O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi farg`ona davlat universiteti Tabiiyot geografiya fakulteti


Abu Ali  al-  Husayn  ibn Abdulloh ibn al  Hasan ibn Ali



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana15.11.2019
Hajmi0,83 Mb.
#26009
1   2   3   4   5
Bog'liq
ozbek kimyogar olimlarini kimyoni rivojlantirishdagi faoliyati


Abu Ali  al-  Husayn  ibn Abdulloh ibn al  Hasan ibn Ali  (980-  yil  Afshona 

qishlog’i -  1037- yil Hamadon shahri Eron) 450 dan ortiq asar yozgan. Ulardan 

80  tasi  falsafaga,  43  tasi  tabobatga  oid  bo’lib,  qolganlari  mantiq,  psixologiya, 

tibbiyot,  astronomiya,  matematika,  musiqa,  kimyo,  axloq,  adabiyot  va 

tilashunoslikka asoslangan. Ibn Sino fikricha avval tog’u-toshlar, so’ng o’simlik, 

hayvonot taraqqiyotning yakuni sifatida boshqa jonzotlardan aqli, tafakkur qilish 

qobiliyati va tili bilan farq qiluvchi inson vujudga kelgan. Materiyaning eng soda 

bo’linmas shakli 4 unsur : havo, suv, olov, tuproqdan iborat. Ulardan murakkab 

narsalar  tashkil  topadi.  Unsurlar  yo’qolmaydi,  abadiy  saqlanadi,  degan  fikrlarni 

bayon qilgan. U ma’danlarni to’rt guruhga : toshlar, eriydigan jismlar (metallar), 

oltingugurtli yonuvchi birikmalar va tuzlarga bo’lgan. 

 Bu  tasnif  XIX  asrgacha  deyarli  o’zgarishsiz  saqlanib  keldi.  Boshqa  tabiiy 

fanlar  qatori  kimyo  bilan  shug’ullangan  va  unga  oid  asarlar  ham  yozgan.  Bu 

asarlarni  turli  davrlarda  yozgan  bo’lgani  uchun  ularning  Ibn  Sinoning  kimyoga 

bo’lgan  munosabatining  evolutsion  o’zgarib  borishi  yaqqol  aks  etgan.  Uning 

kimyo sohasida aytgan fikrlari o’sha davrdagi alkimyo uchun nihoyatda ilg’or edi. 

Ibn  Sino  21  yoshida  ya’ni  ilmiy  faoliyatining  bo’sag’asida  metallar 

transmutatsiyasiga, ya’ni oddiy metallarni oltin va kumushga kimyoviy yo’l bilan 

aylantirish  mumkinligiga  ishongan  va  muqaddam  kimyogarlarning  ta’siri  ostida 

“Risola asosan’a ilal-Baraqiy” (“Baraqiyga atab san’at (al-kimyo)ga doir risola”) 

nomli kichik asar yozgan, lekin 30 yoshlarga borib ilmiy tajribasi ortdi. Yosh olim 

bu sohadagi ishlarni zoye ketishiga amalda ishonch hosil qildi va “Risola aliksir” 

(“Iksir  haqida  risola”)  asarida  kimyoviy  yo’l  bilan  sof  oltin  va  kumush  olish 

mumkinligiga shubha bildirdi. 40 yoshlarda yozishga kirishgan “Kitob ash-shifo” 

da  kimyogarlarning  transmutatsiya  sohasidagi  barcha  harakatlari  befoyda 

ekanligini  nazariy  jihatdan  isbotlashga  urindi.  Uning  fikricha,  o’sha  vaqtda 

ma’lum bo’lgan har bir metal alohida bir modda bo’lib, kimyogarlar o’ylagandek, 

bir yagona metallning turi emas. U oltinning alohida bir elementligini bilmasada, 



 

25 


uni  narsalardan  yasab  bo’lmasligini  ham  anglagan  edi.  Olimning  bu  nazariy 

mulohazalari  o’rta  asr  kimyosining  ilmiy  kimyoga  o’sib  o’tishida  ilmiy  rol 

o’ynadi.  Ibn  Sino  turli  kasalliklarning  differensial  diagnostikasida  va  gavdaning 

umumiy  holatini  aniqlashda  tomir  urushi,  siydik  va  najasga  qarab  olingan 

belgilarga  katta  e’tibor  berdi.  Masalan,  diabet  (qand)  kasalligini  u  siydikning 

holati  va  jumladan,  undagi  shirinlik  moddasiga  qarab  tashxis  qiladi.  Vabo  va 

o’latni  farqlagan.  Yuqumli  kasalliklar  bilan  og’rigan  bemorlarni  boshqalardan 

ajratgan  holda  saqlash  kerakligini  ta’kidlagan.  Meningit,  oshqozon  yarasi,  sariq 

kasalligi,  plevrit,  moxov,  zaxm,  qizamiq,  suvchechak,  kuydirgilar  haqida  to’g’ri 

tasvirlar  bergan.  Jigar  kasalliklarini  ko’proq  mayiz,  anjir,  anor  iste’mol  qilishini 

buyuradi.  Hozir  kasallikning  glyukoza  va  insulin  bilan  davolash  usuliga  xosdir. 

Jarrohlikda anesteziya (og’riqni sezdirmaslik) uchun u afyun, mingdevona, nasha 

va shu kabi narkotik ta’sirga ega dorilardan foydalangan. Tabobatda sano, kofur 

(kamfora),  rovoch,  tamrhindiy  (hind  xurmosi)  kabi  dorilarning  ishlatilishi,  asal 

o’rnida ko’p dorilarning qand shakllari asosida tayyorlashni ham taklif etgan. Uni 

dorivor  o’simliklarni  yig’ish,  saqlash,  qayta  ishlash  usullari  hozir 

dorishunoslikdagi  usullarga  juda  yaqindir.  Tabiiy  dorilar  bilan  bir  qatorda  Ibn 

Sino birinchilardan bo’lib kimyoviy usulda tayyorlangan dorilarni ham ishlatgan. 

Kasallikning  turiga  qarab  avval  soda,  so’ng  murakkab  tarkibli  dorilar  bilan 

davolagan.  Eng  muhimi  u  oziq-  ovqatlarning  shifobaxsh  ta’siriga  katta  ahamiyat 

berib,  davolashni  shunday  mahsulotlardan  (meva,  sut,  go’sht,  sabzavot  va  hk.) 

boshlagan. Dori tayyorlashda bemorning mijozi (issiq, sovuq, ho’l, quruq), yoshi, 

iqlim sharoitini hisobga olish zarurligini ta’kidlaydi. 

Ibn  Sino tibga  oid  yozgan  asarlarining  30  dan ortig’i  bizgacha  yetib  kelgan. 

Ularning  orasida  “Qonun”  kabi  ensiklopediya    bilan  bir  qatorda  tibning  ayrim 

nazariy  va  amaliy  masalalariga  bag’ishlangan  turli  hajmdagi  )”Urjuza  fit-tib” 

(“Tibbiy  urjuza”)  “al-Adviyat  al-qalbiya”  (“Yurak  dorilari”)  kabi  ko’plab 

risolalari bor. 

Xorazmda  yashab  ijod  etgan  Abu  Rahyon  Beruniyning  “Qimmatbaho 

toshlarni bilib olish bo’yicha ma’lumotlar to’plami” degan risolasi o’sha davrdagi 



 

26 


Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, hatto Yevropada ham ma’danshunoslik sohasidagi 

eng yirik asar hisoblanadi. 

Beruniyning  nasl-nasabida  “berun”  so’zi  “tashqi  shahar”,  “Beruniy”  esa 

“Tashqi  shaharda  yashovchi  kishi”  ma’nosini  bildiradi.  Beruniy  Ma’mun 

akademiyasi  anjumanlarida  faol  qatnashgan.  Beruniyning  Ibn  Sino  bilan 

yozishmalarida  tabiat  falsafasi  va  fizika  masalalari,  fazo,  issiqlikning  tarqalishi, 

jismlarning issiqdan kengayishi, nurning aks etishi va so’nishi masalalari ochilgan 

edi.  Beruniy  “Mineralogiya”  ya’ni  “Kitob  al-javohir  fi  ma’rifat  al-javohir” 

(“Qimmatbaho  toshlarni  bilib  olish  bo’yicha  ma’lumotlar  to’plami”)  asari  o’sha 

davrdagi  eng  qimmatli  asar  hisoblangan.  “Dorivor  o’simliklar  haqida  kitob” 

(“Saydana”)  Sharqda,  jumladan,  Turkistonda  o’sadigan  dorivor  o’simliklarning 

tavsifi berilgan. Beruniyning 152 ta kitob va risolalaridan 70 tasi falakiyot, 20 tasi 

riyoziyot,  12  tasi  geografiya  va  geodeziya,  3  tasi  madaniyatshunoslik,  4  tasi 

xaritografiya, 3 tasi iqlimshunoslik, 15 tasi tarix va elshunoslik, 4 tasi falsafa, 18 

tasi adabiyotga oid asarlardir. U mineralogik tekshirishda qimmatbaho toshlarning 

rangini yaltiroqligini, qattiqligini aniqlash, uning magnet va elektr xususiyatlarini 

kuzatish,  eritib  sinash  usullaridan  foydalangan.  U  minerallarni  ta’riflashda  zarur 

omillardan biri sifatida ularning solishtirma og’irliklarini tartibli ravishda aniqlab, 

mineralogiyaning  amaliy  ishlariga  joriy  qilishi,  minerallarning  tabiiy  tasnif 

asoslarini  ishlab  chiqishga  urinib  ko’rdi.  Minerallarning  u  aniqlagan  solishtirma 

og’irligi hozirgi zamon o’lchov natijalariga juda yaqin. Minerallar va qimmatbaho 

toshlarning  paydo  bo’lishi  haqida  ilmiy  fikrlar  ayrgan.  Solishtirma  og’irlikni 

aniqlash uchun  maxsus  asbob ixtiro  etgan. U  alkimyoda  qo’llanilgan g’ayriilmiy 

va  asossiz  uslublarni  tanqid  qildi.  Qimmatbaho  toshlardan  ba’zi  minerallarning 

“mo’jizakor  xususiyatlari”  ni  inkor  qildi.  Bu  holda  “hodisalarning  haqiqiy 

sababini  bilmovchilar  uchun  bir  vajdir”,  deb  hisoblaydi.  Beruniy  alkimyo  yo’li 

bilan oltin va kumush tayyorlash fan hal qila olmaydigan behuda urinishdir, degan 

xulosaga  keladi.  “Mineralogiya”  da  har  bir  qimmatbaho  tosh  yoki  metallarni 

tavsiflash  jarayonida  arab  mumtoz  shoirlarining  o’sha  tosh  yoki  metal  haqida 

yozgan  she’rlaridan  namunalar  keltirilgan.  Dunyoning  tuzilishini  tushuntirishda 



 

27 


Beruniy  atomizmga  yaqin  bo’lgan.  Uning  atomistikasi  atomlarning  moddiy 

xarakteristikasini  va  har  qanday  determinizmni  inkor  etuvchi  mutakallimlarning 

fikr va qarashlariga qarama-qarshi qo’yilgan.  [ 11 ] 

Sharqning  qomusiy  olimi,  tabib  va  mutafakkir  Abu  Bakr  Muhammad  ibn 



Zakariyo  ar-Roziy  Tehron  yaqinidagi  Ray  shahrida  865-yilda  dunyoga  keldi. 

Yoshligidan  bilimga  chanqoq,  qiziquvchan  ar-Roziy    avvalo  Tehronda,  so’ng 

Buxoroda,  Bag’dodda  ham  diniy,  ham  dunyoviy  bilimlarni  o’rgandi. 

Yoshligidanoq  ar-Roziy  o’sha  paytda  keng  tarqalgan  qarashlarga  hamohang 

ravishda  turli  metallarni  oltinga  aylantirish  borasida  tajribalar  olib  bordi.  30 

yoshida Bag’dodga kelib tibbiyot ilmini o’rgana boshladi. O’rta asr Yevropasida 

lotincha Razes nomi bilan tanilib, o’z davrining Jolinusi (Galeni) deb atalgan. 

Roziyning tabobatga oid asarlaridan  36 tasi bizgacha yetib kelgan. U terapiya, 

xirurgiya,  diagnostika,  sanitariya-gigiena,  farmokognoziya,  farmokologiya, 

anatomiya,  psixologiya  kabi  ilmlarni  yangi  g’oya  va  ixtirolar  bilan  boyitgan. 

Tabobat  bilan  bog’liq  bo’lgan  botanika,  mineralogiya  va  kimyo  sohasida  ham 

ancha  muvaffaqiyatga  erishgan.  Uning  eng  mashhur  asarlaridan  biri  “Kitob  al-

hoviy fit tib”(“Tibbiyotga oid bilimlar majmuasi”) nomli to’plamidir. Unda antik 

davrdan to Roziy zamonasigacha bo’lgan nazariy va amaliy ma’lumotlar berilgan. 

Ar-Roziyning kimyo sohasiga oid bo’lgan asarlaridan “Sirli hodisalar kitobi” 

va  “Sirli  hodisalarning  sirlari  kitobi”  mashhur  bo’lib,  ularda  olim  qadimgi  grek 

faylasuflari  va  kimyogarlari,  VIII  va  IX  asrlarda  yashab  ijod  etgan  arab 

olimlarining  asarlarini  umumlashtiradi.  Ar-Roziy  kimyoviy  tajribalar  orqali 

metallar  transmutatsiyasiga  erishishni  orzu  qilar  edi.  Uning  fikricha,  kimyoning 

asosiy  maqsadi  oddiy  toshlar,  ya’ni,  kvarts,  chaqmoqtoshdan  qimmatbaholarini 

hosil  qilishdir.  Buning  uchun  u  Jobir  ibn  Hayyom  tajribasiga  murojaat  qilgan 

holda,  qimmatbaho  tosh  va  metallar  hosil  qilish  uchun  nafaqat  oltingugurt  va 

simob ishlatilishini, balki, ular qatoriga tuzni ham qo’shish kerakigini ta’kidlaydi.  

[ 12 ] 

O’z  asarlarida  kimyogar  o’sha  zamon  allomalari  foydalanadigan  turli  xil 

kimyoviy  uskunalar  va  reaksiyalarni  tavsiflab  beradi.  “Sirli  hodisalar  kitobi”  da 


 

28 


ar-Roziy  kimyoda  ishlatiladigan  barcha  materiallarni  uchga  bo’ladi:  narsalarni, 

uskunalarni  va  reaksiyalarni  bilish.  Kimyo  tarixia  ilk  marotaba  ar-Roziy  o’ziga 

ma’lum  bo’lgan  moddalarni  tasniflashga  harakat  qiladi  va  ularni  uchta  katta 

guruhga bo’ladi. Bular : minerallar, o’simliklar va hayvonlardir. Minerallarga oid 

moddalarni u o’z navbatida oltita kichik guruhga – “ruh” (uchuvchan moddalar), 

“tana”  (metallar),  “tosh”,  “kuporos”,  “suyuq”  va  “tuz”larga  bo’ladi.  O’simlikka 

oid  moddalarni  ar-Roziy  ular  juda  kam  ishlatilgani  uchun  sanamaydi. 

Hayvonlarga oid moddalarga u tuk, suyaklar, miya, safro, qon, sut, tuxum, shoxni 

kiritadi.  Kimyoviy  jarayonlar  ichida  u  suyultirish,  filtrlash,  yuqori  haroratda 

moddani  ushlab  turish,  distillash,  sublimatsiya,  amalgamatsiya,  eritish, 

quyultirishni ta’riflaydi. 

Ar-Roziy 925-yili vataniga qaytgach, vafot etadi. 

 

 

1.6. 



O’zbekistonda kimyo sanoati istiqbollari. 

 

“O’zkimyosanoat”  davlat-  aksiyadorlik  kompaniyasi  –  O’zbekiston 

Respublikasi  kimyo  korxonalarini  birlashtiruvchi  va  kimyon  tarmog’i 

rivojlanishining umumiy  konsepsiyasini ishlab  chiqib, uni  tadbiq  etuvchi  yagona 

komil  korporativ  tizim.  Kompaniya  mustaqillik  yillarida  respublikamizdagi  eng 

yirik kimyo korxonalarining ishlab chiqarish, innovatsion va marketing siyosatini 

yuritish  va  shu  orqali  ham  kimyo  ishlab  chiqaruvchilar,  ham  respublika 

iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun sharoitlar yaratib kelmoqda.  

Kompaniya  tarkibiga  12  ta  sanoat  korxonalari,qishloq  xo’jaligiga  mineral 

o’g’itlar yatkazib beradigan 13 ta hududiy distribyuterlik tashkilotlari, 2ta ilmiy-

tadqiqot  va  loyihalash  instituti  va  “Kimyotrans”  tashqi  iqtisodiy  transport-

ekspeditorlik  kompaniyasi  kiradi.  Kompaniyaning  keng  qamrovli  tarkibi  uni 

respublikadagi  eng  yirik  ishlab  chiqarish  iqtisodiy  guruhi  qatoriga  chiqarib, 

mamlakatimiz kimyo sohasining umumiy faoliyatini ilmiy tadqiqotlar va eng keng 

kimyo  mahsulotlar  turlarini  ishlab  chiqarishdan  boshlab,  to  mahsulotni 


 

29 


iste’molchilarga  yetkazib  berish  va  taqsimlashgacha  tashkil  qilish  imkonini 

yaratdi. 

Respublikaning  zamonaviy  kimyo  sanoati  tarixi  Sho’rsuv  oltingugurt  koni 

1932- yilda ishga tushirilishi bilan boshlandi.  [ 13] 

1940-yilda  kmyo  sanoatining  eng  yirik  korxonasi  –  Chirchiq  elektrokimyo 

kombinati (bugungi kunda “Maksam-Chirchiq” OAJ) mahsulot bera boshladi. 

1962-yili  Farg’ona  azotli  o’g’itlar  zavodi  (bugungi  kunda  “Farg’onaazot” 

OAJ) ishga tushirildi. 

1964-yilda  Navoiy  kimyo  kombinati  (hozirgi  kunda  “Navoiazot”  OAJ) 

mahsulot bera boshladi. 

1969-yilda  Olmaliq  kimyo  zavodi  (bugungi  kunda  “Ammofos”  OAJ)  ishga 

tushirildi. 

Hozirgi  vaqtda  “Maksam-Chirchiq”,  “Navoiyazot”  va  “Farg’onaazot”  ochiq 

aksiyadorlik  jamiyatlari  azotli  o’g’itlar  –  ammiakli  selitra,  karbamid,  ammoniy 

sulfati  ishlab  chiqardilar.  “Ammofos”,  “Samarqandkimyo”  va  “Qo’qon 

superfosfat  zavodi”  ochiq  aksiyadorlik  jamiyatlari  fosforli  o’g’itlar  –  ammofos, 

superfosfat,  oddiy  ammoniyli  superfosfat,  ammoniy  sulfofosfat  va  nitrokalsiy 

fosfat  ishlab  chiqaradilar.  Ularni  xomashyo  bilan  Qizilqum  fosforit  kombinati 

ta’minlaydi.  “Elektroximzavod”  QK-YoAJ  o’simliklarni  muhofaza  qilish  kimyo 

vositalarini ishlab chiqaradi. 

Kimyo  korxonalarining  asosiy  qismi  “O’zkimyosanoat”  davlat  aksiyadorlik 

kompaniyasi  tarkibiga  kiradi.  Bu  korxonalarni  ishlab  chiqaradigan  mahsulotlar 

turlaridan kelib chiqib quyidagi ishlab chiqarish majmualariga bo’lish mumkin: 

mineral  o’g’itlar,  noorganik  moddalar  va  energetika,  oltin,  kon  kimyo 

sanoatlari  uchun  va  kimyo  regentlar  ishlab  chiqarish  majmuasi,  organik  kimyo, 

sun’iy tola va polimer materiallar ishlab chiqarish majmuasi

o’simliklarni muhofaza qilish kimyo vositalari ishlab chiqarish majmuasi; 

kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish majmuasi. 

 


 

30 


“O’zkimyosanoat”  DAK  korxonalarida  250  dan  ziyod  turdagi  kimyo 

mahsulotlari ishlab chiqariladi. 

Kompaniya o’z oldiga mamlakatning boy xomashyo zahiralarini qayta ishlash 

va  o’zlashtirish,  o’z  injenering  tuzilmalar  tadqiqotlari  va  ilg’or  xorijiy 

texnologiyalarni  jalb  etish  negizida  chuqur  ilmiy  va  zamonaviy  ishlab  chiqarish 

quvvatlarini  yaratish;  tarmoqda  faol  ijtimoiy  siyosat  yuritish,  ishlab  chiqarishda 

eng yuqori ekologik tozalikni ta’minlash, chiqindilarni tozalash texnologiyalarini 

va atrof- muhitni saqlash dasturlarini joriy etish kabi maqsadlarni qo’ygan. 

Bugungi  kunda  respublikamiz  “O’zkimyosanoat”  kompaniyasi  kimyo 

sanoatini  zamonaviylashtiish,  rekonstruksiya  qilish    va  texnika  bilan  qayta 

jihozlashga yo’naltirilgan yagona texnika siyosati o’tkazish, resurslarni tejaydigan 

samarali  texnologiyalarni  joriy  etish,  ishlab  chiqarishni  va  butlovchi  mahsulotlar 

ishlab  chiqarishni    mahalliylashtirishni  ishlab  chiqarish  kabi  muhim  vazifalarni 

bajarish yo’lida faoliyat ko’rsatmoqda. 

Shu  bilan  birga  tarmoqni  rivojlantirishning  kimyo  sanoatini  barqaror 

yuksaltirishga, 

raqobatbardoshli 

kimyo 


mahsulotlari 

ishlab 


chiqarishni 

ko’paytirishga, eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan o’rtacha muddatli va 

uzoq  muddatli  dasturlarini  ishlab  chiqish  va  amalgam  oshirish  ishlari  muntazam 

olib borilmoqda.  

Mineral o’g’itlar va defoliantlarni sotish bo’yicha har yili yarmarka savdolari 

o’tkazilishi tashkil etilmoqda.  

Xorijiy  va  vatanimiz  investorlarini  jalb  etgan  holda  kimyo  sanoati 

korxonalarini chuqur isloh qilish va xususiylashtirish, menejmentning zamonaviy 

usullarini  egallagan  va  bozor  sharoitlarida  samarali  ishlashga  qodir  bo’lgan 

muxandis-texnik  kadrlar  va  boshqaruv  kadrlari  malakasini  oshirish  hamda  ularni 

qayta  tayyorlash  kabi  chora-tadbirlar  respublikamiz  kimyo  sanoatini  yanada 

rivojlantirish tomon qo’yilgan muhim qadamlardan bo’lmoqda.  

 

 

 



 

31 


1.7. 

O’zbekistonda oily va o’rta maxsus ta’lim tizimining vujudga kelishi. 

 

XX  asrning  20-yillari  boshlarida  O’zbekistonnig  ijtimoiy  taraqqiyoti 

hududidagi  kam  sonli  mahalliy  ziyolilar  faoliyatidan  foydalanish  bilan  birga, 

iqtisodiy va madaniy sohalarni boshqara oladigan malakali rahbarlar tayyorlashni 

taqozo etadi. O’lka iqtisodiy va madaniy hayotini ko’tarish, oliy va o’rta maxsus 

o’quv  yurtlarda  mutaxassislarni  o’qitish  asosidagina  bajarilishi  mumkin  edi.  Bu 

ayniqsa,  mahalliy  aholi  orasida  juda  jiddiy  sezilar  edi.  Zamonaviy  tarzdagi  oliy 

o’quv yurtining tashkil topishi Turkiston sovetlari III-syezdining qarori (1917-yil 

15-22-noyabr)  asosida  1918-yil  21-aprelda  Turkiston  Xalq  Universitetining 

ochilishi  bilan  bog’liq.  (“Narodovoi  Universitet”)  1918-yil  24-aprel;  “Nasha 

gazeta”  1918-yil,  №81”.  Xalq  universiteti  50  dan  ortiq  ta’lim  va  ma’rifiy 

yo’nalishdagi  muassasalarni biriktirgani o’ziga  xos  o’quv –  ma’rifiy  markaz  edi. 

Uning  tarkibida  adabiy-falsafa,  ijtimoiy-iqtisodiy,  tabiiy-matematika,  irrigatsiya 

va  texnika  fakultetlari,  ayni  paytda  musiqa  maktabi,  konservatoriya,  turli  kurslar 

faoliyat ko’rsatdi. Universitet Samarqand, Qo’qon va Andijonda o’z bo’limlariga 

ega edi.  

Xuddi  shu  yilning  noyabr  oyida  Toshkentda  ikkinchi  oliy  o’quv  yurti  – 

Turkiston  sharqshunoslik  instituti  ochildi.  Shuni  ta’kidlash  lozimki,  Turkiston 

Xalq Universiteti va Sharqshunoslik instituti tashkiliy tuzilishlar, o’quv dasturlari 

va rejalari pedagogik kadrlarning sayoz ilmiy – uslubiy malakasi nuqtai nazaridan 

hali to’la ma’nodagi oliy o’quv yurti talabiga javob bermas edi. Bundan tashqari 

ularda  o’quv  va  ilmiy  adabiyotlar  hamda  moddiy-moliyaviy  yetishmovchiliklar 

ham ochiq sezilar edi. 

Respublika  hukumati  ushbu  holga  e’tiborni  kuchaytirdi  va  1918-  yilning 

kuziga  kelib,  TXU  ning  tashkiliy  tuzilishida  jiddiy  o’zgarishlarni  amalgam 

oshirdi.  Oliy  o’quv  yurti  ixtisosligiga  to’g’ri  kelmaydigan  muassasalar  zudlik 

bilan xalq ma’rifat komissarligi tizimiga o’tkazildi. Respublika hukumati davlat, 

jamoat  tashkilotlari,  hamda  Toshkent  shahri  mehnatkashlarining  sayi-harakatlari 

tufayli universitetning o’quv, ilmiy salohiyati kengaydi, adabiyotlar jamg’armasi 


 

32 


ko’paydi, yangi ilmiy laboratoriya va xonalar tashkil etildi, o’qituvchi va talabalar 

soni  ortib  bordi.  Agar  1918-yil  kuzida  universitetda  560  talaba  ta’lim  olgan 

bo’lsa,  1919-  yil  oxiriga  kelib  ular  soni  1314  taga  yetdi.  Shunga  mos  ravishda 

o’qituvchilar  soni 60  tadan  90 taga  yetdi.  1919-yilning  oxiriga  kelib, universitet 

tarkibida qishloq xo’jaligi va tibbiyot fakulteti ish boshladi.  

Davlat  va  jamoat  organlarining  hamda  Moskva  va  Petrograd  ilmiy 

jamoatchiligining  bevosita  yordami  natijasida  universitetda  mustahkam  o’quv-

moddiy baza yaratildi.  

Bu  albatta  Turkiston  universitetining  haqiqiy  oliy  o’quv  yurti  sifatida 

shakllanishiga  huquqiy  jihatdan  imkon  berdi.  Bu  RSFSR  XKS  ning  1920-yil  7- 

sentabrdagi  dekreti  bilan  tasdiqlandi.  Shu  paytdan  boshlab  ushbu  o’quv  yurti 

Turkiston Davlat Universiteti deb atala boshlandi. 

Universitet nafaqat O’zbekiston, shu bilan birga O’rta Osiyo va Qozog’iston 

Respublikalari uchun ham xodimlar tayyorlar edi. Shuning uchun ham Turkiston 

MIQ  ning  1923-yil  19-iyuldagi  qaroriga  muvofiq  Turkiston  Davlat  Universiteti 

O’rta Osiyo Davlat Universiteti (SA-GU) ga aylantiriladi.  

1924-25  –o’quv  yilida  universitetda  3000  talaba  o’qir  edi.  Vaholanki,  1922- 

yilda  ularning  soni  1953  tani  tashkil  etar  edi.  Faqatgina  shu  yili  Sharqshunoslik 

instituti  o’zining  400  talabasi  bilan  alohida  fakultet  sifatida  universitetga 

qo’shildi.  

O’sha  davrdagi  muhim  ishlardan  biri  o’qituvchi  kadrlar  tayyorlaydigan  oliy 

o’quv  yurtlarining  tashkil  etilishi  edi.  1925-  yil  mart  oyida  ushbu  masala 

respublika  xalq  ta’limi  komissarligida  ko’rib  chiqildi.  Bunday  oliy  o’quv  yurtini 

tashkil etish bo’yicha maxsus komissiya tuzildi. 1927- yil yanvarda Samarqandda 

yangi oliy o’quv yurti tantanali ravishda ochildi.  

Oliy  Pedagogika    Institutida  (OPI)  fizika-matematika,  tabiiy-  geografiya  va 

ijtimoiy-iqtisodiy bo’limlar tashkil etildi. O’qish muddati to’rt yil qilib belgilandi. 

1927-yilda institutda 55 talaba ta’lim olgan bo’lsa, 1930-yilga kelib ularning soni 

415 taga yetdi, ularning 70 foizini o’zbeklar va boshqa mahalliy  millat vakillari 


 

33 


tashkil  etardi.  (Samarqand  viloyati  arxivi,  637-fond,  1-ro’yxat,  157-ish,  17- 

varaq). 


Rabfaklar  va  texnikumlarning  o’sishi  bilan  institutga  qo’yilgan  maqsad 

yo’nalishi o’zgardi va 1930-yilda institut O’zbek Davlat Pedagogika Akademiyasi 

deb atala boshlandi. Bu vaqtda unda 400 talaba tahsil olardi. Akademiya o’n ikki 

bo’limdan  iborat  edi.  1929-yili  Toshkentda  kechki  pedagogik  instituti  tashkil 

etildi. 1930-yildan  respublikada to’rt  yillik  va  ikki  yillik  o’qituvchilar  institutlari 

tarmog’i  rivoj  topa  bordi.  Buxoro,  Farg’ona,  Namangan,  Andijonda  shunday 

institutlar  ochildi.(Umarov  S.U.  “Visshie  obrazovanie  v  Uzbekistane    za  25  let” 

Toshkent 1949, 46- bet.)  

Biroq,  shunga qaramay, oliy malakali kadrlar tayyorlash muammolari mavjud 

edi. 20- yillarning oxirlarida bu muammo ehtiyoji yanada kuchayib bordi. 

Bu  yillarda,  O’rta  Osiyo  Davlat  Universitetida  mavjud  fakultetlar  zamirida 

yangi tarmoq oliy o’quv yurtlari tashkil etila boshlandi. 1928-1930-yillarda yangi 

mustaqil institutlarning ajralib chiqish jarayoni sodir bo’ldi. Masalan, 1929- yilda 

O’rta Osiyo paxta-irrigatsiya politexnika instituti (SAXIPI), O’zbekiston qishloq 

xo’jaligi  instituti,  O’zbekiston  reja  instituti,  O’rta  Osiyo  qishloq  xo’jaligi 

institutlari tashkil etildi (SAXI,1930-y.). 

O’rganilayotgan  davrda  o’rta  maxsus  malakali  kadrlar  masalasi  ham  o’ta 

muhim  masalalardan biri sifatida kun tartibida turar edi. Umumta’lim  maktablari 

tomonidan  qo’yilayotgan  muhim  talablar  tufayli,  1920-  yildan  pedagogik  o’quv 

yurtlarning yangi turi – xalq maorifi institutlari tashkil etila boshlandi. Toshkentda 

o’zbek  (ayollar  va  erkaklar),  tatar,  tojik,  qozoq,  turkman,  qirg’iz  va  mahalliy 

yahudiy maorif institutlari ish boshladi (O’zR MDA. 34-fond, 1-ro’yxat, 501-ish, 

18-varaq.). 

1921-yilning  boshiga  kelib  respublikadagi  7  ta  maorif  institutlarida    1630 

talaba bilim oldi. Ularning barchasi davlat ta’minotida edi. Boshqa shaharlardan 

kelganlar  yotoqxona  bilan  ta’minlanar  edilar.  1923-yilga  kelib  1898  talaba  11ta 

shunday  institutlarda  ta’lim  oldilar.  Talabalar  ijtimoiy  kelib  chiqish  yuzasidan 


 

34 


quyidagi  ko’rinishda  edilar:  1083  dehqon,  453  ishchi,  362  boshqa  guruhlardan, 

637 firqa a’zolari, 1261 komsomol va kasaba uyushmalari a’zolari. 

Ushbu davrda texnika, qishloq xo’jalik, badiiy, musiqiy yo’nalishlar bo’yicha 

o’rta  bo’g’in,  mutaxassislarni  tayyorlashga  ham  alohida  ahamiyat  berildi.  1924-

yilda    O’zbekistondagi  52  ta  kasb-texnik  maktablarida  6479  kishi  ta’lim  oldi 

(O’zR  MDA,  86-fond,  1-ro’yxat,  4085-ish,  62-varaq).  Kasb-hunar  maktablariga 

o’zbek  o’quvchilarini  qabul  qilish  ham  kengayib  bordi.  Bu  davrda  barcha 

o’quvchilarning  50-60  foizini  o’zbeklar  tashkil  etardi  (Serbov  P.,  Nikiforov  A. 

“Narodnoe obrazovaniya v Uzbekistane” 209- bet.). 

Shunday tarzda, asta-sekinlik bilan sanoat, transport, aloqa va boshqa sohalar 

uchun xodimlar tayyorlana bordi, o’quv qo’llanmalari va darsliklar yaratildi. 

O’zbekistonda  qishloq  xo’jaligini  rivojlantirish  bu  soha  uchun    zarur 

mutaxassis xodimlar tayyorlashni talab qildi. 1921-22 o’quv yilida TA SSR Xalq 

maorifi  komissarligi  tomonidan  mavjud  qishloq  xo’jalik  bilim  yurtlari  mahalliy 

aholi  vakillariga  mo’ljallangan  to’rt  yillik  qishloq  xo’jalik  bilim  yurtlariga 

aylantiriladi.  Qishloq  xo’jalik  bilim  yurtlari  Toshkent,  Samarqand,  Qo’qonda 

faoliyat ko’rsata boshladi. Ularda 650 kishi ta’lim olardi.  [ 14 ] 

1927  yilga  kelib,  respublikada  924  o’quvchiga  bilim  beradigan  7  ta  qishloq 

xo’jalik o’quv yurtlari mavjud edi (O’zR MDA. 86-fond, 1-ro’yxat, 4085-ish, 62-

varaq.).  Qishloq xo’jalik texnikumlarining soni 1928-30 yillarda 9 dan 18 taga , 

o’quvchilar soni esa 1254 dan 3445 taga yetdi. 1930-yilda barcha bunday o’quv 

yurtlari respublika yer ishlari xalq komissarligiga o’tkazildi. Bu ma’lum ma’noda 

texnikumlar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. 

Bu  davr  musiqiy  va  teatr  ta’limi  tizimi  ham  shakllana  bordi.  1918-yilda 

Toshkentda Turkiston xalq konservatoriyasi tashkil etildi. Unda royal, duxovoy va 

xalq cholg’ulari va vokal bo’limlari mavjud edi. 1918-yilda konservatoriyada 300 

talaba ta’lim olgan bo’lsa, 1921- yilda ular soni 823 ga yetdi. 

1924-yildan  badiiy  studiyalar  respublikaning  barcha shaharlarida tashkil  etila 

boshlandi. 1926-27 o’quv yilida 3 ta badiiy bilim yurtida 251 o’quvchi, jumladan, 

162 o’zbek, 4 tojik, 78 yevropaliklar ta’lim oladilar.  



 

35 


Shunday qilib, O’zbekistonda oliy, o’rta-maxsus mutaxassislar tayyorlashning 

o’ziga  xos  tizimi  yaratildi.  Biroq,  son  ko’rsatkichlari  har  doim  ham  sifat 

ko’rsatkichlaridan  mutanosib  emasdi.  Ammo  o’sha  davrdagi  ta’lim  tizimining 

siyosiylashganiga  qaramasdan,  respublika  iqtisodiyoti  va  madaniyatini  yuqori 

malakali xodimlar bilan ta’minlash borasida muhim qadamlar qo’yilgandi. 


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish