Elektrotexnika ishlari: elektr o`tkazish simlarini montaj qilish hamda ish asboblari bilan ishlash usullarini o`rganish.
Uy-ro`zg`or buyumlarini ta`mirlash: pol qoplamalari va mebellarning loklangan hamda qoplamali yuzalarini saqlash tadbirlari va kichik ta`mirlash ta`mirlash ish usullarini o`rganish.
6-sinf
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishi bo`yicha o`quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo`lishlari kerak:
Metallga ishlov berish texnologiyasi: qora metall qotishmalari cho`yan va po`latning asosiy mexanik xossalari; tayyorlanadigan buyumlar; metallarni o`lchash va rejalash asboblaridan foydalanish; shtangensirkul bilan o`lchash usullari; tokarlik-vint qirqish stanogining vazifasi, qo`llanilishi, tuzilishi, asosiy qismlari va ularning vazifasi; tokar va chilangarning ish o`rnini tashkil qilish; tokarlik ishlarida moslamalardan foydalanish; metallga issiqlik va sovuqlik ishlov berishning mohiyati; texnika va konstruksiyalash elementlari; buyumlarni tayyorlash: loyihalash, o`lchash, rejalash, biriktirish, pardozlash, rejalash, arra bilan kesish, egovlash, zubilo bilan ishlash usullari, bir necha detal va tayyorlanmaga ishlov berish, metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo`yicha ish usullarini bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |