7.3.CHinni ishlab chiqarish jarayoni.
CHinni olish jarayoni ancha murakkab jarayon hisoblanadi (3-rasm). CHinni buyumi tarkibiga kiruvchi chinni gili va giltuproqni odatda yer ostidan kavlab chiqarish korxona yaqinidagi ochiq-sayoz kon-karьerlarda amalga oshiriladi.
Xom ashyo sidiradigan va yuklaydigan mashina — skreper, bulьdozer yoki ekskavator yordamida, avvalo karьer yuzasi o’simlik, kulrang tuproq, qum va ohaktosh qoldiqlaridan tozalanadi, oqava ariqlar yo’li quritiladi. So’nfa turli usullarda asosiy xom ashyoni kavlash va transport vositalariga yuklash ishlari amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarga odatda cho’mich hajmi 0,5—2 m3bo’lgan bir cho’michli, ko’pdan-ko’p hollarda ko’pkavshli ekskavatorlar qo’l keladi.
Kvarts va dala shpati kabi qattiq xom ashyolar portlatish yo’li bilan qazib olinadi va bir cho’michli ekskavator yordamida vagonetka, platforma yoki mashinalarga ortiladi. Xom ashyo relьsli va relьssiz, davriy va to’xtovsiz uzatib turuvchi mashinalar yordamida tashiladi.
Relьsli trans Xom ashyo ombori
Kaolii Tuproq Dala shpati Kvarts
Qo’shimchalar
Korxona Sulьfat-chiqindisi spirt bardasi
Saralash va uzatish (transportyor)
Maydalash (strugach)
Unlash
Saralash va uzatish(transportyor)
Yuvish (yuvish barabani)
Dag’al maydalash(jag’li maydalagich, begun)
Unlash(begup, sharli tegirmon) (begun, sharli tegirmon)
Elash (vibrosito) Elash (vibrosito)
Bunksr Bunker
Tortish (taroz)
Tortish (taroz) Tortish (taroz)
O’ta unlash va aralashtirish (sharli tegirmon, vintli aralashtirgich)
Uzatish (membranali nasos)
I hovuz (elektromagnit tozalash)
Uzatish (membranali nasos)
II hovuz (elektromagnit tozalash)
V -Uzatish (membranali nasos) Kismap suvsizlantirish (filьtrpress)
Massani havosizlantirish (vakuummyalka)
Massani yetiltirish (tindirish)
SHakllash (qoliplovchi yarimavtomat)
Birinchi gipsli qolipda quritish(kamerali quritgich, 60—70°S)
Ikkinchi quritish(kamerali quritgich, 100—120°S)
Yarim mahsulotni silliqlash (silliqlash stanogi)
Birinchi utilь kuydirish (rolikli pechь, 700—850°S)
Yarim mahsulot sifatini nazorat qilish (fuksinli tekshirish)
Sir osti bezagi (aerograf usulida kobalьt berish)
Sirlash (botirish yoki mashinada purkash)
Kapselga taxlash (vagonetka)
Ikkinchi politoy kuydirish (tunnelь pechi, 1350— 1400°S)
Badiiy ishlov berilmagan oq chinni mahsulotni saralash, charxlash, markirovkalash va badiiy bezak tsexiga uzatish
Sir usti bezagi bezak yopishtirish Badiiy bezash Tilla bezak (aerografda purkash) (dekolьkomaniya) (mo’ykalam) (pero)
Otvodka (tilla suvi yoki bo’yoqda xalqalar yasash) Uzatish (osma kajavali konveyer)
Uchinchi kuydirish (konveyerli yoki mufelь pechi, 650—800°S)
Tayyor mahsulotni saralash va joylash
Tayyor buyumlar ombori
3- rasm. Xo’jalik va badiiy chinni buyumlar ishlab chiqarishning texnologik tizimi.
Transport vositalariga motovoz, elektrovoz, osma simarqon kiradi. Relьssiz yuk tashuvchi vositalarga esa turli markali avtomashinalar, elektrolafet, skreper va bulьdozerlarni ko’rsatish mumkin. Yuklarni joydan-joyga uzatib turishda transportyor va ekskavatorlardan, shuningdek, gidrotransportdan foydalaniladi.
Kaolin va giltuproq yumshoqligi tufayli valikli maydalagichda,
Tuproq va kaolin dala shpati
Maydalash (strugach)
Dastlabki kuydirish yo’li bilan saralash
Kvarts Korxona chiqindisi
Suv shimdirish (aralashtirgich)
Yuvish(yuvish barabani)
Maydalash va qo’pol unlash(jag’li maydalagich, begun, sharli tsgirmon)
2—3% tuproq kiritilgan holda o’ta mayda unlash (sharli tegirmon)
Tuproqsimon va toshsimon materiallarni aralashtirish (vintli aralashtirgich, sharli tegirmon)
Utkazish va elektromagnitli tozalash (vibro elak va elektromagnitli separator)
Kisman suvsizlantirish (filьtr press)
Massani vakuumlash, ezish va aralashtirish(vakuumli massamyalka)
Massani omborga yoki qoliplash tsexiga uzatish (vagonetka yoki boshqa transport)
4- rasm. Plastik chinni massasini suvli unlash va aralashtirish yo’li bilan tayyorlash sxemasi.
Tuproq va kaolin Quruq maydalangan dala shpati va kvari
Maydalash(tishli valikli maydalagich, strugach)
Tuproq va kaolinni suvda bo’ktirish va maydalangan toshli komponentlar bilan aralashtirish (qanotli yoki vintli aralashtirgich)
Massani tozalash (vibroelak va elektromagnitli separator)
Massani qisman suvsizlantirish (filьtrpress)
Massani vakuumlash va ezish (vakuumli massamyalka)
5- rasm. Plastik massani kukunlangan toshsimon materiallardan foydalangan holda tayyorlash sxemasi.
Kvarts vadala shpati esa qattiqva mustahkamligi sababli jagli maydalagichlarda 100-200 mm o’lchamda bo’laklanadi hamda bolg’achali, konus maydalagichlarda 10—30 mm gacha maydalanadi. Ushbu maqsadda zarbli maydalagichlardan ham foydalansa bo’ladi. Gil, kvarts va dala shpati sharli tegirmonga uzluksiz ishlatiladigan mexanizmlar yordamida uzatiladi. Bu yerda maydalanish jarayoni 3—4 soat davomida ho’l usulda bajariladi. Materiallar suvsiz holdagiga qaraganda suvda yaxshi maydalanadi, chunki suv maydalanayotgan bo’lakchalarning qattiqligini keskin kamaytiradi. SHarli tegirmonning ishi to’la avtomatlashganligi sababli doimo bir xil kuchlanishda serunum ishlab, materiallarni talab qilingan darajada maydalab aralashtiradi. Odatda tegirmondagi material, maydalovchi shar va suv miqdori 1:1:1 nisbatda olinib, 006 raqamli elakdagi qoldiq 0,3—0,5 bo’lgunga qadar davom etadi. 3-rasmda xomashyolarga ishlov berishning ko’p uchraydigan bir varianti berilgan, xolos. Xom ashyo turi, ularning sifati yoki korxona sharoitlaridan kelib chiqqan holda keltirilgan texnologik sxemaga o’zgarishlar kiritilgan bo’lishi mumkin. Misol tariqasida quyidagi 4—5-rasmda plastik usulda massa tayyorlashning qisman o’zgartirilgan variantlari keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |