5-ilova
Mashg’ulotning uslubiy ta’minoti:
1. E.Q.Qosimov, T.A.Otaqo’ziev. Mineral bog’lovchilar va ulardan tayyorlanadigan buyumlar. Toshkent, ”O’qituvchi”, 1984 yil.
2. L.M.Botvina. Stroitelьnыe materialы iz lessovidnыx suglinkov. Toshkent, ”O’qituvchi”, 1984.-128 s.
3. G.N.Maslennikova i dr. Keramicheskie materialы. M., 1991.
4. L.I.Popov.Qurilish materiallari va detallaridan laboratoriya ishlari. Toshkent, “O’qituvchi”, 1992 yil.
5. Stroitelьnыe materialы /Pod obщey red. V.G.Mikulьskogo. M.: Izd-vo ASV, 2000 g.
6. R.A.Rahimov, L.M.Botvina. Silikat g’isht mustahkamligini oshirish. TAQI, Toshkent, 2002 y.
6 – amaliy mashg’ulot
6-MAVZU
|
Sopol buyumlari va ularning turlari
|
Ishdan maqsad: Talabalarni sopol buyumlari va ularning turlari haqida ma’ruza mashg’ulotlarda olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish.
Kerakli ma’lumotlar.
Sopol mahsulotlari buyumning kimyoviy va minerologik tarkibiga yoxud ishlatiladigan xom ashyo turiga qarab klassifikatsiyalanadi. Masalan, ular xom ashyo turi va miqdoriga qarab, tuproqli fayans, ohakli fayans, qattiq fayans va yarim chinnilarga bo’linadi.
Tuproqli fayans buyumlari qadimiy bo’lib, kulolsozlik buyumlari nomi bilan yuritiladi. Agar ular sirlangan va gul chizilgan bo’lsa, sirlangan guldor sopol nomini oladi. Milodiy XV asrga kelib, mashxur italiyalik kulolsoz-xaykaltarosh Luka dela Robbianing sirlangan sopol buyumlarini ishlab chiqarishdagi ulkan ishlari tufayli bu soha Italiyaning Faentsa shaharlarida taraqqiy kiladi.
Guldor kulolchilik buyumlari fayans buyumlari deb atala boshlandi. XVI asrlarga kelib frantsuz xaykaltaroshi Bernara Palissining tadqiqotlari asosida Italiya fayansining yangi turi-flamand fayansi, XVI-XVIII asrda esa Delьfte shahrida golland fayansi yaratildi. Bu buyumlar tarkibiga 80-85 % yuqori haroratda eriydigan loytuproq bilan 15-20 % kuydirilgan chaqmoqtosh kirgan. Ayrim xollarda buyumlarning oqligini oshirish maqsadida tarkibga chinni guli qo’shiladi. CHaqmoqtosh o’rniga esa tabiiy kvarts va qum ishlatish mumkin. Unga surkaladigan sir esa yengil eriydigan shaffof yoki sidirga shiradan iborat. Uning sopolaki zich va mahkam bo’ladi.
Fayans - oq g’ovakli bo’lib, 9-22 % suv yutish xususiyatiga ega bo’lgan keramik buyum. Massa tarkibiga bog’liq ravishda u uch ko’rinishdagi fayansga bo’linadi: tuproqli (qadimgi), ohakli yumshoq va dala shpatli qattiq fayanslar. Bulardan birinchi ikki ko’rinishdagilari g’ovakli, 19-22 % suv yutish xususiyatiga ega bo’lib, yumshoq fayans deyiladi, uchinchisi esa suv yutish xususiyati 9-12 % ga teng bo’lib, qattiq fayans deyiladi.
Ohakli fayans - yumshoq fayans yoxud o’rta asr fayansi nomi bilan mashxur. Bu fayans turiga «turk» fayansi, yarim fayans buyumlari kiradi. Bu mahsulotlar milodiy X-XVIII asrlarga oid bulgan fors sopolsozligiga asoslangan bo’lib, uning tarkibida 30-40 % li gil, 30-50 % li kvarts, 0-10 % li dala shpati va 10-15 % ohaktosh bo’lgan. Ba’zi yerlarda ohaktosh o’rniga dolomit minerali ham ishlatiladi. Odatda ularning yuzasi tarkibida kurg’oshin oksidi bo’lgan sir bilan qoplanadi. Qo’llanilayotgan sir rangli, oq va shaffof bo’lishi mumkin.
Qattiq fayans - fayans buyumlari orasida muhim o’rinni egallaydi. Fayansning bu turi dala shpatili fayans nomi bilan ham ataladi. XVIII asrning boshlarida nemis xunarmandlari birinchi bo’lib bunday sopol buyumlarni kashf etishdi. Ularning massasi tarkibiga 45-65 % kulrang gilmoya, 25-40 % qumtosh va 8-15 % dala shpati kiradi. Gilmoya qisman chinni gili, dala shpati esa ishlab chiqarish chiqindisi bilan almashtirilishi mumkin.
SHamotli fayans buyumlari olishda massa tarkibiga ko’p miqdorda shamot qo’shiladi. SHamotni o’z navbatida gili yoki boshqa alyuminiy (III) oksidiga boy bo’lgan gilmoyani yuqori haroratda bir necha soat davomida qizdirish yo’li bilan olinadi. SHamotli fayans yuzasiga kalin angob, so’ngra shaffof bo’lgan sir surtiladi. Angobni ishlatishga shamotli fayans tarkibiga kiruvchi gilmoya vosita bo’ladi. Odatda bu xom ashyo yogli va yopishqoq bo’lishi kerak. Oxirgi xususiyatlar esa tarkibida temir va alyuminiy moddalari ko’p bo’lgan gillarga mansub.
Fayerton nomi bilan ataluvchi shamotli fayans massasi tarkibiga 25-45 % shamot kiradi. Yogli gilmoyaga qo’shiluvchi bu modda zarrachalarining o’lchami 2-5 mm oralig’ida bo’lishi kerak. Massa tarkibiga 4 % pegmatit, 18 % qum tuprok, 3 % o’ta yuqori yopishqoq gil va 0,1 % soda qo’shilishi mumkin.
Yarim chinni buyumlarini ishlab chiqarishda qattiq fayansdagi kabi xom ashyolar ishlatiladi. Usanitariya-gigiena va mexanika jihatidan qattiq fayans bilan chinni o’rtasidagi oraliq materialdir. Odatda yarim chinni tarkibiga 48-50 % gil va kaolin, 40-50 % kvarts va 5-10 % dala shpati kirgan bo’ladi. Agar massa tarkibiga ozroq miqdorda pishiqlikni oshiruvchi va kuydirish intervalini kattalashtiruvchi dolomit, magnezit yoki talьk qo’shilsa, bunday mahsulotni magnezilli fayans deb ataladi. Qoliplangan xom mahsulotlarning kuydirish protsessini 30-60 % barit mineralini massa tarkibiga kirish bilan yaxshilash mumkin. Bunday maxsulot baritli fayans nomi bilan yuritiladi.
Sopol idishlar yasash uchun sog’ tuproqqa 10-15 % yopishqoqlikni oshiruvchi bentonit nomli gil qo’shiladi. Bu esa buyumning chuziluvchanlikka mustahkamligini oshiradi va bentonitli fayans deb ataladi.
Tuproqli va ohakli fayans buyumlari yumshoq, sopol buyumlariga kiradi. Ular anchagina g’ovak bo’lib, 19-22 % suvni shimadi. Ularning 1 sm2 yuzasini sindirishga sarf qilinuvchi kuch 60-200 kg. ga to’g’ri keladi. SHu yuzaning siqilishga chidamliligi 600-900 kg atrofida bo’ladi. Issiqlikdan kengayish koeffitsienti esa 5060x10-7 grad.-1 ga teng.
Tuproqli va ohakli fayans turlari yorug’likni o’tkazmasligi, kovakligi va ko’p miqdorda suv shimishi, sarg’ish tusdagi va boshqa xususiyatlari bilan chinni buyumlaridan farq qiladi.
Tuproqli va ohakli fayansning asosiy kamchiligi temperaturaning o’zgarib turishiga turg’unsizligidir. SHuning uchun bunday buyumlar juda oz miqdorda ishlab chiqariladi. Uning massasi asosida galьvanika elementlari saqlanuvchi idish, filьtr, arzon xo’jalik buyumlari yasaladi.
Sopol buyumlar o’zining shakli, turlari, fizik-mexanik xossalarining turli-tumanligi bilan boshqa ashyolardan farq qiladi. Hozirgi kunda sopol buyumlari massasi turli xil usulda tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |