7 – amaliy mashg’ulot
7-MAVZU
|
Chinni ishlab chiqarish jarayoni
|
Ishdan maqsad: Talabalarni chinni ishlab chiqarish texnologiyasi haqida ma’ruza mashg’ulotlarda olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish.
Kerakli ma’lumotlar.
CHinni buyumlar ishlab chiqarishda yarimquruq usuli kukuni, plastik usul massasi, shliker ѐki eritma maxsus asbob va mashinalar ѐrdamida qoliplanadi. Qoliplanaѐtgan massalar namligi yuqoridagi usullarga ko’ra 6—8, 23—27 va 35—40 % atrofida bo’ladi. Birinchi usul ko’proq elektr chinnisi, ikkinchi usul xo’jalik buyumi va uchinchi usul badiiy chinni ѐxud sanitariya-texnika buyumlarini ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Misol tariqasida taq,simcha, lagan kabi chinni buyumlarni olishda plas-tik massa namligi 23—24 %, choynak, ko’za va kuvacha kabi murakkab buyumlarni olishda esa ushbu raqam 25—27 % ga tengligini keltirish mumkin.
CHinni buyumlarga termik ishlov berish texnologiyasi eng murakkab va mas’ul jaraѐn bo’lib, ma’lum darajada tayѐr mahsulotning sifatini ta’minlaydi. Qoliplangan chinni fayans buyumlari kabi quritiladi, so’ngra tunnelь pechlarida kuydiriladi. Sopol buyumlari kabi bu yerda ham termik ishlov ikki bosqichda olib boriladi.
Birinchi bosqichda temirga nisbatan kamroq bo’ladi. Masalan, xo’jalik-maishiy chinnisi, avval 900—950°S da kuydiriladi, sirti sirlanadi va 130,0—1350" da ik-kinchi marta kuydiriladi. So’ngra mahsulot yuzasi bo’yaladi va unga «oltin suvi» beriladi. Tayѐr buyum saralanib, sortlarga ajratiladi. So’ngra maxsus yashik va konteynerlarga joylanadi va tayѐr buyumlar omboriga jo’natiladi.
Termik ishlov vaqtida kaolin, gil va dala shpati parchalanadi. Kvarts esa polimorfizm hodisasiga duch keladi. Natijada uch molekula alyuminiy (III) oksidi ikki molekula kremniy (IV) oksidi bilan birikib, mullit nomli o’ta mustahkam, issiq va sovuq ta’siriga chidamli kimyoviy turg’un va ninasimon moddani hosil qiladi. Dala shpati esa massa tarkibida ko’zga ilg’amas holda erib, chin-nining yaltirashi va oqligini ta’minlovchi shisha modda hosil qiladi. Odatda, xo’jalik-maishiy chinnisi tarki-bidagi bu shishaning miqdori 40—50 % gacha boradi. Kvarts .yuqori temperatura ta’sirida tridimit nomli formaga o’tadi. Albatta, massa tarkibida oz miqdorda bo’shliqli havo bo’ladi.
SHunday qilib, xo’jalik maishiy chinnisi tarkibiga mullit va tridimit minerallari, shisha va havo kiradi. CHinni tarkibiga kiruvchi xomashѐlar nisbatining buzili- bilan bu moddalarning o’zaro miqdori ham o’zgaradi.Toshkentlik olimlar tomonidan yaratilgan yangi fos-foritli chinni buyumlarning tarkibi esa boshqacharoq Ularning tarkibiga mullit, anortit, apatit kabi minerallar va shisha moddasi kiradi. Ba’zi vaqtlarda tayѐr buyum garkibida vitlokit nomli mineral ham uchrab turadi.
Yumshoq chinni massasi asosida tayѐrlangan mahsulotlarda mullit minerali uchramaydi. Ularning tarkibida sh shpa moddasi juda ko’p miqdorda bo’ladi. Bu esa o’z navbatida bunday buyumlarning oqligi va shaffofligini oshiradi. Bunday chinni tarkibiga fosforli birikmalar ki-rtilsa, u holda shisha moddasi bilan bir qatorda, anortit va kristobolit minerallari hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |