Ruxiy pedagogik tayyorgarlik - pedagogikaning metodologik acoclari va kategoriyalarini, shaxsniig ijtimoiylashuvi va taraqqiyoti qonuniyatlari, ta’lim va tarbiyaning moxiyati, maqsadi va texnologik g’oyalarini bilish.
Sangvinik – temperament turlaridan bo’lib, chaqqon, harakatchan, taassurotlari tez o’zgaradigan, boshqalarga nisbatan dilkashlik, mehribonlik xislatlari bilan xarakterlanadi.
Sanoat psixologiyasi – sanoat va ishlab chiqarishda turli yuzaga keladigan muammo va xolatlarni psixologik va ijtimoiy omillarini tahlil qilib olishga qaratilgan xizmatlari turi.
Simpatiya – bir kishida boshqasiga nisbatan kuzatiladigan moyillik va yoqimlilik hislarining ichki namoyon bo’lishi.
Sosiologiya – jamiyatda yuz beradigan turli-voqyea-xodisalarni va o’zaro munosabatlarni o’rganishga qaratilgan fan.
Suxbat - kuzatuv juda yetarli darajada aniq, bo’lmagan zarur axborotni olish uchun qo’llanadigai tadqiqot metodi.
So’rov – asosiy metodlardan biri bo’lib, nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bavosita ma’lumot olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |