Nazorat uchun savollari:
1.Quyosh sistemasi deganda nimani tushunasiz?
2.Quyosh tuzilishi haqidagi olimlarning qarashlari haqida ma’lumot bering?
3.Sayyoralar va kometalar haqida tushuncha bering.
4.Zamondoshlarimizning quyoshni organishi va olimlarning tadqiqoti haqida ma’lumot bering.
Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1.O'zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgandan so'ng tabiatshunoslikni o'qitishda qanday o'zgarishlar yuz bergani haqida ma’lumot tayyorlang.
Foydalangan adabiyotlar:
1.M.Nuritdinova “Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi” T.: O’qituvchi 2005 y.
2.A.Hamidov. A.To’xtayev va b. Botanikadan o’qituvchilar ushun qollanma. T.: “O’qituvchi”1999yil
10- MAVZU. PLANETA SIFATIDA YERNING UMUMIY XARAKTERISTIKASI
Reja.
1.Yer o`lchamlari va shakli.
2.Yerning tuzilishi, tarkibi va fizik holati
3.Yer qobig’i ichki va tashqi kuchlar
Мavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar : yer o’lchamlari,yerning tuzilishi, yer qutblari,mantiya, yer qobig’i.
Yer o’lchamlari va shakli. Yer qutblari bo’ylab bir oz siqilgan sharga o’xshash shaklga ega – sferoid. yerning o’ziga xos egriligi geoid deyiladi.
Yerning parametrlari:
Yerning tuzilishi, tarkibi va fizik holati – yer konsentrik tuzilishga ega bo’lib, ichki va tashqi geosferalardan iborat. Ichki geosfera yadro, mantiya va litosferadan iborat. Mantiyaning o`zi peredotit va oraliqqobiqdan iborat. Litosfera yer qobig`i mantiyadan ajratib turuvchi sirti deyiladi.
Yer qobig`i quyidagilardan tashkil topgan:
1. Cho`kma tog` jinslari - 10...15 km;
2. Granit qatlami - 10...40 km;
3. Bazalt qatlami - 15...30 km ni tashkil qiladi.
Tashqi geosfera bir necha qismdan iborat:
1. Gidrosfera. (suvli qobiq) - ko`l, daryo, okean hamda yer osti suvlari majmuasi;
2. Biosfera. Organizmlar yashaydigan muhit;
3. Atmosfera - gazli qobiq bo’lib, tarkibi bo`yicha bir necha gazlar birikmasidan iborat: kislorod – 21%, azot – 78%, qolgan gazlar 1% ni tashkil qiladi.
O’z navbatida atmosfera quyidagi qatlamlardan iborat:
1. Troposfera – 10...12 km bo`lib, havoning harorati – 550 gacha;
2. Stratosfera – 30...55 km gacha oraliqda, havoning harorati Q500 issiq, 80...90 km gacha oraliqda havoning harorati – 60...900 issiq;
3. Ionosfera – 100 km dan yuqori.
Yer qobig’ining issiqlik yo`sini
Issiqlik manbalari: ichki manba – yer qarida radioaktiv jismlarning parchalanish energiyalari; tashqi manba – quyosh radiatsiyasi. Yer qobig`ining harorat zonalari Haroratning fasliy tebranish zonasi - qishki paytda gruntlarning muzlash qatlami – 1A zona shakllanadi. Bu zonaning qalinligi iqlim sharoitiga bog`liq holda 3...5 m ni tashkil etadi. O`zgarmaydigan haroratlar zonasi. Bu zonada harorat yerning (shu maydonning) o`rtacha harorati bilan bir xil bo`ladi. Harorat asta-sekin ko`tariladigan zona.
Yer qobig`i ichki va tashqi kuchlar ta’sirida bo`lib, bu kuchlar uning tarkibi, tuzilishi va shaklining o`zgarishiga sababchi bo`ladi.
Ichki kuchlar quyidagilardan iborat:
1) yuqori harorat;
2) radioaktiv elementlarning parchalanish energiyasi;
3) kimyoviy reaksiya energiyalari.
Bu kuchlar ta’sirida quyidagi jarayonlar sodir etilishi mumkin:
4) magmatizm;
5) metomorfizm;
6) yer qobig`ining tektonik harakati;
7) zilzilalar
Yer qobig`ining tektonik harakatlari haqida tushuncha Tog` jinslari plastlarining ichki kuchlar ta’sirida ko`chishi tektonik harakatdeyiladi. Tog` jinslari dastlabki joylashishining buzilishiga dislokatsiya(qayta joylashish) deyiladi. Tektonika– bu yer qobig`i bir qismining tektonik buzilishlar yig`indisi va ularning rivojlanish tarixi bilan aniqlanadigan ichki tuzilishdir. Yer qobig`ida har doim tektonik harakatlar bo`lib turadi. Ayrim hollarda sekin (tinchlik davri), ba’zida kuchli (tektonik revolyusiyalar davri). Yer qobig`i tarixida bunday o`zgarishlar bir necha karra bo`lib o’tgan:
1) tog`lar hosil bo`lishining kalidon sikli (kembriy – siluriy davrlari) – Sayan, Baykal orti xrebetlari hosil bo`lgan;
2) Gersin sikli (perm, trias davrlari) – O`rol, Tyan-Shan va Oltoy tog`lari;
3) Alp sikli (kaynozoy erasi) – Kavkaz, Qrim, Karpat, Saxalin va Kamchatka tog`lari shakllangan.
Yer qobig`i harakati uning tektonik tuzilishiga bog`liq. Tektonik ichki tuzilishi – bu yer qobig`i qismlarining turli xildagi tuzilish shakllaridir. Ularning eng asosiylari: platforma, geosinklinal. Platformalar– bu rg`un, qattiq va kam harakatlanuvchan strukturalardir. Geosinklinalesa yer qobig`ining harakatchan qismidir, ular platformalar oraliqlarida joylashadi. Ularga tektonik harakatlar xarakterlidir: seysmik hodisalar, taxlar shakllanishi.
Tektonik harakat turlari:
1) tebranma harakat;
2) qatlamli harakat;
3) uzlukli harakat.
Yer qobig’ining taxlamli harakati, tebranma harakatga nisbatan keskin bo`lib, bunda plastlar ajralmay kichik maydon sodir bo`ladi.
Qatlamlarning joylashish shakllari:
1) monoklinal– tog’ jinslari qatlamlarining bir tomonlama oqishi. Oqish darajasi oqish burchagi αorqali aniqlanadi (α- gorizont bilan plast orasidagi burchak) (10-rasm);
2) taxlam(antiklinal, sinklinal) – tog’ jinsi plastlarining to`la egilishi (11 va 12-rasmlar);
3) fleksura– tizzasimon taxlam (jins qatlami bir qismining muhit uzilmagan holda ikkinchi qismiga nisbatan ko`chishi natijasida vujudga keladi)
Yer — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U o’z o’qi atrofida va aylanaga juda yaqin bo’lgan elliptik orbita bo’yicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan er. katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi o’rinda. erda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. Birok hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi bo’lganligi sababli er.ni koinotning hayot mavjud bo’lgan yagona. kosmik jismi, hayotning er.dagi shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb bo’lmaydi Hozir. zamon kosmogoniya nazariyalariga ko’ra, er Quyosh atrofidagi fazoda gaz chang holatda bo’lgan kimyoviy elementlarning gravitatsion kondensatlanishi (birbiriga qo’shilishi) yo’li bilan 4,7 mlrd. yil muqaddam paydo bo’lgan. Yer tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga Yerning ichki qismi asta-sekin qizib, Yer moddasining differensiyalanishiga olib kelgan, oqibatda Yerning konsentrik joylashgan turli qatlamlari — kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizik xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladigan geosferalari hosil bo’lgan. Yer ichki qismining tuzilishi, seysmik to’lqinlarning yer sirti va butun hajmi bo’yicha tarqalishini tadqiq etish asosida aniqlangan. Bu to’lqinlar bo’ylama va ko’ndalang to’lqinlar bo’lib, ularning Yer ichki qismini tashkil etgan qattiq, suyuq qatlamlarida tarqalishi turlicha ko’rinish kasb etadi. Bu zamonaviy metodlar asosida Yer ichki qatlamlarini o’rganish quyidagi natijalarni berdi.
Yer po’sti deb ataluvchi qatlam o’rtacha 30 km qalinlikka ega bo’lib, uning ostidagi Yer mantiyasi 2900 km chuqurlikkacha boradi. Undan pastda — 5500 km li chuqurlikkacha suyuq tashqi yadro joylashgan bo’lib, markazda diametri 1500 km chamasidagi qattiq sub’yadro yotadi. Yerdan tashqarida tashqi geosferalar — suv sferasi (gidrosfera) va havo sferasi (atmosfera) joylashgan.
Yer. yuzasining katta qismini Dunyo okeani egallaydi (361,1 mln. km2 yoki 70,8 %), quruqlik 149,1 mln. km2 (29,2 %)ni tashkil etadi (quruqlik olti katta materik va ko’pdan-ko’p orollardan iborat). Yevrosiyo materigi ikki qit’aga: Yevropa va Osiyora bo’linadi, Shim. va Jan. Amerika materiklari esa bir qit’a hisoblanadi, ba’zan Tinch okean orollari Okeaniya deb ataladi va odatda uning maydoni Avstraliya bilan qo’shib qisoblanadi.
Materiklar Dunyo okeanini Tinch, Atlantika, Hind va Shim. Muz okeanlariga ajratib yuborgan, ba’zi tadqiqotchilar Atlantika, Tinch va Hind okeanlarining Antarktida yonidagi qismlarini Jan. okean deb alohida ajratadilar.
Yerning Shim. yarim shari, asosan, qit’alardan (quruqlik 39 %), Jan. yarim shari — okeanlardan (quruqlik atigi 19 %) iborat. G’arbiy yarim sharning ko’p qismi suv, Sharqiy yarim sharning ko’p qismi esa quruqlikdir.
Yerning eng baland nuqtasi bilan eng past nuqtasi orasidagi farq qariyb 20 km ga yetadi, dunyodagi eng baland Jomolungma (Everest) cho’qqisi (Hi-molay tog’larida) 8848 m boʻlsa, eng chuqur Mariana suv osti botig’i (Tinch okeanda) 11022 m dir.
Yer gravitatsion (tortish), issiklik, magnit va elektr maydonlariga ega. Yerning gravitatsion kuchi Oy va sun’iy yo’ldoshlarni Yer orbitasida tutib turadi. Yerning sferik (dumaloq) shaklda bo’lishi, Yer usti relyefining ko’p xususiyatlari, daryolar oqimi, muzliklar siljishi va boshqa jarayonlar ham gravitatsion maydon oqibatidir.1
Magnit maydoni Yer yadrosi va mantiyadagi turli jarayonlardan kelib chiqadi. Ye.ning elektr maydoni ham magnit maydoni bilan chambarchas bog’liq. Atmosfera va magnitosferada birlamchi kosmik omillar katta o’zgarishga uchraydi. Kosmik nurlar, quyosh shamoli, quyoshning rentgen, ultrabinafsha, optik va radio nurlari yutiladi va boshqa o’zgarishlarga uchraydi, bu esa Yer yuzasidagi jarayonlar uchun muhim ahamiyatga ega. Magnitosfera, xususan, atmosfera elektromagnit va korpuskulyar radiatsiyaning ko’p qismini tutib qolib, tirik organizmlarni uning halokatli ta’siridan saqlaydi.
Yer Quyoshdan 1,7-1017 JG’s miqdorida nur energiyasi oladi, lekin uning atigi 50 % Yer yuzasigacha yetib keladi va Yer yuzasidagi koʻp jarayonlarning energiya manbai bulib xizmat qiladi.
Yer yuzasi, gidrosfera, shuningdek, atmosfera va Yer poʻstining yer yuzasiga yaqin qatlamlari geografik qobiq yoki landshaft qobigʻi degan umumiy nom bilan ataladi. Hayot geografik qobiqqa paydo bulgan. Tirik modda ayni paytda geologik kuch ham boʻlib, geografik qobiqni tubdan oʻzgartirib yuborgan. Yerning hayot va bio-gen mahsulotlar tarqalgan sohasi biosfera deb ataladigan boʻldi.
Yer va uning shakli, tuzilishi va Koinotda tutgan o’rni to’g’risidagi hozirgi bilimlar uzoq davrlar davomidagi izlanishlar jarayonida tarkib topdi. Qadimda (mil. av. 7-a., Fales) Yerni — suv bilan o’ralgan yassi jism deb, keyinroq (mil. av. 6-a., Anaksimandr) silindrik shaklda deb va, nihoyat, mil. av. 6-a. 2-yarmida (Pifagor) shar shaklida deb tasavvur qiddilar. Mil. av. 4-a. da Aristotel Oyning Yer soyasiga kirish (Oy tutilishi) hodisasini o’rganib, Yerning shar shakldaligini birinchi bo’lib isbot qildi. Yerning diametrini mil. av. 3-a. da aleksandriyalik Eratosfen yetarlicha katta aniqlikda o’lchadi. 9-a. da Xorazmiy va Ahmad al-Farg’oniy Yer meridiani yoyini o’lchash asosida Ye. diametrini yanada aniqroq o’lchashga erishdilar. Ye. radiusi uzunligini va G uzunlikni qiyalik burchagining pasayishi yordamida oddiy usulda o’lchagan olim Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi.
Uzoq yillar Yer — Koinot markazi deb qaraldi. Faqat 16-a.ga kelib, sayyoralarning yulduzlar fonidagi sirt-moqsimon harakatlarini tushuntirish asosida polyak astronomi N. Kopernik Yer Quyosh atrofida aylanuvchi oddiy sayyoralardan biri ekanligini isbot qildi.
17-asr. boshlarida nemis astronomi I. Kepler tomonidan sayyoralar qarakati qonuni kashf etilib, 1687 y. da I. Nyuton tomonidan Butun olam tortishish konuni isbot qilinganidan so’ng geliotsentrik sistema nazariyasi uzil-kesil karor topdi. „Qattiq“ Yer tuzilishi, asosan, 20-a. da seysmologiya yutuklari tufayli aniqlandi.
Elementlarning radioaktiv parchalanishi hodisasi kashf etilgach, koʻpgina fundamental konsepsiyalarni qayta ko’rib chiqishga to’g’ri keldi. Jumladan, Ye. eng avval suyuq olov edi, degan tushuncha o’rniga Ye. qattiq sovuq zarralardan vujudga kelgan degan nazariya paydo bo’ldi.
20-asr. 2-yarmida raketa va sun’iy yo’ldoshlardan foydalanib, atmosferaning yuqori qatlamlari va magnitosfera haqida tasavvurlar shakllandi.
Yerning massasi 5.971*1021 kg, bu esa Quyosh massasining 1G’330000 qismiga teng . Quyoshning tortish kuchi ta’sirida Yer Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar kabi, Quyosh atrofida doiradan juda oz farq qiladigan elliptik orbita boʻylab aylanadi. Quyosh Yerning elliptik orbitasi fokuslaridan birida turadi. Shuning uchun ham Yer bilan Quyosh orasidagi masofa yil davomida 147,117 mln. km dan (perigeliylya) 152,083 mln. km gacha (afeliyaa) o’zgarib turadi. Yer orbitasining 149,6 mln. km ga teng katta yarim o’qi Quyosh sistemasi doirasida masofalarni o’lchashda birlik deb qabul qilinadi. Yerning orbita bo’ylab qiladigan harakat tezligi, o’rta hisobda, 29,765 kmG’s bo’lib, 30,27 kmG’s dan (perigeliyda) 29,27 kmG’s gacha (afeliyda) o’zgarib turadi. Yer Quyosh bilan birga Galaktika markazi atrofida ham aylanadi, galaktik aylanish davri 200 mln. yilga yaqin vaqtga teng, harakatning o’rtacha tezligi 250 kmG’s. Eng yaqin yulduzlarga nisbatan Quyosh Ye. bilan bir-galikda Gerkules yulduzlar turkumiga tomon ~ 19,5 kmG’s tezlikda harakat qiladi.
Yerning Quyosh atrofida aylanish davri yil deb ataladi va Yer harakati osmon jismlarining qaysi biriga va osmon gumbazining qaysi nuqtasiga nisbatan olinishiga qarab yil har xil ataladi. Quyosh markazining bahorgi tengkunlik nuqtasidan ikki marta ket-ma-ket o’tishi uchun ketgan vaklta tropik yil deb ataladi. Tropik yil Quyosh taqvimlari uchun asos qilib olingan va u 365,2422 o’rtacha quyosh sutkasiga teng
Oy va Quyoshning tortishi ta’sirida Yerning aylanish davri muntazam ravishda ortib bormoqda. Oyning tortishi atmosfera, suv qobig’i va „qattiq“ Yerda ham deformatsiyalanishni yuzaga keltiradi. Oy tortishi natijasida Yer Po’stidagi ko’tarilish-pasayish amplitudasi 43 sm ga, ochiq okeanda ko’pi bilan 2 m ga yetadi; atmosferada esa bosim bir necha yuz NG’m2 (bir necha mm sim. ust.)gacha o’zgaradi. Ko’tarilish-pasayish harakatida ro’y beradigan ishqalanish ta’sirida Yer-Oy sistemasi energiya yo’qotadi va harakat miqdori momenti Yerdan Oyga o’tadi. Oqibatda Yerning aylanishi sekinlashadi, Oy esa Yerdan uzoqdashadi. Yerning o’z o’qi atrofida aylanish davri bir asrda o’rtacha bir necha mG’s ga ortib bormoqda (500 mln. yil oldin sutka 20,8 soat bo’lgan). Yerning aylanish tezligi havo massalari va namlikning mavsumiy almashinib turishi natijasida ham yil davomida o’zgarib turadi. Yer qutblari botiq (ekvator atrofi massasi kattaroq) bulganligi va Oy orbitasi Ye. ekvatori tekisligida yotmaganligidan Oyning tortishi pretsessiyami vujudga keltiradi, ya’ni Yer. o’qi fazoda ekliptika o’qi atrofida sekin burilib boradi va 26 ming yil deganda bir marta to’liq konus sirt chizadi. Bu harakatga o’q yo’nalishining davriy tebranishlari — nutatsiya ham qushilib ketadi (asosiy davri 18,6 yil). Aylanish uqining Yer tanasiga nisbatan holati davriy ravishda ham (bunda qutblar urtacha holatdan 10–15 m ogadi), asrlar davomida ham o’zgarib turadi, Shim. qutbning O’rtacha holati Shim. Amerika tomonga yiliga −11 sm dan surilib boradi .
Yerning shakli
Yer yuzasi meridian yoyining uzunligi ekvatorda qutb doirasiga nisbatan qisqaroqdir. Meridian yoyining bir gradus uzunligi ekvatorda 110,9 km, qutb doirasida 111,9 km. Yer qutblarida bir oz qisilgan bo’lib, qutb o’qlari uzunligi 12714 km, ekvator bo’yicha diametr 12756 km, radiusi 6371,221 km teng. Demak, yerning siqiqligi 12 kilometrni tashkil etadi. Keyingi vaqtlarda olib boradigan aniq o’lchash ishlari yerning ellipsoid shakliga yaqin ekanligini ko’rsatdi. Agar ekvatorial va qutbiy o’qlarning uzunligidagi farqning kichik ekanligini xisobga olinsa, bunday elllipsoidni sferoid deb atash mumkin. Lekin yer yuzasi bizga ma’lum bo’lgan biror geometrik shakliga to’g’ri kelmaydi. Himolay tog’idagi Jomolungma cho’qqisining balandligi okean yuzasida 8848 m, Tinch okeaning eng chukur joyi 11521 m ekanligini va yer yuzasi relyefi o’zgarishining qariyb 20 kilometrdan oshiqligi xisobga olinsa, u o’ziga xos geoid shakliga ega. Yer yuzasi 510 mln. kvadrat kilometr, xajmi 1,083*1012 km3, massasi 5,974*1027 gr., o’rtacha zichligi 5,52g*sm3 ga tengdir. Yer ichki qismining tuzilishini va tarkibini tuzatish yo’li bilan aniqlab bo’lmaydi, shuning uchun ham u bilvosita geofizik, seysmologik, graviymetrik va astronomik usullar yordamida aniqlanadi. Yer yuzasida tez-tez uchrab turadigan moddalarning o’rtacha zichligi 2,7 g*sm3, bu esa yerning o’rtacha zichligidan kamroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |