faoligi ham bir hil emas. Masalan, daryo suvlarining aylanish davri 12 sutkaga, atm suvlariniki — 10 sutkaga, tuproq suvlariniki — 1 yilga, dunyo okeani suvlari — 2600 yilga, qutb muzliklari — 9700 yilga teng. gidrosfera okenas usvlari juda ko'p hisoblanadi.
Gidrosferada suvning aylanishi Gidrosfera — Yer massasining atigi 1/4100 qismini tashkil etadi. Gidrosferaning eng asosiy qismi — Dunyo okeani Yer qurrasi umumiy maydoni (510 mln. km2)ning 361 mln.km2 ni, yoki 71 % ni Gidrosfera qoplab olgan, ko’l va daryolardagi suvlar esa quruqlik maydonining 6 % chasini egallab turadi. Yer qurrasidagi barcha abadiy qor va muzliklarning umumiy maydoni 21 mln. km2, bu esa Yer yuzasi umumiy maydonining 4 % ini, quruqlik maydonining 14 % ini tashkil etadi. Gidrosferaning kimyoviy tarkibi dengiz suvining o’rtacha kimyoviy tarkibiga juda yaqin, undagi eng muhim kimyoviy elementlar: kislorod — 85,8 %, vodorod —1 0,8 %, xlor va natriy — 2,95 %. Gidrosfera suvlari uzluksiz va tez harakat qilib, tabiatda aylanib turadi va atmosfera, litosfera va biosfera bilan chambarchas bog’lanishda bo’ladi. Gidrosfera gidrologiya, okeanologiya, geologiya, geokimyo kabi qator geografik fanlarning tadqiqot predmeti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |