O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti boshlang'ich va maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi


Tabiatshunoslik darslarining tiplari



Download 1,48 Mb.
bet12/73
Sana09.11.2022
Hajmi1,48 Mb.
#862672
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-TABIATSHUNOSLIK VA UNI O’QITISH METODIKASI

Tabiatshunoslik darslarining tiplari. Darsni quyidagi tuzilish qismlariga ajratish mumkin:
1. Tashkiliyqism.
2. Uy vazifasini tekshirish.
3. Yangi materialni bayon qilish.
4. O’quvchilarning mustaqil ishlashlari, yangi bilimlarni mustahkamlash, ularning o’zlashtirilishini tekshirish.
5. Dars materialini umumlashtirish.
6. Uyga vazifa berish.
7. Baholarni sharhlash.


Dars tuzilishi kurs mavzusi bo’yicha darslarning umumiy tizimida uning qanday o’rin egallaganligiga bog’liq, ammo qanaqa bo’lishidan qafi nazar har bir dars tashkiliy, mantiqiy, psixologik jihatdan yaxlit bo’lishi kerak. Metodik jihatdan to’g’ri tuzilgan darsda barcha tomonlar o’zaro bog’liqdir.
Tabiatshunoslik darsining didaktik maqsadini aniqlash uning asosan nimaga yangi maqsadni o’iganishga, uni mustahkamlashga, takrorlashga va ketma-ketligini ta'minlash yoki o’zlashtirishni tekshirish hamda hisobga olishga bag’ishlanishini belgilash demakdir.
Aytilgan har bir dars tipining xususiyatlarini qarab chiqamiz:
Birlashtirilgan (kombinatsiyalashtirilgan) dars tabiatshunoslik darslarining eng keng tarqalgan tipidir. Unda bir nechta didaktik vazifalar, chunonchi, o’tilganlarni takrorlash, uy vazifasini (ijodiy daftarlar va kuzatishlar kundaligi ishlarini) tekshirish, ya'ni bilimlarni o’rganish va mustahkamlash kabilar kiradi. Bunda vazifalardan birortasi ham ustun kelmaydi, barchasi birgalikda (kompleks holda) hal qilinadi. Kombinatsiyalashtirilgan darsni o’tishda xilma-xil metod va uslublar: suhbat, o’qituvchi hikoyasi, tabiiy obyekt va ko’rgazmali qurollar bilan ishlash, kino va diafilmlar ko’rish, maqolalar o’qish, ular mazmunini ishlab chiqish, daftarlarda yozuvlar yozish va rasmlar chizish qo’llaniladi. Kombinatsiyalashtirilgan tipdagi darsni o’tishda keng tarqalgan xato - barcha ishlarni ko’rgazmali qurollardan foydalanmasdan va maqoladagi tabiatshunoslik faktlarini tushuntirmasdan matnni (mashqni) o’qish va aytib berishdan iborat qilib qo’yishdir. Tabiatshunoslik o’qituvchisi tabiat to’g’risidagi bilimlarning asosiy manbai tabiat obyektlari, darslik esa faqat bilimlarni mus-tahkamlash vositalaridan biri ekanligini bilishi kerak.
Predmetli darslar. Bu tipdagi darslarda o’quvchilar sinfda tabiiy obyektlar bilan bevosita ishlaydilar va tabiat jismlari hamda hodisalari haqida muayyan aniq bilimlar oladilar. Shu maqsadda ular narsalarni ko’rib chiqadilar va taqqoslaydilar, ularning tarkibiy qismlarini, umumiy va tafovut qiladigan belgilarini ajratadilar. Bu tipdagi darslarda tabiat jismlari va hodisalarini o’rganish keng tarzda yoki guruhlar bo’yicha olib boriladi.
Predmetli darslar kuzatuvchanlikni rivojlantirish, quntlilikni, mehnatsevarlikni tarbiyalash uchun katta imkoniyatlar beradi. Bu darslarda bolalar laboratoriyada ishlash malakasini egallaydilar, chunki darsda o’tkaziladigan ish tadqiqiy xarakterda bo’lishi kerak, unda bolalar o’rganilayotgan obyektlarning belgi va sifatlarini taqqoslaydilar, murakkab bo’lmagan tajribalarni o’tkazadilar. Predmetli darslarda mustaqil ishlarning sanog’i salmoqli bo’lishi kerak.
Predmetli darslarni o’tishga o’qituvchi puxta tayyorlanishi lozim. Tarqatma materiallar o’quvchilar soniga to’g’ri kelishi zarur. Shu maqsadda ekskursiyada yig’ilgan tabiat obyektlari (daraxt va butalarning quritilgan yoki to’kilgan barglari, meva va urug’lar kolleksiyalari, qurilish materiallari, foydali qazilmalar)dan foyda-lanish mumkin.
Foydalaniladigan tabiiy materialni tayyorlashning eng qulay vaqti bahorgi va yozgi ta'til kunlaridir. Bu davrda bolalarga tabiatshunoslik xonasi uchun tabiiy material yig’ib kelish topshiriladi, bu imkoniyatlardan foydalanmoq lozim. Biroq bunda o’quvchilar tabiatni muhofaza qilish va o’simlik hamda hayvonlarga ehtiyotlik bilan munosabatda bo’lish zarurligini esda tutishlari kerak.
2 - sinf dasturida predmetli darslar mo’ljallangan, ularda bolalar termometrdan foydalanishga, yangi o’simliklarda ildiz, poya, barg, gul, meva va urug’larni taniy otishga o’rganadilar, qishda o’simliklar hayotini, o’simliklarning urug’lardan rivojlanishini (ilgarigi tajribalar asosida) kuzatadilar. 3- sinfda bolalar foydali qazilmalar, dala ekinlari to’g’risida boshlang’ich ma'lumotlar oladilar.
Garchi 3 - sinf o’quvchilari 2 - sinfda hosil qilingan predmetli darsdagi ba'zi ish tajribasiga ega bo’lsalar ham ular har holda ish joyini qanday tashkil qilish kerakligi, kuzatishni qanday izchillikda olib borish, ularni qanday qayd qilish, qay tarzda xulosalar chiqarish zarurligi haqidagi maxsus yo'1-yo'riqlarga ehtiyoj sezadilar.
- predmetli darsning rejasi quyidagicha bo’lishi mumkin:
- dars mavzusi va maqsadini bildirish;
- ish rejasini doska va daftarlarga yozish;
- tarqatma material bilan mustaqil ishlash;
-ish mazmuni bo’yicha suhbat (o’rganilayotgan obyekt xususiyatlarini
ta'riflash, uni ilgari o’rganilganlar bilan taqqoslash,qo’shimcha ko’rgazmali material bilan ishlash);
- daftarlarga yozuvlar yozib, rasmlar chizish;
- bilimlarni mustahkamlash va baholash.
O’quvchilarni tabiat jismlari bilan bevosita tanishtira borib, jismlarning tarkibiy qismlari va ularning amaliy ahamiyatini tahlil qilib, o’qituvchi shu jismlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun o’quvchilar bilan tabiatshunoslik darslaridan: 2- sinfda “Termometr”, 3- sinfda “Foydali qazilmalar”, 4- sinfda “Kompas bo’yicha oriyentirlash” va shu kabi mavzu-maqolalarni o’qiydi. Suhbat jarayonida o’qituvchi predmetli darslarda o’rganilgan va darslikda ta'riflangan obyektlarning xarakterli xususiyatlarini taqqoslaydi.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish