O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g. B. Amirova, E. Nasimov p е dagogik a. Psixologi ya



Download 1,31 Mb.
bet73/349
Sana01.01.2022
Hajmi1,31 Mb.
#296631
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   349
Bog'liq
2 5244712396257232653

5.2. Oila- pedagogik o’zaro munosabatlar hamda shaxs tarbiyasi va kamolotining subyekti sifatida.

Hozirgi kunda maktablarda oilaviy hayot etikasi va psixologiyasi fani o’tilmoqda. Bu fanda albatta oila va nikoh, yoshlar ma’naviy dunyosining go’zalligi, farzand, oilaviy munosabatlar to’g’risida ko’p ibratli ta’lim berilgan. Pedagoglar dars jarayonida, darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda ham muntazam ravishda o’quvchilarni oilaviy hayotga tayyorlashga e’tiborlarini qaratishadi, biroq bu harakat bir tomonlama bo’lib yetarli natija bermaydi. Chunki doim ham o’qituvchilarning dunyoqarashi o’quvchi ota-onasining dunyoqarashi bilan to’g’ri kelmaydi. Natijada bir xil mavzu bo’yicha paydo bo’lgan qarama-qarshi fikrlar talabada ishonchsizlik tuyg’usini paydo qiladi. Shuning uchun ham oilaviy tarbiyaga ikki tomonlama yondashmoq zarur. Xalq pedagogikasi tajribasiga asoslangan holda pedagoglar va ota-onalar hamkorlikda o’quvchilarga quyidagi yo’nalishlarda tushuncha berishlari lozim:

1. Oila so’zining asl mohiyati, vazifalari, jamiyatdagi o’rni;

2. O’zbek xalq oilalari an’analari, udumlari, urf – odatlari;

3. Xalq pedagogikasi tajribalari;

5. Oilada ota va ona o’rni;

6. Oilada farzandlar o’rni;

7. Qarindosh - urug’chilik iplari;

8. Qo’ni – qo’shni munosabatlari;

9. Yaxshilik, yaxshilik va yana yaxshilik, haqida;

10. Vatanga sadoqat.

Yuqoridagi tushunchalarni mukammal o’rgatsak, xalqimz madaniyati va ma’rifati ildizini mustahkamlagan bo’lar edik.

Oila – tarbiya o’chog’i dedik. Bu o’choqda barkamol farzandlar pishib yetilishi uchun buyuk davlatimiz, havas qilsa arzigulik Prezidentimiz, jonkuyar xalqimiz barcha sharoitlarni yaratib bermoqda.

Bunga javoban oz bo’lsada hissa qo’shishimiz shart, deb o’ylayman.

So’zimni prezidentimiz I. A. Karimov so’zlarini misol keltirmoqchiman. Undan ham mazmunliroq xulosa bo’lmasa kerak. «Mendan eng katta boylik nima deb so’rasa, bilimli, aqlli, odobli, ertangi kunni o’ylaydigan farzand ota – onaning eng katta boyligi deb aytgan bo’lur edim. Bunday boylikga ega bo’lganlarni jamoa boy – badavlat ota – ona, boy – badavlat oila deb tan oladi. Bunday oila hyech qachon xor bo’lmaydi».

O‘zbekiston Respublikasi oila huquqining asosiy tamoyillari quyidagilar bilan qat’iy belgilab berilgan:

- oila jamiyat va davlat muhofazasida;

-barcha fuqarolar - jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, qonun oldida teng;


  • ayol bilan erkak oilada teng huquqqa ega;

  • faqat yakka nikohlilikni tan olish va uni mustahkamlash uchun yordam berish;

  • ixtiyoriy va erkin nikoh;

  • davlat nazorati asosida nikohdan erkin ajralish;

  • davlat otalik, onalik va bolalikni muhofaza etadi va ularning manfaatlarini har taraflama himoya qiladi;

  • bolalarni milliy istiqlol mafko’rasi asosida tarbiyalash va boshqalardir.

Asosiy Qonunimizning 63-modda, 2-qismida: „Nikoh tomon-larning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi“, deyila-diki, bizda oila qurishning birdan bir asosi - qonuniy nikohdir. Yana Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 16-moddasida insonning erkin nikohdan o‘tish huquqi xususida bunday deyilgan: „Balog‘atga yetgan erkak va ayol, irqi, millati yoki dinidan qat’iy nazar, hech bir cheklashsiz nikohdan o‘tish va oila qurish huquqiga egadir. Ular nikohdan o‘tayotgan chog‘da, nikohda bo‘lgan vaqtda va nikoh bekor qilinayotgan paytda ham bir xil huquqlardan foydalaniladi“.

Oilali bo‘lib yashash, bola-chaqa qilish, o‘zidan nasl, avlod qoldirish hayot qonuni, shariyatimizga ko‘ra sunnatdir. Payg‘am-barimiz Muhammad alayhissalom bu haqda shunday deganlar: „Ey yigitlar! Qaysi biringiz turmush qurishga qodir bo‘lib, imkon topsangiz, tezda uylaning, chunki uylanish inson ko‘zini poklaguv-chi chiroq, ya’ni u nomahramlarga qarab gunohga botishdan saq-laydi va yomon, bemaza yo‘lga kirib ketishdan asraguvchi asosiy choradir. Kimki uylanishga qodir bo‘lmasa, ro‘za tutsin, chunki ro‘za insonning shahvoniy nafsini ketkizur“.



Oilada bola tarbiyasi g‘oyat nozik va murakkab masala bo‘lib, bu ota-onadan katta odob bilimini, katta tarbiyachilik mahoratini talab qiladi.

Oilada bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri tarbiyadagi birlikdir. Bunda ota-ona, oiladagi katta-yu kichik, hamma bir yoqadan bosh chiqarishi, harakat qilishi kerak. Hamma narsada: bolalarga muomalada, ularni rag‘batlantirish va jazolashda, tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishning boshqa vositalarini qo‘llashda hammada yakdillik bo‘lishi lozim. Odatda, ko‘pincha bolaning onasi yoki buvisi ruxsat bergan narsani otasi taqiqlab qo‘yadi yoki otasi bergan jazoni onasi rad etib buzadi, bolaning bir qilig‘ini buvisi maqtasa, shu qilig‘i uchun otasi uni koyiydi va hokazo. Bunday telba-teskarilik, avvalo, bola tarbiyasini buzadi. Bunday vaziyatda bola talabchan otasi bilan rahmdil onasi va ko‘ngli bo‘sh buvisi o‘rtasida yo‘l topishga odatlanadi. Kattalar orasidagi beqarorlik va kelishmovchilikni sezgan bola mug‘ambirlik, aldamchilik, tilyog‘la-malik, xushomadgo‘ylikka o‘rganadi.

Oilaning vazifalari quydagilardir:


  • oilada sog`lom muhitni yaratish;

  • tarbiya jarayonida milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish

  • farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o’rnak bo’lishi;

  • farzandlarning ota-onasiga, Vatanga muhabbat tuyg`usini shakllantirish;

  • farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish;

  • ma`rifatli va ma`naviyatli kishilar bo’lib yetishishlarini ta`minlash;

  • ma`naviy barkamol va jismonan sog`lom bo’lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish;

  • farzandlarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, istiqlol g`oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;

  • farzandlarning bo’sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish, ularga qo’shimcha ta`lim berish;

  • farzandlarida mavjud bo’lgan iste`dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish;

  • Ota-onalar o’zlarining pedagogik va psixologik bilimlarini doimo oshirib borish;

  • shaxslarda (tejamkorlik va ishbilarmonlik xususiyatlarini tarbiyalash;

  • oilada milliy ia umuminsoniy tarbiyaning barcha yo’nalishlarini (huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, ekologik, axloqiy, mehnat, fuqarolik va h.k.) uyg`un xolda bosqichma-bosqich amalga oshirishga masullikni ta`minlash;)

—sog`ligida va aqlida nuqsonlari bo’lgan farzandlariga xayot talablariga mos ravishda bilim va kasb-kor o’rgatishdan iborat.

Ota-onaning farzand oldidagi burchi-o’zbekona ta`bir bilan aytganda, farzandga yaxshi ism qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirib savodini chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, oilali va uyli-joyli qilishdai iboratdir.



Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   349




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish