Korund asosida olingan buyumlarning xossalari
36-jadval
Sanoq soni
|
Buyumning xossa-xususiyatlari
|
O’lchov birligi
|
ko’rsatkichlar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1
|
A12O3 miqdori
|
%
|
99,5-99,8
|
2
|
Zohiriy zichligi
|
g/sm3
|
3,85-3,9
|
3
|
Xaqiqiy zichligi
|
g/sm3
|
3,99-4,0
|
4
|
G’ovakligi
Zohiriy
Haqiqiy
|
%
|
0,1 dan kam
3,5
|
5
|
Mustahkamlik chegarasi
Siqilishga chidamliligi
Egilishga chilamliligi
CHo’zilishga chidamliligi
|
g/sm2
|
10000
5000
2000
3000
3810
|
6
|
Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti
100 oS da
1000 oS da
|
Kkal-soat
grad
|
25
5
|
7
|
O’tga chidamliligi
|
oS
|
2050
|
8
|
Issiqlikdan kengayish koeffitsienti 20-120 oS oralig’ida
|
Grad106
|
8,5
|
9
|
2 kg/sm2 yuk ta’sirida deformatsiyalanish boshlang’ich temperaturasi
|
oS
|
1900
|
Og’ir sanoatning ildam rivoji metallarning yangi, mustahkam turini yaratishni taqazo etadi, bu esa o’z navbatida, o’tga chidamli, xumdonbob materiallar topish zaruriyatini tug’dirdi.
Davr talabi bilan MDH, Avstriya, AQSH, CHexiya, Slovakiya, Angliya va Yaponiya olim va mutahassislari hamkorlikda o’tga chidamli yangi mahsulotlar-magnezitli, xromitli va tsirkoniyli g’isht va bloklar quyish usulini ishlab chiqdilar.
SHu usulda magnezit, dolomit, forsterit, shpinel, xromit va sun’iy birikmalar asosida tayyorlangan materiallar yuqori temperatura ta’siriga chidamliligi jihatdan boshqalardan ajralib turadi. Forsteritli g’ishtning 1750 oS dan yuqori temperaturadagina erishi va bir kvadrat santimetr yuzasining 500 kg gacha kuch ta’sirida siqilishga bardosh bera olishi uning yuksak darajada pishiqligidan dalolatdir.
Aytib o’tilgan o’tga chidamli mahsulotlar tayyorlanadigan xom ashyo Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlarida ko’pmi degan savol tug’ilishi mumkin. Bu savolga ijobiy javob bersa bo’ladi. Masalan, Ural va Sibirda magnezial g’isht tayyorlash uchun kerak bo’ladigan magnezit qazib olinadigan konlar bor. CHelyabnsk viloyatidagi Satka konidagi Satka konidan tarkibida magniy karbonati 92,5 % bo’lgan, Krosnoyarsk o’lkasidagi Talьsk konidan esa 95 % dan ortiq bo’lgan mineral qazib olinadi. Bu konlardan olinadigan minerallar tarkibida oz miqdorda bo’lsa ham qum, glinozyom, kalьtsiy oksidi bor.
Tabiatda sof xromitning katta-katta konlari borligi ham ma’lum. Masalan, Qozog’istondagi va Uraldagi kondan qazib olinayotgan xromit MDH ning va ayrim chet el mamlakatlarning xromga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirmoqda.
Fosforit g’isht tayyorlanadigan xom ashyo-olivinit Kola yarim orolidagi va Kavkazdagi konlardan, dunit Ukrainaning o’rta va shimoliy rayonlaridagi, Sverdlovsk viloyatining Nijniy Tagil rayonidagi konlardan, talьk esa Ural, Ukraina va SHarqiy Sibirdagi konlardan qazib olinadi.
TSirkoniyning asosiy va yirik konlari Braziliya territoriyasidadir. MDH da tsirkon evdolit mineralidan olinadi. Keyingi vaqtlarda olib borilgan geologik va minerologik izlanishlar shuni ko’rsatadiki, MDH territoriyasida ham nefelin-sieniti orasida sof va birlamchi tsirkon qavatlari uchramoqda.
O’tga chidamli materiallarning oksidli, karbonli, kislorodsiz turlari ham yaratildi. Ularning magniy, toriy, gafniy, berilliy, alyuminiy, uran kabi oksidlar asosida olish mumkin. Agar magniy va gafniy oksidlarining suyulish nuqtasi 1825 va 2900 oS bo’lsa, toriy oksidli g’ishtlar 3200 oS ga bardosh bera oladi. Toshko’mir koksi yoxud grafitdan 1100-1450 oS da kuydirib tayyorlangan karbonli g’isht, blok va detallar 3700 oS temperaturaga, suv, kislota ta’siriga chidamliligi, domna toshqoliga inertligi, elektr tokini yaxshi o’tkazish kabi xususiyatlari bilan yuqorida aytib o’tilgan materiallardan ajralib turadi.
Kislorodsiz karbid, nitrid, borid, silitsid, yuksak temperaturadagina erishi, o’ta qattiqligi, shuningdek, o’ziga xos elektr, magnit va kimyoviy xossalari bilan farq qiladi.
Masalan, titanli santimetr yuzasining siqilishga chidamliligi 22500 kg. Borli nitrid yaxshi dielektrik bo’lib, erish temperaturasi 2350 oS. TSirkoniyli borid issiqlikka chidamliligi va qaytaruvchi muhitga o’ta turg’unligi bilan ajralib turadi. Molibdenli silitsidning elektr qarshiligi kam, cho’zilishga chidamliligi esa bir kvadrat santimetr yuzaga hisoblashganda 6000 kg.
Xulosa qilib aytganda, olovbardosh mahsulotlar turi, xom ashyosi, xossalari va imkoniyatlari jihatdan odatdagi keramika buyumlaridan farq qiladi. Ular oddiy g’isht, sopol va chinni buyumlardan farqli o’larok, yuksak temperaturada yuk ta’sirida ham o’z xossalarini o’zgartirmaydi.Ularga hatto erigan metall, shlak, shisha, tsement va boshqa kimyoviy birikmalar ham ta’sir etmaydi. O’tga chidamli mahsulotlar ba’zan issiqlikni yaxshi o’tkazadi, ba’zan esa aksincha, issiqlikni saqlovchi vazifasini o’taydi. SHu jihatdan tabiatdagi biron bir tabiiy yoki sun’iy material ularning o’rnini bosa olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |