O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g. B. Amirova, E. Nasimov p е dagogik a. Psixologi ya



Download 1,31 Mb.
bet115/349
Sana01.01.2022
Hajmi1,31 Mb.
#296631
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   349
Bog'liq
2 5244712396257232653

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish maqsadida har kim umumiy o’rta ta’lim asosida akademik liseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishning yo’nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.

Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo’yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limning navbatdagi bosqichida davom ettirish uchun asos bo’ladigan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.

Akademik lisey o’quvchilarning intellektual qobiliyatlarini o’stirshni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo’naltirlgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o’rta maxsus yurtidir.

Kasb-hunar kolleji o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlagan kasblar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o’rta kasb-hunar o’quv yurtidir. Akademik lisey davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’rta maxsus ta’lim beradi. O’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olib, ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirlgan, tabaqalashtirilgan kasbga yo’naltirlgan ta’lim olishini ta’minlaydi.

Akademik liseylarda o’quvchilar o’zlari tanlagan yo’nalishi bo’yicha (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bilim saviyalarini oshirish hamda fanni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar ko’nikmalarini o’zlarida shakllantirsh imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu ko’nikmalarni o’qishni muayyan oliy ta’lim muassalarida davom ettirish yoki mehnat faoliyatida ro’yobga chiqarishlari mumkin.

Kasb-hunar kolleji davlat ta’lim standartlari doirasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.

Kasb-hunar kollejlari jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, o’quv jarayonining tashkil etilishi jihatidan yangi tipdagi ta’lim muassalari hisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o’quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining vazifalari quyidagilardan iborat:

davlat ta’lim standartlari doirasida umumta’lim va kasb-hunar dasturlarini bajarish;

o’quvchilarning uzluksiz ta’limining keyingi bosqichida o’qishni davom ettirishni tanlagan mutaxassisliklar bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanishi uchun zarur va yetarli bo’lgan bilimlar hamda kasb tayyorgarligi darajasini chuqurlashtirish;

respublika iqtisodiyotining malakali kichik mutaxassis kadrlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish.

Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. U ta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish va egallagan kasb-hunar bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanish huquqini beradi.


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   349




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish